Мавзу: Бошланғич таълимда ўқув-билув фаолиятини мотивлаштириш


O’quvchining yutuqlarini ma’qullang



Yüklə 405,7 Kb.
səhifə12/16
tarix28.04.2023
ölçüsü405,7 Kb.
#107534
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Мавзу Бошлан ич таълимда ў ув-билув фаолиятини мотивлаштириш

O’quvchining yutuqlarini ma’qullang. “Obrazli qilib aytganda, yaxshi bajarilgan ish uchun bolaning yelkasidan qoqib qo’yish, uni sidqi dildan mehanatni davom ettirishga stimullashtiradi”,- deydi amerikalik pedagog A.Dreyer.
Ma’qullovchi so’z, imo-ishora, xatti-harakatlarni faqat eng yaxshi o’quvchilarga emas, balki o’quv mehnatida o’z shijoatini namoish eta olgan barcha o’quvchiga nisbatan yo’llash talab etiladi. Shunday holatlar ham bo’lganki, o’qituvchining past o’zlashtiruvchi o’quvchiga bergan oqilona ma’qullovchi bahosi juda katta ijobiy ta’sir o’tkazgan. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ijodkorlikka yo’llovchi asosiy motiv – bu kishining o’z faoliyati natijasini yaxshilashga qaratilgan xattiharakatidir. Bu holat xuddi kishining o’zi bilan o’zi musobaqalashib, oldin erishgan natijasidan yanada yaxshiroq natijaga erishish uchun tirishishiga, paydo bo’lgan muammoni nihoyatda ajoyib yo’llar bilan hal etishga urinishiga o’xshaydi. Muvaffaqiyatga intilish istagining kuchliligi ba’zan boshqa maqsadlarni to’sib qo’yadi va ular erishish qiyin bo’lgan g’oyaga aylanadi. Kompyuter xakerlari (kompyuterning oldida juda ko’p vaqtini o’tkazadigan yoshlar) – boshqa barcha ishtiyoqlarni so’ndiradigan xatti-harakat bo’lib, undan bolani boshqa mashg’ulotga e’tiborini qaratish maqsadida foydalanish mumkin.
Har birimiz o’quvchi muvaffaqiyati ahamiyatini chetlab o’tadigan barcha steriotiplardan qochib, sinfga kirayotganimizda shuni unutmasligimiz kerakki, agar yutuqni rag’batlantirishning hissiy ahamiyati, xatolari uchun jazolashning hissiy ahamiyatidan afzalroq bo’lsa, muvaffaqiyatga intilish shakllanadi va kuchayadi.
Agar, aksincha, jazolashning hissiy ahamiyati rag’batlantirishnikidan ko’ra yuqoriroq bo’lsa, bora-bora o’quvchida muvaffaqiyatsizlikdan qochish istagi shakllanadi. Shu tariqa faqatgina ota-onasidan gap eshitmaslik va o’qituvchisini uyaltirib qo’ymaslik uchungina o’qiydigan o’quvchilar paydo bo’ladi.
Ishingizning ta’sirchanligini oshiring. Qiyin va uncha o’ziga jalb etmaydigan o’quv faoliyatini qanday qilib o’quvchilar uchun qiziqarli va istalgan mashg’ulotga aylantirish mumkinligi to’g’risida novator-pedagoglarda juda qiziqarli g’oyalar mavjud. Oila tarbiyasi to’g’risidagi qo’llanmada berilgan bir materialdan namuna keltiramiz.Chunki bu misol qanday qilib bola uchun bajarish uncha yoqimli bo’lmagan ishga uni stimullashtirish mumkinligini ko’rsatadi.
Idish-tovoqlarni yuvish qiziqarli va obro’li ish deb kim ayta oladi? Ammo shunday kishilar ham borki, ular uchun idish-tovoq yuvish shunchaki qiziqarli emas, balki sevimli mashg’ulot bo’lib hisoblanadi. Bunday munosabat qanday qilib paydo bo’lishi va shakllanishi mumkin degan savolga yoshi kattaroq bir ayol shunday javob beradi: “Men hali yoshgina bola bo’lgan vaqtimda onam agar aqlli qiz bo’lsam, menga idish-tovoqni yuvishga ruxsat berishini aytar edi. Bunday mukofotni qo’lga kiritish uchun men o’zimni yaxshi tutishga harakat qilar edim”. Bu o’rinda mukofot sifatida taqdim etilgan idish-tovoq yuvish ishi, haqiqatdan ham, kichkina qizaloq tomonidan mukofot sifatida qabul qilingan. Axir, aslida “mukofot” sanalmaydigan narsa bilan mukofotlashmaydi-ku?
Ishingizning qiziqarli bo’lishida o’quvchilarning xatosi ham, aniqrog’i sizning xatolarga munosabatingiz ham yordam berishi mumkin. O’quvchilarning xatolaridan maksimal darajadagi stimulni toping: “Ajoyib xato!”, “Haqiqatga olib boruvchi xato”, “Rahmat, sening fikring unchalik to’g’ri bo’lmasa ham, u mulohaza yuritishga undaydi”, O’quvchi kuzatishlarining aniqligi va nozik tomonlarini har jihatdan ta’kidlang: “Men ham senday bo’lganimda, shunday deb o’ylar edim...”, “Avvallari men o’ylardimki, ...”. Shunday qilingki, siz bolalarni undagan narsa u qadar qiyin emasligiga ular ishonch hosil qilsinlar. “Rahmat sizga bolalar, siz bugun menga katta yordam berdingiz”,- deb darsdan so’ng o’zining 6 yoshli o’quvchilariga minnatdorchilik izhor etadi, Sh.A.Amonashvilli.


Yüklə 405,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə