Мавзу: Бошланғич таълимда ўқув-билув фаолиятини мотивлаштириш


O’quvchining niyatini bilishga harakat qiling



Yüklə 405,7 Kb.
səhifə10/16
tarix28.04.2023
ölçüsü405,7 Kb.
#107534
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Мавзу Бошлан ич таълимда ў ув-билув фаолиятини мотивлаштириш

O’quvchining niyatini bilishga harakat qiling. Niyat ehtiyoj asosida paydo bo’ladi. Masalan, o’quvchi fermer bo’lishni niyat qildi deylik. U har kuni xo’jalikda biror bir ish qilishni niyat qiladi. U hamma narsani o’ylab qo’ygan, rejalashtirgan, hatto vaqt byudjetidan bir qismini shu ish uchun ajratgan. O’ylab ko’ring, agar qo’pol ravishda uning rejalarini buzib qo’ysangiz nima bo’ladi. Agar o’qituvchi o’z ishlarini belgilab qo’ygan bolaga rejalarini o’zgartirib yuboradigan topshiriq bersa, u muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Shunday – ikki yo’ldan birini tanlash vaziyatiga tushib qolgan o’quvchining xulq-atvorida keskin o’zgarishlar paydo bo’ladi.
O’quvchilarga o’z oldilariga qo’ygan niyatlariga erishishlari uchun yordam berish yo’lini qidiring. Gap shundaki, ko’pincha niyat vaziyatli motivlar ta’sirida vujudga keladi va o’quvchi bu niyatini amalga oshirishi uchun kuchi yetishyetmasligi haqida o’ylab ham o’tirmaydi. Hayotda bunday voqealarni tez-tez uchratib turish mumkin. Masalan, o’quvchi onasining zorlanib yalinishlari, ko’z yoshlariga azbaroyi achinganidan o’z xulq-atvorini o’zgartirishga ahd qiladi. Ammo mavjud vaziyat, muhit uning imkoniyatlaridan ko’ra kuchliroq, o’ylagan niyatini amalga oshirish uchun uning kuchi yetmaydi. Bergan va’dasining ustidan chiqmaganligi uchun uni ortiqcha tergamang. Yaxshisi uning ko’nglini ko’tarib, unga aniq va kuchi yetadigan maqsadlar qo’yishga yordam bering. Agar maqsadlar murakkab va unga erishish uchun uzoq vaqt talab etiladigan bo’lsa, uni amalga oshirish uchun qanday qilib, sekin-asta harakat qilish lozimligini tushuntirib boring.
O’quvchining hurmatga sazovor bo’lish istagini rag’batlantiring. Hurmate’tibor qozonish istagi hamma odamda mavjud bo’ladi. Ko’pgina bolalar bilim uchun emas, balki e’tiborga tushish uchun o’qishga harakat qiladilar. Ularni yuqori darajadagi raqobat muhiti o’ziga tortadi. Agar bu stimul o’quvchi ongida ildiz otib, o’rnashib qolgan bo’lsa va ta’lim jarayoniga ijobiy ta’sir ko’rsatsa, undan to’g’ri foydalanishga harakat qilish kerak.
“Odamlar nazariga tushish”dan umidini uzgan, o’z-o’ziga nisbatan past baho beradigan o’quvchilarga qanday qilib shu “kasallik”ni yuqtirish mumkin? Bu o’rinda turli xildagi hissiy-irodaviy sohalarga murojaat qilishga va turli xildagi nostandart qarorlar qabul qilishga to’g’ri keladi. Masalan, o’quvchiga “dushmanlarini o’ldirish”ga yordam bering. Ko’pgina odamlar o’zida mavjud bo’lgan qo’rquv va irodasizligi tufayli o’z imkoniyatlarini, layoqatlarini namoyish eta olmay qolib ketganliklarini o’quvchiga tushuntiring. Tish doktoriga borib qiynalgandan ko’ra, tishsiz qolgan osonroq.emasmi?!
O’quvchini uni cho’chitadigan muhitda yolg’iz qoldirmang, toki u bunday vaziyatda yo’l topishni o’rganib olmaguncha. O’quvchi doska oldida javob berishga qo’rqsa, u bilan yakkama-yakka tarzda mashq qiling. Sizning vazifangiz – o’quvchida o’ziga ishonch hissini paydo qilishga yordam berish. Faqat shundan so’nggina u mustaqil ravishda “dushmanlar bilan jangga” kira olishi mumkin. Shuni unutmangki, xavotirlik darajasi yuqori bo’lgan o’quvchilarning 75 %i yangi tanbehlar-u kundalik daftardagi yozishmalarni emas, balki, aynan, sizning qo’llabquvvatlashingizni kutib turadi.

Yüklə 405,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə