Mavzu: Korxonada marketingni boshqarishda Reja: Kirish i-bob korxonada marketingni boshqarishda strategik yondashuv


Marketingni boshqarish strategiyalari tamoyillari



Yüklə 145,39 Kb.
səhifə8/11
tarix22.03.2024
ölçüsü145,39 Kb.
#181505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ertaga kechga (Kurs ishi) Korxonada marketingni boshqarishda

2.2. Marketingni boshqarish strategiyalari tamoyillari
Marketingni boshqarish strategiyalari tamoyillari Marketingli boshqarishda, uning tuzilishi qandayligidan qat’i nazar bir xildagi qonun-qoidalarga rioya qilinishi kerak. Ulaming majmui prinsip deb ataladi. Prinsip lotincha «prinsipium» so'zidan olingan bo'lib, dastlabki, asos, ya’ni xatti-harakat yoki faoliyatning asosiy qoidasi «rahbar», «g'oya» degan ma’noni bildiradi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning hozirgi bosqichida Marketingli boshqarishda:
* mehnat taqsimoti (bo'lishi) ga amal qilish;
* hokimiyatga bo'ysunish, intizom va tartibga rioya qilish;
* buyruq berishning yagonaligi, boshqaruvda yakkaboshchilik va kollegiyallik;
* mehnatni moddiy va ma’naviy rag'batlantirish;
* markazlashuv va ierarxiyaga rioya qilish;
* ishchi va xizmatchilaming doimiyligi, birligi va yagonaligi;
* tashabbuskorlik va haqqoniylik (obyektivlik); 19
* ilmiy asoslanganlik;
* tejamkorlik va samaradorlik tamoyillariga rioya qilinadi. Ushbu tamoyillarning har birini alohida-alohida ko'rib chiqamiz. Mehnatni marketing organlari tarkibida eng maqbul taqsimlanish tamoyili — Marketingli boshqarishda bor boMgan holatdir.
Marketingli boshqarishda mehnatning bo'linish tamoyili, maqsadi, oqibat ishlab chiqarishning hajmini va sifatini birlamchi xarajatlar bilangina oshirishdir. Jamiyat a’zolarining o‘sishi bilan bir vazifaning o‘miga ko‘p vazifalami bajaradigan bo'limlar paydo bo'la boshlaydi. Har doim bir xil mahsulotni ishlab chiqaruvchi ishchi, har doim bir ish ustidan nazorat qiluvchi boshliq o‘zida ishonch, aniqlik tuyg'usini sezadi, bu esa ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Biz bilamizki, marketingda sifat alohida ahamiyat kasb etadi. Uning yaxshilanishi marketing uchun asosiy yutuqlardan biridir.
Mehnatning taqsimoti bo'linishi diqqat va harakatning yo'naltirilishi lozim bo'lgan obyektlar sonini qisqartirishga yordam beradi. Hokimiyatga bo ‘ysinish tamoyili - bu buyruq va qaror qabul qilish huquqi va bunga barchaning bo'ysunishidir. Kishilar boshliqda nizom bo'yicha hokimiyat obro'si va shaxsiy obro'ni farqlaydilar, bu narsalar boshliqning aql-zakovati, bilimi, tajribasi, xizmatlarida mujassamlashgan bo'lishi kerak. Korxona marketing bo'limining boshlig'i ushbu holatlarga ega bo'lishi lozim, aks holda bo'lim korxona ishonchini oqlamasligi mumkin. Hokimiyatni mas’uliyatsiz, javobgarliksiz tushunib bo'lmaydi. Qayerda hokimiyat bo'lsa, o'sha yerda mas’uliyat bor. Mas’uliyatni tushungan va uni o'z zimmasiga oigan marketing bo'limi boshlig'ini hamma hurmat qiladi. Bunday boshliq har yerda qadrlanadi. Lekin hokimiyatni yaxshi ko'rganday mas’uliyatni ham yaxshi ko'rishmaydi. Yaxshi boshliq o'z oldidagi mas’uliyatni yaxshi tushunishi kerak.
Marketing boshqaruvchisi o'zida ushbu sifat va xislatlami mujassamlashtirgan bo'lishi lozim. Hokimiyatni, amalni suiiste’mol qilmaslikning eng yaxshi kafolati - boshliqning shaxsiy g'ururi, yuksak insoniy tuyg'usidir. Marketing bo'limi boshlig'i tanlanayotgan yoki saylanayotganda ushbu sifatlarga e’tibor berishi 20 kerak. Shundagina marketingni tashkil etishda ijobiy natijaga erishiladi. Intizom va tartibga rioya qilish tamoyili - marketing xizmatchilari va korxona kelishuviga muvofiq ularning o‘zini tutishi, tashqi hurmat belgilari, xulq-atvoridir. Intizom har bir ishning yaxshi bajarilishi uchun zarur boMgan omildir. Hech bir korxona, boMim busiz rivojlanishi mumkin emas.
Marketing ham bundan mustasno emas. Agar marketing boMimi boshligM bilan uning qom ostidagi xizmatchilar o'rtasida intizomning yetishmasligi sezilsa, bu kamchilikni xizmatchilardan izlamaslik kerak, ayb boshliqning e’tiborsizligidandir. Intizomga ijobiy ta’sir ko'rsatadigan omillardan biri kelishuv (bitim) dir. Eng asosiy bitim tushunarli va ikki tomonning, ya’ni boshliq bilan xizmatchilaming manfaatlariga mos kelishi kerak. Bu juda qiyin masala.
Agar marketing rahbari bu masalani yecha olsa, marketingni tashkil etish va amalga oshirishda ijobiy yutuqlarga erishishi mumkin. Intizom yaxshi boMishiga ikki narsa: yaxshi boshliq va tushunarli, odil bitimlar ta’sir ko'rsatadi.
Tartibga rioya qilish deganda, ikki xil tartib:
* moddiy;
* ijtimoiy tartiblar nazarda tutiladi;
Moddiy tartibning qoidasi shunday: har bir narsaga joy aniqlash kerak va har bir narsa o'z joyida boMishi zarur. Maqsadga to'liq erishish uchun yana narsalarni yaxshilab joylash va tanlangan joy esa hamma operatsiyalami yengillashtirishi lozim. Ijtimoiy tartibning qoidasi shunday: har bir kishining joyi aniq va hamma o'z joyida boMishi kerak.
Korxonada ijtimoiy tartib qaror topishi uchun ushbu qoidaga amal qilish zarur. Ijtimoiy tartib yana ishchi bilan joyning bir-biriga mos kelishini talab qiladi. Ijtimoiy tartib, masalan, marketing resurslarini va ijtimoiy yetishmovchiliklami aniq bilishni talab qiladi va bular o'rtasidagi o'zaro mutanosiblikni to'g'ri tashkil qilish, ushlab turish va, demak, boshqarish juda og'ir, masalan, korxonaning marketing bo'limini qancha bajaradigan ishlari hajmi katta bo'lsa, uni boshqarib turish shunchalik og'ir boMadi. Oqibatda buning buzilishi natijasida shaxsiy manfaatlami yaxshilash uchun umumiy manfaatlar qurbon qilinadi. Natijada shtatlar ko'payadi, mas’uliyatli ishlarga 21 nomunosib kadrlar qo'yilishi mumkin, bu esa korxona faoliyatining yomonlashuviga olib keladi.
Marketingni tashkil etishda ushbu xatolaming oldini olish choralari o'rganiladi. Buyruq berishning yagonalik tamoyili ham Marketingli boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Agar ushbu tamoyil buzilsa, u hokimiyatning, masalan, marketing boshlig'ining, direktoming obro'siga putur yetkazadi, intizom yo'ldan chiqadi va tartib buziladi. Bu marketingni tashkil etishga salbiy ta’sir ko'rstadi. Ushbu tamoyilga muvofiq marketingni tashkil etishda xizmatchi faqat bir boshliqning buyrug'ini bajarishi kerak. Masalan, marketing bo'limi boshqaruvchisiga xizmatchi biriktirilgan, ya’ni bo'lim xizmatchisiga, faqat bo'lim boshqaruvchisi buyruq beradi.
Marketingni tashkil etishdagi yagonalik tamoyilini shunday tushuntirish mumkin: bitta yagona maqsadni ko'zlagan yagona boshliq va dastur. Bu ishning yaxshi ketishi uchun kerakli bo'lgan shart-sharoit, lekin yakkaboshchilik masalalami hal qilishning jamoaviyligini inkor etmaydi. Balki masalalami jamoaviy hal qilish va javobgarlik yagona shaxsga yuklatilganligini anglatadi. Bunda shaxsiy fikrlaming ommaviy fikrga bo'ysunishi nazarda tutiladi. Bu tamoyilning ma’nosi quyidagicha: korxonada marketing guruhi xodimlaming manfaatlari korxona manfaatlaridan ustun qo'yilishi kerak emas, umumjamiyat manfaati shaxs, shaxslar guruhi manfaatidan yuqori bo'lishi kerak. Agar marketing bo'limida xodim, faqat o'zining manfaatini o'ylab ishlasa, korxonaning yuqori daromad olishiga, jahon bozoriga chiqishiga to'sqinlik qilayotgan bo'ladi. Oqibatda korxonaning yaxshi yutuqlarga erishmasligi xodimlaming manfaatlariga ta’sir qiladi. Manfaatlaming ikki toifasini bir-biriga moslashtirish marketingni tashkil etishdagi asosiy vazifalaridandir.
Buning uchun: - boshliqning yaxshi namunasi;
- iloji boricha haqiqatga yaqin kelishuv;
- qattiq nazorat bo'lishi kerak. Rag'batlantirish tamoyili marketing xizmatlarini moddiy, ma’naviy taqdirlash, bajarilgan ishga haq to'lash demakdir. Taqdirlash haqiqatga yaqin bo'lib, marketing xodimi va korxonani qoniqtirishi kerak. Rag'batlantirish o'lchovi xodimning ish sifati, bilimiga hamda haq to'lash shakliga bog'liq. Xodimlarga haq 22 to’lash shakli ishning yaxshi ketishida muhim o‘rin tutadi. Amaliyotda bu vazifaning ko‘plab yechimlari mavjud, lekin ulaming hech qaysisi to‘liq, qoniqarli emas. Bizning vazifamiz eng maqbuli haqiqiy turlami ishlab chiqishdir, lekin bu juda qiyin masala. Chin haqiqiy taqdirlashni ta’minlashni, harakatlaming rag‘batlantirilishi va chegaradan chiqib ketadigan kelishmovchiliklarga olib kelmasligi kerak. Ushbu masalalami yechish marketologlaming, iqtisodchilaming vazifasidir.
Markazlashuv va ierarxiyalik tamoyili ayrim boshliqlar tomonidan qabul qilinishi yoki qilinmasligi mumkin, lekin u katta yoki kichik miqdorda albatta faoliyat ko'rsatadi. Marketingni tashkil etish va amalga oshirishda markazlashgan yoki markazlashmagan usullami qo'shib olib borish maqsadga muvofiq. Markazlashgan topshiriqlar iqtisodiy manfaatdorlik davlat va har bir iste’molchi hamda mahsulot ishlab chiqaruvchi manfaatlari nuqtayi nazaridan boshqarib borilmog'i lozim. Ierarxiya boshqarishda yuqoridan pastgacha boMgan boshqaruv organlari qatori boMishini taqozo etadi. Ierarxiya «koleyasi» shunday yoMki, bu yoM orqali yuqori organlarga qog'ozlar beradi va u yerdan pastga keladi. Ammo bu yo'l juda tez emas, ba’zida bir qog'oz bir korxonani marketing bo'limining o'zida juda asta-sekin harakat qilishi ham mumkin.
Xodimlar tarkibining doimiylik (muqimlik), birlikka moyillik tamoyili. Xodim yangi bir vazifani o'rganib olishiga ozgina vaqt qolganda almashtirilsa, bu bilan birga uni korxonaga foyda keltirishi imkoniyatini yo'qqa chiqaradilar. Agar shunday o'zgartirishlar to'xtovsiz va tez-tez amalga oshirilsa, vazifa hech qachon yaxshi va a’lo darajada bajarilmaydi.
Bunday xatoliklar har qanday korxonalar uchun xavflidir, chunki u yerda butun vazifani egallab, o'rganib olish ko'p vaqtni oladi. Marketing tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, vaqt bu eng qimmatli omildir. Lekin marketing guruhi tarkibidagi xodimlaming o'zgarishlaridan qochib bo'lmaydi, lekin uni eng kam darajaga tushirish, ulaming birligining do'stona munosabatini saqlash va rag'batlantirish muhim vazifadir. Turli xil kasalliklar, ishdan ketish, o'lim va boshqalar, ijtimoiy ta’lim marketing guruhi xodimlaming tarkibini o'zgarishiga olib keladi. Ko'pgina xodimlar vazifani bajarish xususiyatini yo'qotadi, boshqalami mas’uliyatli ishni o'z 23 bo‘yniga olishga qodir emas. Tashabbuskorlik va haqqoniylik tamoyili - marketing faoliyatini bajarishda, reja tuzish va amalga oshirishda, imkoniyatlarni ishga solishda tashabbus ko'rsatish, odil bo'lishdir. Taklif erkinligi va uni amalga oshirish ham tashabbus toifasiga kiradi. Tashabbus ishchilar faolligini oshiradi, bu esa Marketingli boshqarishda ijobiy o'rin tutadi. Boshliqlar, ishchilar tashabbusi - katta kuch va korxona uchun katta ahamiyatga ega. Bu asosan qiyin daqiqalarda bilinadi. O'z xodimlariga tashabbus ko'rsatadigan boshliq bu vazifani bajara olmaydigan boshliqdan ustun turadi. Bu tamoyil, marketing faoliyatida, ayniqsa, alohida ahamiyat kasb etadi, chunki tashabbuskor marketologgina yutuqqa erisha oladi. Haqqoniylik ham Marketingli boshqarishda muhim omildir. Marketolog o'z xaridori, tovar yetkazib beruvchisini aldashi mumkin emas, aks holda inqirozga uchraydi, obro'sizlanadi. Marketing xodimlari o'z ishini puxta, sodiqlik va sidqidildan bajarishi uchun ularni rag'batlantirishda adolat va haqiqat bilan do'stona munosabatda bo'lishi kerak.
Marketing bo'limi xodimlari haqiqatni va tenglikni talab qilganda, ular bilan maslahatlashishi kerak. Ammo bu talablarni hech bir tamoyilni buzmay umuman manfaatlarga futur yetkazmay bajarishi kerak. Buning uchun marketing bo'limi boshlig'i barcha usullami ishga solishi lozim. Marketingli boshqarishni ilmiy asoslanganlik tamoyili alohida ahamiyat kasb etadi. Marketing obyektiv iqtisodiy qonunlaming talabini e’tiborga oigan holda amalga oshiriladi. Shunday ekan, Marketingli boshqarish har tomonlama chuqur ilmiy izlanishlar asosida, barcha obyektiv shart-sharoitlarni hisobga oigan holda, marketing faoliyatidagi tendensiyalami, uning ishlash mexanizmini, imkoniyatlarini to'liq e’tiborga oigan holda amalga oshiriladi. Marketingli boshqarishda ilmiylik har qanday shablonga qarshi, har bir masalaga individual yondashish va ustalik bilan faoliyat ko'rsatishni nazarda tutadi. Bunda ushbu masalalar ilmiy asosga ega bo'lishi ko'rib chiqilishi va hal qilinishi lozim.
Marketologlar faoliyatining ilmiy asoslanganligi ularga xaridorlar va tovarlar yetkazib beruvchilami doimiy mijozga, muxlisga aylantiradi, ular orasida ishonch va do'stona munosabat o'matishga imkon beradi. 24 Marketingli boshqarishda samaradorlik tamoyili har qanday marketing masalalarini qisqa muddatda kam xarajatlar bilan hal etishni taqozo etadi. Marketing faoliyatida tejamkorlikni keng yoyish, resurslardan oqilona foydalanishni tashkil etish, tovarlar zaxirasini qisqartirish, tovarlar aylanishini tezlashtirish, ulami kam xarajatlar bilan xaridorga yetkazishdir. Bu mazkur tamoyilning asosiy mazmunidir Techstars Startup Weekend xalqaro dasturining bosqichi Qarshida bo‘lib o‘tdi Startup Weekend doirasida yosh mutaxassislar mamlakatning yetakchi kompaniyalari mentorlari rahbarligida o‘z loyihalarini ishlab chiqdilar. G‘oliblar Uzum milliy ekotizimi va dastur hamkorlaridan sovrinlar oldi. Startup Weekend doirasida o‘z loyihalarini 74 ishtirokchi taqdim etdi, tadbirda Qarshidan jami 89 nafar yosh mutaxassis ishtirok etdi. Monday Academy va Monday Labs asoschisi Saidravshan Shakirov, Alif Tech Uzbekistan'dan Bobur Mavlonov, Mang‘uberdi Lapasov, Ansora Bilolova, Abdurahmon Abdurashidov, Uzum milliy ekotizimining strategiya va M&A direktori Nikolay Seleznev, shuningdek, IT-hamjamiyat rahbari Shavkat Karimov, Ruslan Rustamov, Open Web Academy va Yemak kompaniyasi asoschisi, Sardor Sodikov Global Education in Karshi asoschisi va loyiha menejeri jamoalarning mentorlari bo‘lishdi. — Startup Weekend — bu tajribali mentorlar rahbarligida o‘z g‘oyalaringiz va loyihalaringizni sinab ko‘rish va takomillashtirishning imkoniyatidir, — deydi Madina Zokirova, Startup Weekend Uzbekistan yetakchi koordinatori. — Biz hamkorlarimiz va murabbiylarimizga ushbu ikki kun yosh mutaxassislarga millionlab odamlarga turli muammolarni hal qilishda yordam beradigan loyihalarni amalga oshirishda yordam berishga tayyor bo‘lgani uchun minnatdorchilik bildiramiz. — Bugungi kunda Uzum jamoasida mamlakat bo‘ylab 8000 dan ortiq mutaxassislar bor va, albatta, biz yoshlarga zarur bilim va ko‘nikmalarni egallashga yoki o‘z loyihalarini amalga oshirishga yordam beradigan loyihalarda faol ishtirok etmoqdamiz, — dedi Nikolay Seleznev, Uzum ekotizimining strategiya va M&A direktori. — Ushbu ikki kun ichida jamoalar juda ko‘p ishlarni amalga oshirdilar va umid qilamanki, bu ular uchun o‘z g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirishda foydali birinchi qadam bo‘ladi. Startup Weekend Qarshi'da 1-o‘rinni Region Taxi jamoasi shaharlararo haydovchilarga belgilangan narxda doimiy mijozlar oqimini ta’minlashda yordam beradigan loyiha bilan egalladi. 2-o‘rinni Rentify jamoasi va talabalar uchun uy-joy topish loyihasi egalladi. 3-o‘rinni Tibbiy kartani raqamlashtirish loyihasi bilan Medical Card jamoasi egalladi. Barcha jamoalar, shuningdek, "Eng yaxshi ijro va dizayn" — Home cleaning jamoasi, "Eng yaxshi biznes modeli" — Green Zone jamoasi, "Eng Yaxshi mijozlar taxlili" — Active Work jamoasi — Uzum milliy ekotizimidan sovg‘alar, Uzum Marketdagi xaridlari uchun 1 milliondan 500 ming so'mgacha bo‘lgan sertifikatlar oldi. Xakaton xalqaro startap akseleratori Techstars Startup Weekend Uzbekistan hamjamiyati tomonidan Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) tomonidan moliyalashtiriladigan BMTTD va iqtisodiyot va moliya vazirligining "Raqamlashtirish orqali yoshlarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish imkoniyatlarini ochish" qo'shma loyihasi, Alif Tech, Uzum, IT Park, IT City Academy, OpenWeb Academy va UzProgers bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
United Nations Conference on Trade and Development (UNCTAD) eWeek 2023 konferensiyasida dunyoning 159 mamlakatidan 3500 dan ortiq davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va yirik kompaniyalarning vakillari qatnashdi. Uzum Market milliy marketpleysining ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha direktori Yuriy Gavrilin platforma mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirishga, shuningdek, ayollarni biznes yuritishga jalb etishga qanday hissa qo‘shayotgani haqida so‘zlab berdi. Bu yilgi UNCTAD eWeek konferentsiyasining asosiy mavzulari sun’iy intellektning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri, raqamli texnologiyalarning ekologikligi, shuningdek, raqamli tadbirkorlik orqali ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish va rivojlanayotgan mamlakatlarning raqamli iqtisodiyotga o‘tishini tezlashtirish bo‘ldi. — Raqamli iqtisodiyot barcha darajadagi rivojlanish maqsadlariga erishishda muhim rol o‘ynaydi. Ko‘p tomonlama munozaralar orqali biz birgalikda hamma uchun ishlaydigan global raqamli kelajakni qurishimiz mumkin, — deydi UNCTAD bosh kotibi Rebekka Grinspan. Yuriy Gavrilin ayollarning raqamli texnologiyalardan foydalanishi va foydalanishni ommalashtirishga ta’sir qilishi va imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin bo‘lgan vositalar va yondashuvlar bo‘yicha diskussiyaning ishtrokchisi bo‘ldi. Uning nutqining asosiy mavzulari O‘zbekistondagi onlayn savdoni rivojlantirishdagi tajribasi, shuningdek, Uzum Marketning mamlakat iqtisodiyotini raqamlashtirishga qo‘shgan hissasi bo‘ldi. — Uzum Market O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining o‘sishi uchun turtki bo‘ldi — bugungi kunda bizning platformamizda 7 000 dan ortiq tadbirkor va kompaniyalar o‘z mahsulotlarini sotmoqda. Bundan tashqari, bizning hisob-kitoblarimizga ko‘ra, sotuvchilar orasida ayollarning ulushi taxminan 30% ni tashkil etadi, bu mamlakatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori, — deydi Yuriy Gavrilin. — Endi boshlagan va tajribali tadbirkorlarni o‘qitish uchun biz platformamizda biznesni qanday boshlash va rivojlantirish kerakligi haqida o‘qitadigan Uzum Academy kurslarini ishga tushirdik. O‘qituvchilarimiz YEXHT, IT Park, Jahon bankining ta’lim dasturlarida faol ishtirok etmoqda. Biz ta’limi, jinsi va yashash joyidan qat’i nazar, butun mamlakat aholisiga biznesni rivojlantirish uchun bilim va keng ko‘lamli infratuzilmadan teng foydalanish imkoniyatini beramiz. Shunday qilib, elektron tijoratning rivojlanishi tabiiy ravishda tarixiy gender tafovutini kamaytirishga yordam beradi.


Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə