Maktabgacha yosh davrida bola shaxsini


ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix20.10.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#129135
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
maktabgacha-yosh-davrida-bola-shaxsini-shakllanishida-o-z-o-zini-anglash-xususiyatlari

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ
2023, 4 (125)
Ki
rish. Mavzuning dolzarbligi. 
Bugungi 
jadal 
rivojlanib 
kelayotgan 
yurtimizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashab-
buslari bilan ta’lim sohasida ko‘plab islohot-
lar olib borilmoqda. Xususan, yurtboshimizning 
ilg‘or ish tajribalari hamda tashabbuslari asosida 
yurtimizda maktabgacha ta’lim tizimida ko‘plab 
qonun va farmonlar qabul qilindi. Jumladan,
Oʻzbekiston 
Respublikasining 
2020-yil 
23-sentabrdagi “Ta’lim tog‘risida”gi O‘RQ-637-
son Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Preziden-
tining 2020-yil 6-noyabrdagi “Oʻzbekistonning 
yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-
fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari 
toʻgʻrisida”gi PF-6108-son, 2019-yil 9-okta-
brdagi “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tiz-
imini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 
tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5847-son Farmonlari 
bunga yaqqol dalil bo‘la oladi. 
Ayniqsa, ta’lim borasida Yurtboshimiz avvalo 
maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivo-
jlantirishga alohida e’tibor qaratdilar. Xusu-
san, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 
16-dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya 
to‘g‘risida”gi O‘RQ-595-son Qonuni, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30 sentya-
brdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaru-
vini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi PF-5198-son Farmoni, hamda 
2017-yil 30 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respub-
likasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini 
tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-son, 2022-
yil 14-iyuldagi “Maktabgacha ta’lim sohas-
ida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivo-
jlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi PQ-322-son qarorlariga muvofiq 
bu sohada yangi tizim yaratildi. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezi-
dentining 2019-yil 8 maydagi PQ-4312-son 
qarori bilan “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” tasdiqlandi.
Yurtboshimiz: 
“…aynan 
maktab-
gacha ta’lim sohasiga bo‘lgan e’tibor mam-
lakatning ertangi taraqqiyoti uchun mustahkam 
zamin yaratadi”, degan so‘zlari bilan bu sohani 
yanada rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar 
yaratdilar. ‘‘Biz yurtimizda Uchinchi Renessan-
sni barpo etish masalasini strategik vazifa sifat-
ida oldimizga qo‘yib, uni milliy g‘oya darajasiga 
ko‘tarmoqdamiz”.
Biz maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi, 
oliy ta’lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassas-
alarni bo‘lg‘usi Renessansning to‘rt uzviy halqasi, 
deb bilamiz”, deya ta’kidlaydilar muhtaram yurt-
boshimiz o‘z nutqlarida
1
.
Uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini 
hisoblangan maktabgacha ta’lim sohasi har 
tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini 
tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat 
muhim ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz rah-
bari O‘zbekiston Respublikasi Davlat musta-
qilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali 
marosimdagi nutqida: “Maqsadimiz kelgusi 3-4 
yilda mamlakatimizdagi bog‘cha yoshidagi bola-
larni maktabgacha ta’lim muassasalariga to‘liq 
qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta eri-
shamiz”, - deb ta’kidlagan
2
. Darhaqiqat, o‘tgan 
qisqa vaqt mobaynida O‘zbekiston Respubli-
kasi Prezidentining “2017-2021 yillarda makta-
bgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, “Maktabgacha 
ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillash-
tirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston 
Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliy-
atini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmon va qaror-
lari, shuningdek, Maktabgacha ta’lim tizimini 
yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yil-
larga mo‘ljallangan Dasturi hamda respublikada 
maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomil-
lashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” asosida misli 
ko‘rilmagan ishlar amalga oshirildi. 
Jamiyat – bu insonlar, shu jumladan bolalar 
muammosining majmuidir. Demokratik jamiyat-
ning rivojlanishi va salohiyati ko‘p jihatdan ana 
shu bolalarga beriladigan psixologik, tarbiya-
viy ta’lim mazmuniga bog‘liqdir. Har bir bola 
jamiyatda yashar ekan, unda o‘ziga xos o‘rin va 
mavqe egallashga intiladi. Shuning uchun o‘ziga 
xos intilish, layoqat va faollik intellektual mehnat 
1
https://kun.uz/uz/news/2022/11/15/sarflangan-
investitsiyalar-ortigi-bilan-qaytishiga-shubha-yoq-shavkat-
mirziyoyev-maktabgacha-talim-sohasiga-etibor-haqida
2
O`zbekiston Respublikasi Prezidentimiz Shavkat 
Mirziyoev Miromonovich raisligida 19 oktabr kuni 
maktabgacha ta`lim tizimini tubdan takomillashtirish 
masalalariga bag`ishlangan yig`ilishda.
47
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ / ДОШКОЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə