Mahsulotlari tovarshunosligi



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə92/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Sovitilgan go‘sht nimtalarga ajratilgandan so‘ng mushaklar ichidagi harorat 0° dan +4°C gacha sovitilgan go‘shtdir. Sovitish maxsus sovuq xonalarda, go‘shtni ilgaklarga ilib 0° + 2°C da, nisbiy namlik 90—98% bo‘lgan sharoitda 24 soat davomida olib boriladi. Uning ustki qismi nam bo‘lmaydi,

yupqa par da bilan qoplangan, mushaklari elastik bo‘ladi. Sovitilgan go‘shtning sho‘rvasi tiniq, ta’mi mazali va xushbo‘y bo‘ladi.
O‘ta sovitilgan go‘shtning harorati — 1,5°C dan — 3°C gacha, ya’ni muzlash nuqtasiga yaqinroq keltirilgan bo‘ladi. Bu go‘sht sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha
sovitilgan go‘shtga juda o‘xshash.
Muzlatilgan go‘sht sovitilgandan so‘ng mushaklar ichidagi harorat — 6°C gacha muzlatilgan go‘shtdir. Muzlatilgan go‘shtning sifati uni muzlatish usuliga (tez yoki sekin muz- latishga) bog‘liq.



  1. Muzdan tushgan go‘sht deganda, maxsus kameralarda asta-sekin muzi eritilib, harorati —1°C dan +4°C gacha keltirilgan go‘shtga aytiladi. Muz eriganda hosil bo‘ladigan go‘sht seli to‘qimalarga shimilib, go‘shtning ta’m xususiyatlari va oziqalik qiymatining saqlanishini ta’minlaydi. Muzdan tushirilgan go‘shtni qayta muzlatish va saqlash tavsiya etil- maydi. Bunday go‘shtlarni tezda qayta ishlash maqsadga muvofiq.




  1. Qo‘y (qo‘y va qo‘chqor) go‘shti sarg‘ish qizil yoki to‘q qizil, mayda donador tuzilishli, o‘ziga xos hidli, yog‘i zich oq rangda va baland haroratda eriydi.

Semizligiga qarab mol go‘shti I, II toifalarga va oriq go‘shtga bo‘linadi. Mol go‘shti mushak to‘qimasining rivoj- langanlik darajasi, teri osti yog‘ qatlamlari va skelet suyaklari bo‘rtib chiqqanligiga qarab toifalarga bo‘linadi.
Go‘shtning semizlik kategoriyalari tamg‘alab belgilanadi. I toifali go‘shtga binafsha rangli dumaloq tamg‘a bosiladi. Oriq go‘shtga qizil rangli uchburchak tamg‘a qo‘yiladi. II toifali go‘shtga esa binafsha rangli kvadrat tamg‘a bosiladi.



    1. Yüklə 4,89 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə