M ibragimova, A. Reyembaeva


“Ona tili o‘qitish metodikasi” fanidan yoziladigan kurs ishining tuzilishi



Yüklə 96,33 Kb.
səhifə4/10
tarix16.09.2023
ölçüsü96,33 Kb.
#122139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KURS ISHI Ona tili 333

1.3. “Ona tili o‘qitish metodikasi” fanidan yoziladigan kurs ishining tuzilishi


“Ona tili o‘qitish metodikasi” fanidan yoziladigan kurs ishlari quyidagi tarkibiy qismlardan tarkib topishi maqsadga muvofiq:
- kurs ishining titul varag'i;
- mundarija;
- kurs ishining umumiy tavsifi;
- kirish qism;
- asosiy qism;
- umumiy xulosalar;
- foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati.Kurs ishining birinchi titul varag‘i ishning qayerda, qachon va kim tomonidan bajarilganligi, mavzusi, ilmiy rahbari haqida ma’lumot beradi. (1-ilova)
Kurs ishining birinchi titul varag‘ida quyidagi ma’lumotlar aks etadi:
1. Oliy o‘quv yurtining nomi.
2. Fakultet nomi
3. Talabaning familiyasi, ismi, otasining ismi.
4. Kurs ishi mavzusi.
5. Ilmiy rahbaming familiyasi, ismi, ilmiy darajasi, unvoni.
6. Kurs ishi yozilgan joy nomi va yili.
Kurs ishining ikkinchi titul varag‘ida quyidagi ma’lumotlar aks etadi (2-
ilova):
1. Kurs ishi bajarilgan kafedra nomi.
2. Ilmiy rahbar familiyasi, ismi, ilmiy darajasi va unvoni.
3. Kurs ishi himoyasi o‘tkazilishi belgilangan yig‘ilish manzili.
4. Kurs ishi bilan tanishish mumkin bo‘lgan kafedra nomi.
5. Kurs ishi kafedraga topshirilgan Sana.
Kurs ishining keyingi varag‘ida mundarija beriladi. Mundarijada kurs ishining
tarkibiy tuzilishi aks etadi. Mundarija quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi:
1. Kurs ishining umumiy tavsifi.
2. Kirish qism.
3. Asosiy qism.
4. Umumiy xulosalar.
5. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
6. Ilovalar.
Kurs ishining umumiy tavsifida quyidagi masalalar bayoni aks etadi:
- kurs ishi mavzusining belgilanishi;
- kurs ishining maqsadi va vazifalari;
- kurs ishining tadqiq obyekti va metodi;
- kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati;
- kurs ishining tuzilishi.
Umumiy tavsifning “Kurs ishi mavzusining belgilanishi” bandida mavzuni tavsiya etgan kafedra va mavzuning tasdiqlanganligi haqidagi ma’lumot aks etadi.
“Kurs ishining maqsadi va vazifalari” bandida mavzuni yoritishda ko‘zlangan maqsad belgilanadi hamda amalga oshiriladigan vazifalar qayd etiladi.
Umumiy tavsifning “Kurs ishining tadqiq obyekti va metodi” bandida o‘ganilayotgan til sathi birligi, uning tahlilga tortilgan jihati qayd etiladi hamda tanlangan mavzuni yoritishda qanday tahlil usullaridan foydalanish ko‘zda tutilganligi ma’lum qilinadi.
“Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati” bandida erishilishi ko‘zda tutilgan ilmiy natija va ishning amaliy ahamiyati haqida ma’lumot beriladi.
Umumiy tavsifning “Kurs ishining tuzilishi” bandida yozilgan ishning tarkibi va umumiy hajmi haqida ma’lumot beriladi.
Kurs ishining Kirish qismida mavzuning o‘rganilish darajasiga baho berish lozim bo‘ladi. Mavzuga oid ilmiy manbalar chuqur tahlil etilib, ularga munosabat bildiriladi. Kurs ishining Kirish qismida mavzuning dolzarbligi haqida ham munosabat bildirish mumkin.
Kurs ishining Asosiy qismida mavzu yuzasidan ko‘tarilgan muammo bo‘lim (bob), bo‘lim (bob) bandlari orqali ochib beriladi. Kurs ishining asosiy bo‘lim (bob)lari, bo‘lim (bob) bandlarida mavzuning asl mohiyati daliliy misollar tahlili asosida izchillikda ochib beriladi. Daliliy misollar asosiy hollarda badiiy, publitsistik uslub, zarur o‘rinlarda so‘zlashuv nutqi materiallaridan tanlab olinadi.
Kurs ishi boblarida hal etilishi ko‘zda tutilgan masalalar nazariy xarakter kasb etishi lozim. Zarur hollarda nazariy masalaning amaliyotga tatbiqi xususida fikr- mulohazalar bayon etiladi. Agar kurs ishida ilovalar berish lozim topilsa, ular ish so‘nggida qayd etiladi. Ilovalarda muayyan masalaning mohiyatini ochib berishga qaratilgan jadvallar, chizmalar, masalani yechishga doir namunalarni berish ko‘zda tutiladi.
Kurs ishining Umumiy xulosalar qismida talabaning mavzuga oid tahliliy materiallar asosida chiqargan nazariy xulosalari umumlashtiriladi hamda uning nazariy qarashlarga qisqa manosabati, mavzuni o‘rganish yuzasidan tavsiyalari beriladi.
Kurs ishining Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati qismida kurs ishini yozish jarayonida foydalanilgan barcha ilmiy manbalar qayd etiladi.
Kurs ishi mavzusini yoritishda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ish so‘ngida beriladi (O‘z DSt 1215:2009 standarti asosida). Ilmiy manbalar alfavit tartibida ketma-ket raqamlanadi. Avval asar muallifming ismi-sharifi, so‘ngra ilmiy manba nomi (darslik, qo‘llanma, monografiya...), asar nashr etilgan shahar, nashriyot nomi va ilmiy manbaning umumiy sahifasi aniq ko‘rsatiladi. Agar ilmiy manba jurnal yoki to‘plamda e’lon qilingan bo‘lsa, muallifning ismi sharifi, so‘ngra maqola yoki tezis nomi, nashr etilgan jurnal, to‘plam nomi, jurnal yoki to‘plam nashr etilgan shahar nomi, so‘ngra maqola yoki tezisning ilmiy jurnal, to‘plamdagi sahifasi ko‘rsatiladi. (3-ilova)
Ba’zan kurs ishi yakunida ilovalar beriladi. Ilovalar zarur o‘rinlarda mavzu mohiyatini yanada yorqinroq ochib berish ucbun qo‘shimcha izoh sifatida ishlatiladi.
Asosiy hollarda ilovalarda jadval va turli chizmalar aks etadi. Shuningdek, ilovalarda ishda qo‘llanilgan ilmiy terminlar sharhi, talaba tomonidan ishlab chiqilgan va tavsiya etiladigan lug‘at namunalarini ham berish mumkin bo‘ladi.

Yüklə 96,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə