Mavzu iqtisodiyot Kafedra: Fan: Mikroiqtisodiyot makroiqtisodiyot


 Iste`molchi tanlovi muammosi va unga tasir qiluvchi omillar



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix28.03.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#103446
1   2   3   4   5   6   7   8
I-81-2 guruh Nazarov Jasur Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot

2. Iste`molchi tanlovi muammosi va unga tasir qiluvchi omillar
Insonlar hayotida turli ehtiyojlar paydo bo‟ladi. Bular moddiy, ma‟naviy va 
ijtimoiy ehtiyojlardir. Ehtiyojlar jamiyat taraqqiyotining mahsulidir. Ehtiyojlarning 
xarakteri, tuzilishi va ularni ta‟minlash uslublari ishlab chiqaruvchi kuchlarining 
taraqqiyot darajasi, fan-texnika taraqqiyoti, ijtimoiy tuzumning xususiyatlariga 
bog‟liqdir. Ehtiyojlar ichida moddiy, iqtisodiy ehtiyojlar muhim bo‟lib, ular ishlab 
chiqarish faoliyati bilan chambarchas bog‟liq bo‟lib, unda ishlab chiqarish 
ehtiyojlarining shakllanishi va taraqqiyotida asosiy rol o‟ynaydi.
Insonlar ehtiyoji, ularning iste‟molini qondirish borasidagi talabga aylanadi. 
Talabning asosi ehtiyojdir. Bozor pul bilan ta‟minlanmagan ehtiyojga ahamiyat 
bermaydi. Demak, har qanday tovarga yoki xizmatga tug‟ilgan ehtiyoj, albatta, sotib 
olish quvvatiga ega bo‟lishi lozim. 
Pul bilan ta’minlangan ehtiyoj talabga aylanadi va 
xaridorlarning u yoki bu tovarni sotib olishga tayyorligini bildiradi.
Bozorda xaridorlar u 
yoki bu tovarga talab bilan, sotuvchilar esa, tovar taklifi bilan o‟zaro uchrashadilar.


Talab tovarni sotib olishga tayyor xaridor holatini namoyon etadi. 
Talab, eng avvalo o‟z hajmiga ega. Bozorning bir tovarga bo‟lgan talab 
hajmi-bu xaridorlarning ma‟lum bir davrda biror turdagi tovarlarning 
muayyan miqdorini sotib olish xohishlaridir. Talab hajmi mazkur mahsulot 
bahosiga va boshqa ta‟sirlarga bog‟liqdir. Masalan, xaridor daromadi, didi, 
boshqa tovarlar baholari va boshqalar.
Bozorda talab qonuni namoyon bo‟lib, u tovarning bozor bahosi 
bilan unga bo‟lgan talab miqdori o‟rtasidagi aloqaning teskari bog‟liqligini 
ifodalaydi. Agarda ma‟lum bir tovarning bahosi pasaysa, mazkur tovarga 
bo‟lgan talab ortadi. Agarda, tovarning bahosi ortsa, u holda mazkur 
tovarga bo‟lgan talab ozayadi. Demak, tovarning bahosi va unga talab 
miqdori o‟rtasida qarama-qarshi munosabat mavjuddir.


 
Talab qonuni tubandagi uch sharoitda amal qilmaydi.
Chunonchi, 
avvalo

tovarlar baholarining o‟sishi kutilishi munosabati bilan talabning o‟ta kuchayishi 
sharoitida; 
ikkinchidan,
pulni joylashtirish maqsadida qimmmatbaho oltin, antikvariat 
kabi kamyob tovarlarga munosabatda; 
uchinchidan,
talabning bir tovardan ikkinchi 
sifatli tovarga kuchayishi sharoitida, talabning avvalgi muayyan bir turdagi, ma‟lum 
sifatli va baholi tovardan yanada sifatliroq va qimmatroq tovarga kuchayishidir.
 
Talab qonuni birinchi marotaba frantsuz olimi Kurno tomonidan ifodalangan.
Olim baho va talab munosabatlarini matematik usulda yechishga harakat qilib, talab 
qonuni baho vazifasining qisman ifodalanishini, talabning kamayishi jarayonini, ya‟ni 
baho ko‟tarilishi bilan talab pasayishini ko‟rsatib bergan edi. Bunday fikrda jon bor va 
baho ko‟tarilishi bilan talab kamayib, tovarlarni sotib olish uchun intilish susayishining 
yuz berishi ma‟lum narsa.
 
Talabning bahoga bog’liqligi va unga qarab o’zgarishi talab qonunining 
mazmunini bildiradi.
Umuman, aytganda, talab qilinadigan tovarlar bilan baho 
o‟rtasidagi bog‟liqlik talab qonuni ta‟sirida yuz beradi. O‟z navbatida, talab bahoga ta‟sir 
o‟tkazadi, ya‟ni talabning ko‟payishi bahoni ko‟taradi va aksincha, talabning pasayishi 
bahoni pasaytiradi. Chunki busiz bozor muvozanati yuzaga kelmaydi.


Talab iste‟molchi-xaridorning bozordagi harakatini ifodasi bo‟lgani 
tufayli iste‟molning reallashuvi talab qonuni ta‟siriga bog‟liqdir. Chunki, bunda 
iste‟molchining daromadi, didi, istagi ro‟yobga chiqishi kerak. Haqiqatdan ham 
talab o‟sar ekan, xaridor ko‟proq tovar sotib olish, ko‟proq xizmatlardan 
foydalanish imkoniyatiga ega bo‟ladi. Bunga o‟rinbosar tovarlar xaridi ham ta‟sir 
ko‟rsatadi.
Bozordagi talab elastik (o‟zgaruvchan) bo‟ladi. Bu hodisa talab qonuni 
bilan izohlanadi.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə