Mavzu: diqqatning neyrokognitologiyasi fan: kognitiv psixologiya



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə8/10
tarix27.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#162151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu diqqatning neyrokognitologiyasi fan kognitiv psixologiya

Bob yuzasidan xulosalar.
Diqqat - bu biron narsaga aqliy energiyani sarf qilish, diqqat harakati esa subyektning istaklari va ongli niyatlari bilan emas, balki vazifaning obyektiv murakkabligi bilan belgilanadigan aqliy harakat (faollashtirish) bilan o'zaro bog'liqdir. Fiziologiyaga sarflanadigan ruhiy energiyaning ekvivalenti aktivizatsiya hisoblanadi. (Ushbu tezisning tasvirini Yers-Dodson qonuni misolida olish mumkin: qaerda aktivizatsiya yuqori bo'lsa, unda faoliyatning samaradorligi bor yoki diqqatni yo'qotish juda kuchli bo'ladi. Aktivizatsiya kam bo'lgan joyda ruhiy energiya kam bo'ladi, masalan, yengil, avtomatlashtirilgan ish bilan. Maksimal faollashganda, eritma yo'q qilinadi qiyin vazifa). Diqqat ba'zi motivatsion jihatlarga e'tiborni qaratishga sarflanadi, qolganlariga esa etarli emas.


XULOSA VA TAVSIYALAR
Inson ongi bir qarashda yaxlit narsa, aslida u ayrim alohida jarayonlardan iborat. Shuning uchun ham atrof-muhitni, o`zimizni bilishimizga imkon beruvchi ongni o`rganish uchun uni alohida kognitiv jarayonlarga bo`lib o`rgana boshlaganlar. Bu jarayonlar — sezgilar, idrok, xotira, diqqat, tafakkur, nutq va boshqalardir. Bu jarayonlar shu qadar bir-birlari bilan bog`liqki, birini ikkinchisiz tasavvur qilishning o`zi qiyin. Masalan, ko`rib idrok qilib turgan narsangizni fikrlamay ko`ringchi, uning mohiyatini bilasizmi? Diqqat bilan ko`rgan yoki o`qigan tekstingizni eslab qolasiz. Yoki biror narsa to`g`risida fikrlash uchun bizga bir vaqtda ham ilgarigi idrok obrazlari, ham eslab qolish mahoratimiz, ham ichki nutqimiz, irodamiz va diqqat kerak bo`ladi. Xattoki, tasodifan qo`limizga kirib ketgan zirapchaga bergan reaksiyamiz ham emotsiyalardan tashqari, o`sha narsaning bu yerda qanday paydo bo`lganligi kabi qator tafakkur jarayonlarini keltirib chiqaradi.
Murakkab kompyuter texnikasi chiqqandan keyin odamning o`z kognitiv jarayonlariga qiziqishi yanada ortdi. Endi ma’lumotlarni qabul qilish (an’anaviy idrok deb ataluvchi jarayonga o`hshash), ularni qayta ishlash (tafakkurga o`xshash) va uni saqlash (xotira) haqida ko`p gapiradigan bo`lib qoldik. Lekin bu insondagi tabiiy jonli jarayonlar ahamiyati va tarbiyasi masalasini yanada yuqori ko`tardi.
Kognitiv Psixologiya sohasida eksperimental ishlarning muvaffiqiyatli amalga oshirilishi aslida inson kognitivasi kompyuterdan ko`ra murakkabligi va odam anglagan ma’lumotlaridan ko`proq narsalarni idrok qilib, qabul qilishini isbotladi. Masalan, maxsus asboblar yordamida aslida odam ko`rmayotgan, his qilmayotgan juda kuchsiz signallar ham fiziologik reaksiyalarni keltirib chiqarayotganligi qayd etildi. Masalan, shu narsa aniqlanganki, odam kino ko`rayotganda bir sekundda 24 kadrni idrok qiladi va biror tasvir ko`z o`ngida gavdalanadi. Psixologlar shunday eksperiment qilishdi: kunlarning birida o`ziga xos tasvir namoyon etildi. 24 ta kadr o`rniga 25 kadr berib, o`sha 25-kadrda «Koka-kola iching» degan yozuv berildi. Tabiiy, oddiy idrok bu bitta kadrni ilg`amaydi. Lekin kinoteatr bufetida ushbu ichimlikni ichish kadrdan keyin 18 foizga oshgan. Demak, aslida ong bu ma’lumotni qabul qilgan, lekin real anglash, oydinlashuv ro`y bermagan ekan.
Analogik holat xotiramizda ham tez-tez ro`y beradi. Kimnidir uchratib qolamizda, o`ylanamiz: qayerda ko`rgan ekanman? hech eslolmaysiz, lekin yuzi, ko`zi va boshqa sifatlari tanishday. Buni ham shunday izohlash lozimki, odam ko`rgan-kechirganlari aslida miyada saqlanadi, biz ong sohasiga ayrimlarinigina chiqara olamiz. Faqat, kasal bo`lib yoki biror narsadan qattiq tashvishga tushganimizda kallamizga har xil o`y-fikrlar kelaveradi. o’shalar aslida bor narsalarning beixtiyor tiklanishi.
Ongdagi ma’lumotlarning aslida miyamizdagilardan kamligining asosiy sababi — odam har qanday ma’lumotni saralab, tanlab qabul qiladi, o`zi uchun «ahamiyatsiz» deb baholagan narsaga diqqat ham qilmaydi, esga tushirmaydi ham. U o`z ongida barcha mavjud ma’lumotni o`ziga xos tarzda qayta ishlaydi, o`zgartiradi. Shuning uchun ham har bir inson o`ziga xos va qaytarilmasdir-individualdir, deyiladi.



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə