M a d a n iy a t V a din



Yüklə 3,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/38
tarix26.05.2022
ölçüsü3,17 Mb.
#88062
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38
Madaniyat va din madaniyatshunoslik

«e’tiqod ramzi»ning aqidalari

)XUDOGA ISHONISH
2) ISO MASIHNING XALOSKOR - MESSIYA EKANLIGIGA ISHONISH
3) 
ISO MASIHNING QA YTA TIRILISHIGA ISHONISH
4) ODAMNING GVNOHKORLIGI VA UNDANXALOS BO'LISHIGA
ISHONISH.
• Birinchi bosqichda 
Iso Masih yerga kelib, yerdagi iztiroblari va 
o ’limi
bilan

Ikkinchi bosqichda 
Iso Masih yerga oxiratda yana qaytib keladi, Antixristni
5) 
JAN NAT VA DO’ZAXGA ISHONISH.
6) 
OXIRATGA ISHONISH.
7) 
AHLOQ QOIDALARINING D IN IY TA ’LIMOTDA GIKA TTA AHAMIYA TI.
Demak, xristian dinida ham, boshqa dinlar singari, axloqiy masalalarga alohida 
e’tibor 
qaratilgan. Kishilaming o’zaro munosabatlarida samimiylik, sadoqat, 
ishonch, poklik va muhabbat eng asosiy fazilatlar deb ta’kidlangan. Ma’lumki, 
tabiat unsurlari, atrof-muhitdagi jismlar o‘rta asrlarda tirik mavjudotlar sifatida 
idrok etilgan. Shu bois, turli yovuz kuchlar qursho-vida boigan inson ularga qarshi 
kurashish, o‘zini himoya qilish vositalariga ega boim og‘i lozim edi. Natijada turli- 
tuman tumorlar, diniy ma-rosimlaming xilma-xil shakllari rivojlanib boradi. 
Masalan, Muqaddas suvni iste’mo! qilish kishining gunohlarini yuvib, sogiigini 
yaxshilab-gina qolmasdan, uni yovuz kuchlar va jodulardan ham himoya qiladi, 
deb hisoblaganlar.
Dinning jamiyat hayotining barcha jabhalariga boigan ta’siri butun o‘rta 
asrlar davomida salmoqli o‘rin tutdi. Bu ta’sir ayniqsa badiiy ma-daniyat va fan 
sohasida juda kuchli namoyon boidi. Shu bois, fanning voqelikka doimo shubha 
bilan qarashi, mohiyatan dalillar qidirishdan iborat boiganligi, hech narsani 
haqiqat sifatida qabul qila olmasligi uni og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Fan sohasidagi 
turg‘unlik o‘rta asrlardagi ru-hiy asosning tabiiy, moddiy asosdan ustunligining 
o‘matilishi hisobidan qoplandi. Aynan shu davrda ijtimoiy mavqeyi va millatidan 
qat’iy nazar, har bir inson hayoti qadr-qimmatga ega, degan aqida tarqaldi. Gladiatorlar 
janglari va odamlami qurbonlik qilishning taqiqlanishini ham turli din-larda 
insonparvarlik g‘oyalarining ustuvorlikka erisha boshlaganiga mi-sol b o ia oladi.
0 ‘rta asr Yevropasi - bu sivilizatsiya gullab-yashnagan, natural xo'ja-lik 
hukmronlik qilgan tarixiy davr edi. Bunday turmush tarzi inson tafakku-rining tor 
manfaatlar doirasida qolib ketishiga ham olib keldi. Keyinroq xristian cherkovi 
iamiyatning barcha tomonlarini siyosiy tashkilot shakliga keltirishning namunaviy
63


usosini yaratdi. Tobelik munosabatlariga asoslan-gan xristian feodal tabaqachiligi 
negizida cherkov iyerarxiyasi yotadi (ruho-niylar-yepiskoplar-kardinallar-Rim papasi). 
Oirol - xudoning vassali, saroy ayonlari - qirolning vassali, dehqon - saroy ayonining, 
uyol 
erkakning, uy hayvoni - ayolning, tosh va o‘simliklar- uy hayvonining vassali 
va b. Toshdan xudogacha keng tarqalgan umumiy vassallik haqidagi ushbu g‘oya ham 
cherkov manfaatiga to‘g‘ri kelar edi.
Xristian cherkovi feodal jamiyat talabiga javob beradigan kuchli tashkilot 
sifatida shakllandi. Uning eng quyi pog‘onasida qishloq cher-kovi ruhoniysi 
turardi. Tuman va viloyatlarda yepiskop va kardinallar cherkovni boshqarar edilar. 
Eng yuqori pog‘onada katolik cherkovi rah-nomasi - Rim papasi turardi.
Din hayotni muqaddas shaklda tasvirlovchi g‘oyalami yaratdi: falsafa-dateologiya, 
adabiyotda ilohiy, didaktik shakllar, musiqada cherkov gimn-lari - liturgiya va messa, 
tasviriy san’atda xristianlik sujetlari asosiy o‘rin tu-tadi. Asosiy fanlar ilohiyot va 
sxolastika (bu atama fikr so‘qish, dogma-tizm, mazmunsiz, yuzaki bilimni anglatgan) 
edi. Ilohiyot olam va inson ha-qidagi o‘z “ilmiy” manzarasini yaratdi. Koinot 
xususidagi ilmda Yer - Olamning, Iyerussalim - dunyoning markazi, degan qarash 
hukmronlik qil-di. Inson majoziy tarzda mikrokosmos, tana - yer, qon - suv, nafas -
havo, ha-rorat-olov, ya’ni u boshlang‘ich ibtidodan iborat, deb qaraldi.
Xristian cherkovi o‘z maqsadi va mazmuni bilan hukmron tabaqa man-faatiga 
xizmat qilsada, uning maorif, madaniyat va, ma’lum darajada, fanni rivojlanishiga 
qo'shgan hissasini alohida qayd etish lozim. Dastlabki kutub-xonalar monastirlarda 
bo‘lgan. Monax-attotlar, ko‘pincha diniy mavzu-da bo‘lsa-da, kitoblaming yangi 
nusxalarini yaratganlar. Yevropada XI asrga qadar maktablar ham cherkovlar 
qoshida tashkil etilgan bo‘lib, ularda o‘rta asrlaming barcha buyuk allomalari 
ta’iim olganlar. Xristian dinining xaloskorlik kuchiga ishongan xalq ko‘pincha o‘z 
xohishi bilan, ba’zida majburan hosilining katta qismini cherkov va monastirlar 
hiso-biga hadya qilar edi. Bu borada cherkovning naqadar katta imkoniyat-larga 
ega bo‘lganligini Parij yaqinidagi Sen-Jermen monastiriga tegishli dehqonlar soni 
80 mingdan ortiq bo‘lganligidan ham bilsa bo‘ladi.
0 ‘rta asr Yevropasida boy-badavlat, savodli-savodsiz, umuman, ja-miyatning 
barcha qatlamlari ishtirok etadigan ommaviy tadbirlardan biri diniy mavzudagi 
ma’ruzalar edi. Voizlar insonning hayotida, uning tur-mush tarzida, kasbiy 
faoliyatida amal qilinishi lozim bo'lgan tadbirlar to‘g‘risida nutq so‘zlab, ulami 
ezgulikka, o‘zaro hurmatga chaqirganlar. Masalan, XIII asrda Germaniyada 
mashhur voiz Bertold Regensburgskiy (1210-1272) shunday atoqli arboblardan 
edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning nasihatlarini tinglash uchun 50 minglab xalq 
yig‘ilgan. 1250-1272-yillar mobaynida ushbu voiz tomonidan tayyorlangan 60 taga 
qadar nutq ma’lum-dir. B.Regenburgskiy inson xudo oldida quyidagilar uchun javob 
berishini uqtiradi:
• o‘zimiz (shaxslarimiz) uchun (barchamiz ezgulikka intilib yasha-shimiz 
lozim);
• iste’dodimiz (lavozim, xizmat turi) uchun (qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, 
lavozimidan hech kim nolimasligi kerak);
64


Agar hamma ritsar, amaldor boMsa, kim oziq-ovqat, kiyim-kechak tay-yorlaydi, 
hinolar barpo etadi? 0 ‘g‘rilik, qalloblik, sudxo‘rlik xudo tomoni-dan yaratilgan kasblar 
emus. Demak, ular bilan shug‘ullanish - yaratganga shak keltirishdir.
O'rta asrlar davri diniy ta’limotlar taraqqiyotida alohida o‘rin tutgan siymo 
mashhur ilohiyotchi, faylasuf olim, muloyimligi tufayli “Farishta doktor” laqabini 
olgan, vafotidan so‘ng (1321-yil), avliyo deb e’lon qi-lingan Foma Akvinskiy 
( 1225-1274-yillar) edi. U xudo borligini tasdiqlab, quyidagi beshta isbotni 
keltiradi:
• birinchisi - tabiatda harakat mavjudligi. Birinchi harakatga soluvchi kuch -
xudodir.
• ikkinchisi - o‘zaro ta’sir qiluvchi sabablar mavjudligi, ya’ni biron narsa ta’sir 
qiluvchi sababsiz yuz bermaydi. Bu sabab - xudodir.
• uchinchisi - tasodif va zaruriyatning o‘zaro munosabati. Tasodifiy narsa 
zaruriy narsaga bog'liq. Bu zaruriyat - xudodir.
• to‘rtinchisi - kamolot darajalarining mavjudligi. Eng oliy kamolot darajasi -
xudodir.
• beshinchisi - hamma narsalaming maqsadga muvofiq yaratilganli-gidir. 
Shunday bir ongli mohiyat borki, tabiiy narsalarni maqsadga yo‘-naltiradi. Bu -
xudodir.10
Foma Akvinskiy ta’Iimoti - tomizm asta-sekin cherkovning rasmiy 
doktrinasiga aylandi («Thomas»-lot. Foma). Feodalizmning inqirozi bi-lan 
zaiflashib qolgan tomizm XIX asrda neotomizm shaklida namoyon bo‘la boshladi 
va hukmron sinf vakiilari tomonidan tobora kuchayib bo-rayotgan ishchilar 
harakatini susaytirish vositasi sifatida foydalanildi.
0 ‘rta asrlar Yevropa madaniyatining eng yirik yutugM o‘rta va oliy ta’iim 
tizfrnining yaratilishi hamda universitetlaming paydo bo‘lishidir. Bu davrda feodal 
jamiyatning dehqonchilik mehnatidan ozod bo'lgan qismij boshqa faoliyat turlari -
san’at, adabiyot, harbiy xizmat, ta’iim bi-Ian shug‘ullana boshladi. Ta’limning u 
yoki bu turi qadimgi sivilizatsi-yada ham mavjud boMgan. Bu tizim ayrim 
hududlarda hatto bugungi oliy ta’iim muassasalarining ilk ko‘rinishlari holida boMgan. 
Masalan, qadimgi Yunonistonda Pifagor, Aristotel maktablari uzoq vaqt, Platon 
akademi-yasi esa ulardan ham ko‘proq faoliyat ko‘rsatgan. Ammo o‘rta asr Yev- 
ropasida aholining mutlaq ko‘pchiligi savodsiz edi. Savodli kishilar na-faqat 
dehqonlar, balki feodallar orasida ham oz sonli edi. Ritsarlarning ko‘pchiligi imzo 
chekish o‘miga belgi qo‘yganlar. G‘arbiy Yevropada uzoq vaqtlaigacha ruhoniylargina 
savodxon boMib keldi: ular diniy kitoblami o‘qishlari, ibodat duolarini bilishlari, 
xudoning qudratini dindorlarga chi-royli qilib tasvirlab, kishilami ishontirishlari 
lozim edi. Cherkov va monastirlar huzurida tashkil etilgan quyi maktablar o‘z ol-diga 
savodxon dindorlami tayyorlashni maqsad qilib qo‘ygan. Bu maktab-larda asosan lotin 
tilini, ibodat va duolar o‘qish tartiblarini o‘rgatishga e’ti-bor berilar edi. IX asrda 
cherkov - yepiskoplik maktablari rivojlanib, keyinchalik ular zaminida o‘rta asr
Y o'ldoshev S. v a b . Qadimgi v a o ‘rta a s r G ‘arbiy Yevropa falsafasi. -Т .: “Sharq", 2003. 159-bet.
65


univcrsitcllari vujudga keladi. Diniy maktablarda sakkiz yoshli bolalar ham, o‘smir 
yigillur ham yoshiga qarab, sinflarga boiinmasdan, barobar o‘qitilgan.
C’hcrkov qoshida ichki va tashqi maktablar faoliyat ko‘rsatgan. Ichki 
maktablarda tug‘ilganidanoq monaxlikka mahkum qilingan bolalar ya-shab, ta’lim 
olganlar. Shuningdek, bu davrdagi maktablarda ilohiyot bi-lan shug‘ullanadigan 
yoki oddiy hayotga qaytadigan badavlat kishilar-ning farzandlari ham o‘qiganlar. 
Ikkala maktab ham deyarli bitta maq-sadga - lotin tilini o‘rgatishga yo‘naltirilgan 
edi. Shunga qaramasdan, VIII-IX asrlardagi savodxonlik holati to‘g ‘risida Buyuk 
Karl qalamiga mansub bo ig an quyidagi misralar asosida xulosa qilish mumkin: 
“ Impe-rator (Genrix IV) shu darajada o‘qimishli ediki, o‘ziga yuborilgan bar-cha 
xatlami bemalol o‘qish va tushunish imkoniyatiga ega edi11”.
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining hammasidagi ta’lim muassasala-rida o‘sha 
vaqtda biron xalq gapirmaydigan lotin tilida o‘qitilgan. Ko‘-pincha butun boshli 
maktabda bir dona kitob bo‘lib, muallim uni navbat bi-lan bolalarga berib, ulaming 
savodini chiqargan. Bolalarda o‘qishga havas tug‘dirishga harakat qilinmas, ammo 
itoatsiz talabalar qattiq kaltaklanar edi. Bugungi oliy ta’lim tizimining tarixiy ildizlari 
o‘rta asrlar madaniyatida buyuk burilish yasagan muhim hodisa - universitetlar tashkil 
etilishiga borib taqaladi. Dastlab “universitet” so‘zi aynan ta’lim muassasi bilan bogiiq 
emas edi. Universitet deb ma’lum kasb egalari boigan kishilar birikmasiga, ya’ni 
hamkasblar, masalan, hunarmandlar uyushmalari, ittifoqlariga ta’lim beruv-chi 
(Vqrtuvchi va talabalami biriktirgan birlashmalarga aytilgan.
G‘arbiy Yevropadagi dastlabki universitetlar XI asrda paydo boi-gan. 
Universitet - lotincha “majmua” ma’nosini ham anglatadi. Atama umumiylik 
ma’nosini berib, unda turli sohalar birlashtirilganligi aks eta-di. Bu vaqtga kelib 
bilimlar hajmi shu darajada ediki, endi ulafni o’z-lashtirish, ko'paytirish va saqlash 
uchun bu bilimlar majmuasining ay-rim qismlarini yillar davomida o‘rganish zarur 
edi. Jamiyatda ma’lum sohalar uchun mutaxassi'slar, masalan, huquqshunoslar, 
shifokorlar, o’qi-tuvchilar tayyorlash uchun maxsus ta’lim tizimi tashkil qilish 
zaruriyati tugildi. Ilmiy darajalar (bakalavr, magistr, doktor) tizimi, umumiy va 
maxsus fanlami uzviylikda o‘qitish tartiblari ham o‘sha davrlarda yara-tilib, to 
bugungi kungacha takomillashib borgan. Darajalaming taqsim-lanishi, o‘z 
navbatida, universitet bosqichlarining paydo boiishiga olib keldi. Ko‘pchilik 
universitetlarda ilohiyot, huquqshunoslik va tibbiyot fakultetlari ochilib, ularda 
ta iim 10 yil va undan ham ko'proq davom etardi. Shuningdek, G‘arbiv Yevropa 
universitetlari o‘ziga xos madaniyat makoni b o iib ham xizmat qildi. Bunda barcha 
universitetlarda ta iim umumiy (G‘arbiy Yevropa uchun) - lotin tilida olib borilishi 
yetakchi omil b oidi. Universitet diplomlarini xalqaro miqyosda tan olish an’anasi 
ham o‘rta asrlarda paydo boigan. Bakalavr, magistr, doktor kabi darajalar tabaqalanishi 
universitet taiimining ko‘p bosqichliligiga mos kelar edi. Taiimning birinchi bosqichi
7 ta fanni o‘z ichiga olgan ikki davrdan iborat edi:
I davr - trivium (grammatika, notiqlik, mantiq);
II davr - kvadrium (arifmetika, astronomiya, musiqa, geometriya).
11 Хрестоматия по истории педагогики, - М.: Учпедгиз, 1938. стр. 66-67.
66


Oliy maktablar XIII asrda Boloniya, Monpele, Palermo, Parij, Oks-ford, 
Salerno va boshqa shaharlarda tashkil topdi. Umuman, ayrim ma’-lumotlarga 
ko‘ra, XV asrga qadar Yevropa davlatlarida 60 ga yaqin universitet ochilgan. 
Universitetlar erkin boshqaruv va moliyaviy mustaqillik huquqlariga ega bo‘lib, bu 
haqdagi yorliq qirol yoki Rim Papasidan olinardi. Univer-sitetlar mustaqilligi 
uning 
ichki 
tartib-qoidalariga, 
intizomga 
qattiq 
rioya 
qilish 
bilan 
mujassamlashtirilgan. Obrta asrlardagi eng yirik universitet Parijda bo‘lgan. Unga 
1257-yili fransuz qiroli xonadoni ruhoniysi Rober de Sarbon asos solgan. Hozirgi 
kunda dunyoga mashhur Sarbonna uni-versiteti shu tariqa tashkil topgan. 
Universitetlar paydo bo‘lishida talabalaming bilim va adolat izlab, ko‘chib 
yurishlari ham katta ahamiyat kasb etgan. Masalan, XII asr o’r-talarida Angliya va 
Fransiya o‘rtasidagi siyosiy munosabatlarda ayrim ziddiyatlar yuzaga kelganda, 
angliyalik talabalar Parij universitetida o‘z huquqlari poymol qilinayotganligini 
ro‘kach qilib, 1168-yilda Angliya-ning Oksford shahriga ko‘chib ketganlar. Shu 
tariqa Oksford Universi-teti vujudga kelgan. 1209 yilda ushbu universitet 
talabalarining g’ala-yonlari esa ulaming ko‘p qismining Kembrij shahriga 
ketishlariga va Kembrij 
Universitetiga asos solinishiga sabab bo‘lgan. 
Universitetda alohida fan o‘qituvchilari yig‘ilib, o‘z birlashmalari- fakultetlarini 
tuzib, unga dekan saylaganlar. Universitet rahbari-rektor o’qituvchi va 
talabalaming umumiy yig‘ilishida saylangan. Germaniyada ham universitetlaming 
o‘ziga xos tizimi shakllandi. Bu universitetlar, birinchidan: ta’iim berish, 
izlanishlar olib borish va bakalavr, magistr, doktor darajalarini berish huquqiga 
edilar. Bu huquq asosan diniy hokimiyat tomonidan berilgan. Ikkinchidan, ular 
mustaqillikka ega boiib, o‘z Nizomi va ichki tartib-qoidalari asosida faoliyat yu- 
ritganlar. Uchinchidan, ular o‘z a’zolarini o‘zlari sud qilganlar, ya’ni hu-dudiy va 
shahar hokimiyati tomonidan berilgan imtiyozlarga muvofiq ulami turli soliq va 
toiovlardan ozod qilish huquqiga ham ega edilar.
0 ‘quv ishlarini tartibga solish, ma’ruza va imtihonlami talab dara-jasida 
tashkil etish maqsadida universitetlarda diniy, yuridik, tibbiy va umumtaiim 
fakultetlari tashkil qilingan. Har bir fakultetga saylov asosida tayinlangan dekan 
rahbarlik qilgan. Fakultetning asosiy maqsadi ma’ruza-lami tashkil qilish va 
taqsimlash, bahs-munozaralar, tajribalar o‘tkazish hamda ilmiy darajalar berishdan 
iborat boigan. 
Universitetlar o‘z xodimlarining haq-huquqlarini 
himoya 
qilishda ham katta imtiyozlarga ega boiganlar. Masalan, 1231-yilda Papa 
Grigo­
riy IX tomonidan imzolangan «Parij universitetining ish tashlash 
huquqi 
to‘g‘risida»gi Farmonida shunday deyilgan: «Agar sizlar qandaydir 
hu-quqdan, 
masalan, yashash joyingizdan foydalanish huquqidan, mahrum 
qilinsangiz, kimdir 
oiim
yoki 
jahoratlanish 
ko‘rinishida 
haqorat 
qilinsa, 
talab 
qilingan 
murojaatingizga 15 kun ichida javob olmasangiz, shunga 
erishgunlngl/cha 
ma’ruzalar o‘qishni to‘xtatishingiz mumkin. Agar siz-lardan 
kimdir noqonunly 
ravishda qamoqqa olinsangiz va bu nohaqlikka sizning 
mumjafltlngl/xian 

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə