Mavzu: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llari



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/45
tarix17.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#101022
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45
Mavzu Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali

I.Karimov (ma’ruzadan) 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi 4057-sonli 
Farmoniga muvofiq fuqarolarning tijorat banklari depozit hisobvaraqlaridagi omonatlari 
ularning miqdoridan qat’iy nazar to‘liq qaytarilishining davlat tomonidan 
kafolatlanganligi 
aholining 
bank 
tizimiga 
bo‘lgan 
ishonchining 
yanada 
mustahkamlanishiga va pirovard natijada jismoniy shaxslarning banklardagi omonatlari 
hajmining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Xalqaro banklar tajribasini o‘rgangan holda 
«Tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda majburiy zaxiralarni deponentlash tartibi 
to‘g‘risida»gi Nizomga o‘zgartirishlar kiritilib borildi. Banklarning barqarorligini 
yanada mustahkamlash va ularning likvidligini tartibga solish maqsadida 2008 yilning 1 
dekabridan boshlab tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy zaxiralar fondiga 
o‘tkazmalari bo‘yicha me’yor milliy va xorijiy valyutada jalb qilingan depozitlar uchun 
bir xil, ya’ni 15 foiz qilib belgilandi. 
Shuningdek, majburiy zaxiralarga deponentlanadigan mablag‘larni hisoblash 
metodologiyasi ham takomillashtirilib borildi. 
2009 yilda bank tizimini isloh qilish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2009 yil 28 iyuldagi 1166-sonli Qaroriga asosan pul massasining 
maqsadli parametrlaridan kelib chiqqan holda va tijorat banklari tomonidan uzoq 
muddatli depozitlar jalb qilishni rag‘batlantirish maqsadida 2009 yilning 1 sentyabridan 
boshlab tabaqalashtirilgan majburiy zaxiralar normasi joriy etildi. 
Respublika bank Kengashining 2009 yil 15 apreldagi 2-sonli qaroriga muvofiq, foiz 
stavkalarini yuridik shaxslarning banklardagi 6 oydan ortiq muddatga joylashtirilgan 
depozitlari uchun qayta moliyalash stavkasining 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda, 
aholining 1 yildan ortiq muddatga joylashtirilgan depozitlari uchun Markaziy bank 
qayta moliyalash stavkasining 150 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda hamda jismoniy 
shaxslarning plastik kartochkalardagi mablag‘lari uchun Markaziy bank qayta 
moliyalash stavkasidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilash yuzasidan tavsiyalar berildi.
Narxlar

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə