Мавзу: Бошланғич таълимда ўқув-билув фаолиятини мотивлаштириш


UMUMIY XULOSA....................................................................................... 66



Yüklə 405,7 Kb.
səhifə2/16
tarix28.04.2023
ölçüsü405,7 Kb.
#107534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Мавзу Бошлан ич таълимда ў ув-билув фаолиятини мотивлаштириш

UMUMIY XULOSA....................................................................................... 66
FOYDALANILGAN ADBIYOTLAR RO’YXATI..................................... 69
KIRISH

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda o’rta ta’lim maktablarida ta’limtarbiya sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Zamonaviy ta’lim konsepsiyalari asoslanib, davr talablariga mos dastur, darsliklar tuzilganligi; o’quvchilar o’zlashtirishini jahon andozalariga mo’ljallab DTSlar ishlab chiqib, joriy qilinganligi bunga yaqqol dalil bo’la oladi. Bu shubhasiz, ta’lim jarayonida o’quvchilar o’quv-biluv faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish, boshqarish va nazorat qilishning imkoniyatlarini oshirdi. Pedagogik nazariya zamonaviy g’oyalar bilan boyitilib, pedagogik amaliyot yanada takomillashtirildi.
“Biz yigit va qizlarimizning,- deb yozadi Prezident I.Karimov,- ma’lumotli kishi bo’lishi uchun zarur bo’lgan barcha bilimlarni egallay olishlariga, yangi sharoitlarga tez va mashaqqatlarsiz moslashishlariga imkon berishimiz kerak. Yangilangan o’z davlatini qurish, isloh qilish jarayonining faol qatnashchilari bo’lishiga imkon beradigan, madaniy, axloqiy va ma’naviy qadriyatlarni egallab olishlari uchun yordam beradigan sharoit yaratishimiz darkor”1.
Yoshlarni kelajagimizni ta’minlash maqsadida tayyorlash g’oyasi I.A.Karimovning barcha asarlarida takomillashtirib boriladi. U “Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilsin” sarlavhali asarida yoshlarni hayotga, ishlab chiqarishga tayyorlash muammosini yanada keng sharhlab, shunday deydi: “...ta’lim-tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib, ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ong va tafakkurni o’zgartirmasdan turib, biz ko’zlagan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi”.2 Jamiyatni rivojlantirish uchun ongni, tafakkurni o’stirish, ong va tafakkurni taraqqiy ettirish uchun maktab, ta’lim jarayonini takomillashtirish g’oyasi mustaqillik sharoitidagi pedagogik fikrlashning yangicha mazmunini tashkil etadi.
I.A.Karimovning “Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” nomli ma’ruzasida qator muammolar qo’yilganki, ularni oqilona hal etish, shubhasiz, yoshlarni hayot, ishlab chiqarish, ijtimoiy munosabatlarga tayyorlashning samaradorligini oshirish va sifatini yaxshilashga yordam beradi. Prezidentimiz tomonidan tadqiqotchilar diqqatiga havola qilingan didaktik va metodik muammolarni quyidagicha belgilash mumkin:

  • boshlang’ich ta’lim mazmunining mohiyati (“Zamonaviy boshlang’ich ta’limning o’zi nimadan iborat bo’lishi kerak”);

  • boshlang’ich sinf o’quvchilarining real o’quv imkoniyatlari (“Norasida bolaning miyasi, ongi nimani o’ziga singdira oladi...”);

  • shaxs kamolotida mustaqil fikrlashning o’rni (“Bolalar qaysi sinfdan boshlab mustaqil fikrlay boshlaydi”);

  • ta’lim subyektlari – o’qitish va o’qish faoliyatining o’zaro munosabati (O’qituvchi va o’quvchi munosabatida ongli intizom”) kabi masalalar bo’lib, ular ta’limni zamonaviy talablar asosida tadqiq qilishni taqozo etadi.

Boshlang’ich sinflarda yuqori bilim, ko’nikma va malakalarni shaklllantirish uchun o’quv-biluv faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar majmuasiga o’quvchilarning motivlari sohasini o’rganish masalalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda O’zbekistonda ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirishga qaratilgan qator hujjatlarda ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, uni shaxsga - ta’lim jarayonining asosiy subyektlaridan biriga qaratish alohida ta’kidlab o’tiladi. Shu munosabat bilan ta’lim tizimini isloh qilishning hozirgi bosqichida o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi munosabatlarning adekvat modelini qurish uchun o’quvchi individual xususiyatlarini tahlil etishga yanada sinchkovlik bilan yondashish talab etiladi.
Qayd etilgan muammolarni tadqiq etish qator shart-sharoitlarga bog’liq.
Avvalo, ta’limda o’quvchilar maqomini yangilash, ularni ta’lim jarayonining faol subyektiga aylantirish ehtiyoji tug’iladi. Binobarin, bu masala muammoning ikkinchi tomoniga, ya’ni o’quvchining ta’lim jarayoni subyektiga aylanish istagi va ehtiyojiga ham bog’liq. Aynan, ana shunday ehtiyojni ularda paydo etish, ya’ni o’quvchini o’quv-biluv faoliyatiga motivlashtirish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo’lib qolmoqda. Bu boradagi ilmiy pedagogik bilim va pedagogik amaliyotni yanada takomillashtirish ehtiyojlariga tayangan holda tadqiqot mavzusini “Boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’quv-biluv faoliyatini motivlashtirish” deb rasmiylashtirdik.

Yüklə 405,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə