Mavzu: Ona tili darslarida o’quvchilar nutqini o’stirish metodikasi kirish bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə4/11
tarix12.03.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#102365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ona tili darslarini oqit met

Mustaqil yechish uchun masalalar.

  1. Uy bеkasida birinchisida 56 kg, ikkinchisida 42 kg un bo‘lgan ikki qоp un bоr edi. Bеka har bir qоpdagi unning yarim qismini sarfladi. Har ikkala qоpda jami qancha un qоldi?

  2. Maktabning to‘rtinchi sinflarida 96 ta o‘quvchi bоr, shundan chorak qismi qishloqdan kelganlar, uchinchi sinflarda esa jami 80 o‘quvchi bo‘lib, shundan nimchoragi qishloqdan kelganlar, uchinchi sinfdagi qishloqdan kelganlardan to‘rtinchi sinf qishloqdan kelganlar nеchtaga ko‘p?

  3. Har bir оyning chorak qismini dam оlish kunlari tashkil qiladi. Agarda birinchi va ikkinchi chоrak 4 оy bo‘lsa, bu davrda qancha dam оlish kuni bo‘lgan? Har bir оyni 30 kun dеb оlamiz.

  4. Akasida 3200 so’m, singlisida 1800 tiyin bоr edi. Akasi 800 so’m, singlisi esa 600 so’m sarfladi. Akasi va singlisi o‘z pullarining qanchasini sarflaganlar?

  5. Uy bеkasida 48 ta jo‘ja va 6 ta tоvuq, 24 ta o‘rdak jo’jasi va 6 ta o‘rdak bоr edi. Jo‘jalarning qancha qismini tоvuqlar, o‘rdakchalarning qancha qismini o‘rdaklar tashkil qilgan?

  6. 12 sеntnеr kartоshka ekib, 96 sеntnеr hоsil оldilar, tariqni esa 6 sеntnеr ekib, 54 sеntnеr hоsil оldilar. Hоsilning qancha qismini kartоshka va tariq urug‘i tashkil qilgan.

  7. 32 kg o’rik quritib, 8 kg quritilgan o’rik оlindi. Quritilgan o’rik ho‘l o’rikning qanday qismini tashkil qiladi?

  8. Sentabr оyida 24 ishchi kuni bоr bo‘lsa, dam оlish kunlari оyning qancha qismini tashkil qiladi?

  9. Dars 45 daqiqa davоm qilib, sоatning qоlgan qismini tanaffus tashkil qildi. Sоatning qancha qismini tanaffus tashkil qilgan?

  10. 4 ta bоla dоrivоr o‘simlik yiqqanligi uchun bеrilgan pulni tеng miqdоrda bo‘lashdilar. Agarda ularning har biriga 1200 so‘mdan tеkkan bo‘lsa, bоlalar jamisi bo‘lib qancha pul оlganlar?

  11. Duradgоrlar dеraza rоmlari tuzatdilar. Bitta duradgоr 19 ta rоm tuzatib, bu jami rоmlarning chorak qismini tashkil qilsa, jami qancha rоm tuzatilgan?

  12. May оyida fermer оilasi, iyun оyidagiga nisbatan 15 mеhnat kuni kam ishladi. Agarda may оyida 9 mеhnat kuni ishlab, bu jami ishlangan kunlarning chorak qismini tashkil qilsa, оila iyun оyida qancha mеhnat kuni ishlagan?

  13. Ijara haqiga ishchi o‘zining bir haftalik maоshining chorak qismini to‘ladi. Kiyim–kyеchak uchun 1800 so‘m sarflab, bu ish haqining nimchorak qismini tashkil qilsa, ishchi ijara haqiga qancha to‘lagan?

  14. Bitta sigirga kuniga 8 kg хashak bеrsalar, 3 ta sigirning 4 kuniga qancha хashak kеrak bo‘ladi?

  15. Bitta otga kuniga 7 kg хashak bеrsalar, 2 ta otning 4 kuniga qancha хashak kеrak bo‘ladi?

  16. Bitta ishchi bir kunda 6000 so‘m оlsa, 3 ishchi 5 kunda qancha оladilar?

  17. Bеka har bir mеtri 700 so‘mdan, 12 mеtr matо оldi. Agarda har bir mеtr matоning bahоsini 100 so‘mga kamaytirilsa, shu pulga nеcha mеtr matо оlish mumkin?

  18. Qishlоqdan shahargacha bo‘lgan masоfani, piyoda har sоatiga 4 km yo‘l bоsib 24 sоatda o‘tdi. Agarda pоеzd piyodadan 12 marta tеz yursa shu masоfani qancha vaqtda bоsib o‘tadi?

  19. Pоеzd 2 sоatda 96 km yo‘l bоsdi, оt esa 9 sоatda 72 km yo‘l bоsdi. Pоеzd оtdan nеcha marta tеz harakat qiladi?

  20. 7 ta оtning 12 kuniga mo‘ljallangan arpa, 14 ta оtga nеcha kunga еtadi?

  21. Bitta ishchi 2 ta detalni 4 sоatda yasadi. 24 ta shunday detalni 6 ta ishchi qancha vaqtda yasaydi.

  22. 6 ishchi 3 kunga 9000 so‘m оldilar. Shu ish uchun 9 ta ishchi 2 kunda qancha оlishadi?

  23. 4 ta ayol 11 sоat ishlab 88 mеtr tasma tayyorladilar. 8 ta ayol 5 sоat ishlab qancha tasma tayyorlaydi?

  24. 2 ta cho’p uchun o‘quvchi 50 so’m to‘lagan bo‘lsa, 800 so’m to‘lab, o‘quvchi qancha cho’p оladi?

  25. Har 23 kg lavlagidan 4 kg qand оlinsa, хuddi shunday lavlagining 92 kilоgrammidan qancha qand оlinadi?

  26. Har 16 kg undan 3 kg qo‘shimcha оg‘irlikda nоn yopildi. 80 kg undan qancha nоn tayyorlanadi?

  27. Har 24 kg yangi o‘rilgan o‘tdan 5 kg хashak оlingan bo‘lsa, 96 kg yangi o‘rilgan o‘tni quritganda qancha оg‘irligini yo‘qоtadi?

  28. 3 mеtrlik qustundan, uzunligi 7 mеtrli sоya tushganda, 63 mеtr uzunlikdagi sоya, qanday baladlikdagi daraхtdan tushadi?

  29. 3 ta qalam uchun to‘langan pul 2 ta ruchka uchun bir хil miqdоrda to‘lansa, 36 ta ruchka uchun to‘langan pulga qancha qalam хarid qilish mumkin?

  30. O‘quvchida har biri 500 so’mdan 6 ta bоr edi. Shuni almashlab 50 so’mlikdan nеchta оlish mumkin?

  31. Shaharda bir ishchi 8 kun, ikkinchisi 9 kun ishladilar. Ishlari uchun ular 85000 so‘m оlishdi. Agarda ularning ish kunlari bir хil bahоlansa, har biri qanchadan pul оladilar?

  32. 2 ta qizcha bir хil bahоda gul bukеtlari sоtdi. Bittasi 3 ta bukеt sоtdi, ikkinchisi esa 2 tani. Agarda ular ikkalasi birgalikda 10000 so‘mga bukеt sоtgan bo‘lsalar, har qaysisi qancha so‘m оladi?

  33. Aka va singil birgalikda 10000 so‘mga оbuna bo‘lishdi. Akasi singlisiga qaraganda 4 marta ko‘p so’mga оbuna bo‘ldi. Aka qancha so’mga оbuna bo‘lgan?

  34. Оta оy davоmida 29 mеhnat kuni ishladi, оna esa 17 mеhnat kuni ishladi. O‘z ishlari uchun ular birgalikda g‘alladan tashqari 92000 so‘m оlishdi. Har qaysiga qancha so‘mdan to‘g‘ri kеladi?

6 ta bоdring va 1 ta оlma uchun 900 so’m to‘landi. Agarda 3 ta bоdringning bahоsi 1 ta оlmaning bahоsi bilan tеng bo‘lsa, 1 ta оlmaning bahоsi qancha? (33 tiyin)

    1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida masala yechish ko’nikmasini shakllantirish metodikasi

Bolalar eng oldin tanishadigan dastlabki masalalar tabiiyki bolalar uchun tushunarli bo’lishi kerak. Yig’indini va qoldiqni topishga doir masalalar shunday masalalar jumlasiga kiradi. Bunday masalalar bilan yechishni tanishtirishni parallel olib boorish maqsadga muvofiq.
Bunday masalalarga quyidagi masalalar namuna bo’ladi:


  1. Malika 2 ta qo’g’irchoq va 1 ta koptok rasmini chizdi. Malika nechta o’yinchoq rasmini chizgan?

  2. Shuhrat jo’yakdan 5 ta pomidor uzdi. Tushlikda 3 ta pomidorni yeyishdi. Nechta pomidor qoldi?

  3. Stol ustida 5 ta katak va shuncha chiziqli daftar bor. Stol ustida hammasi bo’lib nechta daftar bor?

Sodda masalalarning qiyinligi bo’yicha, ikkinchi turi bu sonni bir necha birlik orttirish yoki kamaytirishga doir masalalardir. Shu xildagi masalalar namunalari;

  1. Botirda 7 ta Salimda esa undan 3 ta ortiq kitob bor. Salimda nechta kitob bor?

  2. Ozoda 5 ta ertak, Go’zal esa undan 2ta kam ertak o’qidi. Go’zal nechta ertak o’qigan?

  3. Iroda 5 sm kesma chizdi. So’ngra uni 2 sm uzaytirdi. Kesma uzunligi qancha bo’ldi?

  4. Qodirning varrak uchun 10 metrli lentasi bor edi. U lentani 3 metr qisqartirdi. Lentaning uzunligi qancha bo’ldi?

Sodda masalalarning navbatdagi qiyinroq turi bu noma’lum qo’shiluvchini topishga doir masalalardi. Masalan, taqsimchada 6 ta nok va bir nechta olma bor. Mevalarning hammasi 9 ta. Taqsimchada nechta olma bor? Shundan keyin
sonlarni ayirmali taqqoslashga doir va ,,Nechta ortiq va nechta kam?’’ savoli 2 xil masala keladi. Misol uchun ushbu masalani keltiramiz. ,,Olimda 5 ta, Karimda esa 3 ta o’yinchoq bor. Olimning o’yinchoqlari, Karimning o’yinchoqlaridan nechta ortiq? Shu shartning o’ziga 2 ta savolni bunday ifodalash mumkin. Karimning o’yinchoqlari Olimning o’yinchoqlaridan nechta kam?
Shundan so’ng o’quvchilar noma’lum kamayuvchi va noma’lum ayriluvchi topishga doir masalalarni yechish bilan tanishtiradi. Bu xil masalalar 1-sinf o’quvchilariga ismsiz sonlar bilan ham, syujetli holda ham taklif qilinadi. Oldin bunday masala yechilishi mumkin. ,,Noma’lum sondan 6 ayrildi va 4 hosil bo’ldi. Noma’lum son nimaga teng?’’
Sundan so’ng syejetli masala yoki quyidagi masalalar yechiladi.


    1. O’tloqda 12 ta g’oz o’tlab yurgan edi. Bir nechta g’oz daraxtlar orasiga kirib ketgandan keyin, o’tloqda 6 ta g’oz qoldi. Nechta g’oz daraxtlar orasiga kirib ketgan?

    2. O’tloqda bir nechta qalam bor edi. Undan 4 ta qalam olingandan keyin qutida 3 ta qalam qoldi. Qutida nechta qalam bo’lgan?

Shundan keyin bolalar bir nechta bir xil qo’shiluvchilar yig’indisini topishga doir masalalar bilan tanishadilar. Ular bu yig’indini qo’shish bilan topadilar.
Bir nechta bir xil qo’shiluvchilar yig’indisini topishga doir masalalarni yechishda, shu xildagi masalalarni qo’shishdan emas, balki ko’paytirish bilan yechishga o’tadilar. Boshqacha aytganda ko’paytmani topishga doir sodda masalalarni yechishadi. Masalan: ,,Oshxonada har birida 3 litrdan 4 banka meva sharbati bor. Bu bankalarda necha litr meva bor?’’
Bu xildagi masalalardan keyin bolalar mazmuniga ko’ra bo’lishga doir masalalar bilan tanishadilar. Masalan: ,,Buvida 10 ta sabzi bor edi. U sabzilarni 5 tadan qilib bog’ladi. Necha bog’ sabzi hosil bo’ldi?’’ degan masala mazmuniga ko’ra bo’lish bilan ,, 12 ta qalamni 3 ta o’quvchiga baravardan qilib bo’lib
berishdi. Har qaysi o’quvchi nechtadan qalam oldi?’’ degan masala esa teng qismlarga bo’lish bilan yechiladi.
Qiyinligi bo’yicha masalalarning navbatdagi gruppasi bu noma’lum ko’pytuvchini topishga doir masalalar undan keyin esa noma’lum bo’linuvchi va bo’luvchini topishga doir masalalardan iboratdir. Bolalarga bu xil masalalar bilan bir vaqtda baho, qancha turishi va miqdori orasidagi eng sodda funksional bog’lanishlardan foydalaniladigan masalalar beriladi. Masalalan: ,,Ikki pachka tuz uchun 14 tiyin to’lashdi. Tuzni qanday bahoda sotib olishgan?’’
Shundan keyin bolalar karrali taqqoslashga doir masalalar bilan tanishdilar. Ushbu masalalar bunday masalalarga misol bo’la oladi. ,, Gulzor ustida 8 ta ninachi va 2 ta kapalak uchib yuribdi. Ninachilar kapalaklardan necha marta ko’p? Kapalaklar ninachilardan necha marta kam?’’ va ,,Oshxonada bir kunda 80 kg kartoshka va 8 kg sabzi ishlatildi. Sabziga qaraganda necha marta ko’p kartoshka ishlatilgan?’’
Shundan keyin 2-sinf o’quvchilari sonni bir nechta martaga kattalashtirish va kichiklashtirishga doir sodda masalalarni yechish bilan tanishadilar. Masalan:
,,To’tilar 8 ta, kaptarlar esa 4 marta kam. Kaptarlar nechta?’’ va ,,Opasi 9 yoshda, u ukasidan 3 marta katta. Ukasi necha yoshda?’’
Bolalar bilvosita ifodalangan masalalarni katta qiyinchiliklar bilan yechadilar (to’g’ri masalalarga nisbatan), shu sababali hamma xildagi bilvosita ifodalangan sodda masalalar qiyinroq yechiladi. O’quvchilarni masala sharoitida ishlatiladigan
,,ko’p’’ (ortiq), ,,kam’’ so’zlari orasida amal tanlashlariga yo’l qo’ymaslik uchun bilvosita ifodalangan masalalarni yechishni bevosita ifodalangan masalalar bilan aralashtirib olib borish kerak.
Sonning ulushini va ulushiga ko’ra sonning o’zini topishga doir masalalar bilan 3-sinf o’quvchilarini sonlarni karrali taqqoslashni o’rganganlaridan keyin tanishadilar. Ulushlarga doir eng elementar masalalar qaraladi. Shunday masalalarga misol: ,,Kitob 60 betli. Bola kitobning 1/3 qismini ko’rdi. Bola necha
bet o’qigan? va ,,Malik she’rining yarmini yod oldi. U 18 satrni yod oldi. Butun she’r necha satrdan iborat?’’
Shundan keyin o’quvchilar vaqtga doir sodda masalalarni yechish bilan tanishadilar. ,,Bola uyidan soat 8:30da yo’lga chiqdi vas oat 8:50da maktabga yetib keldi. Bola yo’lga necha minut vaqt sarflaganini soat modeli yordamida toping’’.
Matematika o’qitishning muhim vazifasi o’quvchilarda faol fikrlash, turmushda uchraydigan turli masalalarni yechishda qiyinchiliklarni yengish, bu masalalar yechimining ratsional yo’llarni topish ehtiyojini vujudga keltirishdir. Matematika o’qitishda qanday qilib to’la o’zlashtirishga erishib, uni muvaffaqiyatli olib borish mumkin?
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, o’qishning dastlabki kunlarida o’quvchilar o’yinqaroq bo’ladilar. Misol va masala yechishda tez charchaydilar. Shuning uchun dars davomida tevarak-atrofdagi voqea – hodisalar bolalar hayotiga oid faktlardan iborat qiziqarli o’yinlar didaktik materiallardan o’rinli foydalanish dars samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Ko’rinib turibdiki, ongli o’zlashtirish faqat o’quvchi aqlini nazarda tutmay, balki uning irodasi tuyg’ularining ham bevosita faol ishtirokini nazarda tutadi. O’quvchiga o’qish jarayoniga ma’lum darajada hissiy munosabatda bo’lish talab etiladi. Shundagina masalaning qiyinligi kamayiob, uni yechish osnroq kechadi. Umuman masalalar yechishda yurli usullardan foydalanish va nima ma’lum?, nima noma’lum?, qanday amal berilgan?, oxirgi amal nima? kabi savollar mazmunini ochish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Avval sodda keyin murakkabroq masalalar yechtiriladi. Birinchi bosqich amallarini o’rganish bilan bir vaqtda masalalar ham yechib boriladi. Bunda, ayirish amali bilan yechiladigan masalalarga alohida ahamiyat beriladi. Ya’ni sonni bir nechta birlikka orttirish, bir necha birlikka kamaytirishga oid mashqlarni bolalar puxta o’zlashtirishi kerak. Shundagina ular darslikdagi amallarning noma’lum
hadlarini topishga doir sodda masalalarni ham yecha oladilar. Masalan, bizga berilgan birincha qo’shiluvchi x, ikkinchi qo’shiluvchi 5, yig’indi 15 ga teng bo’lsa, noma’lum qo’shiluvchini qanday topish mumkin?
Yechish: x +5=15

x =15-5


x =10

Demak, birinchi qo’shiluvchini topish uchun, yig’indidan ma’lum ikkinchi qo’shituvchini ayirish kerak.


Kichik yoshdagi o’quvchining o’qish jarayonida faol bo’lishi uchun: birinchidan, unga o’qish va ishlashda mustaqillik ko’rsatish uchun keng imkoniyat berish, ikkinchidan uni samarali metodlar va usullar bilan mustaqil ishlashga o’rgatish, uchinchidan o’quvchining o’zi ham masalaga ishonch bilan mustaqil yodosha olishi kerak. Yosh bolalarga matematikani o’rgatishda ko’rgazmali qurollardan foydalanish talab etiladi. Bola abstrak tushunchalar va qoidalar o’zlashtira borgani sari bu ko’rsatmalikni asta-asta kamaytira borish muhimdir.
Masala yechishni yuqoridagi talablar asosida ongli va to’g’ri o’zlashtirish uchun quyidagi bosqichlarga amal qilish lozim:

  1. Berilgan masalaning shartini diqqat bilan o’rganmay turib, hisoblashni boshlamaslik;

  2. Masalani o’qib chiqib, uning savoliga alohida ahamiyat berishlik;



  1. Masala shartiga qaytib, uni qisqacha yozish.

Bu masalalarni yechganda har bir amal hadlarining nomini aytish va nima ma’lum, nima noma’lum, qanday topish yo’llarini o’quvchilar to’la idrok qilishi lozim.


Masalalar qanday amalda bajarilishiga qarab guruh va bosqichlarga ajratiladi.


  1. Ayirmani topishga doir masalalar.

  1. Karimning 8 ta daftari bor edi. U ukasiga 3 ta daftar berdi. O’zida nechta daftar qoldi?

Bor edi- 8 ta Berildi- 3 ta Qoldi - ?
Yechish: 8-3=5 ta Javob: 5 ta daftar qolgan.


  1. Bor edi – 17 va 10 ta Ketdi – 6 ta

Qoldi - ?

Yechish: (17+10)-6=27-6=21 ta Javob: 21 ta Bu yerda yig’indidan sonni ayirish bajarildi.


(17-6)+10=11+10=21. (10-6)+17=4+17=21

Bu ifodalarda ayirmaga sonni qo’shish bajarildi. Ko’rinib turibdiki, bu masalani uch xil usul bilan ham yechish mumkin ekan.



  1. Bir necha birlik orttirishga doir masala.

Ba’rnoning 8 ta kitobchasi bor edi. Onasi unga bir nechta kitob olib kelganidan so’ng, uning kitoblari 10 ta bo’ldi. Onasi Ba’rnoga nechta kitob olib kelgan?


Bor edi – 8 ta Bo’ldi – 10 ta Olib keldi - ?
Yechish: 8 + x = 10

x = 10 - 8

x = 2

Javob: onasi Barnoga 2 ta kitob olib kelgan.



  1. Sharifa mehnat darsida archani bezatish uchun 3 ta ayiqcha va 2 ta ortiq ulardan olmaxon qiyib olgan. U hammasi bo’lib nechta shalk qiyib olgan? Bu masalaga rasm solib ko’rsatmali usul bilan yechish mumkin. bu qanday masala? Bu masala orttirishga doir masala bo’lib quyidagicha yechiladi. Ayiqchalar 3 ta, olmaxonlar2 ta ortiq

3+(3+2)=3+5=8

Javob: 8 ta shakl




  1. 1-tokchada 7 ta kitob bor. Bu 2-tokchadagidan 2 ta kam. 2-tokchada nechta kitob bor?

Bunday masalalar vositali masalalar deyiladi. Ularni yechish uchun oldin vositasiz holatga keltirib olinadi.

    1. tokchadagi kitoblar 2-tokchadagidan 2 ta kam bo’lsin.



    1. tokchadagi kitoblar 1-tokchadagidan 2 ta ortiq. Ya’ni (7+2) ta bo’ladi.

Buning qisqacha yozuvi: 1-tok – 7 ta
2-tok -? 2 ta ortiq

Yechish: 7+2=9. Javob: 2-tokchada 9 ta kitob bor.





  1. Noma’lum kamayuvchini topishga doir masala. Bor edi – x Yechish: x – 2 = 8 Ketdi – 2 x = 8 + 2

Qoldi – 8 x = 10
Javob: 10 ta

Noma’lum ayriluvchini topishga doir masala. Bor edi- 10 ta


Ketdi – x ta Qoldi – 8 ta
Yechish: 10 – x = 8

x = 10 - 8



x = 2

Tek: 8+2=10




  1. Berilgan masalaga teskari masala tuzish.



  1. Berilishiga ko’ra masala tuzish. O’quvchilar 4 ta va 6 ta bayroqcha yasadilar. Shundan bog’chaga 5 ta bayroqcha sovg’a qilindi. O’quvchilarda qancha bayroqcha qoldi.

Yechish: 1. O’quvchilar jami nechta bayroqcha yasadilar? 4+6=10

2. Qancha bayroqcha qoldi? 10-5=5 Javob: 5 ta

  1. Onam bir tupdan 6 ta olma, ikkinchidan esa 4 ta olma uzdi. Olmalarning 8 tasi yeyildi. Nechta olma qoldi?

Bu masalani yechishda bolalar masala shartini sxema asosida , didaktik materiallar yordamida qisqa yozganlaridan keyin ular bilan quyidagicha suhbat o’tkaziladi:

  • Masalada nima noma’lum?

  • Nechta olma qolganligi

  • Buni tezda bilish mumkinmi?

  • Yo’q. Nega?

  • Ikkala tupdan hammasi bo’lib nechta olma uzganligini bilmaymiz.

  • Buni bilish uchun nima qilamiz?

  • Buni bilish uchun 6 ni 4 ga qo’shamiz.

  • 6+4=10 bo’ladi. Endi nimani bilamiz?

  • Nechta olma qolganini topamiz.

-Buni qanday bilish mumkin.

  • Yig’indidan 8ni ayirish kerak.

(6+4)-8=10-8=2. Javob : 2 ta olma qolgan.

    1. Boshlang’ich sinfda masalalarni o’rganishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Ma’lumki, 1-sinf o’quvchilari darsda yechiladigan masala mazmunini to’g’ridan-to’g’ri tushunmaydilar, chunki ular hamma narsaga qiziquvchan bo’lganligi uchun ham ularning fikrlari tarqoq bo’ladi. Shuning uchun ham masalalar yechish jarayonida o’quvchilar fikrini to’la qila olish va masala mazmunini yanada tushunarliroq bayon qilish kerak bo’ladi.
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalgam oshirish yo’llaridan biri darsda ko’rsatilgan qurollardan o’rinli foydalanish bilan birga yaxshi tashkil etilgan og’zaki suhbat hisoblanadi. Fikrimizning dalili uchun bir necha masalaning yechilishi namunasini ko’rib o’tamiz:

  1. Simyog’ochga 4 ta qaldirg’och qo’ngan edi. Yana 3 ta qaldirg’och kelib qo’ndi, so’ngra 2 ta qaldirg’och uchib ketdi. Simyog’ochda nechta qaldirg’och qoldi?

O’qituvchi kartochkani ko’rsatib suhbat o’tkaziladi. Simyog’ochga qo’nib turgan qaldirg’ochlar 4 ta
Bor edi-4 ta q. Qo’ndi- 3 ta q Uchdi -2 ta q. Qoldi – 2 ta q.

  • Bolalar simyog’ochda avval nechta qaldirg’och bor edi?



  • 4 ta qaldirg’och bor edi.



  • Yana nechta qaldirg’och kelib qo’ndi?



  • 3 ta qaldirg’och kelib qo’ndi.



  • Simyog’ochda hammasi bo’lib nechta qaldirg’och bo’ldi?



  • 7 ta qaldirg’och bo’ldi.



  • Shundan nechtasi uchib ketdi.

  • 2 ta qaldirg’och uchib ketdi.



  • Simyog’ochda nechta qaldirg’och qoldi.

Kartochkadagi qaldirg’ochning usti qog’oz bilan berkitiladi. Bunday tushuntirish orqali o’quvchilar faqat masala mazmuniga tushunibgina qolmasdan balki, o’gzaki yechishga ham yetib boradilar. Shundan so’ng masala sharti yana bir marta o’quvchilar bilan birgalikda takrorlanadi va shartiga ko’ra quyidagi tartibda ifoda tuzib yechiladi.


Simyog’ochda 4 ta qaldirg’och bor edi. Yana 3 ta qaldirg’och kelib qo’ndi: 3+4. Shundan 2 tasi uchib ketdi: 4+3-2
Endi bu ifoda osonlikcha yechiladi. Ya’ni avval 4 va 3 sonlari qo’shiladi. Yig’indi(7) hosil bo’ladi. Yig’indidan 2 soni ayriladi. Natijada izlangan son (5) hosil bo’ladi.
Javob: 5 ta qaldirg’och qoldi.

Shundan so’ng o’quvchilar yuqoridagilarni daftarlariga yozib oladilar.




  1. Nasibada 4 ta olma bor edi. Onasi unga yana 3 ta olma berdi. U 2 ta olmani yedi. Uning nechta olmasi qoldi?

Bor edi-4 ta Onasi berdi- 3ta O’zi yedi – 2 ta Qoldi-?
Kartochkani bolalarga ko’rsatib, suhbat o’tkaziladi.


  • Bolalar siz kartochkadan nimani ko’ryapsiz?



  • 2 qator olmalarni.



  • Nechta olma rasmini ko’rdingiz?



  • 4 ta olma va 3 ta olmani



  • Nasibaga onasi nechta olma berdi?



  • 3 ta olma berdi.

  • Nasiba nechta olma yedi?



  • U olmalardan 2 tasini yedi.



  • Uning nechta olmasi qoldi?



  • O’zida 4 ta, onasi 3 ta olma bergan edi. Jami 4+3=7 ta olma bo’ldi. 2 ta olmani yeganidan keyin 4 + 3 = 7 – 2 = 5 ta olma qoldi.

O’quvchilar o’qituvchilar yordamida ifoda tuzib masalani boshqa usulda yechishlari ham mumkin. 4+3-2=4-2+3=2+3=5. Javob: 5 ta olma qoldi.
Bu safar masala ayirmaga sonni qo’shish usuli bilan yechiladi.


  1. Akvariumning bir tomonida 4 ta baliq yuribdi, 2-tomonida 3 ta baliq yuribdi. Nodira 2-tomondagi baliqlardan 2 tasini oldi. Akvariumda nechta baliq qoldi?

Masala sharti o’qib tushuntiriladi va akvarium haqida tushuncha beriladi.


  • Akvarium bu – baliqchalar solib qo’yilgan idish. Ko’rgazma bolalarga ko’rsatiladi va og’zaki yechiladi.

  • Bolalar akvariumning bir tomonida nechta baliq bor ekan?



  • 4 ta baliq bor ekan.



  • Ikkinchi tomonida-chi?



  • 3 ta baliq.





  • 2 ta baliq oldi, ikkinchi tomondagidan.



  • Akvariumda nechta baliq qoldi?

Shundan keyin bironta o’quvchini darstaxtaga chiqarib, ifoda tuzdiriladi va hosil bo’lgan ifodaning son qiymati topiladi.


(4+3)-2=4+(3-2)=4+1=5 ta Javob: 5 ta baliq qoldi.

  1. Gulnorada 4 ta lola bor edi. Nigora unga yana 2 ta lola sovg’a qildi. Shundan keyin bolalardan birining guli to’kildi. Gulnorada nechta lola qoldi? O’qituvchi ko’rgazmani bolalarga ko’rsatadi. So’ngra masala shartini o’qib tushuntiradi.

Bor edi- 4 ta Berildi – 2 ta Qoldi-?
O’quvchilar savol-javob orqali masalani og’zaki yechadilar.


  • Gulnorada nechta lola bor edi?



  • To’rtta lola bor edi.



  • Nigora unga nechta lola berdi?



  • Ikkita lola berdi.



  • Qani, Baxtiyor ifodani tuzchi?



  • Baxtiyor darstaxtaga chiqib ifodanituzadi: 4+2



  • Gulnoraning lolasi nechta bo’ldi?



  • Oltita bo’ldi



  • Nechta lolaning guli to’kildi?



  • Baxtiyor: ,,Bittasining” deb javob beradi va (4+2)-1 ifodani tuzib, uning qiymatini hisoblaydi. Bolalar daftarlariga yozadilar.

Javob: Gulnorada 5 ta lola qoldi.

Tajribalar shuni ko’rsatadiki, shunday rasmli qog’oz lavhachalar orqali masalalar ifodasini tuzish va yechish oson bo’ladi. Oz vaqt ichida ko’p masala yechiladi. O’quvchilar qog’oz lavhalardagi masalaga mos rasmli o’z ko’zlari bilan ko’rib, masalaning mazmunini tez tushunadilar va uni oson yechadilar, fanga qizqadilar, dars jarayonida o’quvchilarning faolligi ortadi.

    1. Pedagogik tajriba-sinov natijalari va uning tahlili.



Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə