M ibragimova, A. Reyembaeva


I. “ONA TILI O‘QITISH METODIKASI” FANIDAN YOZILADIGAN KURS ISHINING UMUMIY TAVSIFI



Yüklə 96,33 Kb.
səhifə3/10
tarix16.09.2023
ölçüsü96,33 Kb.
#122139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KURS ISHI Ona tili 333

I. “ONA TILI O‘QITISH METODIKASI” FANIDAN YOZILADIGAN KURS ISHINING UMUMIY TAVSIFI

1.1. “Ona tili o‘qitish metodikasi” fanidan kurs ishi mavzularining belgilanishi


“Ona tili o‘qitish metodikasi” fanidan kurs ishlari mavzulari mutaxassislik kafedrasida O‘zbekiston Respublikasi DTS va fan bo‘yicha tuzilgan namunaviy o‘quv dasturi asosida belgilanadi va avval kafedrada, so‘ngra fakultet ilmiy kengashida muhokama etilib tasdiqlanadi.
“Ona tili o‘qitish metodikasi” fanidan kurs ishi mavzularini belgilashda talabalarning ushbu fanga oid nazariy bilimlari va ko‘nikmalarini hamda fan bo‘yicha umumiy qiziqishlarini e’tiborga olish lozim bo‘ladi.
“Ona tili o‘qitish metodikasi” fanidan kurs ishi mavzulari talabalar tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi. Talabalar kurs ishi mavzusini tanlashda quyidagi masalalarga jiddiy e’tibor qaratishlari lozim bo‘ladi:
1. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashda mavzuning hozirgi kunda dolzarbligi darajasiga, mavzuga oid ilmiy-nazariy manbalaming yetarli ekanligiga;
2. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashda mavzuga doir ilmiy tasavvuri va nazariy bilimining mavjudligiga;
3. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashda mavzuni yorita olish imkoniyati, bilimi, qobiliyatining yetarli ekanligiga;
4. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashda mavzuga doir mavjud ilmiy manbalari to‘liq o‘rganib chiqish imkoniyatining mavjudligiga e’tibor qaratishi lozim.
Talaba kurs ishini o‘zi izlanish olib borayotgan muayyan mavzu bo‘yicha yozish huquqiga ham ega. Buning uchun talaba mutaxasislik kafedrasiga o‘z mavzusi va uning rejasi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishi hamda kafedra muhokamasidan o‘tkazishi lozim bo‘ladi. Mavzu kafedra tasdig‘idan o‘tgach, talaba “Ona tili o‘qitish metodikasi” fanidan mana shu mavzu bo‘yicha kurs ishini yozish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Kafedra va fakutet ilmiy kengashi tasdig‘idan o‘tgan kurs ishi mavzulari talabalarga semestr boshidayoq taqdim etiladi.

1.2. “Ona tili o‘qitish metodikasi” fanidan yoziladigan kurs ishining maqsadi va unda amalga oshiriladigan vazifalar


Muayyan mavzu bo‘yicha chuqur ilmiy-nazariy bilimga ega bo‘lish, egallangan nazariy bilimlar asosida umumiy xulosalar chiqarish, fikrni izchil va ifodali bayon etish ko‘nikmasini namoyon etish “Ona tili o‘qitish metodikasi” fani bo‘yicha yoziladigan kurs ishining bosh maqsadi hisoblanadi. Shuningdek, muayyan mavzu bo‘yicha mavjud nazariy qarashlarni solishtirish, ularga xolisona munosabat bildirish,mavzuga oid ilmiy manbalarni sinchiklab o‘rganish va tahlil qilish hamda mavzu mohiyatini ochib berishda qiyoslash, zidlash, umumlashtirish, komponent tahlil qilish, modellashtirish, transformatsiyalash kabi qator usullarini qo‘llash “Ona tili o`qitish metodikasi” fanidan yoziladigan kurs ishlarining muhim jihati hisoblanadi.
“Ona tili o‘qitish metodikasi” fani yuzasidan belgilangan kurs ishlarini yozish va ochiq himoya qilishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi:
- kurs ishi mavzusining dolzarbligini aniqlash, tadqiq darajasini o‘rganish va unga munosabat bildira olish;
- kurs ishining maqsad va vazifalarini, tadqiq usullarini to‘g'ri belgilash;
- kurs ishi mavzusiga oid eng so‘nggi ilmiy manbalarni tahlil qilish va unga munosabat bildira olish;
- kurs ishi mavzusi yuzasidan mustaqil mushohada yuritish;
- kurs ishi mavzusini yoritishda ona tili o`qitish metodikasining o‘zaro aloqa-bog‘lanishda o‘rganishga erishish, o‘xshash til hodisalarini o‘zaro farqlay olish, ularning struktur jihatlarini ajratishga erishish;
- kurs ishi mavzusini yoritishda masalaga oid daliliy misollarni tanlay olish va ularni to‘g‘ri tahlil etish asosida ma’lum ilmiy-nazariy xulosalar chiqara bilish;
- kurs ishi mavzusini yoritishda nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lay bilish;
- kurs ishi mavzusi yuzasidan umumiy xulosalar chiqara olish;
-kurs ishi mavzusini ochiq himoya qila bilish.

Yüklə 96,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə