Mavzu: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llari



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/45
tarix17.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#101022
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45
Mavzu Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali

I.Karimov (ma’ruzadan)


Ayniqsa bunda Prezidentimizning 2009 yil 6 apreldagi «Tijorat banklari 
depozitlariga aholi va xo‘jalik sub’ektlari bo‘sh pul mablag‘larini jalb etishni yanada 
rag‘batlantirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori muhim omil 
bo‘lmoqda. 
Ushbu vazifadan kelib chiqqan holda, bank tizimida aholiga ko‘rsatilayotgan 
zamonaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini 
keng joriy etish, jumladan plastik kartochkalardan foydalanishni rivojlantirish bo‘yicha 
aniq chora-tadbirlar ko‘rib borildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida, 2010 yil 1 
yanvar holatiga tijorat banklari tomonidan savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga 
o‘rnatilgan terminallarning umumiy soni 60631 tani, plastik kartochkalar umumiy soni 
6058,9 mingtani, shundan oylik ish haqi loyihalaridagi kartochkalar soni 3546,7 
mingtani tashkil qildi. Korporativ kartochkalar soni 11,3 mingtani tashkil qildi. Plastik 
kartochkalar hisobvaraqlariga 3846 mlrd. so‘mlik mablag‘lar o‘tkazildi.
O‘z navbatida, plastik kartochkalar va terminallar yordamida amalga oshirilgan 
o‘tkazmalar hajmini yildan-yilga yuqori sur’atlarda oshirib borish ko‘zda tutilgan.
Shunga ko‘ra amaldagi barcha tegishli me’yoriy hujjatlarga, shu jumladan, 
Markaziy bankning naqd pul muomalasiga taalluqli bo‘lgan yo‘riqnomalariga tegishli 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Naqd pul muomalasida mavjud bo‘lgan barcha 
cheklovlar bekor qilinishi esa naqd pul va naqd pulsiz hisob-kitoblarni birxillashtirish 
borasida qo‘yilgan muhim qadam bo‘ldi. 
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida naqd pul muomalasi yanada 
mustahkamlanib, naqd pul mablag‘larining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirishga 
zamin yaratdi. Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning banklardagi depozit 
hisobvaraqlaridan naqd pullarning uzluksiz berib borilishi to‘liq ta’minlanib borildi.
Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz 
hukumati tomonidan bank tizimida plastik 
kartochkalar miqdorini oshirish va aholini 
plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblarini 
amalga oshirishni rag‘batlantirish borasida bir 
qancha imtiyozlar berilmoqda. Shulardan biri 
bu plastik kartochkalarga xizmat ko‘rsatadigan 
protsessing markazlari va bankomatlarni keltirish hamda ularni o‘rnatish borasida 
bojxona to‘lovlaridan 2020 yilga qadar ozod qilish chora-tadbirlari belgilangandir. 
Monetar siyosatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, Markaziy bank 
pul-kredit siyosatining bilvosita dastaklaridan keng foydalangan holda pul taklifi 
o‘sishining asosiy manbai bo‘lgan oltin-valyuta zaxiralarining oshishi hisobiga 
muomalaga chiqarilgan pul massasi hajmini boshqarish choralarini ko‘rib bordi. 
Markaziy bank tomonidan pul-kredit sohasida amalga oshirilgan aniq chora-
tadbirlar natijasida o‘tgan yilda pul agregatlari belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari 
doirasida, ya’ni pul massasining yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sishiga muvofiqligi 
ta’minlandi. 
Monetar siyosat borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar iste’mol mahsulotlari 
narxlariga monetar omillarning ta’sirini bartaraf etdi, inflyatsiya darajasi esa prognoz 
ko‘rsatkichdan oshmadi va 7,4 foizni tashkil qildi. 
Buning uchun tijorat banklari yetarli 
kapitalga ega, moliyaviy barqaror bo‘lishi 
lozim, bir so‘z bilan aytganda ular yirik 
investitsiya institutlariga aylanishi darkor. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə