M ibragimova, A. Reyembaeva


“Ona tili o‘qitish metodikasi” fanidan yoziladigan kurs ishlarini rasmiylashtirish tartibi



Yüklə 96,33 Kb.
səhifə8/10
tarix16.09.2023
ölçüsü96,33 Kb.
#122139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KURS ISHI Ona tili 333

2.5. “Ona tili o‘qitish metodikasi” fanidan yoziladigan kurs ishlarini rasmiylashtirish tartibi


“Ona tili o`qitish metodikasi” fanidan yoziladigan kurs ishlarini reja asosida, izchillikka rioya qilingan holda, o‘zbek adabiy tilida, tartibli, aniq va bexato yozish talab etiladi. Kurs ishini yozishda o‘zbek adabiy tilining orfografik me’yoriga muvofiq kelmaydigan turli qisqartmalardan, noadabiy qatlamga oid har xil qo‘llanishlardan foydalanish man etiladi.
Kurs ishi elektron yoki qo‘lyozma shakllarda yoziladi. Kurs ishi qo‘lyozma shaklida bajarilganda ko‘k siyohli ruchkada, chiroyli dastxat bilan yozilishi lozim. Mavzu bayonida qizil siyohli ruchka ishlatilmaydi. Zarur o‘rinlarda yashil, qora siyohli ruchkalardan foydalanish lozim.
Elektron shakldagi kurs ishining hajmi A4 formatdagi qog‘ozda 20-25 varaqdan iborat bo‘lshi lozim. Har bir sahifada 30 ta satr, har bir satrda esa 60 ta belgi (so‘zlar orasidagi o‘tishlar va tinish belgilarini hisoblagan holda) bo‘lishi kerak. Varaqning chap tomonidan 3 sm, o‘ng tomonidan 1,5 sm, yuqoridan 2,5 sm, quyidan 2,5 sm hoshiya qoldiriladi. Satrlar oralig‘i 1,5 interval bo‘lishi lozim.
Qo‘lyozma shaklidagi kurs ishining hajmi esa 35-40 varaqdan iborat bolishi shart. Qo‘lyozma shaklidagi kurs ishida ham varaqning chap tomonidan 3 sm, o‘ng tomonidan 1,5 sm, yuqoridan 2,5 sm, quyidan esa 2,5 sm hoshiya qoldirilishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida adabiyotlar soni kamida 20-25 ta atrofida bo‘lishi kerak.
Kurs ishining har bir sahifasi hoshiyalanadi. Kurs ishining titul varag‘idan boshqa barcha varaqlari birma-bir sahifalanadi.
Kurs ishining birinchi va ikkinchi titul varag‘i 1-, 2-ilovalarda berilgan tartibda rasmiylashtiriladi. Keyingi varag‘ida kurs ishi mavzusining rejasi yoziladi. Rejada ko‘tarilgan masalalar alohida bo‘limlarda (boblarda) beriladi.
Kurs ishi mavzusini ikki yoki uch bo‘lim (bob) orqali yoritish tavsiya etiladi. Har bir bo‘lim (bob) raqamlanadi. Bo‘lim (bob) nomlari sarlavha tarzida yozilishi lozim. Bo‘lim (bob)larning nomlari bosh harflar bilan, uning bandlari kichik harflar bilan yoziladi.
Bo‘lim (bob) nomlarini yozishda bo‘g‘in ko‘chirishga ruxsat berilmaydi, shunga ko‘ra bo‘lim (bob) nomlari qisqa va aniq ifodasiga ega bo‘lishi lozim.
Sarlavhalar oxirida nuqta qo‘yilmaydi. Ishning har bir bo‘limi (bobi) yangi sahifadan yoziladi. Talaba kurs ishida mavzuga doir o‘z ilmiy qarashlarini asoslash maqsadida boshqa ilmiy manbalardan izohlar (sitatalar) keltirilishi mumkin. Bunday izohlar (sitatalar) kurs ishida aynan berilsa, qo‘shtimoqqa olinadi. Agar izohlar (sitatalar) rus yoki boshqa tillarda yozilgan bo‘lsa, ularning tarjimasi beriladi. Ishda keltirilgan bunday izohlaming muallifi, uning qaysi ilmiy manbadan olinganligi, manba chop etilgan nashriyot, sana, ishning sahifasi belgilangan tartibda satr ostidagi havolalar orqali yoki "Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati"dagi ilmiy manbaning tartib raqami bo‘yicha qavs ichida qayd etiladi.

Yüklə 96,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə