M a d a n iy a t V a din


barcha tushunchalarini belgilovchi markaziy g'oya, hind madaniyatining o'ziga  xos



Yüklə 3,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/38
tarix26.05.2022
ölçüsü3,17 Mb.
#88062
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Madaniyat va din madaniyatshunoslik

barcha
tushunchalarini belgilovchi markaziy g'oya, hind madaniyatining o'ziga 
xos
xususiyati- dunyoda sodir bo'luvchi benihoya uzliksiz harakat g'oyasi hisoblanadi, 
ya’ni dunyoning aylanishi na ibtido, na nihoya, na aniq maqsadga ega. Dunyoning 
doimiy aylanishida qayta yangilanish va dunyoviy ilohiy ruh nishonasi-individual
22


ruh bo‘ladi. Ular doimo yangi moddiy ko‘rinishda vujudga keladi, buning uchun 
inson tanasi boMishi shart emas, ya’ni ruh jonivorlar, o ‘simliklar tunusigu 
joylashishi mumkin. Xindlar shu tariqa o‘z dunyo qarashidan nargi dunyo huqidugl 
g‘oyani istisno qilganlar. Mutloq «dunyoviy qonun» borliq hukmdori Braxmu- 
olamning ob ’ektiv ibtidosi. Ulami taqqoslaganda aniq xudolaming roli uncha katta 
emas, faqat «dunyoviy qonun» tamoyillarini individuallashgan timsolidan 
iboratdir. Xech kim, shuningdek xudo ham inson karmasini o ‘zgartirishga qodir 
emas. Karmaning sanskrit tilidan tarjimasi «faoliyat» (taqdir). ni bildiradi. Bu 
tushunchaning mazmunini aniqlash murakkab. Karma insonning oldingi hayotidan 
meros bo‘lib o ‘tadi va hozirgi hayotining mazmuni va faoliyatida namoyon 
b o ‘ladi, u bo‘lg‘usi moddiy timsolning sifatini belgilaydi. Gunohlami kechirish 
haqida tazarru yoki ibodat bilan Karmani o ‘zgartirish mumkin emas, U faqat 
insonning axloqiy fe’l-atvorini belgilaydi. SHu bilan birga, har bir indus va buddist 
uchun o ‘z-o‘zini bilish va o ‘zining kamolatiga etish, o ‘z ruhiy holatini aniqlash, 
o‘z karmasini toza saqlanishi haqida o ‘ylash asosiy hisoblanadi. Bu Xindistondagi 
dinlar hayotdan, faoliyatdan voz kechishga undaydi degani emas, balki ular 
dunyoviy 
tashvishlarga 
befarq 
bo‘lishga 
undaydi 
desa 
bo‘ladi. 
Xind 
madaniyatining butun mazmunida zohir va botin, muaqqat va mangulik o ‘rtasidagi 
muvozanatni saqlash zarurati haqidagi fikr yotadi.
Xitoy Markaziy va SHarkiy Osiyodagi eng Kadimgi davlat. Xitoy sivilizatsiyasi 
mil.avv. 3 ming yillik oxirida shakllandi. Xitoy tarixini tarixchi Sima Syan o ‘z 
"Tarixiy xotiralar" asarida sulolaviy davrlarga bo‘lgan. Kadimgi Xitoyda ko‘hna 
Mesopatamiya 
va 
Misr 
singari 
kadimiy 
o ‘ziga 
xos 
madaniyat 
yaratilgan.Xitoyliklar SHan sulolasi davrida (mil.avv. 2 minginchi yil 
o‘rtalarida) ieroglif yozuvini yaratganlar. Bu yozuv bir necha o ‘n ming belgi- 
ierogliflardan iborat. Milodning I asrigacha bu ierogliflar hozirgi yozuv 
k o ‘rinishiga ega bo‘ldi. Xitoy madaniyatining o ‘ziga xos farqli jihati shundaki
qadimdan dinlardagi mistik ibtidoga axloqqa nisbatan ikkinchi darajada 
qaralgan, madaniyatdagi belgilovchi g‘oya Osmon tasdiqlagan buyuk «axloqiy- 
ijtimoiy-siyosiy tartib» boMgan. Mil. avv. XII-VI asrlarda Xitoyda dunyoni 
miflar orkali tasavvur kilishdan falsafiy mushohada kilishga o ‘tiladi. Falsafa 
o‘zining "oltin asr" deb nomlangan o ‘sha davrning cho‘kkisiga chikadi. Falsafiy 
karashlar ichida ikkitasi muhim ahamiyatga ega. Bulardan bittasi Konfutsiylik 
bo‘lib, uning asoschisi Kun-szi edi. U mil. avv. 551 yilda zodagon oilada 
tugMlgan bo‘lib, 15 yoshidan o ‘zi mutoala kilib m a’lumot olgan. Uning 
ta ’limotida Kadimgi urf-odatlar va ularga to ‘la rioya kilish muhim o ‘rin tutadi. 
Hammaning ularga amal kilishi jamiyatni halokatdan kutkarib, uni gullab- 
yashnashiga olib keladi deb uktiriladi. Davlat to ‘g ‘risidagi ta’limotda " ... agar 
podsho hakikiy podsho o‘mida bo‘lsa, fukarolar-fukaro o ‘rnida, ota-ota, ona-ona 
o ‘mida, bola-bola o ‘m ida bo‘lsagina davlat gullab-yashnaydi" deyiladi. Agar 
davlat o ‘z nomiga munosib bo‘lsa, unda etarlicha ozik-ovkat, etarlicha k o ‘shinlar 
bo‘lishi va unga ishonch bo‘lishi zarurligi ko‘rsatiladi.
Konfutsiylik ta ’limotida kuyidagi axlok normalari belgilanadi:
1. 
0 ‘zing orzu kilgan yutuklarga erishish uchun, boshkalarning ham shunga 
etishi uchun ularga yordam ber; .2. 0 ‘zingga makbul bo‘lmaganni, birovga
23


ravo ko‘rma. Konfutsiy mil. avv. 479 yili 72 yoshida vafot etgan. Uning 
ta’Iimoti Xitoyda va uning tashkarisida hozirgacha ham mashhurdir. . Barcha 
eng muhim narsalar har qanday sivilizatsiyaning «qiyofasini» belgilaydi- hayot 
tam oyillarini, davlat va ijtimoiy tashkilot shakllarini, umum qabul qilgan 
axloqiy m e’yorlar va qadriyatlarning barchasi Xitoyda Konfutsiylik ta’sirida 
shakllangan. Bejizga L.S. Vasilev Konfutsiylikni «xitoy sivilizatsiyasining 
kvint esSensiyasi (mohiyati)» deb atamaydi.«Osmon vakolati» yo‘nalishi 
Konfutsiy tom onidan yangicha fikrda rivojlantirilib, unda ijtimoiy axloq asosiy 
o ‘rin tutadi va siyosiy madaniyatni belgilaydi. A n’analami hurmat qilish, 
burchni jiddiy his qilish, axloqiy sifatning yuqoriligi, o ‘zini jam iyat uchun 
baxsh qilish, haqiqatni anglash uchun doimo urinish, ishonch va olijanoblik 
kabi ideallar boshqalam i boshqarishni istaganlar uchun m o‘ljal b o ‘lgan. Bu 
ideallar davlatning bosh tayanchi bo‘lib, Xitoy imperiyasi to ‘ralari uchun 
namuna bo‘ldi
Ikkinchisi, Daosizm ta’Iimoti, uning asoschisi - Lao Szi b o ‘lib, uning taxallusi 
"Dono kariya" bo‘lgan. Daosizm ta’limotining markazida tabiat, kosmos, inson 
turadi. Dao - ko‘rinishlarga ega bo‘lmagan tanasiz, absolyut kuch. Dao hamma 
narsalam i, shu jum ladan dunyopi yaratgan. Dao bo‘yicha dunyo doim 
harakatda, o ‘zgarishda va rivojlanishda bo‘ladi.

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə