Мавзу: Бошланғич таълимда ўқув-билув фаолиятини мотивлаштириш


-jadval. O’qituvchi va o’quv predmetiga nisbatan munosabatning



Yüklə 405,7 Kb.
səhifə6/16
tarix28.04.2023
ölçüsü405,7 Kb.
#107534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Мавзу Бошлан ич таълимда ў ув-билув фаолиятини мотивлаштириш

1-jadval. O’qituvchi va o’quv predmetiga nisbatan munosabatning
bog’liqligi
Qat’iy o’quv qiziqishlarini shakllantirishning amaliyotda isbotlangan samarali usul va vositalari sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • ta’sirchan dars o’tish;

  • o’quv materialining yangiligi;

  • tarixiy faktlarga asoslanganlik;

  • bilimlarning ularni kashf qilgan kishilar taqdiri bilan bog’liqligi;

  • bilimlarni o’quvchi hayoti va rejalarida qo’llash imkoniyatlarini amaliy asoslab berish;

  • ta’limning yangi va noan’anaviy shakllaridan foydalanish;

  • ta’lim shakl va metodlarini almashtirib turish;

  • muammoli o’qitishni tashkil etish;

  • evristik ta’limni tashkil etish;

  • kompyuterli o’qitish;

  • ta’limda multimediya-tizimlarni qo’llash;

  • ta’limda interaktiv kompyuter vositalarini qo’llash;

  • o’zaro ta’lim (juftliklar va mikroguruhlarda);

  • bilim, ko’nikma va malakalarni test sinovidan o’tkazish;

  • o’quvchilarning yutuqlarini namoyish etish;

  • muvaffaqiyat vaziyatini yaratish;

  • musobaqa (sinfdagi o’rtoqlari yoki o’z-o’zi bilan);

  • sinfda ijobiy mikroiqlimni yaratish;

  • o’quvchiga ishonch bildirish;

  • pedagogik takt va o’qituvchi mahorati;

  • o’qituvchining o’z predmeti va o’quvchilarga munosabati;  maktabdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish va b.q.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’quv-biluv faoliyatini motivlashtirishning asosiy mazmun va mohiyatini yaxlit holda ana shunday tasavvur etish mumkin.


1.2. Boshlang’ich ta’limda o’quv-biluv motivlarini rivojlantirish jarayonida o’qituvchi faoliyati
Ta’lim jarayonida o’quvchilarning o’quv-biluv faoliyatini motivlashtirishda o’qituvchi juda muhim o’rin egallaydi. Chunki u ta’lim jarayonini tashkil etuvchi va boshqaruvchi subyekt sifatida o’quvchilarning o’quv-biluv faoliyatini ham bevosita boshqarib boradi.
Ta’lim jarayonida o’quvchilarning o’quv-biluv faoliyatini boshqarish va motivlashtirish juda ko’p omillarga bog’liq. Shunday muhim omillardan biri bu o’z predmetini qiziqarli qilib yetkaza olishdir. Zero, qiziqish barcha psixik jarayonlar (idrok, diqqat, xotira, tafakkur, iroda) ning kechishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. “O’quvchini tarbiyalash va ta’lim berish jarayonida o’quv qiziqishi ko’pqirrali ta’sirga ega bo’ladi: ham o’quvchini mashg’ul qiluvchi, jonli ta’lim vositasi, ham o’quvchi alohida xatti-harakatlarining kuchli motivi, ham o’quvchining yo’nalishini belgilaydigan qat’iy shaxsiy fazilat kabi ta’sir darajalariga ega bo’lad”.1
Agar o’quvchining tabiiy faollik jarayoni hech qanday aqliy qiziqishlar orqali yo’naltirilmasa, o’quvchini qanday yo’llarga boshlashi mumkinligini aytish qiyin. Bu haqida K.D.Ushinskiy bir vaqtlar o’qituvchilarni jiddiy ogohlantirgan edi. U shunday deydi: “Majburlash va iroda kuchi bilan qo’lga olingan ta’lim aqlan rivojlangan kishilarni yetishtirib chiqarishi gumon”.
Shuni ham unutmaslik kerakki, o’quv-biluv faoliyatini takomillashtirish jarayonida motivlar va qiziqishlar shaxsning boshqa ichki tuzilmalari bilan murakkab o’zaro aloqaga kirishadi. Shunday ichki tuzilmalar sirasiga o’quvchining nazariy pozisiyasi hamda o’quv-biluv faoliyatining o’quvchi uchun shaxsiy ahamiyati kabilarni kiritish mumkin.
Xo’sh, o’quv-biluv qiziqishlarini shakllantirishning shart-sharoitlari nimalardan iborat? O’qituvchi qanday qilib ta’lim jarayonida uni shakllantirishi mumkin? O’quv-biluv motivlari doimiy ravishda takomillashib borishi uchun u nima qilishi kerak? Tajribali o’qituvchi o’qishga nisbatan ongli ijobiy munosabatni qanday qilib vujudga keltiradi?
Mahoratli o’qituvchi o’z o’quvchilarida ijobiy o’quv-biluv motivlarini shakllantirish uchun quyidagilarga e’tibor beradi:

  1. O’quv-biluv motivlari va o’quv predmetiga ijobiy munosabat o’quvchi faol bo’lganda, yangi bilimlarni mustaqil izlash va kashf qilish, muammoli topshiriqlarni hal etish jarayoniga jalb etilganda rivojlantirilishi mumkin.

  2. O’quv mehnati ham, xuddi boshqa mehnat turlari singari, xilma-xil bo’lsagina qiziqarli bo’ladi.

  3. O’qitilayotgan o’quv predmetiga qiziqish paydo bo’lishi uchun yaxlit holda va alohida olingan bo’limlarining kerakligi, muhimligi va maqsadliligini tushunish alohida ahamiyatga ega.

  4. Yangi o’quv materiali o’tilgan materiallar bilan qancha ko’proq aloqador bo’lsa, o’quvchi uchun u shunchalik qiziqarli bo’ladi.

  5. O’ta yengil yoki o’ta murakkab o’quv materiali o’quvchida hech qanday qiziqish paydo qilmaydi. Ta’lim yetarli darajada murakkab, ammo o’quvchining kuchi yetadigan bo’lishi kerak.

  6. O’quvchining ishi qanchalik tez-tez tekshirilib, baholanib borilsa, uning uchun ishlash shunchalik qiziqarli bo’ladi.

  7. O’quv materialining yorqinligi, hissiyligi, o’qituvchining jonli va hissiy yorqin muloqoti o’quvchiga, uning o’quv predmetiga nisbatan munosabatiga juda katta kuch bilan ta’sir ko’rsatadi.

Pedagogik faoliyat ustalari ta’lim metodlarini tashlashga o’ta ijodkorona va jiddiy yondoshadilar. A.A.Bodalevning ta’kidlashicha, frontal, tabaqalashtirilgan va individual ishlash sharoitida ijodiy yondashuv, asosida ko’pgina umumiylik bo’lsada, turlicha namoyon bo’ladi. O’qituvchi faoliyati obyektining ichki tarkibi va o’ziga xosligi har bir alohida olingan holatlarda o’qituvchi ijodkorligining xususiyatini belgilaydi. Agar o’quvchilar jamoasi, guruhi, alohida o’quvchi bilan ishlashda bir xil ta’sir metodlaridan foydalanilsa, ta’lim jarayonida nafaqat ijodkorlik, balki ijodga o’xshash narsa ham yo’qotiladi.
O’qituvchi har doim o’quvchisining rivojlanish darajasi, uning xotirasi, diqqati, irodasi, maqsadga yo’nalganligi ustidan nazorat qilib boradi. Bunda nimaga asoslanadi? O’qituvchi o’z o’quvchisi - inson haqida shoshib yomon fikrga borishi yoki uni ayblashi mumkin emas. Uning bosh vazifasi – o’quvchini barcha ko’rinishlarida o’rganish va tushunishga harakat qilishdir. O’qituvchilik kasbi o’ylamasdan ish ko’rishni kechirmaydi. O’quvchi qalbiga chuqur kirib borish, uning ruhiyati va xarakterini anglab olish mahoratli o’qituvchiga xos bo’lgan xususiyatdir.
Ma’lumki, o’quv-biluv faoliyatiga motivlashtirish darsdagi mos psixologik iqlimning yaratilishiga ham bog’liq. Darsda samarali psixologik muhitni qanday qilib o’rnatish mumkin? Eng avvalo sinfda o’quvchining xotirjam ishlashi uchun xalaqit beradigan, chalg’itadigan, uni g’ashiga tegadigan barcha narsalarni yo’qotishga harakat qilish kerak.
O’qituvchining o’z o’quvchilari oldiga qo’yadigan talablari ham unda o’quv-biluv motivlarining shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. 45 daqiqali o’quv mashg’uloti davomida o’qituvchining o’z o’quvchilariga nisbatan qo’yadigan talablarini oddiy hisoblab chiqilganda, ular o’rtacha 100 ga yaqin ekanligi aniqlangan.1 Bu ozmi yoki ko’pmi? Bu savolga javob berish uchun A.S.Makarenkoning aytgan gaplarini eslashning o’zi kifoya: “Agar kimdir mendan pedagogik tajribam mohiyatini qisqa formulada ifodalab berishni so’raganida, men shunday javob bergan bo’lar edim: o’quvchiga nisbatan talab qanchalik ko’p bo’lsa, hurmat ham shuncha ko’p bo’lishi kerak”.2 Ammo bu o’rinda gap talablarning sonida emas, balki qanday mazmunda ekanligidadir.
Talab qo’yishni qanday qilib o’rganish mumkin? Balki sinfga kirib, o’qituvchilar qanday talab qo’yayotganligini, o’quvchilar esa qanday qilib bajarayotganliklarinii kuzatish kerakdir? Ha, albatta bu kerak, busiz bo’lmaydi.
Ammo ishni aynan shundan boshlash unchalik to’g’ri emas. Chunki biz guvohi bo’lishimiz mumkin bo’lgan dalillar juda xilma-xil va murakkabdir. Biz avvalo talabning tabiatini, mohiyati va tavsifnomasini bilishimiz kerak bo’ladi. Talab qilish metodikasini puxta egallagan o’qituvchilar o’z talablari bilan avvalo o’quvchilarning alohida xatti-harakatlarini stimullashtirib boradilar (bu haqida keyingi bobda atroflicha to’xtalamiz). Ular kimga qanday talab qo’yishni, o’quvchilar esa o’zlariga nisbatan qanday talab qo’yilishi mumkinligini biladilar va bu talablarni og’rinmay bajarar ekanlar, shunday xulq-atvor uslubiga ko’nikib boradilar. Bu esa bevosita ularda o’quv-biluv motivlarining samarali shakllanib borishiga imkon yaratadi.
To’g’ri talab qo’yishning muhim omillaridan biri – bu muayyan pedagogik vaziyatni hisobga olishdir. Ya’ni o’qituvchi u yoki bu talab shaklini tanlaganda o’sha talab qo’yiladigan sharoitni ham inobatga olishi muhimdir. Eng asosiysi – o’qituvchining talabi ijobiy, aniq, o’quvchining kuchi yetadigan va oxiriga yetkaziladigan bo’lishi kerak.
Darsda o’quvchi o’quv predmeti va tevarak-atrofdagi voqea-hodisalarni faol anglab boradi, shuningdek, o’quvchida unga nisbatan muayyan munosabat ham shakllanadi. Ba’zi voqealar uni tashvishlantirsa, ba’zilariga nisbatan u loqayd bo’ladi, nimadir unga yoqsa, nimadirga nisbatan befarq bo’ladi, ba’zi o’qituvchilarni yaxshi ko’rsa, ba’zilariga chidashga majbur. Psixologlar ijobiy histuyg’ularni faoliyatga yo’llovchi va ruhlantiruvchi buyuk kuch deb hisoblaydilar.
Ta’lim jarayonida darsning hissiy-aqliy muhitini turli usullar bilan saqlab turish mumkin. Birinchidan, o’rganilayotgan o’quv materialining yoki qo’shimcha materialning mazmunidagi qiziq ma’lumotni berish orqali.

Yüklə 405,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə