Mahsulotlari tovarshunosligi



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə98/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Go‘sht konservalari.


Go‘sht konservalari qoramol, cho‘chqa, qo‘y va uy parrandalari go‘shtidan, turli xil kalla-pochalardan, shuningdek, boshqa mahsulotlardan tayyorlanadi. To‘yimliligini oshirish va ta’mini yaxshilash uchun konservalarga yog‘ va dorivorlar qo‘shiladi.
Go‘sht konservalari quyidagi asosiy belgilariga ko‘ra tasniflanadi:

  1. Xomashyo turi jihatidan: go‘shtdan tayyorlangan; go‘sht- o‘simlikli; kalla- pochalardan tayyorlangan; o‘simlik va mol (hayvon) yog‘idan tayyorlangan konservalar.

  2. Idish turi jihatidan: metall bankali, shisha bankali konservalar.

  3. Issiq ishlov berilishi jihatidan: sterilizatsiya qilingan, pasterizatsiyalangan konservalar.

  4. Ishlatilishiga qarab: gazak, ovqatbop, yarim fabrikat konservalar.

  5. Go‘shtdan tayyorlangan konservalar tayyorlanishiga qarab: xom go‘shtdan, qaynatilgan, qovurilgan va tuzlangan go‘shtdan tayyorlangan konservalarga bo‘linadi.

Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini saqlash


Go‘sht va go‘sht mahsulotlari muzlatgichlarda yoki sovuq- xonalarda quruq, toza va yaxshi shamollatiladigan qorong‘i binolarda saqlanadi.
Saqlashda havoning namligi, harorat, shamollatish va binoning sanitariya holati go‘sht va go‘sht mahsulotlarining sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Binodagi havoning haddan tashqari quruq bo‘lishi go‘sht va go‘sht mahsulotlarining qurishiga sabab bo‘ladi va ularning tashqi ko‘rinishi buziladi. Havo namligi oshib ketsa, ularning mog‘orlashi va chirishiga sabab bo‘ladi. Iflos, zax va iliq binolarda go‘sht va go‘sht mahsulotlari tez buziladi, chunki bunday sharoitlarda mikroblar, ayniqsa, chiritadigan mikroblar juda tez ko‘payadi.
Sovitilgan go‘sht va go‘sht mahsulotlarini osib qo‘yib saqlashda harorat —1°C dan —2°C gacha, havoning nisbiy namligi 75—85% bo‘lishi lozim. Muzlatilgan go‘sht mahsulotlari ombor yoki chakana savdo korxonalarida toza yog‘och va ruxlangan stellajlarga zich qilib taxlanadi va usti brezent yoki boshqa material bilan yopiladi. Ular —2°C dan —6°C gacha haroratda va havoning namligi 85—90% qilib saqlanadi.
Yil fasli va zonaga qarab go‘shtlarga tabiiy kamayish me’yori belgilangan. Masalan, sovitilgan qoramol va qo‘y go‘shtining kamayish me’yori 0,85 dan 1,00% gacha; muzlatilgan qoramol va qo‘y go‘shtiniki 0,55 dan 0,90% gachadir.
Parranda go‘shtlari magazinlarda 0°C dan past haroratda ko‘pi bilan 5 sutka, 0°C dan 6°C gacha bo‘lgan haroratda ko‘pi bilan 3 sutka, 8°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda (muzxonalarda), ko‘pi bilan 2 sutka saqlanadi.

    1. Yüklə 4,89 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə