Maktabgacha pedagogik akmeologiya


Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə30/59
tarix08.02.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#100412
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59
Maktabgacha pedagogik akmeologiya

Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
“Maktabgacha pedagogik akmeologiya” fanida matnlarni tahlil qilishda interaktiv texnologiyalar qo‘llaniladi va internet yangiliklaridan olingan axborotlardan foydalaniladi. Shuningdek fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning yangi ilg‘or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish, yangi informatsion texnologiyalarni dars jarayoniga tatbiq qilish muhim ahamiyatga ega. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron darsliklardan foydalaniladi.
Maktabgacha pedagogik akmeologiya” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga o`ynaltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o`z mohiyatiga ko`ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to`laqonli rivojlanishlarini ko`zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o`qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv.Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o`zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo`g’inlarini o`zaro bog’langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga o`ynaltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o`quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga o`ynaltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o`quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi.Uning natijasida shaxsning o`z-o`zini faollashtirishi va o`z-o`zini ko`rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə