Mavzu: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llari


ko‘lami va oqibatlari qanday bo‘lishi ko‘p jihatdan bir qancha omillardan kelib



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/45
tarix17.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#101022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Mavzu Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali

ko‘lami va oqibatlari qanday bo‘lishi ko‘p jihatdan bir qancha omillardan kelib 
chiqadi. Ya’ni, bu avvalo, ana shu davlatning moliya-valyuta tizimi nechog‘liq 
mustahkam ekaniga, milliy kredit institutlarining qay darajada kapitallashuvi va 
likvidligi (to‘lov imkoniga), ularning chet el va korporativ bank tuzilmalariga 
qanchalik qaram ekaniga, shuningdek, oltin-valyuta zaxirasining hajmi, xorijiy 
kreditlarni qaytarish qobiliyati va pirovard natijada – mamlakat iqtisodiyotining 
barqarorlik, diversifikatsiya va raqobatga bardoshlik darajasiga bog‘liq…». 
Mamlakatimizda bank tizimini isloh qilish iqtisodiy islohotlarning muhim ustuvor 
yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Bu borada Prezidentimiz tomonidan qabul 
qilingan qator farmon va qarorlar asosida ushbu sohaning har tomonlama qo‘llab-
quvvatlanishi tufayli yurtimizda xalqaro andozalarga mos keladigan zamonaviy bank 
tizimi shakllandi. Shu bilan birga, bank-moliya tizimida raqobat muhitining kuchayishi, 
o‘z navbatida, bu sohada olib borilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va 
erkinlashtirish, shuningdek, banklarning kapitallashuv darajasini oshirish hamda 
investitsion jarayonlardagi ishtirokini yanada faollashtirishni taqozo etmoqda. 
Yurtboshimizning 2007 yil 12 iyuldagi «Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish 
va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini 
faollashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori tizimda amalga oshirilayotgan 
ishlarning 
mantiqiy 
davomi 
deyish 
mumkin. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, jahon tajribasiga ko‘ra har qanday bankning salohiyati, 
eng avvalo uning kapitali, resurs bazasi va aktivlari salmog‘i bilan baholanadi. 
Bankning resurs bazasi esa asosan bank kapitali hamda yuridik va jismoniy 
shaxslarning banklardagi depozitlaridan tashkil topadi. Bundan ko‘rish mumkinki, 
mamlakatimizdagi har bir fuqaro, har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt eng asosiy 
sarmoyador hisoblanadi. Ularning banklardagi mablag‘lari qancha ko‘p bo‘lsa, 
bankning kredit berish, investitsiya qilish salohiyati ham shunchalik kuchli va 
mustahkam 
bo‘ladi. 
Bank faoliyatidagi eng muhim muommolardan biri yetarli darajadagi bank 


kapitali miqdorini taminlashdir.”Kapital” termini bankirlar uchun alohida ahamiyatga 
ega.Bu tushuncha birinchi navbatda bank egalari tomonidan kiritilgan va aksiyadorlik 
kapitalida 
joylashtirilgan 
mablag’lar 
hamda 
taqsimlanmagan 
foydaga 
tegishlidir.Banklarga bo’lgan ishonchni taminlab beruvchi tashkil qiluvchilardan biri-
bank kapitalidir.Shu sababli bank kapitalining miqdori va sifati masalasi banklar uchun 
katta ahamiyat kasb etadi. 
Shu bois Prezidentimiz banklarning kapitallashuvini yanada oshirishga 
alohida e’tibor qaratayotganligi bejiz emas. Chunki, bu nafaqat bank resurslarining 
asosiy qismini yangi, zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish yoxud mavjud 
korxonalarni modernizatsiyalashga, balki yangi ish o‘rinlari yaratilishiga, pirovardida 
esa, mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati ortishiga, xalqimiz turmush farovonligi 
yaxshilanishiga 
xizmat 
qiladi. 
Bu borada 2010 yil 29 yanvar kuni Prezident Islom Karimovning 2009 yilning asosiy 
yakunlari va 2010 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim 
ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi maruzasida 
moliya-bank tizimini mustahkamlash masalasiga alohida etibor qaratildi.Mazkur 
majlisdagi maruzaning etiborli tomoni shundaki, unda bank-moliya tizimida olib 
borilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va erkinlashtirishning ustuvor 
yo‘nalishlari belgilab berilgan. Banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash 
borasida ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida, so'nggi ikki yilda tijorat banklarining 
umumiy kapitali 2 barobar ko'payib, 2010 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra 3 trln. 10 
mlrd. so'mga etdi. Masalan, ushbu maruzada banklarning kapitaliga aholi, tadbirkorlik 
sub’ektlari, investorlarning bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish uchun qo‘shimcha 
aksiyalar chiqarib, fond bozorida faol joylashtirish hisobiga banklarning kapitallashuv 
darajasini 
oshirishga 
keng 
yo‘l 
ochib 
berdi. 
Jumladan, bugungi kunda respublikamiz tijorat banklari kapitalining yetrlilik darajasi 23 foizdan 
oshadi va bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi tomonidan belgilangan xalqaro standartlardan 
qariyb 3 barobar ko’pdir. 
2009 yilda chuqurlashgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida 
Hukumatimiz tomonidan 2009 – 2012 yillarga mo'ljallab qabul qilingan Inqirozga 
qarshi dastur doirasida bank-moliya tizimining barqarorligini ta'minlashga qaratilgan 
chora-tadbirlarning amalga oshirilishi o'zining ijobiy samarasini berdi. 
Ko'rilgan tadbirlar qatorida bank tizimining barqarorligini yanada mustahkamlash, 
banklarning kapitallashuv darajasini, ularning resurs bazasini yanada oshirish orqali 
bank-kredit tizimining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta'minlash, banklarning 
iqtisodiyotni modernizatsiya qilish jarayonlaridagi ishtirokini faollashtirishga alohida 
e'tibor qaratildi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə