Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə16/139
tarix22.03.2024
ölçüsü2,17 Mb.
#183519
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   139
Ìàâçó Ôàëñàôà ôàíèíèíã ïðåäìåòè, ìà=ñàäè, âàçèôàëàðè âà ìóàììîë 3

3-MAVZU: ZARDUSHTIYLIK DINI


Reja

1. Zardushtiylik dinining vujudga kelishi.


2. Zardushtiylik ta'limoti. Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal tamoyili. Govmard va shoh Yima.
3. Zardushtiylikning teologik tizimi va diniy marosimlari. Zardushtiylikda tabiatning ulug’lanishi.
4. Zardushtiylikning diniy iyerarxiyasi. “Avesto” matnlari. Avestoning tarkibiy tuzilishi.
Tayanch tushunchalar: Zardushtiylik dinining vujudga kelishi. Zardushtiylik shakllangan tarixiy sharoit.Zardushtiylik ta'limoti. Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal tamoyili. Govmard va shoh Yima. Zardushtiylikning teologik tizimi va diniy marosimlari. Zardushtiylikda tabiatning ulug’lanishi. Zardushtiylikning diniy iyerarxiyasi.“Avesto” matnlari. Avestoning tarkibiy tuzilishi.


1. Zardushtiylik dinining vujudga kelishi.
"Avesto" –jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtlik e`tiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu ta`limotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. "Avesto"da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud. "Avesto" oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda datslab to`qqiz ho`kiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida sosoniylar (mil. ol. 7-3 asr) davrida 21 kitob holida yig`ilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga "Zand" nomi bilan sharhlar bitilgan. "Avesto" to`rt qismdan iborat: Yasna ("Diniy marosimlar"), Yasht (ma`no jihatdan Yasnaga yaqin), Visparad ("Barcha ilohlar haqidagi kitob"), Vendidad ("Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi"). Yasnatarkibiga kirgan madhlar "Gatlar" (ayrim manbalarda "gohlar") deb nomlanib, ularni Zardutsning o`zi yozgan deb taxmin qilinadi. Gatlar tarkibida Jamshid (Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Er To`nga) kabi afsonaviy qahramonlar hayoti lavhalari uchraydi. "Avesto" insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk sahifalarini tashkil etgani uchun jahon olimlarining e`tiborini tortgan. U haqda F.Nitsshe, F. Shpigel, A. Mayllet, V. Bartold, E. Bertels, Yan Ripka, O.Makovelskiy, I. Braginskiy v.b. xorijiy olimlarning tadqiqotlari mavjud.O`zbekistonda "Avesto"ni o`rganish qadimdan boshlangan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy asarlarida "Avesto" ta`limotiga va unda tilga olingan timsollarga murojaat mavjud. O`zbekiston Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001 yilda "Avesto"ning 2700 yilligi nishonlandi. "Avesto" vatani Xorazmda bog` barpo qilindi, asarning o`zbek tilidagi tarjimalari chop etildi, u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi.
Zardushtiylik eng qadimgi dinlardan bo’lib, bu din mil.avv. VII-VI asrlarda dastavval O’rta Osiyoda-Xorazm vohasida paydo bo’lgan. Uning payg’ambari Zardusht tarixiy shaxs edi. U mazdakiylik dinini isloh qilib, uning asosida yangi yakka xudolik dinini ijod etgan.Zardushtiylik paydo bo’lgan davr birinchi sinfiy jamiyat, ya’ni quldorlik davri endi paydo bo’layotgan davr edi. U urug’-qabilachilik tuzumi emirilib aholi qullar va quldorlarga, zolim va mazlumlarga bo’linayotgan davr bo’lgan. Bu din eng avval O’rta Osiyo, so’ng Eron, Ozarbayjonda qaror topgan edi.Butun O’rta Osiyo moddiy va ma’naviy madaniyatining beshigi Xorazm vohasi va u erda yashagan turkiy elatlar bo’lgan, shulardan o’zbek elati tashkil topgan.
Zardushtiylik eradan avvalgi VII-VI asrlarga xos bo’lgan din sifatida undan oldingi urug’ qabilachilik dinlari negizida paydo bo’lgan yakka xudolik dini bo’lgan. U to VII-IX asrlargacha turli shaklda davom etib, so’ng o’rnini islom egalladi. U dastavval Xorazm vohasida shakllanib, yaqin va o’rta Sharqqacha tarqalib, ayrim qoldiqlari haligacha saqlanib kelmoqda.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə