Mavzu: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llari



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/45
tarix17.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#101022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45
Mavzu Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali

I.Karimov (ma’ruzadan) 
0
400
800
1200
1600
2000
2400
2800
3200
01.01.2007
й.
01.01.2008
й.
01.01.2009
й.
01.01.2010
й.
1 trln. 503 mlrd
.
2 trln. 104 
mlrd.
3 trln. 10 mlrd.
1 trln. 70 mlrd
.


salbiy ta’siriga berilmaslik xususiyatlari bilan ajralib turdi. 
Mamlakatimizda 2009 yilda «Asia Alliance Bank» xususiy ochiq aksiyadorlik 
tijorat bankining tashkil etilishi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
Boshqaruvining 2010 yil 9 yanvardagi qaroriga muvofiq «Hi-Tech Bank» xususiy yopiq 
aksiyadorlik tijorat bankiga bank operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha litsenziya 
berilishi natijasida jami tijorat banklari soni 30 taga yetdi. «Hi-Tech Bank» xususiy 
yopiq aksiyadorlik tijorat bankining ustav kapitali 5,25 mlrd. so‘mdan ko‘proq 
miqdorda shakllantirilib, uning 51 foizi jismoniy shaxslarning mablag‘lari hisobiga 
to‘g‘ri keladi. Ushbu yangi bankning ochilishi mamlakatimiz Prezidentining «Xususiy 
aksiyadorlik tijorat banklari tuzishni rag‘batlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi 
Farmoni talablari izchil amalga oshirilayotganining yana bir tasdig‘idir. 
Iqtisodiy rivojlanishning o‘sishi bank kreditining qo‘llanilish ko‘lamini kengaytirib 
boradi. Kredit faqatgina har kunlik faoliyat bilan bog‘liq ishlab chiqarish va muomala 
jarayonining qisqa muddatli ehtiyojlari uchun emas, balki uzoq muddatga kapitalga 
bo‘lgan ehtiyojni qoplashga yo‘naltiriladi. 
Bank tizimining muomalaga kredit pullarini chiqarishi depozitlar yaratish yo‘li bilan 
to‘laqonli pullar o‘rnini bosuvchi kredit vositalarini vujudga keltiradi. 
Respublika bank tizimini avtomatlashtirish va kompyuterlashtirishga qaratilgan 
chora-tadbirlar natijasida nafaqat bankning ichki ehtiyojlari uchun foydalaniladigan 
axborot tizimi va lokal dasturlar majmui, balki iqtisodiyotning moliyaviy faoliyatini 
ta’minlovchi yaxlit milliy to‘lov tizimi yaratildi. 
Banklar tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, 
zamonaviy texnologiyalar asosida qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilib 
kelinayotgan bir qator chora-tadbirlar ham mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotida o‘z aksini topmoqda. 
Prezidentimiz «Bankdan tashqari pul 
aylanmasini keskin qisqartirish va pul 
muomalasini 
mustahkamlash, 
milliy 
valyuta barqarorligini oshirish, chakana 
savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida 
hisob-kitoblarni 
amalga 
oshirishda 
plastik kartochkalardan foydalanishni 
kengaytirish masalalari bundan buyon 
ham e’tiborimiz markazida bo‘lishi darkor», deb ta’kidlab o‘tgan edi. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Banklardagi depozit 
hisobvaraqlardan naqd pul to‘lovlarini uzluksiz ta’minlash kafolatlari to‘g‘risida»gi 
2005 yil 5 avgustdagi 147-sonli qarori talablarini ijro etish borasida bank tizimi 
tomonidan amalga oshirilgan bir qator chora-tadbirlar aholining bank tizimiga bo‘lgan 
ishonchini yanada oshishiga olib keldi. 
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi 4057-
sonli Farmoniga muvofiq, fuqarolarning tijorat banklari depozit hisobvaraqlaridagi 
omonatlari ularning miqdoridan qat’iy nazar to‘liq qaytarilishining davlat tomonidan 
kafolatlanganligi 
aholining 
bank 
tizimiga 
bo‘lgan 
ishonchini 
yanada 
mustahkamlanishiga xizmat qildi va bu jismoniy shaxslarning banklardagi omonatlari 
hajmining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Bu o‘rinda biz nafaqat korxonalar tomonidan 
investitsiya 
loyihalarini 
amalga 
oshirishni 
jadallashtirishni, balki bundan tijorat banklari 
qanchalik manfaatdor ekani va ular bu loyihalarda 
o‘z kredit resurslari bilan nechog‘lik faol ishtirok 
etayotganini ham ko‘zda tutamiz. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə