Мавзу: Бошланғич таълимда ўқув-билув фаолиятини мотивлаштириш


Interaktiv usullarning afzalliklari



Yüklə 405,7 Kb.
səhifə14/16
tarix28.04.2023
ölçüsü405,7 Kb.
#107534
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Мавзу Бошлан ич таълимда ў ув-билув фаолиятини мотивлаштириш

Interaktiv usullarning afzalliklari. Interaktiv usullar o’quvchilarni faollashtirish va ularning keng ta’limiy potensialidan foydalanish imkonini beradi. O’quv jarayoniga o’zaro hamkorlik elementlarini olib kiradi. Guruh alohida a’zolarining emas, balki butun guruh intellektual kuchidan foydalanadi.
Interaktiv usulda o’qitish sinfda sheriklik muhitini yaratish uchun qulay imkoniyatlarni olib boradi.
Interaktiv usulga asoslangan texnologiyani qo’llaydigan o’qituvchi ijodiy hammualliflik holatida ish olib borishga majbur. U asosli o’zgarishlarga, nostandart va mas’uliyatli qaror qabul qilishga tayyor turmog’i lozim. Usul va vositalar qancha xilma-xil bo’lsa, o’qituvchining o’quvchilar bilan norasmiy muloqotga kirishish imkoniyati shuncha katta bo’ladi. Bunga faqat muvaffaqiyatli o’qitishga emas, balki o’qituvchining ham ilmiy o’sishiga, ham mahoratining oshishiga xizmat qiladi. Bunga yetarli darajada axborotga ega bo’lish, uzluksiz o’qib, o’rganib borish, tadqiqotlar olib borish, psixologik muhitni tushunish, axborot kommunikasiya texnologiyalarini faol qo’llash orqaligina erishish mumkin.
Interaktiv usullardan foydalanish ta’limning tadqiqotchilik xususiyatini oshiradi. Bu esa kasbiy munosiblik va pedagogik mahoratni takomillashtirishga yordam beradi.
Interaktiv usullarni qo’llaganda o’qituvchilar quyidagilarga amal qilishlari talab etiladi:
1.O’quv sinfida ijobiy psixologik mikroiqlimni vujudga keltirish.
2.Barcha o’quvchilarni faol o’quv-biluv faoliyatiga jalb etish.
3.O’quvchilarning dars mavzusiga qiziqishini muammoning muayyan holati va istiqboliga bog’lagan holda oshirish.
4.O’z nuqtai nazarini bildirishga undash orqali o’quvchilarning kommunikativ qobiliyatlarini o’stirish.
5.O’quv materialini turli variant, kontekst, aloqalarda tasavvur etish maqsadida aqliy faoliyatni rivojlantirishning turli strategiyalarini qo’llash.
6.O’quvchilarning turli g’oya va tajribalarini tushunish va qadrlash.
7.Turli resurslardan foydalangan holda o’quv faoliyatini davom ettirish maqsadida o’quvchilar uchun izlanuvchanlik muhitini yaratish.
8.Oldindan o’quvchilarni baho mezonlaridan xabardor qilish va baholash mezonlarini ishlab chiqishda ularning fikridan ham foydalanish.
9.O’z ishi samaradorligini kuzatish, o’z faoliyati, bilimi va munosabatlariga baho berish.
Interaktiv usullarda o’qitish muhiti maxsus tashkil etiladi. Bu muhit o’quvchilar tomonidan muayyan bilim, ko’nikma va malaklalarini egallashga qaratiladi. Bunda ta’limning maqsadi, mazmuni, metodi va tashkiliy shakllari harakatchan va muayyan o’quv muassasasi doirasiga o’zgartirish uchun qulay bo’ladi. Interaktiv usulda o’qitish muhiti modelini quyidagicha ifodalash mumkin.


Yüklə 405,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə