M a d a n iy a t V a din



Yüklə 3,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/38
tarix26.05.2022
ölçüsü3,17 Mb.
#88062
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38
Madaniyat va din madaniyatshunoslik

Adabiyotlar ro‘yxati
1. Abdullaev M. Madaniyatshunoslik asoslari Т.: «Turon» 2006 y.
2!
Aliev A. Manaviyat, qadriyat va badiiyat. Т.: «Akademiya», 2000 y.
3. 
Boboev H., Hamroev Т., Alimasov V. Madaniyatshunoslik. Т.: «YAngi 
asr avlodi», 2001 y. 
°
4. Boboev H., Hasanov S. «Avesto» manaviyatimiz sarchashmasi. Т.: 
«Adolat», 2001 y.
5. 
M adaniyatshunoslik. M aruza matni. Gulmetov e. va boshqalar. Т.: DITAF, 
2000
y.
6

Umarov E. «Madaniyatshunoslik». Yangi asr avlodi 2005 y.
7. Xayrullaev M. 0 ‘rta Osiyo Uyg‘onish davri madaniyati. Т.: «Fan», 1995y
S-MAVZU: DINIY MADANIYAT (IV-XVI ASRLAR XRISTIAN
EVROPASI VA MUSULMON SHARQI).
Qadimgi Hindiston madaniyati. Braxmanizm, buddizm dinlari. Mahenjo-Daro 
va Xarappa sivilizatsiyasi. YUqorida sanab o ‘tilgan maqsad vazifalami talabalarga 
etkazish va uning bugungi yosh avlod uchun ahamiyatini to ‘g ‘ri tushuntirish. . 
Qadimgi Yunoniston va Rim madaniyatlari Evropa sivilizatsiyasining poydevoriga 
asos solganligi. Qadimgi YUnonistonda shakllanib, keyinchalik yuksak bosqichga 
ko‘tarilgan bu madaniyat er. avv. 1 m ing yillikda 
Rim madaniyati vujudga 
kelishiga katta tasir ko‘rsatdi va “Antik madaniyat” nomi bilan dunyo madaniyati 
tarixida o ‘chmas iz qoldirgan.
52


VI-XVI asrlar davri tarix fanida o ‘rta asrlar deyilib, qadimgi va an’anaviy 
madaniyatlar o ‘rtasidagi davrni bildiradi. Bu davr madaniyatida mifologik tafakkur 
va an’analarning kuchli ta’siri ham da yangi davming texnogen madaniyatidagi 
aqliy-mantiqiy tafakkur, ilmning amaliy xususiyatlari seziladi. Arab halifaligi va 
Evropa mamlakatlari o ‘rta asrlar madaniyatidagi xususiyatni islom va xristianlik 
belgilaydi. o 'rta asrlar madaniyatining shakllanish qiyofasini islom va xristianlik 
belgilashi bilan birga, ulam ing o ‘zi ham mifologik tushunchalar asosida shakllanib, 
an’anaviy madaniyatning ko‘plab jihatlarini o ‘zlashtirdi, o‘z navbatida o ‘rta asrlar 
madaniyati negizida keyingi davrlar madaniyatining shakllanishi uchun yangi 
madaniyat kurtaklari va yangicha tafakkur tarzi vujudga keldi. YAna shuni ham 
inkor qilmaslik kerakki, o ‘rta asrlarda o ‘zining tafakkur tarzi va dunyoqarashi 
jihatidan o ‘tmishda va keyingi davrlarda vujudga kelgan diniy madaniyatdan 
keskin farq qiluvchi diniy madaniyat yaratildi. Diniy madaniyat ko‘p mazmunlidir, 
negaki uning asosida turli xalqlam ing madaniyat merosi mavjud: arab, turk, 
german, slavyan xalqlarining arxaik (ibtidoiy) madaniyati; antik meros va qadimgi 
sharq sivilizatsiyasi meroslarini tanlash va ijodiy qayta ishlab o‘zlashtirgan. 
Bundan tashqari g ‘arb va Sharqning o ‘rta asrlar madaniyati tarixning ming yillar 
davomida doimo m uloqot va akkulturatsiya jarayonini kechirdi, bunda salib 
yurishlari davri juda shiddatli kechdi (X1-XI11 asrlar). Diniy madaniyatning ko‘p 
qirraligi uning tarkibida ko‘plab submadaniyatlarning mavjudligidir: xalqona 
(qishloq madaniyati), shahar, dunyoviy, monastir va so‘fiylik madaniyatlari. 
SHuningdek, din o ‘sha davrdagi madaniyat va submadaniyatning barcha sohalarini 
birlashtirib o ‘z ichiga qamrab oldi.
o‘rta asrlar davrida yakka xudolikka asoslangan jahon dinlari-xristianlik va 
islom Evropa, Osiyo va Afrikaning ko‘p joylarida ko‘plab kishilar uchun 
dunyoqarashning ustivor shakli bo‘lib, inson va butun jamiyatning tafakkurini, 
butun turmush tarzini belgiladi. Diniy aqidalar asosida o ‘sha davming qiyofasi 
kishilar ongida shakllanib madaniyatning o ‘ziga xos xususiyatini belgiladi. Koinot 
va osmon jismlarini dastlabki va boshlang‘ich o ‘mini Xudo (Olloh) belgilab, 
dunyo va insonni yaratuvchisi hamda barcha mavjudot xudoning (Olloh 
irodasining) ijodiy yaratuvchanlik natijasidir. Insoniyat tarixi davrlaming izchillik 
bilan takrorlanib turishi kabi namoyon bo‘ladi, natijada davrlaming o ‘rin 
almashishi navbatdagi payg‘ambarning kelishi bilan sodir bo‘ladi. Payg‘ambar 
jam iyatda buzg‘unchilik va gunohlarni tuzatishda «ilohiy aralashuvchi» ning 
timsoli hisoblangan. Bu «xudoning elchilari» bo‘lgan payg‘ambarlar tarixidir. 
Xristianlikka ko‘ra «elchilaming» so‘nggisi «xudoning o ‘g‘li» Iisus Xristosning 
erga tushishi hisoblanib, uning chormix qilinishi bilan Erda Xudoning hukmronligi 
boshlanadi. Islom dini bo‘yicha Iisus faqat payg‘ambarlardan biri xalos, oxirgi 
payg‘ambar «payg‘ambarlik tam g‘asi» 
bo‘lgan Muhammaddir. Kishilarga 
payg‘ambarlar orqali oliy haqiqat m a’lum qilingan. YA’ni, yaxshilik va yomonlik, 
nomukammal - takomilga muhtoj bo'lgan erdagi ko‘rinadigan tabiiy mavjudlik, 
bunda, erdagi oliy hilqat inson ruhi bo‘lib, u Xudo bilan birlashishga harakat 
qilishi lozim. Din - inson uchun namuna-mo‘minlik, jafokashlik, ruhoniyat, 
gunohlarni yuvish ishtiyoqi, qutilishdir. Xar kim, har doim nazorat ostidaligiga, 
o'zining Olamda zarradek ekanini his qilishi, bu ulkan Olamning o ‘ziga xos
53


markazida sezilarli kuch harakatda bo‘lishi, idrok qilib xudoning (Ollohning) 
e’tiborida ekanligiga iqror bo‘ladi. Din har xil milliy an’analarga ega bo‘lgan turli 
xalqlarga arablar SHarqi va Evropada kuchli bir sivilizatsiya yaratishi uchun 
birlashtiruvchi ibtido bo‘ldi. Din madaniyatning siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, badiiy- 
barcha sohalariga o ‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Xristianlik Rim imperiyasida Eramizni IV 
asrlarida uning g‘arbiy qismi gullagan paytga kelib (er. 476 y.) to‘la shakllangan 
cherkov tizimi va qattiq intizomga asoslangan davlat dini tarzda qaror topdi. 
CHerkovning tayanchi bu paytda butun Evropada keng tarqalgan va xristianlikni 
o‘z dini sifatida qabullagan «yowoyi» xalqlar (jumladan: gotlar, gallar, irlandlar 
va b.) tashkil etdi. Evropa bo‘ylab tarqalgan german, slavyan, turk qabilalari antik 
sivilizatsiyasini xarob etib yangi hayot tarzini qabul qildilar.
0 ‘rta asr Evropasi- bu agrar sivilizatsiya gullab yashnagan, natural ho‘jalik 
hukmronlik qilayotgan tarixiy davr. Dehqonlar uncha katta bo‘lmagan, bir-biridan 
ajralgan jamoalar shaklida yashar, ulami istak va manfaatlarini yildan-yil 
takrorlanadigan qishloq xo‘jaligi bilan bogiiq tarzi belgilardi. Bunday hayot 
tarzida odamning tafakkur doirasi tor-manfaati doirasidan tashqari har qanday 
muloqotlarga ehtiyoji yo‘q hisob bo‘ladi. Bunda Evropa tarkib topgan 
davlatchilikka ham hech qanday zamin yo‘q edi. So‘ngroq xristian cherkovi 
jamiyatni barcha tomonlarini siyosiy tashkilot shakliga keltirishning namuna 
asosini tashkil etdi. Tobe’lik munosabatlariga qurilgan feodal tabaqachilik asosida 
CHerkov ierarxiyasi yotadi. (ruhoniylar-episkoplar-kardinallar-rim papasi), qirol 
xudoning vassali, saroy ayonlari-qirolning vassali, dehqon-saroy ayonining, ayol 
erkakning, uy hayvoni ayolning tosh va o‘simliklar uy hayvonining vassali va 
bosh.»Toshdan Xudogacha» keng tarqalgan umumiy vassallik haqidagi g‘oya ham 
Cherkovni qoiiab quwatlagan. Musulmon SHarqida islom ta’limoti paydo 
boiistii bilan barobar teokratik boshqaruv shakli qaror topadi, bunda diniy va 
dunyoviy hokimiyat payg'ambar, keyin uning «o‘rinbosarlari-xalifalar» qoiida 
birlashgan. V-VI asrlarda Arabistonda yangi dunyo qaror topaboshladi. Etnik va 
madaniy uyushish, integratsiya jarayoni kechib, yagona din, umumiy ong 
elementlari tarqala boshladi. Bu avvalgi xudolaridan xafsalasi pir boigan 
arablaming 
ma’naviy-ruhiy 
izlanishiga 
turtki 
boidi. 
Muhammadning 
payg‘ambarlik faoliyati yagona ma’naviy-mafkuraviy va sotsial birlikka intilish 
yo iid a qonuniy jarayon b o id i. Islomiy e ’tiqod 5 asosiy talabga tayanadi. YAgona 
Olloxjji tan olish va Muhammadni uning payg‘ambari deb bilish, namoz o‘qish, 
ro‘za tutish, beva-bechoralar y o iid a zakot berish, haj ziyorati. Islomning ushbu 
5 axkomidan 4 tasi axloqiy-udum tabiatiga ega. Xususan, payg‘ambar shaxsi u 
haqidagi ma’lumotlar nufuzi islom diniga betakror o‘ziga xoslik, ma’naviy-ruhiy 
qudrat bahshida etdi va uni jahon tarixidagi muhim voqea, o‘zida ilohiy va 
dunyoviy hokimiyatni mujassamlashtirgan musulmon davlatchiligining qaror 
topish tomirini belgiladi.
Din hayotni muqaddas shaklda tasvirlovchi g'oyalami yaratdi: Falsafada- 
teologiya, adabiyotda-ilohiy, didaktik janrlar, evropa musiqasida cherkov gimnlari- 
liturgiya va messa, tasviriy san’atda xristianlik syujetlari asosiy o‘riii tutdi. Asosiy 
fanlar ilohiyot va sxolastika (o‘rta asr falsafasida yunoncha shunday atalgan va bu 
atama fikr so‘qish, dogmatizm, mazmunsiz, formal bilimni anglatgan). Ilohiyot
54


olam va inson haqidagi o‘z «ilmiy» manzarasini yaratdi. Koinot xususidagi ilmda 
Er Olamning, Ierusalim dunyoning markazi degan qarash hukmronlik qildi. Inson 
majoziy tarzda mikrokosmos- tana-er, qon-suv, nafas-havo, harorat-olov, ya’ni u 
boshlang‘ich ibtidodan iborat deb qaraldi. Asosiy mavzu-xudoni kuylash, Injil 
asotirlari, avliyolar hayoti, ruhiy-axloqiy poklanish, gunohdan, mag‘firat bo‘lish 
aqidalari edi. Musiqaviy madaniyat negizini cherkov qo‘shiq-kuyi (liturgiya), 
musiqa, she’riyat va dramaturgiyani o‘zida uyg‘unlashtirgan cherkov tantanalari 
tashkil etdi. Me’morchilik va tasviriy san’at ilohiyatni unsiz targ‘ib shakli tarzida 
namoyon bo‘ldi. Xristianlik ehromlarini (Sobor) «savodsizlar Injili» deb bejiz 
aytmaganlar. Uning butun ifoda shakli- bino ichining xoch shaklidaligi, atrofiiing 
bezak-hashami, oddiy bandalariga munosib ko‘rilmagan mehrob qismi, turli 
haykalchalar, mo‘l bo‘yoqli tasvirlarda aslida xristian ramzlari va xristianlik 
aqidalari ifodalangan. Bosh janr ikona bo‘lib, u savodsiz omma uchun xudo bilan 
ruhiy-hissiy bog‘lanish aloqa shakli sanalgan. Tasvirda xudoni bandalarining 
gunoh kechmishlari, ularni mag‘firat etishga qaratilgan motamsaro ko‘rinishi 
ifodalangan.
Islomda san’atga nisbatan qat’iy biryoqlama, diniy aqidalar timsoli ifodasini 
ko‘ramiz. Bunda cherkov tizimini yo‘qligi, har bir odamni Ollox-bilan tanho 
muloqotining mumkinligi aholi manzillari, mahallalarda qurilishning ommaviy 
shakli-masjidlami bino etilishi bo‘lib, uning dastlabki namunasi Muhammad 
payg‘ambar tomonidan Madina shahrida solingan masjiddir. YUqori ma’lumotli 
musulmonlar orasida Evropa mamlakatlaridagi universitettardan ilgariroq oliy 
ta’iim maktab-madrasalari keng tarqalishini belgiladi. Musulmon adabiyotida 
ustivorlik qilgan she’riyatni rivojlanishida sufiylik katta rol o'ynaydi. Sufiylar 
o‘zlarining chuqur hissiy-ruhiy holatlari, yaratuvdhiga boMgan e’tiqodini 
tinglovchilariga etkazish, individual ta’sir etish mahoratini namoyish etardilar. 
Islom tadqiqotchilardan boMgan. G. Gryunbaumning ta’kidiga ko‘ra, tahlffiy, 
ma’joziy boy ifoda vositalariga ega bo'lgan mukammal ifoda shakli, chuqur 
mazmun uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan takbir imkoniyatlarini musulmon 
madaniyati doirasi xatto undan tashqarida topish mumkin emas. SHarqning barcha 
yirik Sanoiy, Jomiy, Rumiy, Sa’diy, Xofiz, Nizomiy, Navoiy singari ijodkorlari 
sufiylikka u yoki bu tarzda aloqador bo‘lganlar. Ilohiy haqiqat Olamning aldamchi 
ko'rinishi tarzda tahayyul etilganligi tufayli ham islom san’atda asl tasvir-ifodani 
inkor etgan (Kitobiy miniatyura bundan mustasno). Ayni paytda Islomda olamning 
mohiyati, asl hayot haqiqatni naqshlarda muhrlangan belgilarida ifodalashga 
e'tibor qaratilgan. Mahobatli me’morchilik yodgorliklarini betakror go‘zattik 
timsollariga 
aylantirgan, 
ixlosmandlami 
nafaqat 
ko‘zini, 
qalbini 
ham 
quvontiradigan murakkab geometrik shakllar (girh), o‘simliklar shakli ifodasi 
(islimiy), qo‘lyozma, amaliy bezak, san’ati naqshlari asosida islomiy ramz 
Insvirlari 
yotadi. 
Jumladan, 
uchburchak-Ollohning 
nazari, 
to‘rtburchak- 
niusulmonlami Muqaddas manzilgohi-Ka’ba, beshburchak-dinning 5 asosiy 
nrkoni, jimjimador o‘simliksimon shakl, va gullar-jannat bog‘i-Bo‘ston 
limsollaridir. Musulmon SHarqida san’atda diniy aqidalar o‘ta izchilik bilan 
qoMlangan. San’atda kalligrafik miniatyurani istisno qilgan holda deyarli voqelikni 
lusvirlash ta’qiqlangan, tasvir ramziy shakllarda, naqsh sifatida ifodalangan.
55


Umuman, g‘arbda ham SHarqda ham borliq Ilohiy « Oliy hukmdor»ning aksi 
sifatida idrok qilingan. Xudo (Alloh) tabiatdagi narsalami yaratuvchisi sifatida va 
narsalarda uning qudrati namoyon bo‘lish tarzida tushuniladi. narsalami 
mohiyatini bilish Xudoni (Allohni) tanishdir. Olamni bilish nazariy bo‘lib, 
mashhur faylasuf, xususan Arastuning va teologlar asarlarida faqat borliqning 
tizimi sharhlangan. Barcha narsalardagi yashirin mazmunni topishga va 
fahmlashga harakat qilingan. SHundan boshlab o‘rta asrlarda nafaqat alximiya va 
astrologiya, balki an’anaviy, majoziy matematika, ju g ‘rofiya, filologiya va boshqa 
fanlar ham rivojlanib, aniq jug‘rofiy muqaddas joylar bilan bog‘liq (jannat, do‘zax, 
arosat) sanalar, so‘zlarning ramziy ma’nosini tushunishga harakat qilindi. o ‘rta 
asrlaming ilohiyatga oid muammolaridan biri idrok va e’tiqod masalasi 
hisoblanadi. g ‘arbda bu bir tomondan, e’tiqodni idrokdan mustaqil, mutloq ustun 
deb biluvchilar (Bemar Klervosskiy, Anselm Kenterberiyskiy) va boshqalar 
tomondan diniy aqidalami asoslashda idrokning rolini e’tirof etuvchilar (Boetsiy, 
Abelyar, Siger Brabantskiy) o‘rtasidagi munozaralarda ifodalanadi. Agar -
birinchilar Avgustinning «Anglash uchun ishonaman» degan iborasini shior qilib, 
e’tiqodni zakovatdan ustun ekanligini asoslashga uringan bo‘lsalar, ulaming 
muholiffbri Per Abelyarning «Ishonish uchun anglayman» so‘zini shior deb 
bilganlar. XIII asrda Foma Akvinskiy «Oltin oraliq»ni topish - zakovat orqali 
e’tiqodni qisman asoslashga urinib, aslida arab SHarqining «Ikki haqiqat» 
4o‘g‘risidagi (dualizm) nazariyasini e’tirof etdi. Ikki xaqiqat g‘oyasini falsafa olami 
xaqida o‘z xaqiqatini, din Xudo haqida o‘z xaqiqatini beradi, deb S. Brabantskiy 
asoslagan edi. Binobarin haqiqatning diniy va falsafiy talqini qiyoslanib 
anglanmog‘i lozim. SHuningdek, musulmon SHarqida ham islom e’tiqodidagilar va 

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə