M a d a n iy a t V a din



Yüklə 3,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/38
tarix26.05.2022
ölçüsü3,17 Mb.
#88062
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
Madaniyat va din madaniyatshunoslik

Isfandarmuz —
yem ing, Xurdod —
suvning, Murdod — o'sim liklarning homiylari deb tushunilgan. Ahuramazda 
insonlarga rahnamolik qilishni Zardushtning o'ziga buyurgan, degan tasavvurlar 
mavjud bo'lgan. Avestoda ta'kidlanishicha, haftaning har bir kuni ham ana shu 
yettita homiy nomi bilan yuritilgan. Shuningdek, «Avesto»da Ahuramazdaga 
yordam beruvchi boshqa kuchlar va Axrimanni qo'llab-quw atlovchi yovuz 
ruhlam ing joylanishi batafsil tarzda berilgan. Masalan, Ahuramazda tarafida turib 
yovuz ruhlarga qarshi kurashuvchi boshqa ezgu ruhlar quyidagicha joylashtiriladi. 
Olti Amesha spentalardan so'ng quyiroqda Yazat (keyinchalik ezot) lar joylashgan. 
Yazatlar butun olamni yovuz ruhlardan himoya qilib yurishadi. Yazatlar ikki 
guruhga. — Ruhiy va Dunyoviy Yazatlarga bo'linadi. Ruhiy Yazatlami 
Ahuramazdaning o 'z i boshqaradi, dunyoviy yazatlami esa Zardusht boshqaradi, 
deb hisoblaganlar. Ruhiy yazatlar vafot etgan yaxshi kishilaming qulilari bo'lib, 
ular ko'zga ko'rinm as olam va unda joylashgan ezgu kuchlami (qo'riqlaydilar, 
tirik odamlaming xonadoniga xuruj qiluvchi yomon odamlar (vafot etgan yaramas 
odamlar)ga qarshi kurash olib boradilar. Dunyoviy ynzatlar esa tirik odamlar, ya'ni 
doimo insoniyat, tabiat va hayvonot olamini Msrab-avaylashga xizmat qiluvchi 
ashavanlar (haqiqat va to 'g 'rilik uchun kurashuvchi tirik odamlar) yaxshi 
odam lam ing ichiga joylashib olib, adolat, Iniqiqat, yaxshilik va ezgulik uchun 
kurash olib boruvchi ko'zga ko’rinmas kuchlardir. «Avesto»da kosmogonik 
tasavvur o 'zig a xos tarzda berilgan. Makoadagi barcha hodisalar o-'ziga xos tarzda 
tushuntiriladi. Barcha hodisalar bir-biriga qarama-ijnrshi kuchlaming ayovsiz 
kurashi natijasi, deb hisoblanadi. Bu kurashda yaxshilik va ezgulikka qarshi yovuz 
kuchlar qarama-qarshi turadi. Zardushtiylik kosmogonikasiga ko'ra ezgu va yovuz 
ruhlar bir-birlari bilan uyovsiz,kurash olib boradilar. Ezgu ruhlam ing bar biri o 'z
27


hlmiiytu'hilurigii 
egudirlar. 
Masalan, 
Vratragna 

(keyinchalik 
Bafirom) 
momm|iililimq xudosi. I Jnga quyosh nurini to'suvchi bulut - Vratragna qarshi 
kuimli vu/iliisi yuklanadi. Vratragna o'zining chaqmoq (o'q)lari bilan quyosh nuri 
v« Usiqligini to'suvchi Ihlis Vratxani o'ldiradi va dunyoga yorug'likni.qaytarib 
bcnkll. Dunyodan hayvonlar va qush qiyofasidagi sirli, ezgu va foydali maxluqlar 
hum joy olgun. Masalan, afsonaviy Vourukasha q o 'lid a uch oyoqli, oltin shoxli va 
olli ko'/.li lla ra deb nomlanuvchi eshak yashaydi. U o'zining oltin shoxlari bilan 
dunyodugi barcha zararli narsalar (zararli hasharotlar va mikroblar)ni inalif etadi. 
Kunka deb nomlanuvchi orolchada ilohiy X aom a o'sim ligi o'sadi. O 'n minglab 
qurbuqalar qiyofasidagi iblislar Xaomant o 'g 'irla sh uchun oral tomon intiladilar.
I.ekin daryoda yashovchi Qara ismli sirli (ilohiy) baliq ulaming orolga o'tishiga 
yo'l qo'ym aydi, ulami o'ldirib turadi. V ourukasha nomli ko'lda Xabayosh deb 
utuluvchi h o 'k iz yashaydi, imi (iopadshoh (h o 'k iz odam) qo'riqlaydi. Uning 
vazifasi tabiatni tiriltirib ham da Xabayosh (ho'kiz)ni qiyomat qoyimgacha 
qo'riqlab turishdan iborat. Chunki h o'kiz muqaddas h o 'k iz bo'lib, qiyomat kuni, 
y a'ni o ’lganlar tiriladigan kuni uning yog’idan samoviy ovqat tayyorlanadi, 
yog'idan bir loinchidan o'lganlam i qayta tiriltirish uchun foydalaniladi, deb 
tasavvur tjilingan. Karishptar nomli qush o 'z tilida doimo muqaddas gimn 
(alqov)lam i kuylab Ini'adi va odam larga ilohiy-ruhiy kuch baxshida etadi. Ulami 
yashashga va iblislar (yomon odamlar) ga qarshi kurashga ilhomlantirib turadi. 
Parodarsh (kelajakni ko'ruvchi) nomli qush o'zining qichqiriqlari bilan iblis ruhlar 
(ishyoqmaslik, dangasalik va uyqu)ni quvib ham da 
yovuz
kuchlami qo'rqitib, 
otashparastlam ing uyini ulardan himoya qilib turadi. Fikrimizcha, bu xo'roz 
bo'lishi mumkin. Ghunki ko'pgina xalqlam ing og'zaki ijodida jinlar va shaytonlar 
uning qichqirig'idan qo'rqishi haqidagi afsonalar, rivovatlar. ertaklarning mavjud 
ckanligini bilamiz. Axriman ham o'zi yaratgan yovuz kuchlar bilan ezgu kuchlarga 
qarshi kurashadi. Axriman o'zining yordamchilari bilan birga, eng avvalo, fazoviy 
kenglik (makon)ni toraytiradi: U k o'zga ko'rinm as kuch sifatida tasavvur qilinadi. 
Axriman o 'z yovuz kuchlari bilan birgalikda Zardusht homiyligidagi insonlarga 
hujum qilib turadi va insoniyatni Ahuramazda izmidan chiqarib, lining qo 'li bilan 
butun dunyoni xarobaga aylantirishga intiladi. Axrim an insonga hujum qilganda, 
uning ko'ziga keng dunyo torayib ko'rinadi, yuragi siqilib, g'am ginlik bilan 
chulg'anadi va dili xufton bo'ladi, deb tasavvur qilingan. Axriman, ayniqsa, 
odam lar o'rtasiga nifoq solishga, odam lar orasida yolg'onni kuchaytirishga, ulami 
yo'ldan ozdirishga harakat qiladi. U bu ishlami o 'zining yordamchilari — iblislar, 
shaytonlar va yovuz ruhlar orqali bajaradi. Shu sababli uning kuchi benihoya katta, 
deb hisoblangan. Axriman Ahuramazdaga qarshi iblislam ing bitmas-tuganmas 
kuchidan foydalanadi. Axriman ham A huram azda singari o'zining yaqin 
yordamchilari — olti Dayva (yovuz qiz)ni yaratadi. Akam ana (yovuz uy), Taurvi 
(so'lish, qovjirash), Zarik (o'lim ), Ayshm a (quturish, adovat)lar dayvalar 
•hisoblanib, doim o Axrimanga hamrohlik qiladilar. U lar ham odam larga hujum 
qilib, ulami bir-biriga qarama-qarshi qilib qo'yishga intiladilar. Masalan, Ayshma 
adovat, xusumat, zo'rlik va qahr-g'azabning homiysi hisoblanib, urush-janjal, 
kelishmovchilik, nifoq, mastlik, mushtlashuvlami ilhomlantirib turadi.
28


Shuningdek, Axrimanga yordam beruvchi, birmuncha kam kuchga ega bo'lgan 
deva (iblis qiz)lar ham mayjuddir. Masalan, Araska (hasad), Uda (vaysaqi|, 
Akatasha (sinchkovlik), Bushyansta (yerinchoqlik), Push (xasislik), Zmaka (sovuq 
bilan bog'Iiq bo’lgan turli azoblar) shular jum lasiga kiradi. Ular odamlaming 
ichiga kirib olib, birovga nisbatan hasadgo'ylik qilishga, vaysashga, birovlaming 
ichki sirini bilishga, erinchoq va ishyoqmas bo'lishga, xasislik qilishga majbur 
qilarkan. Deva (iblis qiz)laming yovuz ishlami amalga oshirishlarida ularga 
Drujlar («druj» so'zi yolg'on, aldov degan m a'nolam i qngalatadi), ya'ni ayol 
timsolidagi badjahl maxluqlar va N asa (yuqumli kasalliklar tarqatuvchi mikroblar) 
yordam beradilar. Zardushtiyiik ta'lim otiga ko'ra, N asa quyidagicha tasvirlanadi: 
inson vafot etgach, N asa inson jasadidan joy oladi. Agar tirik odam jasadga 
yaqinlashsa, N asa unga zarar keltiradi, unga kasallik va hatto o'lim olib keladi, deb 
tasavvur qilingan. Zardushtiylaming tasavvuricha, Nasa faqat itdan qo'rqar, itning 
qarashiga dosh bera olmas emish. Shu sababli zardushtiylar odam o'lgandan keyin 
uning jasadi ustiga itni yetaklab olib kelishib, jasadga qaratganlar. Bu marosim 
«sakdid» deb atalgan. Shundan keyingina boshqa marosimlar o'tkazilgan. Demak, 
zardushtiylaming jasadni tog'ridan to 'g 'ri yerga ko'mmaganliklarining sababi 
birinchidan, odam jasadini harom deb bilganliklarida bo'lsa, ikkinchidan, jasadga 
kirib olgan Nasalar zardushtiylar uchun muqaddas hisoblangan Yyerga zarar 
yetkazadi, degan tushunchadan kelib chiqqan. Zardushtiylar o'lgan kishining 
jasadini maxsus ko'tarm aga olib borayotganda eng oldinda itni yetaklab borganlar. 
M axsus itlar va o'laksaxo'r qushlar jasadni suyagigacha yeb bo'lmagunlaricha 
dahmada saqlaganlar. Undan so'nggina o'lgan kishining suyaklarini maxsus 
idishlar —
sopoldan 
qilingan 
ossuriy 
(ostadon)larga 
solishib, 
maxsus 
bostirmalarda saqlaganlar. Axrimanga yordam beruvchi yovuz kuchlar —
iblislardan yana biri Parika (pan) deb nomlangan. Parika (pari)lar ko'pincha 
sohibjamol qiz yoki ayol qiyofasida tasavvur qilingan. Ular asosan kishilami 
avrash, sehrlash orqali aqldan ozdirish yoki halok qilishga intilganlar. "Parikalar 
ko'proq kechalari yoki tashlandiq qorong'i uylarda yolg'iz kishilar ko'ziga 
ko'ringan. Shuningdek, parilar tabiatning turli xil hodisalariga ta'sir ko'rsata oladi, 
deb o'ylaganlar. Masalan, Mush nomli pari oyni o'g'irlab, olamni qorong'ilikka 
botiradi. Dujeriya nomli pari esa qurg'oqehilik olib keladi, degan tasavvur mavjud 
bo'lgan. Bizningcha, hozirgacha respublikamizning janubiy hududlarida o'tkazilib 
kelinayotgan «Sust xotin», «Suv xotin» nomli vom g'ir chaqirish marosimining 
mavjudligi ham ana shu tasavvurlarga borib taqaladi. Bu yerda shuni ta'kidlab 
o'tish joizki, zardushtiylikdagi «Pari» - «Parika» atamasida ikki xil m a'no mavjud 
bo'lishi mumkin. Nur va ezgulik, Zulmat va Yovuzlik o'rtasidagi kurashda parilar 
ham o 'zaro kurash olib boradilar. Ahuramazda tarafida turuvchi parilar 
(parixonlar) jum lasiga baxshi, qushnoch folbin va kinnachilar kirib, ulaming 
asosiy vazifasi odam lar tanasiga kirib olgan yomon illatlar va jinlam i haydab 
chiqarishdan iboratdir. Axriman tarafida turuvchi parilar tashqi qiyofada o 'ta
go'zal bo'lib, ulaming asosiy maqsadi otashparastlami yo’ldan urish va halok 
qilishdan iboratdir. ular, asosan, odamlami suvga g'arq qilib yuboruvchi 
«suvparisi» yoki cho'lga boshlab borib suvsizlikdan halok qiluvchi turli 
ko'rinishdagi (suv, bog'-rog', aholi yashaydigan joy, o'rm onzor va sh. k.) sarobdir.
29


«Avesto»dagi kishining tinch va osoyishta hayot kechirishi, o 'zi uchun uy-joy 
qurib olishi, oilali bo'lish, mol boqib ko'paytirish, yer haydab don ekish va 
mollami boqish uchun o 't ekishi va yig'ishi, mevali daraxtlar o'tqazish suvsiz 
yerlarga suv chiqarish, yangi yerlar ochish ta'kidlab o'tiladi. «Avesto» 
orqali singdirilgan ushbu yumushlar hozirgi kunimizgacha ruhiyatimizda saqlanib 
qolingan.Axriman A huramazdaga qarshi kurashda har xil Xrafstra (zararkunan- 
da)lardan — ilonlar, pashshalar, qurbaqalar, chivinlar, chayonlar, chumolilar va 
turli-tuman mikroblardan ham foydalanadi. Yirikroq hayvonlardan bo'ri —
A xrimanning yordamchilaridan biri bo'lgan. Shu sababli bo 'ri doimo kishilar 
uchun oziq va yaqin yordamchi (ishchi kuchi) hisoblangan hayvonlami -ot, eshak, 
sigir, q o 'y va boshqa hayvonlam i ovlaydi. Ahuramazdaga yaqindan yordam 
beruvchi it esa b o'riga qarshi qo'yilgan. Olov va chiroq bor joyga bo'ri yaqinlasha 
olmagan. «Avesto»da ta'kidlanishicha, A huram azda tomonidan belgilangan 12000 
yil yakunlangach, yorug'lik va qorong'ilik o'rtasidagi oxirgi kurash bo'lib o'tadi. 
Ezgu va yovuz kuchlaming kurashida (uchinchi 3000 ham da to'rtinchi 3000 
yillikning birinchi yarmida) Axriman tarafdorlarining q o 'li baland keladi. Odamlar 
o'rtasida ham yovuz kuchlarga yordam beruvchi tubanlashgan kishilar soni oshib 
ketadi. Axloqcizlik va m a'naviy tanazzul kuchayadi. Xotin em i, o 'g 'il otani, uka 
akani tan olmay qo'yadi. Odamlar tabiatga yovuzlarcha munosabatda b o 'la 
boshlaydilar. iym on-ye'tiqod susayib, yovuzlik kuchayadi. Tabiatning muvozanati 
buziladi. Yyerga eritilgan bronza yog'iladi, tog'lar, yer va yer osti dunyosi- 
barchasi barobar yonadi. S o'ngra halok bo'lgan butun olam va barcha o'lganlar 
qaytadan tiriladi. Abadiy hayot boshlanadi. Samoviy Chinvot ko'prigidan 
o'tolm asdan do'zaxga tushib ketganlam ing barchasi gunohlaridan forig' bo'lib, 
do'zaxdan qutulib chiqadilar.
Zardushtiyiik falsafasida, birinchidan, butun o lam 7 ikkiga bo'linib. bir-biriga 
qarama-qarsffi kuchiar, qarama-qarshi harakatlar, ta saw urlar va boshqalaming 
doimiy harakati, olam hodisalarining oddiydan murakkablikka rivojlanishi 
(olam ning to 'rt bosqichda yaratilishi), bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan kuchiar —
Ahuramazda va uning yordamchilari, Axriman va uning tarafdorlarining quyidan 
yuqoriga, yuqoridan quyiga qarab joylashtirilishi, qarama-qarshi kuchlaming 
to'xtovsiz va ayovsiz kurashishi talqinida beriladi. Ikkinchidan, zardushtiyiik 
falsafasida to 'rt unsur — yer, havo, suv, olov e'zozlanadi. Suv va olovga atab 
qurbordiklar berilgan. Masalan, suvga sut va sharbat tomizilgan hamda suvning 
doimiy sofligi uchun idishga barg tashlab turilgan. Olovga esa qurbonlik sifatida 
quruq o 'tin , hayvon yog'i va xushbo'y hid taratuvchi giyoh tashlangan. Yemi 
e'zozlashib, unga o'lgan kishilam ing jasadi ko'm ilm agan, yerga in qo'yuvchi 
barcha jonivorlar Axrimanning yordamchilari sifatida talqin qilingan. Havoni har 
qanday badbo'y hid bilan bulg'ash qoralangan. Demak, zardushtiyiik falsafasiga 
k o'ra, olamning asosini to 'rt unsur: suv, olov, tuproq va havo tashkil etadi, degan 
tushuncha ilgari surilgan. Zardushtiylikda dehqonchilik, yer va unga ishlov 
berishga alohida e'tibor beriladi. M uqaddas matnlarda kimki bekor yotgan (o'lik) 
yerga suv chiqarib ishlov bersa, u keyingi hayotida mukofot oladi, deyiladi. Hosil 
berib turgan yerga ishlov bermasiik, sug'orish tizimini buzish va yemi cho'lga 
aylantirish katta gunoh hisoblangan, buning uchun Ahuramazda gunohkomi qattiq
30


jazolaydi, deb ta'kidlanadi. K o'pgina harakatlar — yalangoyoq yurish, marhum 
uchun k o 'p yig'lash, ayniqsa, ayollaming olov oldida soch tarashi katta gunoh 
hisoblangan. Zardushtiylik dini o'zidan oldingi tabiat kuchlarini ilohiylashtirishga 
qaratilgan qabilaviy dinlardan o'zining birmuncha ilg'orligi va yakka xudo —
Ahuramazdaga e'tiqod qilishi bilan ajralib turadi. U behuda qon to'kuvchi 
qurbonliklar, harbiy to'qnashuvlar, bosqinchiliklami qoralab, o'troq va osoyishta 
hayot kechirishni, mehnat qilishni, 
chorvachilik va dehqonchilik bilan 
shug'ullanishni da'vat qiladi. Xayrli ish qilish, ezgu o'y, ezgu so 'z va ezgu ishga 
qat'iyan amal qilishni talab qiladi.
N emis klassik falsafasining yirik vakili Gegel o'zining «Tarix falsafasi» nomli 
asarida Zardushtiylik dini va uning insonparvarlik xususiyatini quyidagicha 
ta'riflagan edi: «Bu din yorug'lik va mehr-oqibat dinidir. U yovuzlik va 
qorong'ilikka qarshi turadi. Yorug'likning yovuzlik bilan kurashi, hayotning o'lim
bilan kurashidir. Zardushtiylik dini rivojianishni, hayotning barhayot bo'lishini, 
ekin ekishni, uy hayvonlarini boqishni va yerga qarashni talab qiladi. Bu dinga 
sig'ingan odam hattoki, murdani yerga ko'm m ay, yoqmay qushlarga yem bo'lishi 
uchun kurashadi». Zardushtiylik xalq madaniyatining nodir yodgorligi sifatida 
m uhim qiymatga ega bo'lib, birinchidan, u qadimgi Sharqda vujudga kelgan bir 
qator dinlar, clastlab yahudiy dinining, so'ngra jahon dinlariga aylangan islom va 
nasroniylik dinlariga asos bo'lib xizmat qilgan. Masalan, Zardushtiylik diniga 
bhioan har hir otashparast kuniga 

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə