M ibragimova, A. Reyembaeva


Kurs ishi mavzusi yuzasidan ilmiy-nazariy xulosalar chiqarish va ularni umumlashtirish



Yüklə 96,33 Kb.
səhifə7/10
tarix16.09.2023
ölçüsü96,33 Kb.
#122139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KURS ISHI Ona tili 333

2.3. Kurs ishi mavzusi yuzasidan ilmiy-nazariy xulosalar chiqarish va ularni umumlashtirish


Talaba kurs ishi mavzusida ko‘tarilgan nazariy muammoni daliliy misollar yordamida ilmiy asoslashi va umumlashma xulosalar chiqarishi lozim bo‘ladi. Talaba nazariy xulosalarini dalillash uchun asosiy hollarda badiiy, publitsistik uslub, zarur o‘rinlarda so‘zlashuv nutqi materiallaridan tanlab olingan misollarga murojaat qiladi. Bunday misollar to‘g‘ri va o‘rinli tanlanishi, mavzuning mohiyatiga muvofiq kelishi hamda talabaning ilmiy xulosalarini ilmiy asoslashga xizmat qilishi darkor.
Talabaning kurs ishi rejasida ko‘tarilgan nazariy muammoni to‘laqonli ochib berishi, umumlashma ilmiy xulosalar chiqarishi tanlagan tadqiq usuliga ham bog‘liq.
Talaba mavzuga oid nazariy xulosalami umumlashtirish jarayonida ko‘tarilgan muammo yuzasidan o‘z shaxsiy qarashlarini ham ifoda etishi lozim bo‘ladi. Ba’zan talabaning kuzatishlari asosida chiqargan shaxsiy xulosalari mavjud ilmiy manbalardagi nazariy xulosalarga mos kelmasligi mumkin. Bunday holatda talaba o‘z ilmiy qarashlarini to‘plagan daliliy misollari asosida to‘g'ri asoslay olsa, kurs ishining ilmiy-nazariy qimmati yanada oshadi.
Talaba kurs ishi mavzusida ko‘tarilgan muammo yuzasidan to‘g‘ri nazariy xulosalar chiqarishi uchun mavzuga aloqador barcha ilmiy manbalarni chuqur o‘rganishi, ularni qiyosiy tahlil qilishi lozim. Shundan so‘ng u umumlashma xulosalar chiqarishi va to‘plagan daliliy misollari asosida rejadagi masalalami yoritib berishi lozim bo‘ladi.

2.4. Kurs ishi mavzusini reja asosida izchil bayon etish


Talaba “Ona tili o‘qitish metodikasi” fanidan yozayotgan kurs ishining bo‘lim (bob)larida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha o‘z kuzatishlari, tahlillari asosida umumlashma xulosalar chiqarishi va ularni ishda izchil tarzda bayon etishi lozim bo‘ladi. Kurs ishida, ayniqsa, bo‘lim (bob)larning bir-biri bilan o‘zaro bog'liqligi, bo‘lim (bob) bandlarining aloqadorligi, ular o‘rtasidagi mantiqiy ketma-ketlikka rioya qilish zarur.
Kurs ishining umumlashma nazariy xulosalarni izchil bayon etish bosqichi ishning tugallangan holatda ekanini ko‘rsatadi.
Fikrning izchilligini ta’minlash maqsadida kurs ishi rejasi tuziladi, Muayyan reja asosida yozilgan har qanday kurs ishining asosiy qismi mantiqan o‘zaro bog‘liq bo‘lim (bob)lardan tashkil topadi.
Reja asosida yozilgan kurs ishlarinmg umumiy tuzilishi o‘zaro mantiqan bog‘liq quyidagi qismlardan tarkib topishi lozim:
1) umumiy tavsif;
2) kirish qism;
3) mavzu bayoni (asosiy qism);
4) umumlashma xulosalar bayoni;
5) foydalanilgan adabiyotlar;
6) ilova (izohlar, jadval va chizmalar).
Qayd etilgan bu masalalar kurs ishida ketma-ketlikda yoritilsa, fikr izchilligiga putur yetmaydi.

Yüklə 96,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə