Мавзу: Бошланғич таълимда ўқув-билув фаолиятини мотивлаштириш



Yüklə 405,7 Kb.
səhifə9/16
tarix28.04.2023
ölçüsü405,7 Kb.
#107534
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Мавзу Бошлан ич таълимда ў ув-билув фаолиятини мотивлаштириш

Istaklarga tayaning. Bolalar nimani istashadi – bu o’qituvchining olidida turgan bosh masala bo’lib hisoblanadi. Agar biz sichqonni tutmoqchi bo’lsak, qopqonga qip-qizil bo’lib pishgan gilosni qo’ymaymiz, balki pishloq bo’lagini qo’yamiz, ya’ni bunda o’z istagimiz va ta’bimizga ko’ra emas, balki kemiruvchilarning ta’bidan kelib chiqib ish yuritamiz. Shuni mudom yodda tutishimiz va anglashimiz lozimki, faqat biz nimani istashimizgina muhim emas, balki bolalar nimani istashlari ham juda muhimdir. Uni sindirishga va qayta qurishga urinmang: u o’z xohish-istaklari uchun aybdor emas. Tarbiyaning tabiatga moslanganligi g’oyasini yodda tuting. O’qituvchining vazifasi – agar pedagogik maqsadlarga mos kelmasa, intilishlarning yo’nalishini o’zgartirish.
Agar biz bolalarning chekmasligini istasagu, biroq o’quvchini chekish istagi tark etmasa, unga har qancha pand-nasihat qilsangiz ham foydasi bo’lmaydi. Bolalarni qo’rqitish uchun odatda ko’p misol qilib keltiriladigan “nikotindan o’lgan ot” sizga yordam bermaydi. Ammo siz o’quvchingizda musobaqada g’olib bo’lish, futbol jamoasiga qo’shilish yoki sinfdagi bir go’zal qizning nazariga tushish istagi borligini bilib qolsangiz, unga tushuntiringki, chekish bu borada muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga sabab bo’lishi mumkin.
Qiziqishlar va mayllarni hisobga oling. Tushunish – kechirish demakdir, degan hikmat bor. O’quvchini agar o’qituvchi tushunmasa, kim tushunadi? O’quvchilar orasida hech narsaga qiziqmaydigani bo’lmaydi. Bu allaqachon hammamiz uchun ma’lum bo’lgan aksioma bo’lsa ham, hamon biz o’quvchilar qiziqishlarini hisobga olishni o’rganmaganmiz.
O’qish-o’rganish va o’z-o’zini takomillashtirishning kuchli stimuliga nisbatan qiziqish uyg’otishning juda ko’p qo’shimcha vositalari borligini unutmaslik kerak. Shulardan biri bolalarning yorqin obrazlar va formalarga bo’lgan qiziqishlariga asoslanadi. Intellekt hissiy kechinmalar ta’siriga tez tushib qoladi va o’quvchi unga ko’proq ta’sir ko’rsatib turgan xatti-harakatlarni bajarish uchun yo’l va bahona qidira boshlaydi. Qiyin vaziyatlarda shakldan mazmunga, his-tuyg’udan mantiqqa qarab borish kerak bo’ladi. Shunday yo’l tutsangiz bolalarni o’z maqsadlaringizga qiziqtirish imkoniyatingiz katta bo’ladi. O’z g’oyalaringizni dramalashtiring,- deb maslahat beradi D.Karnegi,- ularni samarali va yorqin shaklda yetkazing.
O’quvchilaringizni qiziqtiradigan narsalar haqida gapirishga harakat qiling, to’g’rirog’i ishni shundan boshlang. Bolalarning qiziqishlari, fikrlari, baholariga nisbatan hurmat bilan qarang. Mayli, ko’proq bolalar gapirishsin. Ba’zi bir masalalarda sizda ma’lumotlar yetishmasligidan cho’chimang, o’quvchilar bir muddat sizning “o’qituvchingiz”ga aylansalar ham mayli. Yodda tuting: sizning maqsadingiz - o’quvchilarning qiziqishlari yo’nalishini tarbiya va didaktik maqsadlarga tomon burish.
O’rtacha odamni butun dunyo bo’yicha o’z ismi boshqa barcha ismlardan ko’ra ko’proq qiziqtiradi, deb ta’kidlaydi D.Karnegi. Biz har qancha ta’qiqlab qo’ymaylik, baribir bolalarning devorlarga, partalarga, daraxtlarga ismlar, laqablarni o’yib yozib qo’yganiga ko’zimiz tushadi. Bolalardagi bu kuchli istakni stimul o’rnida qo’llaymiz. Sinf doskasiga, plakatlarga katta-katta harflar bilan alohida ajralib turadigan bolalarning ismlarini yozinglar, deb topshiriq bersangiz, bolalarda sizning predmetingiz, shaxsingizga nisbatan qiziqish paydo bo’lishiga erishishingiz mumkin.

Yüklə 405,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə