Mahsulotlari tovarshunosligi



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə22/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Bug‘doy yormasi. Bug‘doy eng qimmatli don ekinlaridan hisoblanadi. Ekilish vaqtiga qarab, u kuzgi va bahorgi, tuzilishiga qarab esa yumshoq va qattiq turlarga bo‘linadi. Qattiq bug‘doy doni shishasimon, cho‘ziqroq; yumshoq bug‘doy esa unli, shakli yumaloq bo‘ladi. Bug‘doydan manniy yormasi hamda silliqlangan bug‘doy («Poltava» va «Artek») yormasi ishlab chiqariladi.
Manniy yormasi bug‘doy donini navlab tortish jarayonida olinadi, u T; M va MT rusumlarga bo‘linadi.
«Т» rusumli yorma qattiq bug‘doyni tortishdan hosil bo‘ladi, uning yormasi kremsimon oqish yoki sarg‘imtir rangli, nim tiniq, sirti qirrali bo‘ladi. U a’lo sifatli manniy hisoblanadi, chunki unda boshqa rusumdagi yormalarga qaraganda oqsil moddalari ko‘p bo‘ladi.
«М» rusumli yorma yumshoq bug‘doyni yanchib olinadi.
«МТ» rusumli yorma yumshoq bug‘doyga 20% qattiq bug‘doy aralashtirib tortishdan hosil bo‘lib, sarg‘ish rangli bo‘ladi.
Sholi. Sholi po‘st bilan qoplangan bo‘ladi. Sholi oqlan- gandan keyin hosil bo‘ladigan guruch esa shishasimon yaltiroq yoki sal yaltiroq hamda unli bo‘ladi. Sayqallangan turlari yaxshi hisoblanadi, chunki u qaynatilganda yelimsimon massaga aylanmaydi.
Suli yormasi. Suli doni po‘stli, oq, sariq yoki qora rangli dugsimon, ignasimon yoki noksimon shaklda bo‘ladi. Suli donida, oqsil va kraxmaldan tashqari, yog‘ ko‘p, shu tufayli
u o‘ta to‘yimli, biroq o‘rtacha ta’mi va yaxshi saqlanmasligi uning qimmatini pasaytiradi. Ishlatilishiga ko‘ra suli oziqa- yembop hamda yormabop xillarga bo‘linadi.
Suli parchalari (gerkules) maydalanmay silliqlangan oliy nav sulini bug‘lash, keyin quritish yo‘li bilan hosil qilinadi. Uning rangi sarg‘imtir-oq, namligi 12%. Suli parchalari navlarga bo‘linmaydi. Suli parchasi ko‘pi bilan 20 daqiqada pishishi lozim.
Suli yormasida 12—16% oqsil, 60—65% kraxmal, 6—8% yog‘lar, 2% qand, fosfor, kaliy, kalsiy, temir va boshqa moddalar bo‘ladi.

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə