M ibragimova, A. Reyembaeva


II. KURS ISHINI YOZISH YUZASIDAN AMALIY TAVSIYALAR



Yüklə 96,33 Kb.
səhifə5/10
tarix16.09.2023
ölçüsü96,33 Kb.
#122139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KURS ISHI Ona tili 333

II. KURS ISHINI YOZISH YUZASIDAN AMALIY TAVSIYALAR

2.1. Mavzu rejasini tuzish


Kurs ishining rejasini tuzishdan oldin talaba mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan barcha ilmiy manbalami sinchiklab o‘rganishi, ularni tahlil qilishi lozim bo‘ladi. Mavjud ilmiy manbalami o‘rganish asosida talaba mavzuning o‘rganilganlik darajasi haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘ladi. Shundan so‘ng u kurs ishi mavzusini yoritishda qanday masalalarga e’tibor qaratish joizligi haqida mushohada yuritadi va mavzuni yoritish rejasini tuzadi.
Kurs ishi mavzusi bo‘yicha tuzilgan rejada quyidagi masalalarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq:
1. Kurs ishining umumiy tavsifini yoritish. Bu masala “Kurs ishining umumiy tavsifi” bandida yoritiladi.
2. Kurs ishi mavzusining o‘rganilganlik darajasi haqida ma’lumot berish, mavzuga oid ilmiy manbalarga tanqidiy munosabat bildirish. Bu masala kurs ishining kirish qismida yoritiladi.
3. Kurs ishi mavzusi yuzasidan ilmiy asoslanishi lozim bo‘lgan eng muhim masalalami ajratish va ulami bo‘lim (bob)larga kiritish. Bu masalalar kurs ishining asosiy qismida yoritiladi.
4. Kurs ishi mavzusi bo‘yicha umumiy nazariy xulosalar chiqarish va ulami izchillikda bayon etish. Bu masala kurs ishining “Umumiy xulosalar” bandida aks ettiriladi.
5. Kurs ishi mavzusiga oid ilmiy manbalar haqida ma’lumot berish. Bu masala kurs ishining “Foydalanilgan adabiyotlar” bandida aks ettiriladi.
Kurs ishi rejasida qayd etiladigan bu masalalar mavzu mohiyatini ochib berishga qaratilgan bo‘lishi joiz. Bu masalalaming rejada aniq, qisqa sarlavhalar ostida izchillikda berilishiga qat’iy rioya qilish lozim bo‘ladi.
Kurs ishi rejasida berilgan masalalaming qay tartibda bo‘lishi, muhim- nomuhimligi, soni tanlangan mavzuning mohiyatiga bog'liq. Mavzuga aloqador eng muhim masalalami alohida bo‘lim (bob)larda yoritish tavsiya etiladi.
Dastlabki tuzilgan reja ilmiy rahbar nazoratidan o‘tkazilishi lozim. Ilmiy rahbar zarur hollarda rejaga tuzatishlar kiritish bo‘yicha tavsiyalar berishi mumkin.

Yüklə 96,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə