M a d a n iy a t V a din


MADANIYATI. XRISTANLIKNI VUJUDGA KELISHI



Yüklə 3,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/38
tarix26.05.2022
ölçüsü3,17 Mb.
#88062
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
Madaniyat va din madaniyatshunoslik

MADANIYATI. XRISTANLIKNI VUJUDGA KELISHI.
Antik davr madaniyati - jahon sivilizatsiyasining beshigi bo‘lib, u davrda 
filosofiya, m adaniyat fan sifatida shakllandi. 0 ‘sha davr yunon-larining turmush 

tarzi, fikrlashi, m a’naviyati hozirgacha ham insonlami hayajonga solib kelmoqda.
Antik Y evropa madaniyatining shakllanishiga Mesopotamiya va Misr 
madaniyatining, ayniqsa, arifmetika, astronomiya, mifologiya va teologiya 
sohalarida erishilgan dastlabki muhim yutuqlarining ahamiyati katta bo‘ldi.
Qadimgi Y unon madaniyati er.avv. XXVIII asrdan er.avv. II asrga-cha davom 
etdi. Yunonlar o ‘zlarining vatanini Ellada deb ataganlar. Qa-dimgi Yunon 
madaniyatining eng yuqori darajaga ko‘tarilgan davri er.avv. V-IV asrlarga to‘g ‘ri 
keladi. Qadimgi Yunon madaniyati jahon madaniyati tarixida favqulodda hodisa 
sifatida o ‘zini namoyon etdi. Ellada hozirgi zamon davlatlarining boshqaruv shakli
- respublika va demokratiyaning vataniga aylandi. Uning namunaviy shakli Perikl 
davri (443-429) hisoblanadi. Yunonistonda jism oniy va aqliy mehnat ik-kiga 
ajraladi. Jismoniy mehnat bu qullarga, aqliy m ehnat qilish esa ozod ki-shilarga 
taalluqli edi. Yunonlar davlat va shaxsiy mulk, jam oa va shax-siy manfaatlami 
o‘zaro juda m ohirona b o g ia y olganlar. Aristokratiya odobi - musobaqa 
tamoyillari asosida birinchilardan bo‘lishga intilish qadriyati keng quloch yoydi. 
Bunday o ‘yinlar sahnasi: Oiimpiya o ‘yin-lari’, mUnozara, jang maydoni, teatr
1 Oliinpiya o ‘yinlari Piloponesning g ‘arbidagi Qadimgi O iim piya shahrida er.aw . 776-yildan boshlanib, har 4 yilda 
bir marta o'tkazilgan b o ‘lib, unda: chopish, sakrash, kurash tushish, disk otish, nayza otish, mushtlashish va to ‘rt ot 
qo'shitgan ikki gildirakli aravalar musobaqasi o'tkazilgan.
38


sahnalari edi. 
Yunonlar uchun erkinlik eng yuqori qadriyat hisoblanib, uning 
uchun hatto o ‘limga ham tik borganlar. Leonid jasorati yoki Prometey haqida 
afsona bunga misoldir. Yunonlaming turmush tarzi haqiqat, go‘zallik, mehribonlik, 
m e’yor kabi kategoriyalar uyg‘unligi bilan belgilangan. Ular uchun tabiat go‘- 
zalligi va uning inson go‘zalligi bilan uyg‘unligi haqidagi tushuncha muhim 
ahamiyatga ega edi. Qadimgi yunonlar uchun me’yor tushun-chasi muhim amaliy 
ahamiyatga ega bo'lgan. Yunoniston tabiatining o'zini go‘zalligi, m e’yoriyligi (bir 
qirg‘og‘idan ikkinchi qirg‘og‘igacha km), Olimpiya tog‘ining unga baland emasligi, 
iqlimning mo‘tadilligi qa-dimgi yunonlar dunyoqarashining shakllanishiga ta’sir 
ko‘rsatgan. Shuning uchun yunonlarda xususiy mulk erkin kishi uchun ajralmas atribut 
bo‘lsa, ikkinchi tomondan ochko‘zlik, molparastlikni qoralaganlar.
Qadimgi Yunon madaniyati beshta davrga bo'linadi:
Egey madaniyati ( er.avv. 2800-1100-yillar).
Gomer davri (er.aw . XI-IX asrlar);
Arxaik madaniyat davri (er.avv. VIII-VI asrlar);
Klassik (yuqori darajadagi) davri (er.avv. V-IV asrlar);
Ellinizm davri (er.avv. 323-146-yillar).
Egey madaniyatini ko‘pincha Krit-Miken madaniyati deb ham ata-shadi. 
Buning sababi Krit oroli va Miken Yunon madaniyatining asosiy markazJari 
sanalgan. Shuningdek bu davrni afsonaviy podsho Minosning nomi bilan Minoy 
madaniyati deb ham atashadi. Eramizdan avvalgi uch minginchi yillaming oxiri, 
ikki minginchi yil-laming tboshlarida Krit orolida Knoss, Festa, Mali va Kato- 
Zakro shahar davlatlari vujudga keldi. Shaharlaming tutgan o'm ini hisobga olinib, 
ba’zida ulami «Saroy madaniyati» deb ham atashadi. Bu davrda asosiy mashg‘ulot 
qishloq xo‘jaligi bo‘lib, bunda don, uzum, zaytun yetishti-rilgan. Xo‘jalikda 
chorvachilik, hunarmandchilik va savdo ham muhim o ‘rin tutgan. Krit 
madaniyatiga taalluqli Knoss saroyi «Labirint» nomi bilan tarix-ga kirgan bo‘lib, 
uning birinchi qavatigina saqlanib qolgan. U ko‘p qavatli inshoot bo‘lib, 300 xonadan 
iborat, bir gektardan ko‘proq yemi egallagan. Saroyda suv o ‘tkazuvchi moslama 
(vodoprovod), kanalizatsiya va van-nalar, hunarmandchilik ustaxonalari bo'lgan. 
Saroyning mahfiy xonasi-dan ayol xudoning qo‘lida ilonni ushlab turgan 
haykalchasi topilgan. Sa-royning devorlarida hozirgacha «Gullar teruvchi», «Qushni 
tutishga shay-lanayotgan mushuk», «Ho‘kiz bilan o ‘yin» kabi rasm manzaralari saqla­
nib qolgan. Krit o'zining chiziqli harflaridan iborat o 'z yozuviga ega bo'lgan. Lekin bu 
yozuvni hanuzgacha hech bir olim o'qib chiqishga ega bo'lmagan.
Miloddan avvalgi 1450-yilda Krit orolidagi Minoy sivilizatsiyasi kuchli zilzila 
va suv toshqini tufayli falokatga uchragan. XI-IX asrlaming Gomer asri deb 
atalishi sababi shuki, bu davmi yo-ritib beruvchi asosiy manba Gomeming 
«Odisseya», «Iliada» dostonlari bo'lgan. Bu davrda davlatchilik, shahar - saroy 
turmush madaniyati va yozuv y o 'q bo'lib boradi, mehnat qurollarini temirdan 
yasashga o'tilishi natijasida mehnat unumdorligi ancha o'sadi, dehqonchilik va 
chorvachilik ri-voj topadi. Savdo-sotiqda esa ayirboshlash vositasi qoramollar 
hisoblangan. Arxaik davrga xos xususiyati shundaki, Yunonistonda uch asr duvo- 
mida qishloqdan shaharga, urug'-qabilachilik, patriarxat munosabatlaridan klassik 
qulchilik bosqichiga o 'tish uchun zamin etiladi.
39


Shahar - davlat ijtimoiy hayotining asosiy shakli bo'lib qoladi. Davlat 
tuzumining shakllari - monarxiya, oligarxiya, aristokratik va demok-ratik 
respublika bo'lgan. Yunonlar finikiyaliklaming yozuvi asosida 24 harfdan iborat 
ham unli, ham undosh tovushlami ifodalovchi o ‘z alifbolarini yaratganlar.
Insonni tarbiyalash uchun ikki yo'naiish bo‘yicha ta ’iim tizimi vujudga 
keltirilgan: a) «gimnastika»; va b) aqliy y o ‘nalishdagj barcha madaniyat turlari, 
chunonchi, tabiiy fanlar, falsafa, notiqlikni o ‘rganish. Ozod yunonlaming bolalari 
7 yoshdan boshlab boshlang‘ich maktabga borganlar. Badavlat kishilaming 
bolalari esa 18 yoshgacha gimnaziyalarda o‘qishni davom ettirganlar. Bolalar 
maktablarda chiroyli yozishga, aniq va ravon so‘zlashga o‘rgatilgan. Ular Gomer, 
Gesiod va boshqa shoir-laming she’rlarini va dostonlarini yod olganlar. Yunonlar 
ashula aytish, raqs-ga tushish, lira sozini chalishni bilmaydiganlami o ‘qimishli deb 
hisoblama-ganlar. Bolalar ulg‘aya borgan sari yugurish, kurashga tushish, sakrash, 
disk, nayza otish va qilich chopish bilan shug‘ullanganlar. Shu tariqa, ulami vatan 
himoyachilari sifatida tayyorlangan. Yunonistonda ta’iim tizimining yutug‘i tufayli 
polisning erkin kishilari orasida savodsizlik yo‘q edi. Jamiyat qadriyatlari va axloqiy 
normalar shakllana boradi. Bunda vatanparvarlik va fuqarolik burchlari muhim o ‘rin 
tutgan.
«Gretsiya mo‘jizasi» nomi bilan tarixga kirgan klassik davrda (er.avv. V-IV asrfar) 
qadimgi yunon sivilizatsiyasi va madaniyati yashnab eng yuqori cho‘qqiga chiqdi. Bu 
davrda yunonlar eronliklar ustidan g ‘alabaga erish-gach, iqtisodiyot, savdo keng 
rivojlanadi. Afina O 'rta Yer dengizida eng katta savdo markaziga aylanadi. Afina, 
Misr, Karfagen, Krit, Suriya, Finikiya bilan savdo aloqalarini olib boradi.
Qadimgi Yunoniston falsafa fanining dastlabki vatani bo‘lib, k o ‘plab buyuk 
faylasuflar yetishib chiqqan. Shulardan birinchi yunon faylasufi Fales (625-547) 
bo‘lib, u Misrda va Bobilda yuzaga kelgan matematika va astronomiya sohalaridagi 
bilimlarini egallagan. Fales Metafizik materializm, Milet maktabining asoschisi 
hisoblanadi. U birinchilardan bo‘lib tabiat haqida fikr yuritgan. Quyosh tutilishini 
oldindan aytib bergan. Fales nar-salaming xilma-xilligidan yagona bosh asosni 
izlagan va uni jismoniy, his-siy muayyan modda deb qaragan. Uning ta’limotiga ko‘ra, 
butun mavju-dotning lx>sh asosi suvdir. U asli miletlik, ya’ni Kichik Osiyodan 
b o iib , Sitseronning so‘ziga ko‘ra: “Falsafa Falesdan boshlanadi.”
Falesning shogirdi A naksimandr (610-510) koinotning geotsentrik modelini, 
ilk geografik xaritasini tuzgan. Tarixda birinchi bo‘lib, inson, boshqa tirik 
mavjudotlar singari, baliqdan bunyodga kelgan, degan evo-lutsion g ‘oyani bayon 
etgan. Metafizik dialektikaning yana bir vakili Anaksimandm ing shogirdi 
Anaksiman b o iib (588-510) uning ta’limotiga ko‘ra, butun mavjudot bosh 
moddiyatdan - havodan vujudga keladi va yana unga qaytadi. Havo be-nihoya, 
abadiy, harakatdadir. U quyuqlashib aw a l bulutlami, so‘ngra suv-ni va nihoyat tuproq 
va toshlami tashkil etadi, siyraklashib olovga aylanadi. Bu yerda miqdomi sifatga 
o ‘tishi g'oyasi mavjud. Uning ta ’lim oticha yul-duztar olovdan iborat, lekin ulaming 
issig‘ini sezmaysiz, chunki ular biz-dan judayiroqdajoylashgan.
Pifagor (mil.avv V I asr) - qadimgi yunon matematigi, faylasufi mil.avv 530 
yilda Janubiy Italiyadagi Kroton shahrida falsafiy maktab - Pifagorchilar ittifoqini
40


tuzgan. Pifagor, son barcha narsaning mohiyati, olam esa sonlar va ular orasidagi 
munosabatlarning garmonik tizimidir, de-gan g'oyani ilgari surgan.
Geraklit (VI-V asrlar) Gippokratning otasi bo‘lib, Kichik Osiyodagi Efes 
shahrida tug‘ilgan. U o ‘zining “Tabiat haqida” gi asarida teran fikr-lari bilan o 'z 
ta’limotini yaratgan. Uning fikricha, tabiatning bosh, eng o‘z-garuvchan va serharakat 
moddasi olovdir. Olamning o'zi, ayrim narsalar, jonlar olovdan kelib chiqqan. 
Chunonchi, butun mavjudot uchun ayni bir bo‘lgan bu koinotni hech qanday iloh 
va hech qanday inson yaratmagan, u me’yori bilan yonib, me’yori bilan o‘chib 
turadigan abadiy jonli olov tarzida hamisha bo‘lgan, bor va hamisha bo‘ladi.
Geraklit dunyoni bilish mumkinligiga qattiq ishongan va inson aqli uchun 
chegara yo‘q deb hisoblagan. 0 ‘zgarishlar qarama-qarshi kuchlar-ning ta ’siri 
natijasidir, ham ma narsa kurash orqali sodir bo‘ladi va yan-gilanish zaruriyat tufayli 
ro‘y beradi degan g‘oyani ilgari surgan. U hayot abadiy qarama-qarshiliklar kurashidir, 
hamma narsaning otasi - ziddiyat-lardir. U “kosmos” (tartib) so‘zini birinchi bo‘lib 
qo‘llagan. Bu so'z dastlab davlat tizimi va hatto ayollarni “tartibga keltiruvchi” pardoz- 
andoz anjom-lariga ham qo'llanilgan, “kosmetika” so‘zi shundan kelib chiqqan.
Qadimgi yunon faylasuflaridan biri Epikur (341-270) bo‘lib, u Xudo-ning 
dunyo ishlariga aralashuvini inkor qilar edi va ichki harakat man-bayiga ega 
bo‘lgan moddiyatning abadiyligini e ’tirof etgan. Sezgilaming paydo bo‘lishini u 
shunday izohlagan: jism lar sirtidan eng mayda zarra-lar “idollar” ning uzluksiz 
oqimi chiqib, ular sezgi organlariga kiradi va narsalam ing obrazlarini vujudga 
keltiradi. 
Uning fikricha, hayotning maqsadi, rohat-farog‘at, xursandchilikdan 
iborat bo‘lmog‘i kerak. Ular inson baxtining boshlanishi va oxiridir... Hamma 
yaxshilikning boshi insonning aqlli bo'lishida, baxtli bo'lish esa bi-lim va ilmdandir 
degan. Yunon falsafasi yuqori darajaga ko‘tariladi. Shu davrda antik davr daholari 
Suqrot, Platon, Aristotel kabi buyuk faylasuflar yashab ijod qilganlar. Suqrot 
birinchi bo'lib inson hayoti, yaxshilik, yomonlik, adolat kabi muammolami 
mushohada qilishga asosiy o ‘rin berdi. Suqrotning shogirdi Platon (er.avv. 429- 
347) Afina aristokratiyasining vakili edi. U er.avv. 385-yili Akademiya nomi bilan 
faylasuflar maktabini tashkil qil-gan. Platon o'zining ideal davlat to‘g‘risidagi 
g'oyalarini munozara shaklida yozgan. Uningcha, ideal shahar davlatni oilasi, xususiy 
mulki boimagan faylasuflar boshqarishi zarur edi. Ideal shahaming ahoiisi 
jangchilar va oddiy xalq (hunarmandlar va dehqonlar)ga bo‘linar edi. Kelib 
chiqishi chet ellik bo'lgan qullar ham bor edi. Platon tizimini Aristotel (er.avv, 
384-322) tanqid ostiga olgan edi. Uning «Siyosat» nomli mashhur asarida o 'sh a 
davrda ma’lum bo'lgan bilimlami alohida sohalarga - botanika, fizika, siyosat, 
tarix kabi nomlarga birinchi bor bo'lingan edi. U «Metafizika» asarida falsafa 
fanining metafizik yo'nalishiga asos solgan. U Makedoniya podshosi Aleksandming 
ustozi ham bo'lib, “Birinchi muallim” deb nom olgan.
Xuddi shu davrlarda «Tarix fanining otasi» Gerodot (er.avv. 490-430), atom 
nazariyasining asoschisi Demokrit-(er.avv. 460-370), mashhur tabib, 75 ga yaqin asar 
muallifi Gippokrat (er.avv. 460-375) kabi mashhur olimlar yashab ijod qilganlar. 
Demokrit falsafa, mantiq, fizika, matematika, tex-nika, axloq, musiqa kabi 
sohalarda asarlar yaratgan. Bizgacha bulaming ba’zi qismlari yetib kelgan. 
Demokrit ta’limotiga ko'ra, tabiat obyektiv ravishda mavjud. Tabiatdagi barcha
41


narsa va hodisalar boiinmas zarralar-atomlardan tashkil topgan. Atomlar eng mayda, 
boiinm as va o'zgarmas, boqiy moddiy zarralar b o iib , fazoda doimo har tomonga 
harakat qiladi. Zarralaming har xil qo‘shiluvidan turli narsalar vujudga kelgan. 
Atom lar doimo harakatda b o iib , ular harakatining vaqt nazaridan boshi yo‘q, u 
abadiy. Demokrit olam cheksiz va abadiy, dunyolar vujudga kelib yo‘q b o iib turadi, 
jon ham moddiy va tana bilan birga o ia d i degan fikmi ilgari surdi. Bilish nazariyasida 
Demokrit moddiy olamni bilish va haqiqatga eri-shish mumkinligini ta ’kidladi, bilish 
jarayonida sezgi va tafakkur rolini ko‘rsatdi. Demokrit hodisa va mohiyatni 
tushuna boshlagan, hissiy bilim bilan abstrakt tafakkurni farq qila olgan.
Gippokiat -yunon shifokori (460-377), ilmiy tibbiyot asoschilaridan bin. U, 
o'zining “Majmuayi Buqrotiya” (Buqrotiya to'plami) bilan mashhur bo'lgan. Shifokor 
hulq-atvorining qisqacha ta’rifi bo'lgan qasamyod (“Gippokrat qasamyodi”) ham shu 
allomaniki. Arxitektura v a shahar qurilishi bo'yicha Miletlik Gippodam tomoni- 
dan shaharlaming rejalashtirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan bo'lib, unga ko'ra shahar 
jam oa markazi, yashash uchun uy-joy hamda ishlab chiqarish va port zonalaridan iborat 
bo'lishi kerak edi. Monumental qurilishning asosiy turi ibodatxonalar bo'lgan.
Arxitektorlar - Gektin va Kalikratlar tomonidan qurilgan Afina Akro-poli jahon 
arxitekturasining noyob namunalaridan biri hisoblanib, unda 46 ta ustun va haykallar 
mavjud bo'lgah-
Taniqli arxitektura inshootlari ichida dunyoning yetti m o'jizasidan biri 
Efesdagi Artemida ibodatxonasi bo'lib, unga yovuzlik timsoli bo'l-m ish Gerostrat 
tomonidan 
o 't 
qo'yilgan 
edi. 
Qayta 
tiklangan 
ibodatxona 
qurilishida 
haykaltaroshlar Praksitel va Skopaslar tomonidan ishlangan 127 ta ustun ajoyib 
haykallar va rasmlar 
a k s
ettirilgan. Qadimgi yunon-lar tomonidan a w a l 
yog'ochdan keyinchalik esa toshdan foydalanib, ya-saladigan monumental 
h a y k a lta ro s h lik k a
asos solingan. Arxitektura soha-sida saroylar, kutubxonalar, 
gimnaziyalar, uy-joylar qurildi. Jumladan, Aieksandriyada 799 ming o'ramli kitoblar 
turadigan kutubxona qurilgan. Arxitektor Sostiatning loyihasi asosida 285-280-yillar 
dunyoning yetti mo'ji-zasidan biri uch qavatli 
120 metr balandlikdagi 
Aleksandriya mayog'im barpo etganlar. K lassik davrda уиш п haykaltaroshlik 
san’atida «Ellada» yetakchi o'rin egallagan edi. Haykaltaroshlar ichida eng taniqlisi Fidiy 
bo'lib, uning 
O lim -p iy a d a
yaratgan Zevs haykali ham (bo'yi 14 metr) olamning yetti 
mo'jizasidan biri hisoblanadi. Uning Afina haykali (bo'yi 12 metr) Afina 
Akropolining markaziga qo'yilgan. Promaxos (Afina jangchisi) haykali (bo'yi 9 
metr) jangchi ki-yimini kiygan, nayza ushlab turgan ayol xudo qiyofasida 
tasvirlangan b o iib , и Afinaning harbiy qudratini ifodalagan. Fidiy Afina Akropoli 
quri-lishida ham ishtirok etgan. Regiylik Pifagor «Oyog'idan tikonni chiqarayotgan 
bola», Miron «Dis-kabol» va «Afina va Marsiy», Poliklet «Dorifora» va «Yaralangan 
Amazon-ka» kabi haykallami yaratganlar. Poliklet inson tanasining mutanosibligi 
haqida «Kanon» asarini yozgan. Praksitel, Skopas, Lissip quyi klassika davr 
n a m o y a n d a la r id ir . 
Prak-sitel yunon haykaltaroshligida birinchi bo'lib yalang'och 
ayol obrazi - «Afrodita Knidskaya» haykalini yaratgan. Praksitel ijodi uchun did, nozik 
go'zallik xos bo'lib, ular «Musallas quyayotgan satir», «Erot» haykallarida ayniqsa 
yorqin namoyon bo'lgan. Skopas Praksitel bilan birgalikda Efesdagi ibodatxona va 
Galikar-nasdagi Artemida maqbarasini bunyod etishda ishtirok etganlar. Saroy
42


rassomi Lissip Aleksandr Makedonskiyning haykalini yaratgan. U insonning ichki 
dunyosi, kechinrnalarini o 'z asarlari orqali namoyon qilgan. Bunga bron-zadan ishlangan 
«Dam olayotgan Germes», «Shippagini bog‘layotgan Ger-mes», «Erot» asarlari misol 
bo‘la oladi. Haykaltaroshlik sohasida ellinizm davrida ba’zida yirik shakllardagi 
haykallar ham yaratilgan. Xususan, Xeros tomonidan yaratilgan quyosh xu-dosi Gelios 
haykali, yoxud dunyoning yetti mo‘jizasidan biri 36 metr ba-landlikda boigan Rodos 
orolidagi Koloss Rodosskiy haykali bunga misoldir (mazkur haykal yer silkinishlari 
natijasida qulab tushgan). 0 ‘sha davrda yara-tilgan Afrodita (Venera), Milosskaya va 
Samossalik Nika haykallari hozir-gacha dunyo madaniyatining noyob durdonalari 
hisoblanadi. Qadimgi Yunon madaniyatidagi teatr3 sohasida tragediya, komediya 
janrlarining paydo bo‘lishi va ravnaqi muhim voqea hisoblanadi. Yunon teatri 
qishloq xo‘jaligi homiysi b o ig a n Dionis sharafiga o ‘tkaziladigan bayramlar 
vaqtida ijro etiladigan xalq qo‘shiqlari va o ‘yinlari asosida vujudga kelgan. Dionis 
bayramlari toklar, daraxtlar barg chiqargan ba-horda va kuzda o‘tkazilgan4. 
«Tragediyalar otasi» Esxil (525- 458) 90 dan ortiq tragediya5 yozgan. Esxil o‘z 
tragediyalarida afsonaviy voqealardan foy-dalangan boMsada, ularda o‘z davrining 
muhim masalalari keng o‘rin tutgan. Masalan, halok bo‘lib borayotgan matriarxat bilan 
patriarxat o‘rtasidagi zid-diyatlar masalasiga bag'ishlangan «Oresteya» trilogiyasi: 
«Agamemnon», «Xoeforlar» va «Avmenida» asarlaridan iborat. Uning eng mashhur 
tragedi-yalari esa «Zanjirband Prometey» va «Forslar»dir. «Zanjirband Prometey» asari 
insonning kuch-qudmti, irodasi buyukligi timsolidir.
Jumladan, Zevs tomonidan yuborilgan Germesga Prometey qanday azob- 
uqubatlar bilan jazo berilishini eshitgach, shunday deydi:
Va na qatl, va na makr qilmas aslo kor,
Aytmasman Zevsga hech qanday sir-asror,
Chaqmoq chaqib, mayli o ‘tda kuydirsin.
Osmon-u falakni oppoq quyundek,
Hammasini batamom-butkul quritsin:
Ammo irodamni bukolmas aslo,
Jahannam o‘tini qilsa ham paydo.
Kim uning hokimligini etishin bekor,
Xomtama boim asin, aytmasman zinhor.
Esxilning «Forslar» tragediyasida Yunoniston - Eron urushlarida6 yunon-laming 
qahramonona kurashi va g‘alabasi aks etgan.
Yana bir buyuk tragediya janri namoyandalaridan biri Sofokl (496-406) bo'lib, u 
120 dan ortiq tragediyalar yozgan. Ulardan bizgacha yettitasi yetib kelgan, xolos. Afina 
teatridadastlab qo‘yilgan «Antigona», «Shoh Edip» asarlari unga shon-shuhrat keltirgan.
Tragediya janri bilan birgalikda komediya7 janri ham vujudga kelib, ri-vojlanadi. 
Komediya janrining otasi Aristofan (450-388-y.y.) b o iib , uning asarlari sodda
tushunarli, xalq tilida yozilgan va hayotning muhim masala-lari, jumladan, tinchlik
T eatr - yunoncha so’z bo’lib, tom oshalar joyi degan m a’noni bildiradi.
1 Kuzgi Dionis bayrami bizning M ehrjon bayram im izga to ’g ’ri keladi.
5 Tragediya- yunoncha «echkilar qo’shig’i» m a’nosini anglatadi.
6 M uallifhing o ’zi bu urushlarda ishtirok etgan.
1
K om ediya yunoncha «xushchaqchaq dehqonJar q o ’shig’i» degan m a’noni anglatadi.
43


nuuimniosi aks ettirilgan. Jumladan, uning «Tinch-lik», «Ayollar xalq yig‘inida», 
«Suvoriylur» asarlari o 'z davrida mashhur boigan.
I’oe/.iya sohasida Gomeming «Illiada» va «Odisseya» dostonlari ya-ratiladi. 
Keyinroq shoir Gesiod tomonidan «Teogoniya» va «Ayollar ka-talogi» 
poemularida antik mifologiya o ‘zining klassik darajasiga ko ‘ta-riladi. Antik shoirlar 
orusida Arxilox (lirik poeziya asoschisi), hamda shoira S.O. Lesbos ijodlari alohida 
o'rin tutadi. Go‘zallik, sevgi, huzur-halovatni kuylagan Anakreonta ijodi A.S. Pushkin 
ijodiga ham katta ta’sir qilgan.
Poeziya sohasida Afina demokratiyasini qabul qila olmay, aristokra-tiya 
tabaqasini o ‘z asarlarida ulug‘lab kuylagan shoir Pindar Oiimpiya o ‘yinlari 
g'oliblariga atab qasidalar, qo‘shiqlar yozgan.
Qadimgi Yunon madaniyatining so‘nggi davri - bu Ellinizm (323-146) dir. Bu 
davrda madaniyatning ba’zi sohalarida, jum ladan, falsafa sohasida erishilgan 
yutuqlar darajasidan pasayish holatlari ham yuz be-radi hamda davrda yunon 
madaniyatining boshqa mamlakatlarga, jumladan, 0 ‘rta Osiyoga ta’siri kuchayadi, hatto 
bu jarayon Yunonistonning Rimga qa-ram b oiganidan keyin ham davom etadi. Rim 
Yunonistonni siyosiy jihat-dan tobe etsa-da, yunonlar madaniyati Rimni tobe etdi.
Fan sohasida bu davrda yetakchi o‘rinni matematika egallaydi. Uning asoschilari 
Yevklid va Arximed kabi olimlaming ijodi tufayli matematikadan mexanika, optika, 
qurilish sohalarida foydalaniladigan boiindi. Astronomiya, tibbiyot va geografiya 
sohalarida muhim yutuqlar q o ig a kiritildi.
Ma’naviy sohada dastlab yunonlarda ibtidoiy din shakllari - totemizm, animizm va 
fetishizim kuchli boigan. Ibtidoiy jamoadan sinfiy jamiyatga o ‘tish bilan yunonlaming 
diniy tasawurlari ham o ‘zgarib borgan. Ularda har bir yirik hodisa, kasbi-koming o‘z 
xudolari-homiylari boigan.
Zevs - yunonlaming eng muqaddas bosh xudosi hisoblanib, u osmon, 
momaqaldiroq, chaqmoq va yo m g ir xudosi boigan. Uni odamlar jingalak sochli, 
Baquwat, sersoqo), qudratli, q o iid a chaqmoq ushlagan, basavlat ki-shi sifatida tasavvur 
qilganlar. Zevsning ukast Poseydonni “yemi tebratuv-chi” dahshatli dengiz xudosi deb 
qaraganlar. Gelios quyosh xudosi boiib, u oppoq otlar qo'shilgan oltin aravasida 
osmonga chiqqanda kunduz boshla-nadi, deb fikr yuritganlar.
Apollon esa yorugiik va san’at xudosi boigan. 0 ‘simliklaming o‘sib chiqishi, 
o ‘sishi, sarg‘ayishi xudo Demetriyga b o g iiq boigan, deb hisobla-ganlar. Yerosti 
hukmdori - homiysi Aid boigan. Dionis vinochilik, Afro-dita aw al hosildorlik, 
keyinchalik sevgi va go‘zallik hamda dengiz sayyoh-lari homiysi boigan. Afina 
Zevsning qizi boiib, yunon afsonalariga ko‘ra u urush, g ‘alaba, san’at, bilim va donolik 
m a’budasi boigan. U Afina shahri-ning homiysi b o iib , haykaltarosh Fidiy tomonidan 
shahardagi Parfenon ibodatxonasi oldiga uning ajoyib haykali ishlangan. Yunon 
xudolaridan biri Zevs va Geraning o ‘g ‘li Gefest temirchilik homiysi hisoblangan. 
Vulqon la-valaming otilishi ham uning yer ostidagi temirchilik ustaxonasining mahsuli 
sanalgan. Germes savdo-sotiq xudosi sifatida e’tirof etilgan.
Antik yunonlaming qahramoni: dengizlar xudosi Poseydon va yer ma’-budasi 
Geyaning o ‘g ii; Liviyada yashagan; pahlavon Antey yerda turib ku-rashganda onasidan 
q u w at olib turgani uchun uni hech kim yenga olmagan, buni bilib turgan Gerakl Anteyni 
yerdan uzib olib havoda bo‘g‘ib oidirgan.
44


Appolon - qadimgi yunonlarda eng ko'p sig'inadigan xudo; quyosh tang-risi. san’at 
homiysi; Zevs 
v a
Latonaning o'g'li Artemidaning egizak akasi deb 
h iso b la sh g a n .
Artemida - Zevs va Geraning Appolon bilan birga egizak bo‘lib tug‘il-gan qizi: oy 
m a’budasi, hayvonlar va qushlar homiysi, oy ilohasi, keyinroq ayollar itTatining 
homiysi.
Gerakl - yunonlarda nikoh ma’budasi va homiysi; juda katta jismoniy kuchga ega 
bo’lgan misli yo‘q pahlavon; 12 marta jasorat ko‘rsatgan. Shular kabi har bir muhim 
voqeaning xudolari boigan.Yunonlarning fikricha, Zevs boshliq xudolari baland Olimp 
tog‘larida yashaganlar va badavlat kishilarday hayot kechirganlar. Ular ham odamlar 
kabi shuxratparast, hokimiyatparast, shafqatsiz va qasoskor bo'lganlar. Yu-non 
xudolarining odamlardan farqlari shundaki: birinchidan, ular umrboqiy, ikkinchidan, 
ular Gefestdan tashqari8 go‘zal va qaddi-qomatlari kelishgan bo‘lishgan. Yunon 
xudolari ham sevishgan, xursand yoki g‘amgin, g‘azabli holatlarda namoyon 
boiganlar. Yerdagi ayollar bilan xudolar qovushuvidan qahramonlar dunyoga 
kelganlar.
Yunonlar o‘z xudolariga ishonishgan, sig‘inishgan, ularga atab ibodat-xonalar 
qurishgan va qurbonliklar qilishgan. Lekin yunonlarda xudolarga ko‘r-ko‘rona sajda qilish, 
mutaassiblik darajasida bo‘lmagan. Masalan, Prometey xudolar irodasiga qarshi 
odamlarga osmondan olovni o‘g ‘irlab olib tushib bergan (Prometey 
a fso n a s id a n ).
Yunonlar mifologiyasida birgina xudolami emas, yerdagi insonlami ham 
ulug‘langan. Bunga Sofoklning “Dunyoda buyuklar ko‘p, lekin insondan boshqa tabiatda 
kuchlisi yo‘q”, yoki Arximedning “Menga tayanch nuqtasini topib beringlar, men 
dunyoni ostin-ustun qilib tashlayman” degan iboralari-ni misol tariqasida keltirish 
mumkin. Yunonlar, odatda, xiton (yengsiz ko‘ylak), tunika (kalta yengli ko‘ylak), 
gimatiy (yopinchiq) kiyishgan. Bu kiyimlar inson qiyofasiga ulug‘vorlik, soddalik 
baxsh etgan, inson tanasining egiluvchanligini ko‘rsatgan. Kiyimlar asosan oq jun va 
kanop matolardan tayyorlangan, to‘g‘nog‘ich belbogMardan foydalanilgan. Oyoq 
kiyim vazifasini boldimi o ‘rab turadigan tasmali shippaklar bajargan. Qadimgi 
yunonlaming kiyimlari ham me’yor, tabiiy go‘zallikni namoyon qilishga xizmat qilgan.
Qadimgi Yunoniston madaniyati jahon madaniyatiga katta ta ’sirini o‘tkazdi va 
hozirgacha o‘z ahamiyatini yo'qotm ay kelmoqda. Yunon madaniyatisiz hozirgi 
Yevropa madaniyatini tasavvur qilib boi-maydi. Shuningdek, Sharq dunyosi ham 
ellinizm madaniyatisiz boshqacharoq ko‘rinishga ega bo‘lgan bo‘lardi.
2. Qadimgi Rim madaniyati
A ntik Rim madaniyati er.avv. VIII asrdan eramizning 
4 7 6
-yiHgacha davom 
etgan. Qadimgi Rim madaniyatining o ‘m i va roli to ‘g‘risida ma-daniyatshunos 
olim lar ichida ikki qarash mavjud:
1. Taniqli madaniyatshunoslar O.Shpengler va A.Toynbilaming fikricha, qadimgi 
Rimliklar mustaqil madaniyat va sivilizatsiyani yarata olmaganlar, ular davlat, huquq va 
texnika sohalarida yutuqlami qo‘lga kiritganlar, xolos. Boshqa sohalarda rimliklar 
ellinizm darajasiga yeta olmaganlar.
2. Boshqa olimlar, jumladan D.A. Silichev bunga qarama-qarshi o‘laroq 
boshqacha fikmi ilgari surib, Rim madaniyati va sivilizatsiyasi ham o ‘ziga xosligi,
s G efest - c h o io q holatida bo ig an .
45



Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə