Мавзу: Бошланғич таълимда ўқув-билув фаолиятини мотивлаштириш


Boshlang’ich sinflarda qo’llaniladigan interaktiv usullar va ularning tasnifi



Yüklə 405,7 Kb.
səhifə15/16
tarix28.04.2023
ölçüsü405,7 Kb.
#107534
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Мавзу Бошлан ич таълимда ў ув-билув фаолиятини мотивлаштириш

Boshlang’ich sinflarda qo’llaniladigan interaktiv usullar va ularning tasnifi


Bugungi kunda interaktiv usullarning 100 dan ortiq turlari mavjud. Ammo ularning hammasidan ham boshlang’ich ta’limda foydalanib bo’lmaydi. Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, interaktiv usullardan foydalanish uchun o’qituvchi ham, o’quvchilar ham, o’tkazish joyi ham maxsus tayyorlanishi kerak. Eng yaxshi usul bu o’quvchi va o’qituvchilarga o’rgatilgani emas, balki ularning o’zaro hamkorligi natijasida o’laroq, ehtiyoj ko’proq seziladiganidir. Shuning uchun o’qituvchi interaktiv usullardan boshlang’ich sinflarda foydalanganda quyidagi qoidalarga amal qilishi lozim:
Birinchi qoida. Xonani ishlash uchun tayyorlashga e’tibor berish. Ya’ni sinf o’quvchilarning kichik va katta guruhlarda ishlashlari, o’rin almashishlari uchun qulay qilib tayyorlangan bo’lishi kerak. Ijodiy ishlar uchun kerakli materiallar oldindan tayyorlab qo’yilishi maqsadga muvofiqdir.
Ikkinchi qoida. Prosedura va vaqt reglamenti masalalariga e’tiborli bo’lish. Ishni boshlashdan oldin bu haqda kelishib olib, uni buzmaslikka harakat qilish. Masalan, o’quvchilarga har bir kishining fikrini sabr bilan tinglash, boshqalarning so’z erkinligi huquqini hurmat qilishni tushuntirish.
Uchinchi qoida. O’quvchilarni guruhlarga bo’lishga e’tibor berish. Avvaliga guruhlarni o’quvchilar ixtiyoriga ko’ra tashkil etish, keyin esa tasodifiy tanlov prinsipiga amal qilish.
To’rtinchi qoida. Ishga barcha o’quvchilar u yoki bu darajada jalb etilishi lozim.
Beshinchi qoida. O’quvchilarning psixologik tayyorgarligiga e’tibor berish kerak. Gap shundaki, darsga kelganda o’quvchilar birdaniga ishga kirishishga tayyor bo’lmaydilar. Shuning uchun ham ularni tez-tez rag’batlantirib turish kerak.
Oltinchi qoida. Boshlang’ich sinflarda bunday usullardan foydalanishning o’ziga xosligi shundaki, deyarli barcha predmetlar bir o’qituvchi rahbarligida olib boriladi. Shuning uchun ham sinf sharaoiti, materiallar va usullarni shunday tanlash kerakki, bir darsdan ikkinchisiga o’tish oson va qulay bo’lsin. Masalan, bir xil metoddan barcha darslarda foydalanish mumkin bo’lsin.
Boshlang’ich sinflarda interaktiv usulda o’qitishning qulayligi shundaki, o’quvchilar har doim bir sinf xonasida va bir o’qituvchi bilan ishlaydilar. Bu o’qituvchi uchun ham qulaylik tug’diradi. Lekin, albatta, yil davomida partalarning o’rnini o’zgartirib, guruhlarga juftliklarga bo’linib ishlab bo’lmaydi.
Interaktiv usullarning shunday turlari borki, ulardan hamma darslarda va hamma vaqt foydalanish mumkin. Quyida biz boshlang’ich sinflarda qo’llash qulay bo’lgan interaktiv usullarning ayrimlarini yoritib beramiz.



Yüklə 405,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə