Mavzu: Korporativ boshqaruv va uning huquqiy asoslari Reja



Yüklə 476,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix23.09.2023
ölçüsü476,06 Kb.
#123194
  1   2   3   4   5   6   7


 
Mavzu: 
Korporativ boshqaruv va uning huquqiy asoslari 
Reja: 
1.Korporativ boshqaruv tushunchasi va uning tasnifi 
2.Jahon amaliyotida korporativ boshqaruvning huquqiy asoslari va uning 
modelari 
3.O’zbekiston Respublikasida korporativ boshqaruvni tartibga soluvchi 
qonunlar 
Korporativ boshqaruv tushunchasi va uning tasnifi 
Bugungi kunda, korporativ boshqaruv - mulkchilikning hissadorlik shaklining 
zamonaviy ko’rinishlaridan biri hisoblanadi. 
Unda bir necha mulkdorlar manfaatlari birlashadi, yagona maqsad doirasida 
investorlar kapitallari birlashtiriladi. 
Mamlakat iqtisodiy - huquqiy tizimida mohiyatiga ko’ra kichikroq shartliliklar 
bilan, aynan Aksiyadorlik jamiyatlari jahon xo’jalik va huquqiy amaliyotida umum 
qabul qilingan
Korporatsiya tushunchasi bilan tenglashtiriladi. Korporativ boshqaruvda aynan 
Korporatsiyalar faoliyatini rivojlanish darajasi biznesni iqtisodiy o’sishini, 
unumdorligini, shug’ullanishliligini va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi 
Korporativ boshqaruv kompaniyalarni boshqarish usulini va qanday maqsadda 
amalga oshirilishini anglatadi. Bu kimning vakolatiga va hisobdorligiga ega 
ekanligini va kim qaror qabul qilishini aniqlaydi. Bu mohiyatan menejment va 
boshqaruv kengashiga kompaniyani boshqarish muammolarini yanada samarali hal 
qilishga imkon beradigan vositalar to'plami. Korporativ boshqaruv barcha 
manfaatdor tomonlarning (aktsiyadorlar, xodimlar, etkazib beruvchilar, mijozlar va 


jamoat) manfaatlari muvozanatlashishi uchun korxonalar tegishli qarorlarni qabul 
qilish jarayonlari va nazoratni amalga oshirilishini ta'minlaydi. 
1.Samarali korporativ boshqaruv tuzilmasi uchun asoslami ta’minlash. Mazkur 
funksiya davlat tomonidan korporativ boshqaruv samarali amal qilishi uchun shart-
sharoit yaratishni nazarda tutadi. 
2. Aksiyadorlar huquqlari, aksiyadorlarga nisbatan bir xil munosabatda bo'lish 
va asosiy mulkdorlar funksiyalari.
3. Institutsional investorlar, fond bozorlari va boshqa vositachilar. 
4. Korporativ boshqaruvda manfaatdor tomonlaming roli.
5. Axborotlar oshkoraligi va shaffofligi.
6. Direktorlar kengashining javobgarligi. Umumiy holda korporativ 
boshqaruvning prinsiplari quyidagilar: 
qonuniylik;
-adolatlilik; 
- hisobdorlik; 
- javobgarlik;
- oshkoralik;
- shaffoflik 
Korporativ boshqaruvning qonuniylik prinsipi davlat tomonidan belgilangan 
qonunchilik asosida korporativ boshqaruv tashkil qilinishi, korporativ tuzilma 
faoliyatining qonuniy bo‘lishi lozimligini ifodalaydi 
Adolatlilik prinsipi esa korporativ tuzilmada aksiyadorning ulushidan qat’i 
nazar bir xil munosabatda bo‘lish, minoritar aksiyadorlar huquqlari va manfaatlarini 
ta’minlash lozimligini nazarda tutadi 
Korporativ boshqaruvda boshqaruv va nazorat organlarining belgilangan 
tartibda aksiyadorlarga yoki aksiyadorlar vakillariga hisobot berishi hisobdorlik 
prinsipi asosida tashkil etiladi. 
Korporativ tuzilma joriy moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha ijroiya organi, 
ijroiya organ faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha Direktorlar (kuzatuv) kengashi 


javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi va bu amaliyot javobgarlik prinsipi asosida 
tashkil etiladi. 
Korporativ tuzilma o‘z faoliyati natijalari bo‘yicha, shuningdek investitsiyalar 
jalb qilish maqsadida oldindan belgilab qo‘yilgan axborotlar (hisobotlar)ni e’lon 
qilib boradi. Bunda ma’lumotlar axborotlar oshkoraligi prinsipiga rioya qilish 
maqsadida e’lon qilib boriladi. 
Shuningdek, ma’lum bir holatlar yoki moliyaviy qarorlar (operatsiyalar) 
bo‘yicha korporativ tuzilmalar tomonidan muhim faktlar e’lon qilib boriladi. Bu 
amaliyot bevosita aksiyadorlarni xabardor qilib borish maqsadida korporativ tuzilma 
faoliyatining shaffofligini ta’minlashga qaratiladi hamda bu jarayon shaffoflik 
prinsipining talabi hisoblanadi 
Korporativ boshqaruv asosiy tip bo’lib ajralib turadi, boshqarish ob’ekti 
sifatida u o’z hususiyatlariga ega hisoblanib, boshqaruv aksiyadorlarning foydasini 
ko’zlagan holda amalga oshiriladi va korporatsiyalarning rivojlanishini ta‘minlash, 
aksiyadorlarning huquqlarini hisobga olish, korporatsiya strategiyasiga asoslangan 
holda aksiyadorlarning o’zaro munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi.
Bunday boshqaruv natijasida korporativ madaniyati vujudga keladi va tartib 
qoidalarning tamoyillari, urf-odatlari va ularni olib borish tartiblar kompleksi 
shakllanadi. 
Korporativ boshkaruv tizimini turli shakllardagi xo’jalik yurituvchi sub‘ektlar 
faoliyatida tashkil qilishning keng imkoniyatlari ularning afzalliklaridan 
foydalanishga asoslanadi 
Korporativ tuzilmalarni yaratish variantlaridan foydalangan holda ular 
urtasidagi uzaro munosabatlarni modellashtirish uchun keng imkoniyatlar ochib 
beradi. 
Ularning asosiylari sifatida quyidagilar ajratib ko’rsatamiz 
1.Aksiyalar chiqarish orqali pul mablag’lari jalb qilish qobiliyati cheklanmagan 
sonli investorlarning mablag’larini jamlash imkonini va bu investorlarga jamiyatni 
boshqarishda ishtirok etishda ma‘lum bir tanlov huquqini beradi. 


2.Boshqariluvchanlik muammosini hal etilishi engillashadi. Tashiliy 
rasmiylashtirishning tugallanganligi, vakolatlar va javobgarliklarni aniqlashda 
reglamentga rioya qilish nazorat funksiyalarini aksiyadorlik jamiyati boshqaruv 
organlari o’rtasida taqsimlash imkonini beradi,
3.Aksiyadorlar tarkibiga kirish va chiqishning soddalashtirilgan holda 
manfaatdor shaxslarning o’rnini almashtirish uchun keng imkoniyatlar va mos 
ravishda, investitsiya taklifi dinamikasi yuqori bo’lgan sharoitlarda yuqori 
moslashuvchanlik ta‘minlaydi 
4.Cheklangan javobgarlik tamoyili risklarni kamaytirishga imkon beradi. 
Cheklangan javobgarlik tamoyilining qo’llanilishi risklarni aksiyadorlar va 
boshqaruvchilar o’rtasida taqsimlash orqali yirik korporatsiyalar yaratish 
imkoniyatni vujudga keltiradi. 
Korporativ boshqaruv bu – biznesning tashkiliy - huquqiy rasmiylashtirilishini, 
tashkiliy strukturalarning optimallashuvini boshqarish, qabul qilingan maqsadlarga 
muvofiq kompaniyada ichki va tashqi firma munosabatlarini tashkil qilishdir. 
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan ishlab chiqilgan 
korporativ boshqaruv qoidalari mazkur boshqaruv tartibining eng muhim 
tomonlarini o’zida aks ettirgan bo’lib, unda aksiyadorlarning huquqlarini himoya 
qilish jihatlariga alohida e‘tibor qaratilgan.
Korporativ boshqaruvning asosiy qoidalarida qayd etilganidek, ushbu 
boshqaruv tuzilmasi aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilishga yo‗naltirilgan 
bo’lishi kerak.
Ya‘ni, aksiyadorlik jamiyati kapitaliga o’z mablag‗ini qo’shgan investorda 
muayyan darajadagi mulkiy huquq mavjud bo’ladi. Masalan, u oddiy aksiyani 
sotishi, sotib olishi yoki biror shaxs nomiga o’tkazishi mumkin.
Bundan tashqari, oddiy aksiya investorga korporatsiya foydasining bir qismiga 
egalik qilish imkoniyatini beradi va bu borada yuklatiladigan mas‘uliyat uning 
investitsiyasi hajmidan kelib chiqadi. Shuningdek, oddiy aksiya investor uchun 
aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida ishtirok etish va unda ovoz berish yo’li bilan 


korporatsiya haqida ma‘lumot olish, korporatsiya faoliyatiga ta‘sir o’tkazish 
huquqini beradi. 
2. Mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning 
samarali usullarini, xalqaro satndartlarni joriy etish uchun korporativ boshqaruvning 
milliy modelini xorijiy tajribalar bilan uyg’unlashtirish maqsadga muvofiqdir. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, aksiyadorlik 
jamiyatlari faoliyatining samaradorligini tubdan oshirish, bo‘lajak investorlar uchun 
ularning ochiqligi va jozibadorligini ta’minlash, zamonaviy korporativ boshqaruv 
uslublarini joriy qilish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlar rolini 
kuchaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida: 
Quyidagilar korporativ boshqaruv tizimini yanada rivojlantirishning asosiy 
yo‘nalishlari etib belgilansin: 
xalqaro tajribani chuqur tahlil qilish va shu asosda zamonaviy korporativ 
boshqaruv uslublarini joriy etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnik, 
moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish 
Chet el kapitali ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish, aksiyadorlik 
jamiyatlariga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar 
yaratish; 
Korporativ 
boshqaruv modeli 
shakllanishiga 
ta’sir etgan omillar
Korporativ 
nazorat 
mexanizmi
Qarorlar 
qabul qilish 
tartibi
Kapital 
bozori 
ishtiroki
Korporativ 
madaniyat
Iqtisodiy 
rivojlanish 
sharoitlari
Korporativ 
qonunchilik


Aksiyadorlik jamiyatlarini strategik boshqarish, boshqaruv xodimlarining 
samarali faoliyatini nazorat qilishni ta’minlashda aksiyadorlar, jumladan, minoritar 
aksiyadorlar rolini oshirish 
Yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik asosida boshqaruv 
xodimlarini tayyorlash va ularning kasb darajasini oshirish, shuningdek, 
aksiyadorlik jamiyatlarida rahbarlik lavozimlariga chet ellik yuqori malakali 
menejyerlarni jalb qilish. 
Korporativ boshqaruv rivojlanib borishi bu borada tajribalar orttirilishiga olib 
keldi. Ma’lum bir korporativ tuzilma faoliyatida ijobiy natijalarga sabab bo‘lgan 
korporativ boshqaruv tajribalari boshqa korporativ tuzilmalar uchun namuna 
vazifasini o‘tay boshladi. O‘z navbatida korporativ boshqaruv ijobiy tajribalarining 
ommalashishi yuz berdi va bu jarayon mamlakatlarni ham qamrab ola boshladi. 
Natijada yangi tashkil etilayotgan aksiyadorlik jamiyatlari, korporativ boshqaruv 
yangidan yo‘lga qo‘yilayotgan mamlakatlar uchun namuna sifatida korporativ 
boshqaruv modellari yuzaga keldi
Korporativ boshqaruv modeli quyidagi elementlarning yaxlit birligini o‘zida 
aks ettiradi: - korporativ nazorat mexanizmi; - qarorlar qabul qilish tartibi; - 
amaldagi moliya tizimi bilan bevosita bog‘liq holda kompaniya ichki boshqaruviga 
kapital bozorining ta’siri; - korporativ qonunchilik; - aholining iqtisodiy taraqqiyot 
natijasida shakllangan iqtisodiy xulq-atvor me’yorlari. 
Korporativ boshqaruv modeli shakllanishiga mamlakat iqtisodiyoti 
rivojlanishining aniq shart-sharoitlari, turmushtarzining tarixiy an’analari, 
qonunchilik asoslari holati, jamiyatdagi asosiy qadriyatlar, xo‘jalik subyektlarining 
faoliyat yuritish qoidalari va me’yorlari bevosita ta’sir ko‘rsatadi 
Korparativ boshqaruv tizimi turli xil davlatlarda uning ijtimoiy-iqtisodiy kelib 
chiqish xususiyatlari bilan bog’liq xolda turlanadi 
Keling, korporativ boshqaruvning asosiy modellarini ko'rib chiqamiz, asosiy 
asosiy printsiplar va elementlarni aniqlaymiz va modellarga qisqacha tavsif beramiz 
Mamlakatda korporativ boshqaruvning o’rni, aksiyadorlarning kapitali va
aksiyadorlik jamiyatlarining xolati bilan bog’liq xolda bo’ladi 


Jaxon amaliyotida, ko’pincha duch kelamiz ular uch model ajralib turadi 
1.
Angliya-Amerika modeli 
2.
Germaniya modeli 
3.
Yaponiya modeli 
Yana alohida model qilib oilaviy modelni ham qo’shishimiz mumkun 
Umumiy holda har bir korporativ boshqaruv modelining asosiy belgilari yoki 
elementlari quyidagilar:
- aksiyadorlik jamiyatining muhim ishtirokchilari;
- muhim ishtirokchilar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir mexanizmi;
- model bo‘yicha aksiyalarga egalik qilish tarkibi;
- moliyaviy resurs jalb qilish imkoniyati;
- direktorlar kengashi tarkibi; - qonunchilik doirasi;
- axborotlarni oshkor qilish bo‘yicha talablar;
- aksiyadorlar ma’qullashi talab etiladigan korporativ xattiharakatlar. 
Amerika modeli va Birlashgan Qirollik modeli bir-biriga yaqinligi, 
shuningdek ikki pog‘onali kontinental yevropa modelining asosi german modeli 
ekanligidan kelib chiqqan holda
Korporativ 
boshqaruv modeli 
shakllanishiga 
ta’sir etgan omillar
Korporativ 
nazorat 
mexanizmi
Qarorlar 
qabul qilish 
tartibi
Kapital 
bozori 
ishtiroki
Korporativ 
madaniyat
Iqtisodiy 
rivojlanish 
sharoitlari
Korporativ 
qonunchilik


Quyida xalqaro darajada tan olingan korporativ boshqaruv modellari 
sifatida anglo-amerika, german, yapon, oila modellarining har biri xususida 
alohida to‘xtalib o‘tamiz 
Korporativ boshqaruvning 

Yüklə 476,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə