Mavzu: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llari



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/45
tarix17.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#101022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Mavzu Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali

Ishning tarkibi va hajmi.
Bitiruv – malakaviy ish kirish, to‘rt bob, xulosa va 
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


1-bob. Bank kapitalining iqtisodiy mohiyati va tarkibi. 
 
1.1. 2009-2012 yillarga mo‘ljallangan inqirozga qarshi choralar dasturida 
belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda bank tizimining tutgan o‘rni 
Barcha sohalarda bo‘lgani kabi moliya bozorida, shu jumladan, bank sektorida 
o‘tkazilayotgan islohotlar natijasida sezilarli siljishlar va o‘zgarishlar amalga 
oshirilmoqda. Bu o‘zgarishlar mustaqillik yillarida jahon andozalariga mos keladigan 
bank tizimini bosqichma-bosqich barpo etish bilan hamohang tarzda davom 
ettirilmoqda. 
Har qanday mamlakat iqtisodiyotining tayanadigan asosiy ustunlaridan biri bo‘lib 
moliyaviy jihatdan mustahkam va barqaror faoliyat ko‘rsatuvchi bank tizimi 
hisoblanadi. Shuning uchun mustaqil davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi 
va kelajakdagi taraqqiyoti avvalo mazkur mamlakatda barpo etilgan va muntazam 
ravishda takomillashtirilib boriladigan bank tizimining faoliyatiga bog‘liqdir.
Banklarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular o‘z mablag‘lari bilangina emas, 
balki omonatchilar va kreditorlar, aksiyadorlar hamda mijozlar ularga ishonib 
topshirgan mablag‘lar bilan, ya’ni keng jamoatchilik bilan ish ko‘radi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank tizimi eng zarur jamoatchilik muassasalari 
tizimlaridan biri ekan, har qanday bankning muvaffaqiyatsizligi butun jamiyat 
miqyosida pul taklifi qisqarishi, to‘lov tizimi buzilishi hamda hukumat yirik va 
kutilmagan majburiyatlarining vujudga kelishi kabi salbiy makroiqtisodiy oqibatlarga 
olib kelishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish 
jarayoni ko‘pgina muhim iqtisodiy islohotlarning tarkibiy qismi sifatida bank tizimida 
ham chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirilishini va iqtisodiyotni pul-kredit vositalari 
orqali tartibga solishning bir butun mexanizmini yaratilishini taqozo etmoqda. 
Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan 2009 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish yuzasidan ko‘rilgan 
chora-tadbirlar natijasida iqtisodiyotni barqaror, muvozanatli va izchil rivojlantirishning 
belgilangan prognozlariga erishildi hamda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning 
mutanosibligi ta’minlandi. Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan kat’iy pul-
kredit siyosati makroiktisodiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratildi.
Jahonda ro’y berayotgan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz hali-hanuz dunyo 
mamlakatlarining iqtisodiyotiga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatib kelmoqda.Shu bois 
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan oqilona iqtisodiy siyosatda jahon moliyaviy iqtisodiy 
inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etishga ,iqtisodiyot real sektori bazaviy tarmoqlarining 
barqaror ishlashini ta’minlashga a’lohida etibor qaratilgan. 
Hususan , mamlakatimizda Prezidentimiz rahbarligida ishlab chiqilgan “2009-2012 
yillarga mo’ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturi” fikrimizning yaqqol dalilidir. 
Muhtaram Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, hukumatimiz tomonidan 2009-2012 
yillarga mo’ljallab qabul qilingan mazkur dasturning inqiroz ta’sirini yumshatish va bartaraf 
etishda bugungi kundagi roli va ahmiyati katta bo’lmoqda. 
Zero, Inqirozga qarshi choralar dasturidagi asosiy yo’nalishalrdan biri ham aynan 
iqtisodiyot real sektori korxonalarining barqaror ishlashini taminlash va ularning eksport 


salohiyatini mustahkamlashdan iborat bo’lib, bunda banklarning investitsiyaviy faolligini 
oshirishga alohida etibor qaratilgan. 
Aytish kerakki, Inqirozga qarshi choralar dasturi ijrosi yuzasidan bank tizimi tomonidan 
reaj sektorning bazaviy tarmoqlari va eksport qiluvchi korxonalarning barqaror ishlahsini 
taminlash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi. 
Avvalambor, bunda tijorat banklarini barqaror va uzoq muddatli resurs bazasi bilan 
taminlash uchun ularning ustav kapitalini oshirishga asosiy etibor qaratildi. 
Birgina 2009 yilning o'zida etakchi banklarning nizom jamg'armalarini oshirish 
uchun qo'shimcha ravishda 500 mlrd. so'mdan ortiq davlat mablag'lari ajratildi. 
Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon va qarorlariga 
asosan Xalq banki, Asakabank, “O'zsanoatqurilishbank”, “Mikrokreditbank”, 
“Agrobank”, “Qishloq qurilish bank”larning ustav kapitallarini belgilangan 
parametrlarga etkazish borasidagi ishlar davom ettirilib: 
- Davlat tijorat Xalq bankining ustav kapitali 130 mlrd. so'mga; 
- “O'zsanoatqurilishbank” aktsiyadorlik-tijorat bankining ustav kapitali 110 mlrd. 
so'mga; 
- “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik-tijorat bankining ustav kapitali 150 mlrd. 
so'mga; 
- “Agrobank” aktsiyadorlik-tijorat bankining ustav kapitali 100 mlrd. so'mga; 
- “Qishloq qurilish bank” aktsiyadorlik-tijorat bankining ustav kapitali 90 mlrd. 
so'mga; 
- “Asaka” davlat aktsiyadorlik-tijorat bankining ustav kapitali 300 mlrd. so'mga 
etkazildi. 
Shuningdek, davlat-tijorat Xalq bankining ustav kapitalini 2009-2012 yillarda 200 
mlrd. so'mga, “Qishloq qurilish bank” aktsiyadorlik-tijorat bankining ustav kapitalini 
150 mlrd. so'mga etkazish borasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Banklar ustav kapitaliga xususiy kapitalni jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlar 
doirasida «Toshkent» RFBning listingiga kiritilgan banklar soni 18 taga etdi va 2009 yil 
davomida ularning 17,4 mlrd. so'mlik aktsiyalari bevosita fond birjasida investorlarga 
sotildi. 
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida bugungi kunga kelib O'zbekiston bank 
tizimi xalqaro talablarga javob beradigan barqaror tizimlardan biriga aylanib, ayni 
paytda u belgilangan qator normativlar bo'yicha mustahkam pozitsiyaga ega bo'ldi
Bugungi kunda O’zbekiston bank tizimi xalqaro talablarga to’liq javob beradigan eng 


barqaror tizimlardan biridir va ayni paytda belgilangan qator ko’rsatkichlar bo’yicha mustahkam 
mavqeiga ega. 
Jumladan, bugungi kunda respublikamiz tijorat banklari kapitalining yetrlilik darajasi 23 
foizdan oshadi va bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi tomonidan belgilangan xalqaro 
standartlardan qariyb 3 barobar ko’pdir. 
Shuni alohida takidlash lozimki, jahonda ro’y berayotgan inqiroz davrida boshqa 
davlatlarda bank tizimi keskin qiyinchiliklarga duch kelgan bir paytda, aktivlari mamlakatimiz 
bank tizimining 90 foizini tashkil etdigan barcha yirik tijorat banklari “Fitch Reytings” , 
”Mudis”, “Standart end Purs” kabi yetakchi xalqaro reyting kompaniyalarining “barqaror” 
degan yuqori reyting bahosini olishga muaffaq bo’ldi. 
Tijorar banklarining barqarorligi va ularning uzoq muddatli resurs bazasining kengayishi, 
o’z navbatida, banklar tomonidan iqtisodiyotning real sektori korxonalaring qo’llab quvvatlash 
bo’yicha, birinchi navbatda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hamda mamlakatimizda 
ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag’batlantirish bo’yicha imkoniyatlarni 
kuchaytirishga mustahkam zamin yaratdi. 
Tijorat banklarining kapitallashuv darajasi 
Hukumat tomonidan 2009-2012 yillarga mo‘ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi 
kompleks chora-tabdirlar dasturi respublika bank-kredit tizimida inqiroz ta’sirini 
yumshatish va bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Jahonning ko‘plab mamlakatlarini 
qamrab 
olgan 
moliyaviy 
inqiroz 
ko‘lami 
kengayotganiga 
qaramay, 
O‘zbekiston bank tizimi ishonchliligi 
va barqaror rivojlanayotgani, xorijiy 
moliyalashtirish manbalariga qaram 
emasligi va tashqi inqiroz holatlarining 
Davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozini va uning mamlakatimiz iqtisodiyotiga 
ta’sirini 
e’tiborga olgan holda, bank-moliya 
tizimining barqarorligini ta’minlash muhim ustuvor 
vazifa bo‘lib qolmoqda. Bu o‘rinda gap banklarning 
kapitallashuvi va investitsiyaviy faolligini yanada 
oshirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarning 
ustuvor yo‘nalishlarini qayta tiklash va kengaytirish, 
ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va 
texnologik yangilashga qaratilgan kreditlash hajmini 
oshirish haqida bormoqda. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə