Mahsulotlari tovarshunosligi



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə13/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Suv


Suv ovqat ratsionining eng muhim qismi hisoblanadi. Almashinuv reaksiyalarining kechishini, hazm qilish, moddalar almashinuvini, issiqlikni kerakli tarzda ushlab turishni ta’minlaydi. Suv inson tanasi og‘irligining 2/3 qismini tashkil etadi. Organizmning 10% dan ko‘proq suv yo‘qotishi uning hayot faoliyatiga xavf tug‘diradi. Odamning suvga ehtiyoji ovqatlanish turi va mehnat qilishi, harorat, sog‘lig‘i va boshqa omillarga bog‘liq.
Suvsiz hayot yo‘q. Organizmdagi barcha biokimyoviy jarayonlar suv ishtirokida sodir bo‘ladi. Suv organizmda quyidagi muhim vazifalarni bajaradi:

    • barcha oziq moddalarni eritadi;

    • erigan moddalarni butun organizmga tarqatib yetkazib beradi;

    • issiqlik o‘tkazuvchanligi hisobiga tana haroratini me’yorida ushlab turadi;

    • hazm qilishni ta’minlaydi;

    • almashingan moddalarni siydik bilan chiqarib yuboradi.



Mineral moddalar


Hamma oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida mineral moddalar mavjud. Ular mahsulotlar tarkibida anorganik birikmalarning tarkibiga kirgan holda uchraydi. Oziq-ovqat mahsulotlarini maxsus pechkalarda yondirganda faqat mineral moddalar kul holida qoladi. Demak, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi mineral moddalarning miqdori ulardagi kulning foiz miqdori bilan o‘lchanadi.
Mineral moddalar inson organizmining barcha to‘qimalari tarkibiga ham kirib, uning og‘irligining 5% miqdorini tashkil etadi. Mineral moddalar oz miqdorda talab qilinsa-da (kundalik ehtiyoj 20—30 g), ular organizmning hayot faoliyati jarayonida juda muhim vazifalarni bajaradi. Ular barcha to‘qimalar va hujayralar tarkibiga kiradi. Ba’zi bir mineral moddalar esa fermentlar, darmondorilar, gormonlar tarkibiga kirib modda almashinuv jarayonida faol ishtirok etadi. Bundan tashqari, mineral moddalar to‘qimalarda osmotik bosimni kerakli darajada saqlab turadi: suyaklar, tishlar tarkibiga kirib, ularga zarur mustahkamlik va qattiqlik beradi.
Mineral moddalar organizmda qanchalik miqdorda bo‘li- shiga qarab ular makroelementlarga va mikroelementlarga bo‘linadi.
Makroelementlarga kalsiy, kaliy, magniy, temir, natriy, fosfor, xlor kiradi. Ular organizmdagi 10 gramm to‘qimalar tarkibida o‘nlab va yuzlab milligramm miqdorda bo‘ladi.
Organizm to‘qimalari tarkibidagi mineral moddalarning miqdori 1 mg dan kam bo‘lganda mikroelementlar deb ataladi. Ularga: yod, mis, rux, ftor, marganes, kobalt, molibden va boshqalar kiradi.

    1. Yüklə 4,89 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə