Go‘shtning tana harorati va semizlik darajasiga ko‘ra turlari.
Haroratiga qarab (mushaklar ichidagi va suyaklar oldidagi haroratiga binoan) go‘sht quyidagicha guruhlanadi: hovuridan tushmagan, hovuridan tushgan, sovitilgan, o‘ta sovitilgan, muzlatilgan va muzdan tushgan.
Go‘shtni bo‘laklash. Yarim tayyor mahsulotlar.
Umumiy ovqatlanish korxonalariga go‘sht butun, yarim yoki sovitilgan chorak tana ko‘rinishida keltiriladi .
Asosiy yirik bo‘lakli yarim tayyor mahsulotlarning kimyoviy tarkibi.
T/ r
|
Yarim tayyor mahsulot
|
Tarkibi, %
|
suv
|
oqsil
|
yog‘
|
kuldorlili
|
1.
|
Kesim
|
74,9
|
21,8
|
2,3
|
1,0
|
2.
|
Yupqa va
qalin uch
|
74,8
|
22,2
|
1,9
|
1,1
|
3.
|
Ichki qism
|
75,3
|
22,5
|
1,1
|
1,1
|
4.
|
Yuqori qism
|
75,6
|
22,0
|
1,3
|
1,1
|
5.
|
Yon qism
|
75,7
|
21,9
|
1,2
|
1,2
|
6.
|
Tashqi qism
|
75,6
|
22,3
|
1,0
|
1,1
|
7.
|
Yelka qism
|
75,9
|
21,8
|
1,3
|
1,0
|
Hayvonlar yoshining kattalashishi bilan go‘sht tarkibidagi biriktiruv to‘qimalar birmuncha kamayadi. Bunda biriktiruvchi to‘qima xususiyatlari o‘zgaradi: uning tuzilishi ma’lum darajada murakkablashadi; kollagen tolalar chidamli bo‘ladi; tarkibidagi suv kamayadi; elastin tolalarining soni ko‘payadi. Go‘shtning qattiqligi hayvonlarning yoshiga qarab oshadi (10-jadval).
Go‘shtli yarim tayyor mahsulotlar pishirib (qovurib) iste’mol qilish uchun tayyorlangan go‘sht mahsulotlaridir. Ular ishlov berish usuliga ko‘ra tabiiy, urvoqli va qiymalangan bo‘ladi, issiqlik holatiga ko‘ra esa sovitilgan va muzlatilgan bo‘ladi. Tabiiy yarim tayyor mahsulotlar porsiyali va to‘g‘ralgan bo‘ladi. Porsiyali yarim tayyor mahsulotlarga bifshteks, antrekot, langet kiradi. Bularning og‘irligi 125 g
bo‘ladi. To‘g‘ralgan yarim tayyor mahsulotlarga: gulyash, ragu, beftsroganov kiradi. Urvoqli yarim tayyor mahsulotlar sovitilgan yoki muzlatilgan go‘shtdan tayyorlanadi. Ular qovurilganda seli chiqib ketmasligi uchun biroz urib yumshatiladi, so‘ng tuxum massasiga botirib olib urvoqqa bulanadi. Qiyma go‘shtdan tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar kotletbop qiymadan, yog‘dan, oliy va birinchi nav bug‘doy unidan pishirilgan nondan, maza kiritish uchun tuz, qalampir, piyoz va ziravorlar qo‘shib qilinadi. Bularga qiymalangan kotletlar, bifshtekslar va tefteli misol bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |