Мавзу: Бошланғич таълимда ўқув-билув фаолиятини мотивлаштириш


Muammoning o’rganilganlik darajasi



Yüklə 405,7 Kb.
səhifə3/16
tarix28.04.2023
ölçüsü405,7 Kb.
#107534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Мавзу Бошлан ич таълимда ў ув-билув фаолиятини мотивлаштириш

Muammoning o’rganilganlik darajasi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari motivlari sohasini o’rganishga oid anchagina ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishiga qaramay, motivlar sohasining korellyasiyasi muammolari hali ham yetarli darajada o’rganilmaganligi sezilmoqda. Chunki pedagogik amaliyotda boshlang’ich sinf o’quvchilarini qanday qilib o’quv-biluv faoliyatiga motivlashtirish kerak, ularning o’quv predmetlariga nisbatan qiziqishlarini oshirish uchun qanday chora-tadbirlar ko’rish kerakligi haqidagi masalalar o’z yechimini kutmoqda.
Keyingi yillarda o’zbek pedagog olimlari tomonidan ham o’quvchilar o’quvbiluv faoliyatini tadqiq etishga oid qator keng qamrovli didaktik tadqiqotlar olib borildi. Shunday ishlar qatoriga O.Roziqov, K.Zaripov, N.Ortiqov, B.Adizov, R.Safarova, R.Asadova, U.Musayev, H.Nazarova, G.Najmiddinova, A.Hamroyev kabi olimlarning izlanishlarini kiritish mumkin. Garchand, bu ishlarda o’quv-biluv faoliyatining turli qirralari yoritilgan bo’lsada, ularda o’quv-biluv faoliyatini motivlashtirishning ayrim masalalari bayon qilingan, xolos. Chunonchi,
R.Safarova o’quvchilarning amaliy faoliyati til materiallarini o’zlashtirish ehtiyojiga ko’ra boshqarilishi zarurligi xususida fikr yuritgan. U o’quvchilarning qiziqishi, faolligi oshirilgan sari amaliy faoliyati ham rivojlana borishini ta’kidlagan. K.Zaripov esa o’qituvchilar malakasini oshirish tizimida o’quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish komponentlarini ajratib ko’rsatadi. N.Ortiqov o’quvchilar faoliyatida qiziqish, intilish, maqsad, ishonch kabi qator xarakterli xususiyatlarni ajratadi. Bular faoliyatning mahsuldorligi va yo’nalishini belgilaydi. O.Roziqov o’quv topshiriqlarida mazmun, maqsad, vazifa, usulni ularning invariantlari sifatida ajratgan. U o’quv topshiriqlari invariantlarini o’quvchilarning o’quv-biluv faoliyatini tashkil etish, boshqarish vositasi sifatida asoslagan edi. B.Adizov boshlang’ich ta’limni ijodiy tashkil etish orqali, A.Hamroyev esa boshlang’ich sinf ona tili ta’limi sharoitida o’quvchilarning o’quv-biluv faoliyatini kuzatib, uni an’anaviy ta’lim metodikasidan farqli o’laroq, ijodiy tashkil etish natijasida o’quvchilarning o’quv-biluv faoliyatiga rag’bati, layoqati va qiziqishi oshirilishi mumkinligini asoslab beradilar. G.Najmiddinova tadqiqotlarida o’quvchilarning o’quv-biluv faoliyatini shakllantirish masalalariga alohida yondashilib, o’quv materiali va uning ustida ishlash orqali o’quvchilarda o’quv-biluv faoliyatini motivlashtirish mumkinligi asoslab beriladi.
O’quv-biluv faoliyatiga oid psixologik tadqiqotlar ilmiy izlanishlarning katta qismini tashkil etadi. L.S.Vigotskiy inson faoliyati va psixikasi – ruhiyatining uzviy bog’liqligi tamoyilini asoslagan edi: psixika faoliyatsiz, faoliyat psixikasiz amal qilmaydi. L.S.Vigotskiyning qarashlarini S.L.Rubinshteyn o’z tadqiqotlarida yanada rivojlantirdi.
S.L.Rubinshteynning ta’kidlashicha, hissiyotlar faoliyat dinamikasi, sur’ati va tonusini belgilaydi. Shuning uchun ham har bir yosh davri uchun xos bo’lgan motivlar sohasining belgilangan rivojlanish qonuniyatlari ta’limning yangi dasturlarini ishlab chiqish hamda unda maxsus vazifalarni belgilash orqali o’quvbiluv motivlarini faollashtirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
A.N.Leontyev esa motivlar insonga faoliyati uchun, shuningdek, o’quv faoliyati uchun ham turtki bo’ladi va uni yo’naltiradi deb hisoblaydi. Uning ta’kidlashicha, faoliyat – bu subyektning borliqqa faol munosabatidir. Motiv va maqsadning bir-biriga mos kelishi faoliyatning eng muhim xususiyatidir.
O’tkazilgan psixologik tadqiqotlar natijasida o’quvchilar faoliyati taraqqiyot darajasini o’rganish, ta’lining psixologik asoslarini bayon qilish, ularda aqliy faoliyat usullarini shakllantirish, qobiliyat va layoqatni tahlil qilish, o’zlashtirish, o’quvchilarning psixik rivojlanishini bayon qilish, ijodiy faoliyat muammolarini yoritish kabi psixologik hodisalar tadqiq qilingan.
Muammoga oid manbalar tahlilidan ayon bo’ladiki, o’quvchilarning o’quvbiluv faoliyati muammosi pedagogika va psixologiya fanlari sohasida allaqachon tadqiqot obyektiga aylangan. Ammo uning turli qirralari didaktika oldiga muntazam yangi-yangi vazifalarni qo’ymoqda. Shuning uchun ham boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’quv-biluv faoliyatini motivlashtirish muammosi atroflicha tadqiq qilishga muhtoj bo’lgan dolzarb muammo sifatida ushbu bitiruv malakaviy ishining tadqiqot obyekti sifatida belgilandi.

Yüklə 405,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə