M a d a n iy a t V a din



Yüklə 3,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/38
tarix26.05.2022
ölçüsü3,17 Mb.
#88062
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38
Madaniyat va din madaniyatshunoslik

Cho’qintirish marosimi
2. 
Non va vino tortish marosimi.
3. 
Tavbo-tazarru qilish marosimi
4. 
Miro surtish sirm marosimi.
5. Nikoh sirli marosimi
6. 
Muqaddas zaytun moyi surtish marosimi',
7. Ruhoniylik unvonini berish marosimi.
X asrgacha Samarqand
Xorazm, Toshkent viloyatlarida xristianlaming 
manzilgohlari bo’lgan. Hatto Beruniy yashagan davrda ham Marvda pravoslav 
mitropoliyasibo’lgan.2001 yilda O ’rta Osiyo pravoslav cherkovi yeparxiyasi 
tashkil etilganligining 127 yilligi nishonlandi. Bu yerda faoliyat ko’rsatayotgan 
diniy konfessiyalar qatorida pravoslav cherkovi islom dinidan keyingi o’rinda 
turadi. Barcha konfessiyalar kabi cherkovi ham mintaqada tinchlik, barqarorlik, 
milliy totuvlik, diniy bag’rikenglik, o’zaro hurmat va hamkorlik muhitini 
shakllantirishda faol ishtirok etmoqda.Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, 0 ‘rta 
asr Yevropa madaniyati mazmun jihatidan xilma-xilligiga qaramasdan, jahon 
madaniyati tarixida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Yuqorida ta’kidlangandek, 
Uyg‘onish davri 0 ‘rta asrlarga o‘ta tanqidiy va qat’iy baho bergan. Ammo so‘nggi 
davrlar bunga zarur tuzatishlar kiritib, taraqqiyotning bu bosqichiga munosib baho 
berdi. XVIII - XIX asrlardagi romantizm o‘rta asr ritsarligida haqi-qiy insoniy 
timsollar va qadriyatlami his qilib, undan ilhom olgan edi. Keyingi davrlar ayollari 
bo‘lsa, haqiqiy erkaklar - ritsarlami hayotda ko‘rishga intiq bo‘ladilar.O‘rta asrlar 
xilma-xil, hatto qarama-qarshi g‘oya va aqidalaming ajo-yib uzviyligi davri ediki, 
aynan shu uzviylik zamonaviy sivilizatsiya paydo bo‘lishiga zamin hozirladi.
Tayanch so‘z va iboralar.
An’anaviy madaniyat, evolyusiya, firavn, ehrom, papirus, astrologiya, 
taqvim, Veda, ellinlar madaniyati, Mahabxorat, Antik madaniyat.
Savol va topshiriqlar,
1. Sizningcha, o‘rta asrlar davri madaniyatining antik davr madani-yatining 
mantiqiy davomi ekanligi nimalarda namoyon bo'ladi?
2. 0 ‘rta asrlarda ilm-fan va ma’rifatdan din hamda cherkovning us-tunligi 
sabablarini Siz qanday izohlab bera olasiz?
74


3. O 'rta asrlardagi san’at taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari nimalarda 
namoyon bo'lgan edi?
4. Universitetlar paydo bo'lishining asosiy omillarini tavsiflab be-ring.
5. Texnika sohasidagi taraqqiyot va yangiliklar inson turmush tarzi-da qanday 
aks etdi?
6. 0 ‘rta asrlar Yevropa madaniyati taraqqiyotiga doir chizmalar tay-yorlang.
7. 0 ‘rta asrlar Yevropa san’ati yutuqlarini aks ettiruvchi albom tu-zing.
8. Internet tarmog‘idan foydalanib, Yevropa universitetlariga doir ma’lumotlar 
majmuyini tayyorlang.
9. Internet tarmog‘idan olingan ma’lumotlar asosida 0 ‘rta asr ilm-fani, 
lexnika taraqqiyotining atoqli namoyandalari hayoti va ijodini yori-tuvchi slayd va 
tezislar tuzing.
Adabiyotlar ro‘yxati
1. Karimov I.A. Yuksak manaviyat-engilmas kuch. Т.: "Manaviyat", 2008.
2. Abdullaev M. Madaniyatshunoslik asoslari Т.: «Turon» 2006 y.
3. Abduraxmonov A. Saodatga eltuvchi bilim. Т.: «Movarounnahr», 2002 y.
4. Boboev H., Hamroev Т., Alimasov V. Madaniyatshunoslik. Т.: «YAngi asr 
avlodi», 2001 y.
5. Boboev H., Hasanov S. «Avesto» manaviyatimiz sarchashmasi. Т.: 
«Adolat», 2001 y.
6. Jabbarov I. 0 ‘zbek xalq etnografiyasi. Т.: « 0 ‘qituvchi», 1994 y.
7. 
Kaykovus. Qobusnoma. Т.: «Istiqlol», 1994 y.
8. Kornilov N. Tafakkur karvonlari. Т.: «Manaviyat», 1999 y.
9. Madaniyatshunoslik. Maruza matni. Gulmetov e. va boshqalar. Т.: DITAF,
2000 y.
10. Mustaqillik. Ilmiy-ommabop lug'at. Т.: 1998 у.
11. Umarov. E. «Madaniyatshunoslik». YAngi asr avlodi 2005 y.
VII-MAVZU. YEVROPA UYG‘ONISH DAVRI MADANIYATI
1. 
Yevropada Uyg‘onish davri madaniyati va uning asosiy xususiyatlari 
«Renessans» so‘zining ma’nosi 0 ‘rta asr madaniyatidan voz kechish, antik 
(yunon-rim) madaniyat va san’at an’analariga qaytish, uning Uyg‘onishi davridir. Shu 
bilan birga, Renessans badiiy uslub hamdir. Ikki yarim asr davomida Italiyada va 
so‘ngra boshqa Yevropa mamlakatlari-da sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Birinchi 
navbatda inson tafakkuri o‘z-gardi: odamlar koinotga, yerga, tabiatga o'ziga boshqacha 
nuqtayi nazar bi-lan qaray boshladi. Oldingi maqsadlardan farqli o'laroq boshqacha 
maq-sadlar paydo bo'lib, ular san’atda ham o'ziga xos ohangda tasvirlana bosh-ladi. 
Chunki bu davrga kelib dunyoqarashi ancha o‘zgargan edi. Ammo bu-ni tushunish 
oson kechmadi. Bunda, ayniqsa, 0 ‘rta asr tafakkuri kishanla-ridan xalos bo‘ lish lozim 
edi. Shu bois ham, inson endilikda antik mada-niyatning boy merosiga murojaat eta 
boshladi. «Uyg'onish» atamasi XIX asrda ishlatila boshlangan bo‘lsa ham, bu 
jarayonlar ancha ilgari yuz berdi. Uni quyidagi kichik davrlarga bo'lish mumkin:
75


1. Yuqori Uyg‘onish: XV asr oxiri - XVI asming birinchi choragi.
IJyg'onish Italiyada asosan XIV-XVI, boshqa Yevropa mamlakatla-rida XV-
XVI asrlami qamrab oladi.
Uyg‘onish madaniyatining shakllanishi, birinchi navbatda, o‘rta asr ma­
daniyatining chuqur inqiroziga javoban yuz berdi. Shu bois, Uyg‘onishning asosiy 
xususiyati bu antifeodal yo‘nalish kasb etganlik hamda dunyoviylik va 
ratsionalizmnlng diniylikdan ustuvorligidir. Dinning inqirozi ayni chog‘da 0 ‘rta 
asr madaniyatining g‘oyaviy-siyosiy asosining ham inqi-rozini belgilab berdi.
Shimoliy va 0 ‘rta Italiyaning tog‘li hududlarida katta yer egaligi paydo bo‘lishiga 
sharoit bo‘lmagani bois, X-XI asrlardayoq bu yerlarda sha-harlar paydo bo‘lib, 
rivojlana boshladi. Bu esa jamiyatda savdogarlar, hu-narmandlar qatlamlari, ya’ni 
buijuaziya vakillari mavqeyining oshishiga olib keldi. Ular XIII asrdayoq feodallarga 
qarshi kurashda Florensiya, Bolonya, Siena hududlarida siyosiy hokimiyatni qo‘lga 
olishga ulgurgan edilar. Bu esa, o‘z navbatida, kapitalizmning dastlabki belgilari 
paydo bo‘lishiga olib keldi. Buijua ishlab chiqarish munosabatlarining shakllanishi -
bu Uyg‘onish davri iqtisodiy hayotiga xos xususiyatdir. Shuningdek, 
aynan
Italiyada antik Rim madaniyati an’analari, ayniqsa, lotin tili, antik davr shaharlari, 
pullari va h.k. eng ko‘p saqlanib qolgan edi. 0 ‘tmish ulug‘vorligini tasdiqlovchi 
tarixiy xotiraning ham saqlanib qolganligi yangi madaniyatning shakllanishida 
katta ahamiyat kasb etdi. Jamiyat hayotida shaharlar rolining kuchayishi, ya’ni 
shahaming ij-timoiy ishlab chiqarishdagi ahamiyatining oshib borishi, savdo 
aloqala-rining avj dishi, hunarmandchilikning taraqqiy etishi bilan hisobchi, hu- 
quqshunos, muhandislar, texniklar, o‘qituvchilar, shifokorlar va boshqa o‘qimishli 
odamlarga nisbatan talab kuchaya bordi. Shunday qilib, sha-harlarda aqliy mehnat 
bilan shug‘ullanuvchi kishilaming alohida toifasi - intelligensiya paydo boMadi.
2. Gumanizm, reformatsiya, yangi inson idealining shakllanishi.
Katolitsizm inqirozi shu darajada jiddiy ediki, xristian dinida paydo boMgan
yangi oqim - protestantizm qudratli Reformatsiya harakatining vujudga kelishiga 
sabab bo‘ldi. Ammo Uyg‘onish madaniyatining asosiy va muhim xususiyati gu­
manizm edi. Bu davr madaniyatida gumanistik (insonparvar), insonni diqqat 
markaziga qo‘yuvchi g‘oyalar birinchi o‘ringa chiqadi. Hayotda faqat insonning 
ijodiy qobiliyatlarini, aqlni tan olish yerdagi baxtga inti-lish bilan almashinadi. Bu 
maqsadni ro‘yobga chiqarish o‘tmish madaniyati yutuqlarini o‘zlashtirishni taqozo 
etadi. Gumanistik g‘oyalar o‘rta asming so‘nggi, yangi davming birinchi shoiri, buyuk 
siymo Dante Aligeri (1265-1321) ning «Komediya», «Ziyofat», «Monarxiya» 
asarlarida bayon etilgan Dante xristian aqidalarini o‘z-garmas haqiqat sifatida tan olgan 
holda, ilohiy va insoniy munosabatlami yangicha talqin qiladi, ulami bir-biriga zid 
qo‘ymasdan, har ikkalasining o‘zaro birlikda deb biladi. U bu dunyoda insonni rohat 
farog‘atga quyidagi ikkita yo‘l olib boradi, deb hisoblaydi: falsafiy ta’iim, ya’ni inson 
tafakkuri, uning qobiliyatlari hamda muqaddas ruhdan kelib chiquvchi «ma’naviy ta’­
iim». Shoir gumanizmi tarkidunyochilik (asketizm) ga qarshi qaratilgan va inson 
kuchiga to‘liq ishonch ruhi bilan sug‘orilgan. Dante fikricha, inson o‘z farovonligi 
uchun o‘zi kurashishi lozim. Boylik yoki merosga asoslan-gan nufuz va obro‘ kishi 
taqdirida hal qiluvchi omil bo‘lmaydi, aksincha inson o‘zining shaxsiy fazilat va 
sifatlarigatayanibbaxtsaodatgaerishmog‘i lozim. 
«Monarxiya» 
asarida 
shoir
76


o'/ining cherkovga nisbatan siyosiy nuqtayi nazarini bayon qilgan. Uning fikricha, 
cherkov odamlar turmushiga aralash-masdan, faqat «narigi dunyo» masalalari bilan 
sluig'ullanishi darkor. Siyo-sat esa, inson tafakkuriga, uning manfaatlariga bo‘ysunishi 
kcrak. Atoqli filolog olim N.Komilov Dantening «Ilohiy komediya» asarida Ibn 
Sino va Ibn Rushdlarning nomlari tilga olinishini quyidagicha ta’riflaydi: «Shoir 
ulug' hakimlar Ibn Sino va Ibn Rushdni o‘zining birin-chi darajadagi ustozlari 
qiitoriga qo‘yib, ulardan ta’lim olgan, buyuk aql egalari ishtirokidagi tafakkur 
Iwmi to‘ridan ular uchun joy ajratgan».13 Shuningdek, «Monarxiya» («Saltanat») 
itsurida Ibn Rushd izidan borib ruhoniylar hukmronligini inkor etadi, adolatli 
hukmdor boshchiligidagi yagona davlat g‘oyasini ilgari suradi. Mutafakkiming 
ilg'or dunyoqara-shi cherkovni g‘azablantiradi. Papa tarafdorlari Danteni 
«(iunohga bot-gan, dahriy Ibn Rushd» g'oyalami targ‘ib etishda ayblaydilar. 
I )ante qa-chonlardir butun insoniyat boshini qovushtiradigan adolatli davlat qaror 
topishiga ishonadi. Bu ezgu orzusida shoir Ibn Rushdning quyidagi fikr-lariga 
iisoslanadi: Inson o‘z imkoniy aqli orqali atrof-muhitni boMib ola-di. Biroq bir 
odam har qancha donishmand bo'lmasin, mutlaq bilimlar jamuljamini egallashga 
qodir emas, balki aqliy borliqning muayyan bir qis-minigina egallashi mumkin. 
Binobarin, odamlar soni ko‘paygan sari bilish doiralari ham kengayadi, ammo bir 
duvr odamlari, ular nechog'li ulkan guruhni tashkil etmasinlar, haqiqatni to‘la 
unglab yetmaydilar. Butun in-soniyat bilimi esa mutlaq haqiqat tomon uzluksiz 
tutashib boradi. Bu - kishilik nasli kabi, o'lmas va tuganmas imkondir.
Demakki, birlashgan saltanatga insoniyatning aql-zakovati ham jam-lanib, 
tujassum topadi; hikmat-haqiqat dunyoni idora etadi. Qirg‘inbarot urushlar barham 
topadi, kishilik hadik-qo‘rquv, muhtojlik chan gal idan chiqib, baxtiyor yashaydi, 
deydi Dante.14 Gumanizm va umuman, Renessans madaniyati asoschisi italiyalik 
shoir Franchesko Petraika (1304-1374) edi. U birinchi bo'lib antik davr madaniyatiga, 
(iomer va Vergiliylar ijodiga qavtfsh to‘gQrisida gapiradi. Petraika xristianlikni rad 
etmaydi, ammo uning ta’limotida din o'zgacha, insonparvar yo'nalish kasb etgan. 
Shoir sxolastikaga, uning inson muammosiga nis-batan befarqligiga qarshi chiqadi. 
I’etrarka she’riyat, ritorika, adabi-yot, etika, estetikaning inson axloqiy va ruhiy 
kamolotida tutgan o‘mi-ni, ahamiyatini ta’kidlab, ushbu sohalar rivoji madaniyat 
yuksalishini ta’minlaydi, deb hisoblaydi. Shoir antik davr madaniyati va ma’rifati 
o‘tib ketgan oltin asr, yo‘qotilgan jamiyat deb hisoblab, ushbu merosni 
zamondoshlariga aniq va tushunarli holda yetkazishga harakat qiladi. U avvalo, 
insonning ichki, axloqiy muammolariga e’tiborini qaratadi. Bu narsa uyg'onish 
davri individualizmining muhim belgisi edi. «Mening sirim» nomli asarida 
Petrarka insonning eng chuqur ichki ziddiyatlari va ulami bartaraf etish yo'llarini 
ko'rsatadi. Fransuz Uyg'onishning yorqin namoyandasi gumanist-yozuvchi, 
monax, botanik va shifokor Fransua Rable (1494-1553) edi. Uning aso-siy merosi 
«Gorgantyua va Pantragryuel» nomli satirik sarguzasht, fan-tastik romandir. 
Ma’lum darajada utopik g'oyalarni o'zida mujassam-lashtirgan bu roman tarbiya, 
urush va monastir hayoti mavzusiga ba-g'ishlangan bo'lib, unda Rablening
13 N.Komilov. Tafakkur karvonlari. -Т ., 1996, 73-bet.
M N. Kornilov. Tafakkur karvonlari. -Т ., 1996, 74-75-bet.
77


jamiyat, uni rivojlantirish, inson hu-quqlari, jamiyatdagi ayollaming o‘mi, kishilar 
o'rtasidagi o‘zaro muno-sabatlarga doir qarashlari aks ettirilgan. Gumanizmning 
yana bir yorqin namoyandasi fransuz faylasufi Mishel Monten (1533-1592) edi. U 
o'zining «Tajribalar» asarida sxolas-tikani tanqid qilib, insonni eng buyuk qadriyat 
deb e’lon qiladi. Monten inson shaxsining mustaqilligi va erkinligi g‘oyasini ilgari 
suradi. Uning ta’Iimoti individualizm, riyokorlik ruhidagi qarashlarga qarshi 
yo‘nalti-rilgart. U insonning mustaqil, erkin tafakkurini bo‘g‘uvchi loqaydlik, ri­
yokorlik, taqlid qilishni qoralaydi. Xudoga nisbatan u skeptik munosa-batda 
bo‘ladi. Shuning uchun uning inson faoliyatiga hech qanday aloqa-si yo‘q xudo 
qandaydir shaxssiz mohiyatdir. Montenning din erkinligi haqi-dagi fikri taraqqiyparvar 
ahamiyatga ega. Uningcha, bironta din boshqa dinlar ustidan ustunlikka ega emas.
Montenning gumanizmi ham naturalistik ruhda: inson tabiatning bir qismi, 
shuning uchun o‘z hayotida ona-tabiat nimani o‘rgatsa, shunga amal qilish kerak 
bo‘ladi. Falsafa murabbiylik vazifasini bajaradi. U odam-lami to‘g‘ri, tabiiy va 
olijanob hayotga yo‘naltirishi kerak. Montenning g‘oyalari falsafaning Yevropadagi 
kelgusi rivojiga, xusu-san, 
Bekon, 
Dekart, Gassendi ta’limotiga, 
fransuz 
ma’rifatparvarlaridan Volter, Lanetrilar ta’limotining shakllanishiga sezilarli ta’sir 
ko‘rsatdils. Ingliz yozuvchisi va siyosatchisi Tomas Mor (1519-1577), italiyalik 
faylasuf va shoir Tomazo Kamponellalaming «Utopiya», «Quyosh shah-ri» 
asarlarida ham gumanistik utopik sotsializm konsepsiyalari aks ettirilgan.
Gumanizmdan farqli ravishda (inson ikkinchi Xudo) reformatsiya, insonning 
azaliy gunohkorligi haqidagi g‘oyani saqlab qoladi. Italiyada reformatorlik harakati 
yetakchisi Djon Sovnarola (1452-1498) edi. U cherkov tomonidan ta’qib qilinib, 
gulxanda yoqib oidirildi. Reformatorlikning asosiy namoyandalari nemis ruhoniysi 
Martin Lyuter (1483-1546), fransuz ruhoniysi Djon Kalvin (1509-1564) va Tomas 
Myunser (1490-1525) edi. 
Tomas 
Myunser 
reformatsiyaning 
xalqchil 
qanotiga boshchilik qilib, uning xatti-harakatlari dehqon urushiga aylandi.
Reformatsiyaning aniq boshlangan sanasi Lyuter tomonidan Vitten-burgdagi 
cherkov eshigiga indulgensiyalami sotishga qarshi qaratilgan 95 ta tezisni ilib 
qo‘ygan kun - 1517-yil 31-oktabr hisoblanadi. Martin Lyuter hukmdorlarga 
murojaat qilib, ulardan zambaraklar tayyorlash, yo‘llar qurish, ko‘priklar bunyod etish 
va boshqa ishlarga sarflanayotgan xara-jatlaming ma’lum qismini yoshlar ta’lim- 
tarbiyasiga ham sarflashga chaqirdi. Uyg‘onish davridagi madaniyat, ilm-fan, 
savdo-sotiq yanada yuksa-lishini ta’minlagan omillardan biri bu davrda amalga 
oshirilgan buyuk kashfiyotlar bo‘ldi. Savdo-sotiq, ishlab chiqarish rivojlanib 
borayotgan Yevropa shaharlari bozorlariga Sharq mollari betinim yetkazilib 
turilgan va bu munosabatlar savdo ahliga katta daromadlar keltirgan. Ammo turklar 
Vizantiyani zabt etgach, Sharq mamlakatlari bilan savdo-sotiq alo-qalari qiyinlashdi, 
narx-navo ko‘tarildi. Natijada Hindiston, arab mamla-katlari, Xitoy kabi mamlakatlarga 
olib boradigan dengiz yo‘llarini qidirish avj oldi.
3. 
Yevropa Uyg‘onish davrining daholari: Lepnardo da Vinchi, Rafael, 
Mikelanjelo va boshqalar
15 Qadimgi va o ‘rta asrlar Ci’arbiy Yevropa falsafasi. 185-bet.
78


Reformatsiya xristian dinidagi yangi oqim - protestantizmning paydo 
Iwlishiga olib keldi. Protestantizmning eng asosiy tamoyillaridan bi-ri xristian 
ilinining dastlabki davrlaridagi sofligiga erishish edi. 0 ‘rta asrlar-dan amal qilina 
boshlangan qator an’analar, urf-odatlar protestantlar to-monidan ortiqcha va 
imlo'g'ri deb topildi. Ular xristian dinidan chetla-nishga olib keladi, degan g‘oya 
ilguri surildi. Jumladan, reformatsiya davrida aynan diniy mavzulardagi qator 
pycsalar taqiqlandi. Protestan-tizm ikonalarga sig‘inishni ham qoraladi. Ikonalarga 
sig'inish deyarli butlarga sig‘inish bilan tenglashtirildi. Airutio protestantlar tasviriy 
sim'atni unchalik qoralamadilar. Haykaltaroshlik, tasviriy san’at dunyoviy xarak-terga 
ega bo‘la bordi. Ularda diniy mavzular yakkahokimligiga chek qo‘yila boshlandi. 
Shu boisdan aynan Uyg‘onish davrida san’at sohasi-da buyuk daholar yetishib 
chiqa boshladi.
Leonardo da Vinchi. Florensiyalik Leonardo da Vinchi (1452-1519-yillar) 
Ituliyadagi uyg‘onish davri madaniyatining eng buyuk arbobi edi. U yoshligidan 
yuxshi bilim oldi. U buyuk olim, iste’dodli haykaltarosh me’mor, muhandis, shoir 
vu rassom bo‘lib yetishdi.
1482-1490-yillari, eng unumli davrini u Milanda o‘tkazdi. Uning lo-yihasi 
bilan Milan shafirini ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan katta ka-nal qurildi.
Leonardo da Vinchi 1499-yilda Milandan Venetsiyaga va 1503-yilda 
' !• lorensiyaga qaytdi. Bu yerda u kanallar, uchar apparatlar loyihalarini cliizdi. 
Olim, shuningdek, anotomiya, geologiya, gidravlika va mexanika sohalarida ilmiy 
tadqiqotlar olib bordi. «Monna Liza» («Djokonda») surati Leonardo da Vinchini butun 
duifyoga tanitdi. «Monna Liza» - yosh ayol portreti, hozirgi kunga qadar san’atning shu 
sohasidagi eng mashhur asaridir. Rassom bu suratda yosh ayolnin£ tashqi 
qiyofasinigina emas, balki uning ichki dunyosini, kechinmalarini va kayfiyatini ajoyib, 
sirli tarzda aks ettirib bergan. Asarda ma’naviy va jismoniy go‘zallik, xususiylik va 
umuminso-niylik vobastaligi, o‘zaro muvofiqlashuv mahorat bilan tasvirlangan. 
lining 500 yil muqaddam yaratilganiga qaramasdan, tasvirdagi timsol yuzastdan 
bahslar davom etmoqda. Ayrim mutaxassislar rassom asarida o‘zini tasvirlaganini 
qayd etadilar. Tasviriy san’atda ma’lum soniyadagi, aniq bir holat tasvirlanadi. 
Ammo Leonardo da Vinchi asarining o‘ziga xosligi, hayratlanarli jihati shundaki
lomoshabinda ayolning yuzidagi tabassum, uning nigohi har daqiqada o‘zgarib 
luribdi, degan filer paydo boMadi. Leonardo da Vinchi ijodi shunisi bilan 
qimmatliki, u ijodda o‘zini si-novchi, tajribachi sifatida namoyon qiladi. Ijod 
san’atkor uchun cheksiz izlanishlar yangidan yangi muammolar yechimini 
qidirishidan iborat edi. Tasvirdagi soyalar, ranglar hamohangligi, hatto bo‘yoqlar 
tarkibi beti-nim kuzatishlar, tajribalar, sinovlar natijasida yuzaga kelardi. Odamlar 
holatlarining, yuz ko‘rinishlarining turli shakldagi chizmalari fikrimiz tasdig‘idir. 
Har bir asarida musavvir qandaydir muammoning yechimini qidirar edi. Bu 
yechimning topilishi asar ustidagi faoliyati davom etti-rishga boMgan qiziqishni 
susaytirardi. Aynan 
shu xususiyat Leonardo- da Vinchining olim 
va 
mutafakkirligiga isbot bo‘la oladi. Alloma o‘ziga xos tafakkur tizimini ishlab chiqdiki, 
natijada uning qator ilg‘or g‘oyalari (sa-molyot, vertolyot loyihalari) keyingi, yangi 
davrlarda XIX-XX asrlarda ro‘yobga chiqdi. Leonardo da Vinchi 1519-yil 2-
79


muydu vafot etdi. Aytishlaricha, u o‘limi arafasida yonida bo'lgan Fransiya qiroli 
l 'ransisk I ga odamlar uchun juda kam xizmat qilganligini aytib, uzr so'ragan.
Uyg'onish davrining buyuk arboblaridan biri haykaltarosh, rassom, me’mor, harbiy 
muhandis va shoir Mikelanjelo Buanarotti (1475-1564-yillar) edi.
Mashhur rassomning Vatikandagi Sikstin kapellasidagi suratlari soni 700 ga 
yaqin bo'lib, u uzunligi 40, eni 13 va balandligi 20 metrli xonada chizilgan.
Mikelanjelo 4 yil davomida mashaqqatli mehnat qilib, 1512-yil kapella 
freskalarini tantanali ochishga tayyorlaydi. Uning haykaltarosh sifatida yaratgan 
eng buyuk ishlaridan biri g'oyat katta marmar toshga Dovud haykali edi. 
Marmartoshdan qilingan haykalning balandligi 5,5 metr bo'lib, zamondoshlari uni 
«gigant» deb atashadi. Mikelanjelo bu hay-kalda dahshatli bir mahluqni yakkama- 
yakka jangga tosh bilan urib o'ldir-gan afsonaviy cho'pon (bolani) yigitni tasvirlagan. 
Florensiyaning marka-ziy maydoniga o'matilgan David haykali o'sha vaqtdan 
buyon shahar-ning homiysi hisoblanib kelinadi. Umrining oxirida Mikelanjelo 
me’morchilik bilan shug'ullanadi. Rimda Pyotr soborining juda katta gumbazi 
loyihasini tuzgan, u avliyo Pyotr Sobori qurilishini nihoyasiga yetkazadi. Sobor 
uyg'onish davrining eng katta na-munasidir. Gumbazning balandligi 132 metr, uni 
ustunlar ko'tarib turgan. Italiyaning buyuk rassomlaridan biri Rafael Santi (1483- 
1520-yillar) edi. U o'zining qisqa, lekin mazmunli umrida insonni, uning go'zal 
qal-bini, aql-zakovatini, olijanobligini tasvirlashga intildi. Rafael Santi kichkina 
Urbino gersogligida saroy rassomi oilasidatug'ildi. U 1504-yili Florensiyaga keladi. 
Shu yerda u o'zining qator mash-hur suratlarini-«Madorma»larini chizdi. Oradan 4 yil 
o'tib Rafael Santi Rim-ga boradi. Rassom Rim papasi Yuliy II ning buyurtmasiga 
binoan uning saroyi-dagi dam oladigan xonalarni bezashga tushdi. Vatikanda 
ishlash bilan birga u qator tasviriy asarlar, portretlar chizdi. «Madonna Alba», «Kursi- 
dagi Madonna», 
«Madonna difol», va nihoyat 1513-1514-yillari «Sikstin 
madonnasi»ini yaratdi. Rafael chizgan rasmlarning eng mashhuri «Sikstin madonnasi» 
Italiyaning kichikroq shaharlaridan biridagi Avliyo Sikstin monastiri uchun 
chizilgandi. Bu buyuk asar insonga g'oyat kuchli muhabbat ruhi bilan sug'orilgan. 
Rassom unda odamlaming baxt saodati uchun o'zining eng aziz va sevimli 
farzandini bag'riga bosib, ulug'lik va oddiylik bilan odamlar oldiga yurib 
kelayotgan onani tasvirlaydi. «In-jii»dan olingan bu sahna tasviri hozirgi kunda 
Germaniyaning Drezden shahri rasmlar galereyasida saqlanmoqda.
Rimdagi avliyo Pyotr soborini loyihalashtirish va uning qurilishida ishtirok 
etishi, Santa Mariya Papasi cherkovini bezashda faollik ko'rsat-ganiga 
qaramasdan, Rafael tasviriy san’atda shuhrat qozondi. Leonardodan farqli ravishda, 
Rafael o'z davri ijodkori edi. Uning asar-larida jumboqli, g'ayritabiiy xususiyatlar yo'q. 
Hamma narsa aniq, yorqin, go'zal va barkamol. U go'zal qahramonning ajoyib 
timsolini yaratadi. Rassomchilikda hayotiylik, hayotni to'g'ri, haqqoniy tasvirlash 
tamoyili kuchli. Shu boisdan ham, uning «Madonna Konestibile» asarida ilohiy- 
lashtirihnagan, oddiy ayol, go'dak tomonidan varaqlanayotgan kitobga nigoh 
tashlagan holda tasvirlangan.
4. Tabiiy bilimlar va texnik taraqqiyot. N.Kopemik, D.Bruno, G.Galiley
80


XVI-XVII asrlarda tabiatshunoslik fanlarining keskin yuksalishi bosh-landi. Ishlab 
i'hli|iirish. jumladan, texnikaning o‘sishi ilmiy taraqqiyotga keng y o i ochdi. Tabiatdagi 
viK|ca-hodisalaming amaliy tomonlarini tadqiq qilish y o ig a qo‘yildi.
l izika fanining mexanika sohasi tez sur’atlarda rivojlandi. Bunga sa-bab, 
wn'ulning ba’zi sohalarida oddiy mexanizmlardan foydalanila boshla-ganligi, qurilish 
IcMiikasining takomillashuvi, chuqur shaxtalaming paydo bo‘lishi, artelleriyaning 
ylldun yilga kengroq qo‘llanilishidir. XVI-XVII asrlarda hunarmandchilik 
leMukasining rivojlanishi natijasida ko‘plab asbob-uskiinalar ixtiro qilindi. 
Jumladan, mikroskop va teleskop, termo-metr, simobli barometr, gidrometrlar 
kushl' qilindi.
1'andagi burilish, eng avvalo, astronomiya sohasida ro‘y berdi. XVI asrga 
i|nJar G‘arbiy Yevropada, shuningdek, Sharq mamlakatlarida ham antik davrda 
yurutilgan geotsentrik g‘oya hukmron edi (Beruniy kabi allomalar qarashlari 
bundan mustasno). Unga ko‘ra koinot markazida doira shaklida harakatsiz Yer 
lurudi. Yerning atrofida ma’lum masofada Oy, Quyosh va boshqa sayyoralar, 
yulduzli osmon aylanib turadi. Bu g‘oyaning asosi Aristotel, Gipparx va Ptolemey 
davrida ishlab chiqilgan edi. Allomalar orasida koinot tuzilishi haqidagi yangi 
gdiotsentrik ta’limotni yaratgan ulug‘ polyak olimi Nikolay Kopemik faxrli, 
muhim o‘rin tutadi. Kopemik eng oddiy asboblar yordamida osmon jismlarini 30 
yildun ko‘proq kuzatdi. Murakkab hisoblar yordamida olim Yeming Quyosh 
ulmfida hamda o‘z o‘qi atrofida aylanib turishini aniqladi. Yangi ta’limot tufayli 
cherkov tomonidan ta’qib qilinishini oldindan sez-gan Kopemik o‘z kashfiyotini 
u/oq vaqt sir tutdi. Shu sababli olimning «Kul ustida ziyofat», «Koinot va dunyoning 
chcksizligi haqfda», «Pegas siri», «Osmon jismlarining aylanishi haqida» va boshqa 
iisnrlar uning o‘limidan sal awalroq nashr qilindi. Kopemik kashfiyoti fanda katta 
o'/garish yasadi. Bu kashfiyot xris-tian cherkovining obro‘ va ta’siriga katta putur 
M'lka/di. Kopernik g‘oyasining davomchilari katolik cherkovi tomonidan quv-g‘un 
qilina boshlandi. Xristian cherkovi tazyiqining birinchi qurboni JordanO- Bruno 
bo'ldi (1548-1600). U Kopemik ta’limotini rivojlantirib: «Koinotning chegarasi 
yo'q. Olam beqiyos katta va cheksizdir», de-gan edi. Uning fikricha, Yer ham, 
quyosh ham koinotning markazi emas. «Olam son-sanoqsiz yulduzlardan iborat 
bo'lib, ulaming har biri bizdan uzoqda turgan quyoshdir. Mana shu quyoshning har 
qiiysi atrofida o‘zi-ning aylanib turgan yo‘ldoshlari bon>. Jordano Brunoning 
llkrlari hozirgi kunda fanda to‘liq tasdiqlandi. Cherkovning doimiy tazyiqi olimning 
l(> yil davomida Fransiya, Germaniya, Chexiyada safarda yurishga majbur qildi, o'z 
vntunini sog'inib, Ita-liyaga qaytgan olimni cherkov namoyandalari ushlab, o'z 
g’oyalaridan qaytishga undadi. Sakkiz yil qamoqdan so'ng Jordano Bruno 
liulxanda yondirildi. 1600-yil 17-fevralda Rimda uning haykali o'matilgan. Hay- 
kulga “U hamma xalqlar uchun fikr erkinligini talab qiladi va shu talabi uchun qatl 
ctildi”, deb yozib qo'yilgan.
Katolik cherkovi mashhur astronom va fizik Galileyni (1564-1642) ham butun 
huyoti davomida ta’qib qildi. Olim o'zi kashf qilgan oddiy, 30 marta kattalashtirib 
ko'rsatadigan birinchi truba teleskop yordamida ko'plab yulduzlami, oy ustidagi 
loqqa o'xshash jismlami, Yupiteming 4 ta yo'ldoshini, Veneraning fazalarini, 
(Quyosh dog'larini kashf qildi. Galiley o 'z asarlarida N.Kopemik va J.Bruno
81


kushliyotlarini to‘liq tasdiqladi. Rim papasi 70 yoshli olimni inkvizitsiya sudiga 
berdi. Sud Galileyni o ‘z g‘oyalaridan voz kechishga majbur qildi. U umrming oxi- 
riga qadar cherkov nazoratida ishladi.Rim papasi Ioann Pavel II tomonidan 1979- 
1980-yillari Galileyni sud qilgan inkvizitsiya sudi hujjatlari qayta ko‘rib chiqildi va 
olim gunohsiz deb topildi. Katolik cherkovi o‘zining ko‘p sonli «xatolari»dan birini tan 
olishi uchun uch asrdan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi.
Shunday qilib, XVI-XVII asrlarda ilmiy bilimlarning rivojlanishi Yevropada 
sanoat va savdoni yuksalishiga imkon berdi.
Yupiter planetasi atrofida yo‘ldoshlar va hatto Quyoshdagi dog‘lar borligini 
kashf etdi. Papa Galileyni Rimga cherkov sudiga chaqirdi. 70 yashar Galiley inki- 
vizitsiya oldida hozir bo‘ldi. 5 oy so‘roq qilindi, uni o‘z qarashlaridan voz kechishga, 
tavba qilishga majbur etdi (Yeming aylanishiga ishonmayman, lekin har holda 
aylanadi). U inkivizitsiya qo‘lida asir bo‘lib qoldi.
Demak, diniy jaholatga qarshi bosh ko‘tardi, uning changalidan qutildi. 
Dunyoni o‘rganish va tushuntirib berish uchun fan oldida keng imkoniyatlar 
tug‘ildi.
Tayanch so‘z va iboralar
Uyg‘onish davri, protestantizm, gumanistlar, reformatorlar, buyuk geog-rafik 
kashfiyotlar, Petrarka, Bokachcho, Rable, T.Mor, Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, 
Rafael, N.Kopemik, J.Bruno, Galiley
Savol va topshiriqlar.
1. Yevropa Uyg‘onish davrini yuzaga keltirgan omillami sanab bering.
Adabiyotlar ro‘yxati
1.Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T,: « 0 ‘zbekiston»,
2000 y.
2.Abdullaev M. Madaniyatshunoslik asoslari Т.: «Turon» 2006 y.
3.Abduraxmonov A. Saodatga eltuvchi bilim. Т.: «Movarounnahr», 2002 y.
4.Boboev H., Hamroev Т., Alimasov V. Madaniyatshunoslik. Т.: «YAngi asr
avlodi», 2001 y.
5. Boboev H., Hasanov S. «Avesto» manaviyatimiz sarchashmasi. Т.: «Adolat»,
2001 y.
6. Jabbarov I. 0 ‘zbek xalq etnografiyasi. Т.: « 0 ‘qituvchi», 1994 y.
7. Kaykovus. Qobusnoma. Т.: «Istiqlol», 1994 y.
8. Kornilov N. Tafakkur karvonlari. Т.: «Manaviyat», 1999 y.
. 9. Madaniyatshunoslik. Maruza matni. Gulmetov e. va boshqalar. Т.: DITAF,
2000 y.
10. Mustaqillik. Ilmiy-ommabop lug‘at. Т.: 1998 у.
11. Umarov. E. «Madaniyatshunoslik». YAngi asr avlodi 2005 y.
82


VIII-MAVZl) . O ’RTA ASRLAR SHARQ 

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə