Мавзу: Бошланғич таълимда ўқув-билув фаолиятини мотивлаштириш



Yüklə 405,7 Kb.
səhifə5/16
tarix28.04.2023
ölçüsü405,7 Kb.
#107534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Мавзу Бошлан ич таълимда ў ув-билув фаолиятини мотивлаштириш

Ikkinchi bosqich (2016 yil yanvardan – maygacha)da asosiy e’tibor tajribasinov ishlarini tashkil etishga qaratildi. Tajriba sinov ishlarini o’tkazish uchun tajriba maydoni belgilab olindi.
Tadqiqot metodlari: tanlangan muammoga oid ilmiy-metodik manbalarni tahlil qilish, ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish va umumlashtirish, anketa, test, pedagogik tajriba natijalarini matematik-statistik tahlil qilish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

  • boshlang’ich sinf o’quvchilari o’quv-biluv faoliyatini motivlashtirish dolzarb pedagogik muammo ekanligi nazariy jihatdan asoslandi;

  • boshlang’ich ta’limda o’quvchilar o’quv-biluv faoliyatini motivlashtirishning didaktik hamda psixologik imkoniyatlari aniqlandi.

  • boshlang’ich ta’limda o’quvchilar o’quv-biluv faoliyatini

motivlashtirishning shakl, metod va vositalari belgilab berildi;

  • boshlang’ich ta’limda o’quvchilar o’quv-biluv faoliyatini motivlashtirishga yo’naltiriligan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.

Tadqiqot ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, 5 paragraf, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Hajmi 40 bet.


I BOB. O’QUV-BILUV MOTIVASIYASINING BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARI FAOLIYATIDAGI O’RNI VA AHAMIYATI
1.1. Motivlar – o’quv-biluv faoliyatini harakatlantiruvchi kuch sifatida
Pedagog olimlar tomonidan olib borilgan qator didaktik tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, ta’lim jarayoni samaradorligini oshiradigan o’qitish omillari ichida o’quv-biluv faoliyatiga motivlashtirish omili birinchi o’rinda turar ekan, ya’ni ta’lim samaradorligi 92% o’quv-biluv faoliyatini motivlashtirishga bog’liq ekan. Inson tabiatini ozgina bo’lsada tushunadigan kishi buning bejiz emasligini e’tirof etadi. Motivlar didaktik jarayonning asosiy harakatlantiruvchi kuchidir.
Harakatlantiruvchi motivlarni o’rganish, to’g’ri qo’llash va uni to’g’ri yo’naltira olish pedagogik faoliyat mazmunining asosiy mohiyatini belgilaydi.
Motivlashtirish – (lotincha moveo – harakatlantiraman, siljitaman degan ma’nolarni anglatadi) bu o’quvchilarni samarali o’quv-biluv faoliyatiga, o’quv materiali mazmunini faol o’zlashtirishga yo’naltiradigan jarayonlar, metodlar, vositalarning umumiy nomidir. Obrazli qilib aytganda, motivlashtirish tizginlarini o’qituvchi ham, o’quvchilar ham o’z qo’llarida tutib turadilar. O’qitish faoliyati nuqtai nazaridan qarasak, ta’limni motivlashtirish, o’qish faoliyati nuqtai nazaridan qarasak, o’quv-biluv faoliyatini motivlashtirish haqida gapirish mumkin.
Motivlashtirish shaxsning ruhiy holati va munosabatlarining o’zgarish jarayoni sifatida motivlarga asoslanadi. Motiv deganda shaxsni u yoki bu xattiharakatni amalga oshirishga majbur qiladigan muayyan sabab, turtki tushuniladi.
Shuningdek, motiv deganda o’quvchining o’z faoliyati perdmetiga munosabatini ham tushunish mumkin. Motivlar ehtiyoj va qiziqishlar, intilish va hissiyotlar, tayanch tushuncha va ideallar shaklida amal qilishi mumkin. Shuning uchun ham motivlar juda murakkab tuzilma bo’lib, alternativlar, tanlov va qarorlar tahlil qilinadigan, baholanadigan dinamik tizimdir.
Motivlashtirishni o’rganish didaktika va pedagogik psixologiyaning markaziy muammolaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bu borada muayyan yutuqlar qo’lga kiritilgan, ammo muammoning to’la yechimiga hali erishilgani yo’q. Motivlarning o’zgaruvchanligi, harakatchanligi, xilma-xilligi tufayli ularni muayyan tarkibiy tuzilmasini belgilash, boshqarishning aniq usul va vositalarini belgilash qiyin bo’lib hisoblanadi. “Agar didaktikada haqiqiy san’at sohasi bo’lsa, u ham motivlar va ular bilan bog’liq holda o’qitish metodlari bo’lib hisoblanadi”,- deb yozadi I.P.Podlasiy.1
Ta’lim tizimida mavjud bo’lgan motivlarni turli mezonlarga ko’ra tasnif etish mumkin. Turiga ko’ra ijtimoiy va biluv motivlari farqlanadi. Darajasiga ko’ra esa motivlar quyidagilarga bo’linadi:

  • Keng ijtimoiy motivlar (burch, mas’uliyat, o’qishning ijtimoiy ahamiyatini tushunish). Eng avvalo, bu shaxsning o’qish orqali o’zining jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini tasdiqlashi bilan belgilanadi.

  • Tor ijtimoiy (yoki pozisiyali) motivlar (kelajakda muayyan kasb-korni egallashga, atrofdagilarning e’tiboriga tushishga, o’z mehnatiga yarasha munosib taqdirlanishga bo’lgan intilish).

  • Ijtimoiy hamkorlik motivlari (atrofdagilar bilan turli ko’rinishdagi o’zaro hamkorlik qilishga, sinf jamoasi orasida o’z pozisiyasi va o’rinini belgilashga intilish).

  • Keng biluv motivlari. Erudisiyaga ko’ra yo’nalish olish, ta’lim jarayoni va uning natijalaridan qoniqish hissi bilan belgilanadi. Kishining o’quv-biluv faoliyati uning hayot faoliyatida yetakchi o’rin egallaydi.

  • O’quv-biluv motivlari (bilimlarni egallash usullari, muayyan o’quv predmetlarini o’zlashtirishga yo’nalganlik).

  • Mustaqil ta’lim motivlari (qo’shimcha bilmlarni egallashga yo’nalganlik).

Amaliy pedagogikada bu motivlar yo’nalishi va mazmuniga ko’ra alohida guruhlarga birlashtiriladi:

    1. ijtimoiy (ijtimoiy qimmatga ega) motivlar;

    2. biluv motivlari;

    3. kasbiy ahamiyatga molik motivlar;

    4. estetik motivlar;

    5. kommunikativ;

    6. mavqe-pozisiyali motivlar;

    7. tarixiy-an’anaviy motivlar; 8) utilitar-amaliy motivlar.

Aniqlanishicha: a) jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o’quvchilar o’quv motivlarining u yoki bu gurhlari yetakchilik qiladi; b) motivlarning guruhlari o’zaro dinamik bog’liq holda muayyan shart-sharoitlarga ko’ra amal qiladi. Ana shu bog’lanishga ko’ra o’qishning (o’quv-biluv faoliyatining) harakatlantiruvchi kuchi degan tushuncha paydo bo’ladiki, uning xarakteri, yo’nalganligi va ko’lami motivlarning mujassam ta’siriga ko’ra belgilanadi.
Turli xildagi motivlar didaktik jarayonlarning kechishi va natijalariga turlicha ta’sir ko’satadi. Masalan, keng biluv motivlari ko’proq ta’lim mazmunini qamrab olishga intilishda namoyon bo’ladi, ammo shunga qaramay bu motivlar o’quv-biluv motivlariga nisbatan kuchsiz bo’ladi. Chunki o’quv-biluv motivlari tor sohada mustaqil faoliyat yuritishga stimullashtiruvchi eng yaxshi vosita bo’lib hisoblanadi. Raqobatchilik muhitida esa ko’proq utilitar-amaliy motivlar hukmronlik qiladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda maktab o’quvchilari motivlarini maqsadga yo’naltirilgan xatti-harakatlar asosida yotuvchi - qo’zg’otuvchi hamda umumahamiyatga molik bo’lgan qadriyatlarni shaxsiy qadriyatlar darajasiga olib chiqadigan mohiyat kasb etuvchi motivlar singari turlarga ajratish mumkin.
80-yillardagi pedagogik tavsiyalar o’qituvchilarni o’quv-biluv motivlarini o’stirishda o’quvchiga ta’limning ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish orqali yondashishga yo’llaydi. Avvallari yetakchi o’rinni egallagan keng ijtimoiy motivlar bugungi kunda unchalik katta ahamiyat kasb etmay qolgan va buni hisobga olish kerak. Chunki keng ijtimoiy motivlarni kuchaytirmasdan turib, o’zbek pedagogikasini taraqqiy ettirib bo’lmaydi. Buning uchun so’zsiz, eng avvalo, shaxsiy manfaatlarning, qiziqishlarning qondirilishiga tayanish lozim bo’ladi. Hozirgi davrda biz qadimiy qadriyatlarga tayanib ish ko’rishimiz, ya’ni ta’lim tizimini insonparvarlashtirishga asosiy e’tiborni qaratishimiz talab etiladi.
Motivlarni ba’zida ichki va tashqi motivlarga ajratadilar. Dastlabkisi, albatta, o’qituvchilar, ota-onalar, sinf jamoasi, yaxlit olganda – jamiyat talablaridan kelib chiqadi va ko’rsatma, ishora, talab, topshiriq, turtki berish va hatto ba’zan majburlash shaklida namoyon bo’ladi. Bular, odatdagidek, o’z ta’sirini ko’rsatadi, ammo ko’pincha ichki qarshilikka sabab bo’ladi, shuning uchun ham bu motivlarni insonparvarlik nuqtai nazaridan qaraganda ma’qullab bo’lmaydi. Shunday qilish kerakki, o’quvchining o’zi nimanidir bajarishni xohlasin va bajarsin. Insonni motivlashtirishning haqiqiy manbai kishining o’zida mavjud bo’ladi. Shuning uchun ham ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishda o’qitish motivlar – tashqi tomondan bosim o’tkazishga emas, balki o’qish motivlari – ichki qo’zg’otuvchi kuchlarni shakllantirish hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Bundan tashqari kishida anglangan va anglanmagan motivlar ham mavjud bo’ladi. Anglangan motivlar o’quvchining uni xatti-harakatga keltiradigan sabablar to’g’risida aniq so’zlab bera olishida namoyon bo’ladi. Anglanmagan motivlar esa shunchaki his etiladi, ong orqali nazorat qilinmaydigan, mavhum xatti-harakatlarda namoyon bo’lishiga qaramay, ba’zida juda kuchli bo’lishi mumkin.
Nihoyat, aniq, ya’ni o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan anglangan, maktabdagi yutuqlarni aniq belgilab beradigan motivlar hamda o’tkinchi (o’ylab topilgan, sarobga o’xshagan) motivlar ham bo’ladiki, ular mayyan sharoitda amal qilishi mumkin. Didaktik jarayon aniq motivlarga tayanishi va shu orqali yangiyangi, yanada yuksak hamda amaliyotga yaroqli, ayni paytda shaxsni takomillashtirish dasturida istiqbolli ahamiyatga molik motivlarning paydo bo’lishiga sabab bo’lishi lozim.
O’quvchining o’qishga nisbatan munosabatini kuzatib turib, u yoki bu xildagi o’qish motivlari haqida dastlabki tasavvurga ega bo’lish mumkin.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, o’quvchining o’quv jarayoniga kirishuvchanligining bir nechta darajalari mavjud: salbiy, loqayd (yoki neytral), ijobiy-1 (amorf, tabaqalashmagan), ijobiy-2 (tashabbuskor va anglangan), ijobiy-3
(shaxsiy, mas’uliyatli, ta’sirchan).
O’quvchilarning o’qishga nisbatan salbiy munosabatlari motivlarning sayozligi va torligi bilan, ya’ni o’qishdagi yutuqlarga nisbatan qiziqishning pastligi, bahoga yo’nalganlik, maqsad qo’ya olmaslik, qiyinchiliklarni yenga olmaslik, o’qishni istamaslik, maktabga va o’qituvchiga nisbatan salbiy munosabatda bo’lish bilan belgilanadi.
Loqaydlik munosabati ham xuddi shunday tavsifga ega, ammo ijobiy natijalarga erishish uchun qobiliyati va imkoniyati mavjudligi bilan belgilanadi. Qobiliyatli, ammo dangasa - bu tipga mansub bo’lgan o’quvchilarning qisqacha ta’rifi shunday:
O’quvchilarning o’qishga nisbatan ijobiy munosabatlarining turli darajalarida o’zgaruvchan motivlar yanada chuqurroq anglangan motivlarga aylanib boradi, shuning uchun ham ta’sirchanroq bo’lib hisoblanadi. Eng yuqori darajadagi motivlar o’zining qat’iyligi, iyerarxiyasi, o’quvchining istiqbolli maqsadlar qo’ya olishi, o’z xatti-harakatlari va o’quv faoliyati natijalarini oldindan ko’ra olish, maqsadga erishish yo’lidagi qiyinchiliklarni yenga olish ko’nikmalarining mavjudligi bilan belgilanadi. Shuningdek, o’quv-biluv faoliyatida o’quv topshiriqlarini bajarishda nostandart yechimlarni qidirishga intilish, xatti-harakatlarning moslashuvchanligi va uyaliligi, ijodiy faoliyatga o’tib borishi, mustaqil ta’lim olish ko’nikmalarining shakllanib borishi ham motivlarning ushbu darajasi uchun xos xususiyat bo’lib hisoblanadi.1
O’quvchining o’qishga nisbatan munosabatini o’qituvchilar, odatda, ularning faolligiga ko’ra aniqlaydilar. Faollik (o’qishdagi, bilimlarni o’zlashtirishdagi) o’quvchining faoliyat predmetiga ta’siri darajasiga ko’ra belgilanadi.
Faollik quyidagi ichki komponentlardan tashkil topadi:

  • o’quv topshiriqlarini bajarishga tayyorlik;

  • mustaqil faoliyatga intilish;

  • topshiriqlarni ongli bajarish;

  • o’qishning tizimliligi;

  • o’zining shaxsiy imkoniyatlarini oshirishga harakat qilish va boshqalar.

O’quv-biluv faoliyatini motivlashtirishning yana bir muhim tomoni – mustaqillik, ya’ni o’quvchining kattalar ko’magisiz faoliyat obyekti, vositalarini o’rganish, uni amalga oshirish ko’nikmalari bo’lib hisoblanadi. O’quvchining o’quv-biluv faoliyati faolligi va mustaqilligi o’zaro ajralmas tushunchalar bo’lib, biri ikkinchisini taqozo qiladi va rivojlantiradi.
O’quvchilar faolligini boshqarish an’anaga ko’ra faollashtirish deb ataladi. Uni samarali va maqsadga yo’naltirilgan o’quv-biluv faoliyatiga nisbatan doimiy ravishda yo’llab borish jarayoni sifatida tasavvur qilish mumkin. Faollashtirishning asosiy maqsadi – o’quvchilarning faolligini, ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish. Pedagogik amaliyotda o’quv-biluv faoliyatining faollashtirishning turli yo’llari qo’llaniladi, bular, asosan – ta’limning turli shakl, metod va vositalari bo’lib, ulardan shundaylari tanlanishi kerakki, muayyan vaziyatlarda o’quvchilarning faolligi va mustaqilligi uchun sharoit yarata olsin.
Darslarda ko’proq samarali natija beradigan faollashtirish vaziyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • o’z fikrida turish;

  • bahs-munozaralarda ishtirok etish;

  • o’z o’rtoqlari va o’qituvchi oldiga savollar qo’yish;

  • o’rtoqlarining javoblarini izohlash;

  • o’rtoqlari javobi va yozma ishlarini baholash;

  • orqada qolganlarga ko’maklashish;

  • bo’sh o’zlashtiruvchilarga tushunmagan o’rinlarni tushuntirish;

  • kuchi yetadigan topshiriqni mustaqil tanlash;

  • biluv topshiriqlarining bir necha variantdagi yechimini topish;

  • o’z-o’zini tekshirish, o’zining biluv va amaliy xatti-harakatlarini tahlil qilish vaziyatlarini yaratish;

  • biluv topshiriqlarini o’ziga ma’lum bo’lgan amallarni kompleks qo’llagan holda bajarish.

Ta’kidlash joizki, mustaqil ta’limning barcha yangi texnologiyalari avvalo, o’quvchilarning faollashtirishni nazarda tutadi. Zero, xatti-harakatlari va tirishqoqligi natijasida anglangan haqiqatlar o’quv-biluv faoliyatida juda katta ahamiyatiga molikdir. Bu o’rinda ta’lim jarayoniga interaktiv o’quv qo’llanmalarining yangi avlodini kiritish talab etiladi. Chunki shunday mazmundagi o’quv mashg’ulotlari o’quvchilarni muntazam ravishda savollarga javob berish, doimiy ravishda darsga ishtirok etib borish, teskari aloqani o’rnatib borish, ta’lim jarayonida maxsus kompyuterli dasturlar, multimediyali o’qitish tizimlarini qo’llash, muntazam ravishda joriy test sinovlarini o’tkazib turishni nazarda tutadi. Keyingi bobda boshlang’ich sinf o’quvchilari o’quv-biluv faoliyatini motivlashtirishda interaktiv metodlardan foydalanish texnologiyasi haqida atroflicha to’xtalib o’tamiz.
Inson faoliyatiga kuchli ta’sir ko’rsatadigan motivlardan biri bu qiziqishdir
(qiziqish – “interest” – grekcha “ahamiyatga ega”, “muhim” degan ma’nolarni bildiradi). Qiziqish – kishi tomonidan amalga oshiriladigan xatti-harakatning o’ta muhim deb his etiladigan sababidir. Qiziqishni boshqacha qilib, kishining o’z faoliyatiga nisbatan ijobiy baholovchi munosabati sifatida ham ta’riflash mumkin. O’quv-biluv qiziqishi o’quvchining bilish obyektiga nisbatan hissiy munosabatida namoyon bo’ladi. L.S.Vigotskiy shunday yozadi: “Qiziqish – bu bola xattiharakatining tabiiy harakatlantiruvchi manbai, u instinktiv intilishning aniq ifodasi, bola faoliyatining shaxsiy organik ehtiyojlari bilan mos kelishidir. Shuning uchun ham pedagogik tizimda butun ta’lim jarayonini bolalarning tabiiy qiziqishlari asosida qurish qoidasi qat’iy amal qiladi. Pedagogik qonun shunday talab qiladi: bolani qandaydir faoliyatga jalb etishdan oldin uni shu faoliyatga qiziqtir, u faoliyatga tayyor bo’lishi, u yoki bu faoliyatga kirishish uchun butun kuchg’ayratini to’lab olishi uchun qayg’ur, shundagina bola o’zi mustaqil faoliyat ko’rsata boshlaydi, o’qituvchi esa faqat uni boshqarib turadi xolos”.1
Ta’limda turli qiziqishlar amal qiladi. “Masalaning muhim tomoni shundaki,- deb yozadi L.S.Vigotskiy,- qiziqish ko’proq tashqaridan ta’sir ko’rsatib turadigan omillar – mukofot, jazo, qo’rquv, o’qituvchiga yoqish kabilarga emas, balki muayyan o’quv predametining o’ziga qaratilgan bo’lishi kerak”.2
O’quvchilarni qiziqtirishning birinchi qonuniyati – qiziqishlar egallangan bilim darajasi va sifatiga, aqliy faoliyat usullarining shakllanganligiga bog’liq bo’lishidir. Ikkinchi muhim qonuniyat - o’quvchilar qiziqishi ularning o’qituvchiga nisbatan munosabatiga bog’liqligidir. O’quvchilar o’zlari sevgan va hurmat qilgan o’qituvchining darsini qiziqib o’qiydilar. Avval pedagog, keyin o’quv predmeti – bu ko’plab insonlar taqdirini hal qilgan masala bo’lib hisoblanadi.
Bu bog’liqlik maxsus tadqiqotlar asosida isbotlangan. Shulardan birida o’qituvchi va u o’qitadigan predmetga munosabatning o’zaro bog’liqligi asoslangan (1-jadval).

Sinf

O’qituvchiga nisbatan

O’quv predmetiga nisbatan
(% hisobida)

sevimli

o’rtacha

yomon

4-sinf

Sevimli
O’rtacha
Yomon

87
33
14

11.5 50
14

1.5 17
72


Yüklə 405,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə