M a d a n iy a t V a din



Yüklə 3,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/38
tarix26.05.2022
ölçüsü3,17 Mb.
#88062
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38
Madaniyat va din madaniyatshunoslik

sufizm
vakillari o‘rtasida 
murosasiz
to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Xaqiqatni bilishni 
inkor qiluvchilar va haqiqatga muroqaba yoMi bilan yaqinlashish mumkin 
deyuvchilar (Al-Ashiriy, g‘azzoliy, Junaydiy, Bistomiy) hamda aqliy bilishni ustun 
qo‘yuvchi mashhur faylasuflar Farobiy, Ibn Sino, Beruniy) ta’limoti vujudga keldi. 
Evropa madaniyatida bu munozaralar natijasida idrok va e’tiqodning ajralishi sodir 
bo‘ldi. Uilyam Okkam (XVI asr)-e’tiqod va idrok, falsafa va din o‘rtasida hech 
qanday umumiylik yo‘q, bo‘lishi ham mumkin emas, demakki, ular mutlaqo bir- 
biridan mustaqil tushunchalar ekan, bir-birini nazorat qilmasligi kerak deb, 
asoslaydi. Bu g‘arbda oliy qudrat sifatida ayniqsa, «XVII asr ilmiy inqilobi» davrida 
tabiiy inson idrokini o ‘stirishning katta g‘alabasi uchun turtki bo‘ldi. Musulmon 
SHarqida boshqacharoq yo‘nalish ustunlik qildi. Bunda ilm, idrok har doim faqat 
ma’naviy yuksalish yo‘lidagi bosqich sifatida qaralgan, idrok va ilm boshqa 
maqsadga qaratilishi mumkin emas. SHuning uchun ham IX-XVI asrlardagi arab 
tiliga asoslangan tajriba fanlari va falsafa taraqqiyotidagi katta yutuqlaming barchasi 
dindan ajralmagan holda sodir bo‘ldi, ilmning bosh vazifasi hayot uchun zarur 
hisoblangan ma’naviy asosni qidirishda davom etgan.
g‘arb va SHarq mamlakatlarining diniy madaniyatlarida sezilarii farqlar ham 
mavjud. o ‘rta asr Evropasida cherkovning ahamiyati alohida o ‘rin tutadi. CHerkov 
xudo va inson o‘rtasidagi vositachi bo‘lib, faqat u insonning ruhini ilohiy 
«mo“jiza» yordamida xalos qilishi mumkin (cho‘qintirish, tavba, nikoh 
udumlarida). CHerkov, o‘zining yozma an’analariga ega boMmagan Evropadagi
56


qabilalar uchun bilimlami to‘plovchi va saqlovchi joy bo‘lib, ta’lim tizimining 
shakllanishida, jamiyatning ijtimoiy tuzilishida, huquqiy va axloqiy mezonlari 
shakllanishida muhim rol o‘ynadi. Islomiy an’analaming asosiy o‘ziga xosligi 
shundaki, uning negizi diniy va dunyoviy, ilohiy va oddiy tafovutga ajratmasdan, 
mutloq «sof diniy» mazmunda ekanligidir. Islomda hech qachon xristianlikdagi 
diniy aqidalami qonunlashtiruvchi Vselensk sobori kabi institutlar bo‘lmagan. 
Islomdagi teokratik ideal davlat bilan bir qatorda turuvchi alohida diniy 
institutning (cherkovni) mavjud g‘oyalari bilan muvofiq kelmagan. E’tiqod 
aqidalarini ishlab chiqish va sharhlash davlat yoki diniy muassasaning, 
xalifalaming sud qilish ishlariga kirmagan. Jamoatchilik fikrining shakllanishi 
xususiy shaxslar, diniy arboblar (ulamolar) zimmasida boiib, ulaming obro‘yi 
diniy bilimlarga asoslangan. Din masalalari bo‘yicha o‘z fikrini bildirish huquqiga 
har bir musulmon ega boigan, faqat u qur’on va hadisga zid boimasligi lozim edi. 
Xristianlik shaxsning bir qadar maishiy mustaqilligini ta’minladi. Diniy va dunyoviy 
ibtidoning bir qadar mustaqilligi xususida Injilda shunday deyilgan: «qaysarga 
hokimiyat, taqvodoiga esa Xudoni bering». Islomda kishi faqat va so‘zsiz Xudoga 
tegishlidir. Musulmon kishi islom buyurganicha fikr yuritadi, shunga muvofiq «din» 
va «mentalitet» tushunchalarini ajratish mumkin emas. Agar xristian uchun injilga 
madaniyat yodgorligi sifatida munosabat bildirishi mumkin, musulmon uchun qur’on 
biron-bir madaniyatga qiyos qilib boimaydigan, ilohning beqiyos timsoli, balki 
sifatidir. Xristianlikda «qism» va «butun»ning maqsadi o‘zaro munosabatda bir-birini 
taqozo qiladi (dindor va cherkovning, individ va umumning), o‘z iroda kuchidan xoli 
boiganidek, cherkovdan tashqarida shaxsiy najot mumkin emas. Islomda alohida 
individning taqvodorligini uning qanchalik shaxsiy zohidligi emas, umma 
(musulmonlar qavmi) ishlarida shunchalik qat’iy yoi-yo‘riq asosida ishtiroki 
belgilaydi, busiz najot topishi mumkin emas, ya’ni islomda ayrim butunga qo‘shilgan 
kabi seziladi.
Diniy va dunyoviy asosdagi bir qadar avtonomiya oqibatda dunyoviy hokimiyat 
vu cherkov o‘rtasida kurashni keltirib chiqardi. Evropada butun o‘rta asrda davom 
ctgun bu kurash Reformatsiyani vujudga keltirdi. Reformatsiya jarayonida (XVI 
n»r) Evropada ruhoniylar guruhisiz (ilohiyat xizmatchilari) yangi cherkovlar 
vujudga keldi. Dindorlar o 'z oralaridan va’zchilarini belgilaydilar, hashamatli 
un'unalardan voz kechadilar va o‘z ibodatlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xudoga murojaat 
i|lludilar. Islohiy cherkovlar dunyoviy alomatlarga ega b o iib siyosiy hokimiyat 
i/niida boiadilar. Reformatsiya Evropa xalqlarining milliy madaniyatlar rivojiga, 
mllliy lillami qaror topishiga sharoit yaratdi, jumladan, Martin Metor Injilni 
lolinchadan nemischaga tarjima qildi. Islom siyosiy madaniyati «maslahatli 
ik'inokratiya» shaklini yaratdi, Xalifalik tamoyili qur’ondagi uchta qoidaga binoan 
yamtildi. Ulardan birinchisi hukmdomi o‘z fuqorolari bilan «maslahatlashishini» 
vu umumning fikrini inobatga olib qaror qabul qilishni talab qiladi, boshqasi 
iHinhqurishni va munozaralami adolat bilan hal qilishga chaqiradi, uchinchi qoida 
ми «Allohning elchisiga» dindoming bo‘ysunishini talab qiladi. Xalifa monarx 
•win. despot ham emas, uning boshqa musulmonlardan farqi, faqat e'tiqodni 
evByliisli va shariat me’yorlarini bajarish uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan 
•lum , Xnlila hokimiyatni- meros tarzda olishi va Qoldirishi mumkin спш*.
57


Xaliflikka da’vogar va jamoat o‘rtasida kelishuv-mubayi asosida xalifa 
hokimiyatni olishi mumkin. U barcha musulmonlar jamoasidan yoki ulaming 
taniqli vakillari bo‘lgan-mujahitlar tomonidan saylanadi. har bir musulmon singari 
xalifa ham musulmon huquqi me’yorlariga to‘la bo‘ysunushi va har qanday 
nojo‘ya xatti-harakati uchun javobgarlikka tortilishi mumkin. Islom tadqiqotchilari 
ta’kidlashicha, xalifa haqidagi shartnoma -k o ‘p asrlar davomida «jamiyat 
shartnomasi» (JJ. Russo) g‘oyasini ifoda etib keldi.
Evropada CHerkov qadimgi yozuv sirlarini saqlab kelgani uchun uzoq vaqt 
talim sohasida monopoliyaga aylanib qoldi. o‘rta asrlarda Evropaning ko‘p aholisi, 
shu jumladan yuqori tabaqalar ham savodsiz edi. Ko‘p ritsarlar o'zining 
savodsizligidan faxrlanib, o'qish va yozishga ehtiyoji yo'qligi, bu vazifani mirzo 
va monahlar bajaradi deb hisoblaganlar. Evropada shaharlaming qayta tiklanib, 
rivojlanishi CHerkovning ta’lim va ilm sohalaridagi monopoliyasiga chek qo'ydi. 
X asrdan boshlab savdogar va hunarmandlar bolalari uchun dastlab dunyoviy 
maktablar, keyin universitetlar paydo bo‘ldi.
Musulmon SHarqida bu jarayon bir oz boshqacha kechdi. Xar bir e’tiqodli 
mo'min-musulmon arab tilini bilishi va qur’onni o'qiy olishi farz bo'lgan. 
qur’onni xatga bitilishi jarayonida arab tilining ham taraqqiyoti boshlanadi. VIII 
asrda As-Sibavayxiy arab grammatikasiga o id rasar yozadi, XIII asrda arab tilining 
ikkita lug'ati yaratildi, bu As-Sag‘aniyning lug'ati va Ibn-Manzuriyning «Arablar 
tili» lug'atlaridir. VIII-XI asrlarda qadimgi YUnon olimlarining deyarli barcha 
asarlari, shuningdek, hind, shorn va fors mualliflari asarlari ham arab tiliga tarjima 
qilingan. Falsafa, astronomiya, matematika, tibbiyotga oid ilmiy atamalar deyarli 
ishlab chiqiladi. Arab tili o'rta asrlardagi eng taraqqiy etgan tillardan biri bo'lishi 
bilan birga, Xindistondan to Ispaniyagacha bo'lgan xalqlami birlashtiruvchi 
xalqaro muomala til b o iib hisoblangan.
Musulmon madaniyatining o'ziga xos xususiyatlaridan biri ilm va kitobga 
muhabbatdir. YAngi arabiy janr-adabning shakllanishi bilan ilmga boigan 
ishtiyoqni qondirib, turli fanlaming mazmunini ommabop shaklda ifodalash 
imkoni yaratildi. Ta’lim olish xuddi qadimgi Xitoydagi kabi nufuzga ega boidi. 
Musulmon SHarqida m aium otli kishi hokimiyatning eng yuqori pog'onasiga 
chiqishida oqsuyaklar bilan teng turgan. Ko'pincha SHarq hukmdorlari saroyida 
shoirlar, faylasuflar, ilohiyotchilar, tarixchilar, qonunshunoslar, tabiblar, mirzolar, 
munajjimlar saroy xizmatchisi sifatidaga m aium otli kishilarga katta ehtiyoj 
boigan. M aium otli kishi grammatikani, ritorikani, geografiyani, tarixni yaxshi 
bilishi, kiyinishni farqlashi, she’r yozish qobiliyatiga ega bo'lishi, o 'z joyida 
askiya, hikoya ayta bilishi, zarur boigan. Turli xil ta iim tizimi: diniy ta’lim 
beruvchi maktab va madrasalar, shuningdek, dunyoviy taiim-xususiy maktablar 
rivoj lanadi.
Diniy madaniyat umuminsoniy madaniyat taraqqiyotining eng muhim davri 
hisoblanadi. o 'rta asrlar davrida davlatchilik, millatlaming yangi shakllari vujudga 
kelishi yuz beradi, hozirda muomalada boigan tillar shakllanib, ta’lim va fan 
tizimi yanada taraqqiy etadi. Farming turlari va uslublari zamonaviylik kasb etib 
bordi. A. Gumbold aytgani kabi, arablar «tabiiy fanlar ijodkori» bo'lib, ular tajriba 
va mezon yo'liga asos soldilar. IX-asrda musulmon SHarqida rasadxona quriladi;
58


yulduzlaming aniq joyi belgilangan katalog tuzildi; geometriya, triganometriya, 
optika, alximiya, mexanika, tibbiyot, jug‘rofiya sohalari bo‘yicha ko‘plab asarlar 
yozildi. Ulug' alloma Al-Xorazmiy matematikaning yangi tarmog‘i bo'lgan 
algebraga asos soldi. Buyuk SHarq olimlari Xorazmiy, Farobiy, Ibn sino, Ibn 
Rushdiy kabi ko'plab alloma asarlaridan Evropaning yangi avlod olimlari ta’iim 
oldi. Tabiatni ratsional anglash an’analami o‘zlashtirib va yanada takomillashtirib, 
XHI-asrda R. Bekon induktiv mantiq usulini yaratadi hamda ilmiy idrokninig bosh 
usuli sifatida malaka va tajribani tasdiqlaydi. VI-XV1- asrlarda badiiy qadriyati 
yuksak yodgorliklar yaratildi: Al-hamrodagi Saroy, qurdoba, Jazoir, Sammadra, 
Dehlidagi masjidlar, Reyms, Parijdagi gotika uslubidagi soborlar, Istambuldagi 
Avliyo Sofiya ibodatxonasi; ajoyib ikona va haykaltaroshlik asarlari, kalligrafiya 
va kitob miniatyurasi, ayniqsa SHarqda she’riyat yuksak darajada taraqqiy etadi. 
Bu sohalarda asosiy g‘oya yaratuvchilik, hayotbaxshlik bo‘lib, Muhabbat va Idrok 
ijtimoiy taraqqiyotning bosh harakatlantiruvchi kuchi sifatida e’tirof qilinadi. 
Ilohiy ishq va payg‘ambar she’riy san’at va shoirlaming asosiy mavzui bo‘lib 
qoladi. Bu janrlar aniq badiiy shakl kasb etib, keyingi asrlar badiiy madaniyatining 
mazmunini boyitdi.
Bu davming muhim badiiy yutuqlari qatoriga aholining barcha qatlamlari e’tirof 
etgan madaniyat qadriyatlami qo‘yish mumkin. Xristian va Islom dinlari boy va 
kambag‘alni, kuchli va ojizni turli irqdagi va turli ijtimoiy guruhlami bir-biridan 
ajratmaydi. Barcha e’tiqod qiluvchilar uchun umumiy axloq mezonlari: mo‘minlik, 
tavba, yaxshi va rahm shafqatli bo‘lish, gunox qilmaslik kabilar mavjud. o'rta 
asrlarda umum 
e’tirof qilgan 
axloqiy 
me’yorlaming mustahkamlanishi 
umuminsoniy hulq va axloq mezonlarini ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega 
boidi. 
0
O'rta asrlar madaniyatining ko'p qirrali ekanligi yuqorida ta’kidlangan edi. Bu 
davr madaniyati ijodkorligi jarayonida ilk marta aholining barcha tabaqalari 
ishtirok etib, har bir qatlam o'zining madaniyatini yaratadi va o 'z navbatida 
an’anaviy madaniyat sifatida jamiyatning ma’lumotli, yuqori qatlamining 
madaniyatigina namoyon bo'ladi. Ruhoniylar inson ruhiyati, ritsarlar davlat ishlari 
bilan mashg'ul bo'ldilar. Agar birinchilaming ideali bu dunyo farog'atlaridan 
batamom foriq bo'lib mangu haqiqatga erishish istagi boisa, ikkinchilarining 
ideali kelib chiqish nufuzi, bahodirlik, sobit so'z, burch haqida qayg'urish, 
dunyoviy jasoratlarga hamisha tayyorlikdir. Ayni ana shunday ritsarlik fazilatlari 
«Nibullinglar qo'shig'i» (Germaniya), «Roland haqida qo'shiq» (Fransiya), «Sid 
haqidagi qo'shiq» (Ispaniya)) dostonlari va turbadurlar lirikasida kuylangan. Oddiy 
xulq-dehqonlar va shaharliklar yuqoridagilarga muxolifatda edi. Dehqonlar orasida 
xristianlik qarashlaming ta’siri o'taboshlagan qadimgi dinlarga xos tasavvur, 
шГ ana va rasm-rusmlar saqlanib qoldi. Dehqonlar xalqona madaniyatning 
konsevatizmi tufayli dastlabki dinlaming xudolari, afsonaviy qahramonlari haqida 
liikoya qiluvchi (Islandlaming «Kukilinlar haqida Saga», inglizlaming-«sovular»i, 
ikundinaviyaliklaming «Edda»si) singari qadimgi ertaklar, asotirlar, qo'shiq, odat 
mi
udumlar saqlanib keldi. SHahar hayoti odamlarda faollik, hisob-kitobda aniqlik, 
Uhhilurmonlik ratsional tafakkur tarzini shakllanishiga turtki berdi. SHaharliklar 
omsida ilm, ma’rifatga intilish boshqa tabaqalar mezonlariga tanqidiy yondoshish
59


ruhiyati uyg‘ondi. Yirik asarlar (Ai haqida roman), ixcham hikoyalar (novella, 
fabio, shvanklar) da ruhoniylar va ritsarlaming takabburligi, dangasaligi, 
nafsibuzuqligi hajv etildi, shaharliklaming sahovati va mehnatsevarligi ulugMandi. 
o‘rta asr SHarqi madaniyatida tabaqaviy submadaniyatlar emas, ikki yirik 
madaniyat-shahar va ko‘chmanchilar madaniyati ajralib turadi. SHahar sharoitida 
«YUsuf va Zulayho», «Layli va Majnun», «Lubna va Kays» singari dostonlar turli 
poetik shakl Va janrdagi (qasida, masnaviy, g‘azal, madxiya, ruboiy makom) 
adabiy asarlar, hikoya va ertaklar to‘plamlari, (1001 kecha ertaklari, Kalila va 
Dimna) latifa va rivoyatlar yaratildi. Miniatyura bezagiga boy kitoblar, musiqa 
san’ati va raqsining xilma-xil janrlari xalq orasida keng tarqaldi. Ko‘chmanchilar 
orasida turli musiqa asboblarida kuyga solib aytiladigan (baxshi va oqinlar 
tomonidan) xalq og‘zaki ijodining yirik badiiy shakllari- epos, dostonlar yaratish 
ustuvorlik qildi. SHahar, ritsarlik, dunyoviy, monaxlik va so‘fiy!ik kabi 
submadaniyatlaming paydo bo'lishi madaniyatni sezilarli boyitdi, yanada 
rivojlanishida ko‘plab yo‘nalishlar yaratdi hamda Renessans (Uyg‘onish) deb 
atalgan yuksak taraqqiyotga zamin tug‘dirdi. Uyg‘onish davri tadqiqotchilar 
asarlarida turlicha baholanib, turlicha yondoshuvlarga sabab bo‘ldi. Xususan, 
Uyg‘onish yo‘nalishi umumjahon jarayoni sifatida Xitoyda VII-VIII asrlarda 
boshlanib, IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo va YAqin SHarqni qamrab oldi, XIV- 
XVI asrlarda Evropada takomiliga etdi. SHuningdek, tadqiqotchilar Uyg‘onish 
davrining bosh maslakdoshi haqiqiy gumanizm boMganligini bir ovozdan e’tirof 
qiladilar. Xitoyda «insonparvarlik» so‘zining sinonimi «jen», SHarqda «odamiyat» 
atamalari hisoblanadi.
Uyg‘onish davri madaniyati- diniy madaniyat taraqqiyotining va yangi texnika 
madaniyati rivojining ko‘prik bogMovchisidir.
Tayanch tushunchalar
Diniy madaniyat, aqliy-mantiqiy tafakkur, ibodatxona, ierarxiya, vassal, 
ilohiyot, aqida, taxayyul, madrasa, rasatxona.
Mavzuni takrorlash bo‘yicha savollar
1. Diniy madaniyat deganda, nimani tushunasiz?
2.Diniy madaniyatning asosiy belgilari va ko‘rinishlari.
3 .Diniy madaniyat madaniy tarqqiyotning qaysi davrini ifodalaydi?
4.Diniy madaniyatning o‘ziga xosligi nimada?
5. Madaniy taraqqiyotda xristianlik va islomning tutgan o‘mi.
6.Diniy madaniyat elementlarining ma’naviy hayotgata’siri.
7.Diniy madaniyatning ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini tushuntiring.
8. Diniy madaniyat bag‘rida qanday submadaniyatlar amal qiladi.
9.o‘rta asrning adabiyoti, san’ati va me’morchiligiga oid yodgorliklarni so‘zlab 
bering.
lO.Umuminsoniy madaniyatda diniy madaniyatning o‘mi.
60


VI-MAVZU YEVROPA OlRTA ASRLAR MADANIYATI. 
XRISTIANLIK DINI.
O'rta asrlar tushunchasi Yevropada V asrdan boshlab to XVII asr-ning birinchi 
yarmiga qadar bo‘lgan davmi qamrab oladi. Bu davr antik madaniyatning 
inqirozini belgilab bergan Rim davlatining qulashi bilan boshlandi va Yevropa 
Uyg‘onish (Renessans) davriga kelib yakunlandi. Ana shu antik va Uyg‘onish 
davrlari o‘rtasi zulmat davri (ikki yuksalish davri oraligi) deb nom olgan. U fanda 
o‘rta asrlar davri deb atala bosh-ladi.
Yevropada o‘rta asrlami quyidagi davrlarga bo‘!ish mumkin:
Bu davr feodal munosabatlarga o‘tish, feodallar tabaqasining shakl-lanishi
katolik cherkov ta’sirining kuchayishi, oliy ta’lim muassasalari - universitetlaming 
paydo boiish davridir.
Ushbu davrga xos xususiyatlar shundaki, qishloqdagi ishlab chiqa-rish 
rivojlanibgina qolmasdan, shaharlarda ham hunarmandchilik sexlari paydo boidi, 
shahar infratuzilmasi yaratildi, markazlashgan yirik dav-latlar tashkil topdi. Qirol 
hokimiyati kuchayib, uning jamiyat ravnaqiga ta’siri ortib bordi. Kitob nashr etish 
yo‘lga qo‘yildi, fanning qator tar-moqlariga asos solindi.
Bu davrda ilm-fan va texnika rivojlandi. Inson turmush tarzida bu-yuk 
o‘zgarishlar yuz berdi, yangi qit’alar kashf etildi. Kapitalistik muno-sabatlarga asos 
solindi. Demokratik tamoyillar shakllandi.
V-VI asrlarda Rim imperiyasi yerlarida asosan dehqonchilik va chor-vachilik 
bilan shug‘ullanuvchi germanlaming dastlabki davlatlari tashkil topdi. Madaniyat 
ravnaqi bo‘yicha o‘zidan yuqori boigan xalqlar usti-dan hukmronlik qilish (hunlar 
hujumlari natijasida 476-yilda Rim imperi-yasi qulagan edi.) germanlami boshqaruv 
tizimim yangi tartibga moslashti-rishga majbur etdi.
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar jihatidan bu davr feodalizm bosqi-chiga to‘g‘ri 
keladi. Ammo o‘rta asrlar tushunchasining asosiy mazmuni muayyan davrning 
vaqt chegaralarini aniqlashtirish bilangina kifoyala-nib qolmasdan, balki bu davmi 
madaniyat inqirozi pallasi sifatida qabul qilishidadir. Shu ma’noda o‘rta asrlar 
antik davrga nisbatan so‘zsiz yo‘-qotishlar davri deb qaralar edi. 0 ‘rta asrlar 
madaniyatiga past nazar bi-Ian qarash ko‘pincha antik davr madaniyatiga 
hayrixohlik bilan qarovchi tadqiqotchilar orasida tarqalgan edi. Albatta, bu -
subyektiv va bir yoq-lama yondashuvdan boshqa narsa emas.
0 ‘rta asrlaming “zulmat dunyosi” timsoliga aylanishida ushbu davr 
namoyandalari boigan yozuvchilar, shoirlar, tarixchilar, diniy ulamolar va davlat 
arboblarining ham “hissasi” bor, albatta. Chunki ular o ‘z ijo-dida asosan 
zamonaviy hayotning murakkab jihatlarini aks ettirganlar. Bunday asarlarda 
kelajakka ishonchsizlik, hayotdan norozilik tuyg‘usi sezilib turadi. Shu boisdan 
ham, bu muammolardan xalos boiish imkoni sifatida ajal, o iim mavzusi markaziy 
o‘rin tutgan. Ular nazarida o ‘rta asrlar bekorga sarflangan davr, behuda ketgan 
yuzlab yillar sifatida gav-dalangan. 0 ‘rta asrlami faqat buzg‘unchilikdan iborat, 
antik davr mada-niyati yutuqlarini chippakka chiqargan davr, deguvchilar ham 
ko‘plab topilar edi. G‘arbiy, “xristianlar dunyosi” “Rim dunyosi”ning tanazzuli 
oqibati-da emas, balki Rim va varvarlar dunyolarining o’/xm> muvofiqlashuvi, bi-
61


rikishi natijasida yuzaga keldi. Ammo u haqiqatan ham yemirilish, zo‘ra-vonlik va 
shal'qatsizlik, antik dunyo madaniyati va sivilizatsiyasining ko‘p-lab yutuqlaridan 
bebahra qolish kabi jiddiy to‘siqlami boshdan kechirdi. Ko‘plab antik davr shaharlari 
katta talafot ko‘rdi: ayrimlari buzib tashlan-di, boshqalari (savdo yoMlari o‘z 
yo'nalishini o‘zgartirishi munosabati bilan) tanazzulga yuz tutdi. Shunga 
qaramasdan, ilk o‘rta asrlardayoq ayrim sohalarda ijobiy o‘zgarishlar yuz bera 
boshladi. Qullikning bekor qilinishi ijtimoiy taraqqiyotda tub o‘zgarishlar yasadi.
Antik davrda asosiy energiya manbayi, bu qullaming jismoniy kuchi bo‘lib, 
ushbu manba yo‘qolgach, boshqa imkoniyatlar qidirila boshlandi. Agar antik 
davrda nazariy bilimlar muvaffaqiyatli rivojlangan bo‘lsa, o‘rta asrlar davri 
mashina va texnika vositalaridan keng foydalanish uchun keng, ravon yo‘llar 
ochdi. Bu qullikning bekor qilinishining be-vosita natijasidir. Antik davr ruhan va 
jismonan o‘zaro muvozanatda bo‘lgan inson timsolni ko‘rsatishga intildi. Ammo ayniqsa 
Rim madaniyatida bu g‘o-yani amalga oshirishda ko‘proq jismoniy kamolotni ta’minlash 
borasida muvaffaqiyat qozonildi. Shuningdek, Demokrit, Platon, Aristotel kabi 
antik davr mutafakkirlarini ijtimoiy-siyosiy va tabiiy-falsafiy qarashla-rining 
Jordano Bruno, Galileo Galiley, Tomas Mor, Tommazo Kampa-nella kabi o ‘rta asr 
nazariyotchi-olimlari tomonidan ilg‘or ta’limotlar ya-ratilishiga k®‘rsatgan 
bevosita ta’sirini rad etib bo‘lmaydi. Masalan^ Pla-ton, Aristotellar tomonidan ilgari 
surilgan ideal davlat to‘g‘risidagi g‘oyalar Tomas Mor, Tommazo Kampanellalarining 
utopik qarashlarida yaqqol na-moyon bo‘ladi. Aynan shu qarashlar asosida keyinchalik 
gumanizm, de-mokratiya to‘g‘risidagi yangidan-yangi ta’limotlar rivojlanib, 
bugungi kunda ham adolatli, farovon jamiyat qurishda jahon xalqlariga dasturi- 
lamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Birgina shu misoldan ko‘rinib turibdiki, xalqlar, avlodlar va davrlar o‘rtasidagi 
vorisiylik nafaqat ayrim hududlar, balki jahon sivilizatsiyasi yuksalishida asosiy 
omil bo‘lib xizmat qilgan. Demak, o‘rta asrlar mada-niyati bevosita antik davr 
madaniyati, ilm-fan va san’ati ta’sirida yuksal-gan hamda o‘sha davrda namoyon 
bo‘la boshlangan ijtimoiy-siyosiy va madaniy hodisalami yanada boyitgan, keyingi 
Uyg‘onish davri uchun mustahkam zamin hozirlagan.
0 ‘rta asr Yevropa madaniyati cherkov-diniy g‘oya bilan yaqindan bog‘langan 
edi. Cherkov ta’siri o‘rta asr madaniyatining turli sohalarida, chunonchi, fanda, 
maktabda, adabiyotda, san’atda aks etdi. Ilm-fan u qa-dar rivojlanmagan ilk o‘rta 
asrlar davrida, taxminan XI asming ikkinchi yarmigacha o‘rta asr jamiyatiga 
g‘oyaviy rahbarlik asosan cherkov ta-sarrufida bo‘ldi: Kishilarning olam 
to‘g‘risidagi bilimlari mahalliy cher-kov ta’Iimoti doirasi bilan cheklanardi. 
Boshqa mamlakatlar to‘g‘risida ma’lumotlar juda oz bo‘lganligidan, yevropaliklar 
ancha vaqtlargacha olis yurtlar haqida har qanday uydirmalami to‘qishardi. Fan va 
texnika ta-raqqiyoti darajasi juda past boiganligidan, odamlar qurg‘oqchilik, toshqin va 
kasalliklar oldida ojiz edilar. 
Jismoniy ehtiyojlar va lazzatlar mutlaqlashtirilgan
- Rim jamiyatining achchiq saboqlariga tayanib, xristianlik insondagi ruhiyatga, 
uning ichki dunyosiga asosiy e’tibomi qaratdi. U insonni hamma narsadan o‘zini 
ti-yishga, ko‘ngilli ravishdagi javonmardlikka, hissiy, jismoniy tuyg‘ulami 
so‘ndirishga chaqiradi. Ruhiyatning jismoniy kamolotdan ustunligini e’lon qilib,
62


xristianlik kishining chuqur ma’naviyatini 
shakllantirishga, uni axloqan 
yuksaltirishga katta hissa qo‘shdi.
Bu davrda oliy diniy hokimiyatni oliy siyosiy hokimiyat bilan yagona qo'lda 
birlashtirishga urinish g‘oyasi kuzatiladi. Bunga Rim papalarining (Sharqda - Arab 
xalifaligi) Yevropada hokimiyat jilovlarini o‘z qo‘llariga olishga intilishlari misol bo'la 
oladi. Cherkovning qudratli ta’siri o‘laroq, Rim papalari xudoning yerdagi noiblari 
hisoblangan. XII asrga kelib esa, milliy, siyosiy va davlat manfaatlami himoya qilish 
diniy faoliyat bilan sigisha olmaydigan o‘ziga xos soha ekanligi ayon boia bordi. 
Talabalarga diniy masalalaming eng muhim jihatini diniy taiim ot - dogmatika 
tashkil etishini ta’kidlash darkor. Chunki har bir dinning asosida ishonch, e’tiqod 
yotadi. Xristianlik ta’limotining asoslari - 

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə