Мавзу: Бошланғич таълимда ўқув-билув фаолиятини мотивлаштириш



Yüklə 405,7 Kb.
səhifə7/16
tarix28.04.2023
ölçüsü405,7 Kb.
#107534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Мавзу Бошлан ич таълимда ў ув-билув фаолиятини мотивлаштириш

Ikkinchidan, darsda u yoki bu kashfiyotlar haqida gapirib berish; inson aqlzakovatining cheksiz imkoniyatlari haqidagi hikoyalar; mashhur kishilarning hayotiga oid qiziqarli ma’lumotlarni keltirish orqali.
Darsda hissiy-aqliy muhitni saqlab turishning uchinchi yo’nalishi bu o’quvchilarni ular uchun qiziqarli bo’lgan ijodiy faoliyatga yo’llashdir. Buning uchun darsda turli xildagi muammoli vaziyatlarni yaratish muhim ahamiyatga egadir. Muammoli vaziyat qandaydir tanish narsani o’girib, uning yangi tomoni ko’rsatib qo’yilganga o’xshash holatdir. Ana shu kutilmagan, o’quvchini hayratga soladigan holat o’qituvchining keyingi tushuntirishi uchun juda muhimdir.
Va nihoyat, o’quvchilarning ijobiy his-tuyg’ularini nazarda tutadigan to’rtinchi yo’nalish o’qituvchining o’quv materialiga nisbatan hissiy munosabatini ifodalash shakli bilan bog’liqdir. Shunday bo’ladiki, o’qituvchi butun darsni juda yaxshi rejalashtirib chiqsa ham, dars yaxshi o’tmaydi. Yosh o’qituvchilar shuni unutmasliklari kerakki, o’quv materialining jonli, hissiy boy, obrazli qilib ifodalanishi o’quvchilarni ham shu bilimlar bilan “kasallantiradi”, ya’ni ularni ruhlantiradi.
O’quvchilarda o’quv-biluv motivlarini shakllantirishda o’qituvchidagi quvnoqlik, hazil-mutoyibani tushuna olish tuyg’usi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, o’quvchilar o’qituvchidagi muhim shaxsiy sifatlar sirasiga uning “quvnoq xulq-atvori”ni ham ajratib ko’rsatishadi. Bu xususiyat o’qituvchiga sinfdagi ishchan muhitni saqlab turishga yordam beradi, hatto o’quvchilar charchagan, diqqatlari tarqoq bo’lgan holatda ham. Bunday holatlarda o’qituvchi o’z o’quvchilariga qisqa dam olish daqiqasi o’tkazishni yoki jamoa bo’lib sevimli ashulalarini aytishni taklif qilishi, ba’zan esa qandaydir quvnoq va aqlli hikoyani aytib berishi mumkin. Aksincha, tajribasiz, professional saviyasi past bo’lgan o’qituvchilar esa satirik yozuvchi-shoirlarning asalari haqida gap ketganda o’quvchilarni hazil-mutoyibaga nisbatan tabiiy munosabatlarini tushunmay, ularni darsda jiddiy bo’lishga chaqiradi. Bunday o’qituvchining fojeasi hazil-mutoyibani tushunmasligida emas, balki o’quvchilarda bor bo’lgan shunday tuyg’uga nisbatan dushmanlik bilan qarashidadir. “Maktabdagi quvnoq ruhga dushmanga, nuqsonga qaragandek qarash biz tez-tez yo’l qo’yib turadigan juda qo’pol xatodir”,- deb yozgan edi L.N.Tolstoy.

Yüklə 405,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə