Mahsulotlari tovarshunosligi


Ovqatga ishlatiladigan kislotalar



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə77/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Ovqatga ishlatiladigan kislotalar.


Oziq-ovqat sanoatida va oshpazlikda, asosan, sirka va limon kislotalari ishlatiladi.
Sirka kislotasi. Bu kislota vinoni, pivoni bijg‘itib sirkaga aylantirish yo‘li bilan olinadi. Qanday xomashyodan tayyor- langanligiga qarab vino sirkasi, meva- rezavor meva sirkasi va pivo sirkasi farqlanadi.
Sirka kislotasi sotuvga oshxona sirkasi va sirka essensiyasi holida chiqariladi va 5—6% ga keltirilgandan keyingina iste’- molga yaroqli hisoblanadi.
Limon kislotasi. Bu kislota rangsiz kristallar holatida bo‘lib, uning tarkibida limon kislotasining miqdori 99,5% ni tashkil etadi. Limon kislotasi oq rangli, quruq, sochiluvchan kon- sistensiyaga ega. Rangsiz kristallar suvda oson eriydi, eritmasi tiniq, ta’mi nordon bo‘ladi. Limon kislotasi qandolatchilikda, likyor-aroq mahsulotlari, spirtsiz ichimliklar olishda ishlatiladi. Uy sharoitida esa bu kislotani sirka o‘rniga ishlatish maqsadga muvofiq.
Natriy glutamati. Natriy glutamati glutamin kislotasining natriyli tuzi hisoblanadi. Toza natriy glutamati oq rangli, kristal holidagi tolqonsimon mahsulot bo‘lib, suvda yaxshi eriydi. Eritmasi sho‘rroq ta’mli, hidsiz bo‘ladi.
Natriy glutamati ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo qandlavlagini qayta ishlash sanoatining chiqindilari hisoblanadi. Natriy glutamati qaynatilgan kolbasalar, konservalar, konsentratlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Natriy glutamati gigroskopik mahsulot bo‘lganligi uchun germetik bekitiladigan idishlarda saqlash tavsiya etiladi.


Osh tuzi.


Osh tuzi tabiiy manbalardan olinadigan xlorli natriyning (NaCl) toza kristallaridan iboratdir. Toza osh tuzlari tarkibida xlorli natriyning miqdori 97,0— 99,7% ni tashkil etadi. Xlorli natriy tarkibida natriyning miqdori 39,4% ni, xlorning miqdori esa 60,6% ni tashkil etadi.
Osh tuzi ovqatga solinadigan dorivorlar orasida birinchi o‘rinni egallaydi. Inson organizmida xlorli natriyning yetishmasligi suv-tuz almashinuvining buzilishga olib keladi. Xlorli natriy qon, limfa, protoplazma tarkibiga kirib, to‘qima va hujayralarda osmotik bosimni boshqarishda muhim ahamiyatga ega.
Katta yoshdagi odamlarning osh tuziga bo‘lgan sutkalik ehtiyoji o‘rtacha 10—
15 g ni tashkil etadi.
Osh tuzi kelib chiqishi va qanday usulda olinishiga qarab tosh tuz, o‘zi cho‘kkan tuz, cho‘kma va qaynatma tuzlarga bo‘linadi.



      1. Yüklə 4,89 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə