M ibragimova, A. Reyembaeva


Kurs ishi mavzusiga oid ilmiy manbalardan foydalanish



Yüklə 96,33 Kb.
səhifə6/10
tarix16.09.2023
ölçüsü96,33 Kb.
#122139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KURS ISHI Ona tili 333

2.2. Kurs ishi mavzusiga oid ilmiy manbalardan foydalanish


“Ona tili o‘qitish metodikasi” fanidan kurs ishini yozishda eng avvalo qanday manbalarga suyangan holda ishning metodologik asosini belgilashni hal etish lozim bo‘ladi. Bu fan bo‘yicha yoziladigan kurs ishiga ona tili o`qitish metodikasida savod o`rgatish, o`qish metodikasi, grammatika, fonetika, so`z yasalishni o`rganish metodikasi, nutq o`stirish metodikasi va boshqa bo`limlar bilan shakllantiriladi. Kurs ishining metodologik asosini belgilashda dialektika qonunlari qatorida mavzuga oid ilmiy-nazariy manbalar, fanga oid namunaviy o‘quv dasturlar, “Davlat tili haqida”gi qonun, O‘zR Prezidenti asarlari ham muhim o‘rin tutadi.
Kurs ishining metodologik asosi belgilangach, mavzuga oid eng zarur adabiyotlarni tahlil qilish, ulaming ro‘yxati (bibliografiyasi)ni tuzish lozim bo‘ladi.
“Ona tili o‘qitish metodikasi” fanidan kurs ishini yozishda masalaga aloqador nashr etilganiga kamida o‘n-o‘n besh yil bo‘lgan so‘nggi ilmiy-nazariy, o‘quv- uslubiy adabiyotlar: darsliklar, uslubiy qo‘llanmalar, monografiyalar, ilmiy maqola va tezislardan, shu bilan birga, elektron darsliklardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Kurs ishi mavzusiga oid ilmiy adabiyotlaming yetarli bo‘lishi, ularda mavzuning chuqur tahlil etilishi talabaga kurs ishi rejasini hamda yoritiladigan asosiy masalalami to‘g‘ri belgilab olishga imkon yaratadi. Mavjud adabiyotlami sinchiklab o‘rganish orqali talaba mavzuni atroflicha yoritishi, ilmiy manbalardagi nazariy xulosalarga tanqidiy munosabat bildirishi joizdir.
Mavzuga oid mavjud adabiyotlami o‘rganish orqali talaba kurs ishining maqsad va vazifalarini belgilab oladi, ishda nimaga e’tibor qaratishi lozimligini fahmlaydi, asosiy va ikkilamchi masalalami ajratadi. Ilmiy manbalami o‘rganish asosida talaba mavzuning o‘rganilganlik darajasini belgilaydi, mavzuning qaysi jihatlari hali o‘rganilmaganligini anglab yetadi.
Ilmiy adabiyotlaming rahbar tavsiyasi asosida belgilanishi maqsadga muvofiq. Negaki hozirgi davrda ko‘plab kitoblar nashr etilayotgani quvonarli bo‘lsa-da, ularda ayrim bir-biriga zid nazariy qarashlaming aks etishi talabani chalg‘itishga, xato xulosa chiqarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli mavzuga oid foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlarni olimlar tomonidan ma’qullangan eng so‘nggi nazariy xulosalar asosida yozilganligiga e’tibor qaratish muhim ahamiyatga ega.
Shuni alohida qayd etish joizki, kurs ishi mavzusiga oid ilmiy manbalami o‘rganishni darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan boshlash lozim. Darslik va o‘quv qo‘llanmalarida mavzuga oid eng muhim masalalar yoritilgan bo‘ladi. Ularni tahlil qilish asosida mavzu bo‘yicha umumiy tasavvurga ega bo‘lish mumkin.
Talaba mavzuga aloqador qancha ko‘p ilmiy manbani o‘qib o‘rgansa, ularni birma-bir tahlil qilsa, mavzu yuzasidan shunchalik ko‘p ma’lumotga ega bo‘ladi.
Mavjud ilmiy manbalami sinchiklab o‘rganish orqali talaba mavzuning o‘rganilgan va o‘rganilmagan jihatlarini aniqlaydi, mavzu bo‘yicha umumlashma xulosalar chiqaradi.
Darslik va o‘quv qo‘lanmalaridan so‘ng mavzuga oid qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Kurs ishini yozish jarayonida adabiyotlardan muhim nazariy qarashlarni sitata qilib keltirish mumkin. Buning uchun sitatani ilmiy manbadan hech o‘zgartirishsiz aynan ko‘chirib yozish lozim. Ilmiy manbadan keltirilgan bunday sitatalar talabaning nazariy xulosasini asoslashga yordam beradi. Adabiyotlardan sitata sifatida olingan nazariy qarashlarga sahifa so‘nggida yoki qavs ichida manbaning adabiyotlar ro‘yxatidagi raqamini ko‘rsatgan holda havola berish lozim bo‘ladi. Havolada asar muallifi, nomi, nashriyoti, nashr yili va sahifasi aniq ko‘rsatilishi zarur.
Talaba mavzuga oid asosiy ilmiy manbalami sinchiklab o‘rgangach, kurs ishining xomaki rejasini tuzadi. Rejada ko‘rsatilgan asosiy masalalar kurs ishining qanday bo‘limlardan tarkib topishini belgilab beradi.

Yüklə 96,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə