Landshaftli yer tuzish



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/44
tarix28.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#103337
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
hD2aYa4YrplmKAfPTdcAz7xM5qDqcIrmwHa84vTj

tuproq bonitirovkasi
— qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘rtacha agrotexnika 
darajasida tuproqning sifatini va tabiiy ishlab chiqarish unumdorligini 100 ballik 
shkala bo‘yicha qiyosiy baholash;

qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining sifati
— tuprog‘ining unumdorligi 
(bonitet bali), tabiiy yem-xashak ekin maydonlarining (yaylov turlari) sifati holati 
bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari xususiyatining integral ifodasi; 

ozuqa birligi
— yem-xashak ekin maydonlari yoki ozuqa ekinlarining o‘z 
to‘yimliligi jihatidan 1 kg suli doniga teng keladigan unumdorligining o‘lchov birligi; 

qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymati
normativ 
ko‘rsatkichlardan foydalangan holda aniqlangan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari 
qiymati; 


95 

sug‘oriladigan mintaqa
— zarur irrigatsiya-melioratsiya infratuzilmasi bilan 
ta’minlangan, yerlarning barcha toifalarini qamrab oluvchi hudud; 

asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari
— ma’muriy mintaqada kichik maydonlarni 
egallagan qishloq xo‘jaligi ekinlari (paxta, bug‘doy, sholi, savzavotlar, poliz 
mahsulotlari, kartoshka, ko‘p yillik mevali daraxtlar, yem-xashakbop ildizmevali 
o‘simliklar, bir yillik o‘tlar, beda, makkajo‘xori, tamaki); 

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlari
— qishloq xo‘jaligi ekinlarini 
yetishtirish natijasida olinadigan mahsulot (paxta, bug‘doy, sholi, sabzavotlar, poliz 
mahsulotlari, kartoshka, mevalar, uzum, tamaki); 

kapitallashuv foizi
— yerlardan iqtisodiy-xo‘jalik maqsadlarida foydalanish 
orqali olingan foydani normativ qiymatga aylantirish uchun foydalaniladigan 
ko‘rsatkich; 

 qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari
— muntazam ravishda qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida yoki chorva uchun tabiiy yem-xashak 
manbai sifatida foydalaniladigan yerlar, ularning tarkibiga sug‘oriladigan va 
sug‘orilmaydigan haydov yerlar, ko‘p yillik daraxtlar (bog‘lar, tokzorlar, tutzorlar, 
mevazorlar, rezavorzorlar va boshqa mevali daraxtlar), bo‘z yerlar, pichanzorlar va 
yaylovlar kiradi; 


Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə