Mavzu: O’quvshilarda jismoniy rivojlanishni gigienik baholash


MAVZU: ORQA MIYA REFLEKSLARINI O’RGANISH



Yüklə 38,03 Kb.
səhifə4/9
tarix20.04.2023
ölçüsü38,03 Kb.
#106490
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu O’quvshilarda jismoniy rivojlanishni gigienik baholash

MAVZU: ORQA MIYA REFLEKSLARINI O’RGANISH.
Nerv hujayrasi va uning o‘simtalari, ya’ni neyron yuksak darajada rivojlangan organizmlar nerv to‘qimasining asosiy struktura birligi hisoblanadi. Neyronlar tuzilishi va funksiyasiga ko‘ra asosan 3 tipga bo‘linadi:
Impulsni retseptorlardan markaziy asab tizimiga o‘tkazuvchi afferent, ya’ni sezuvchi neyronlar;

  1. Impulsni harakatlanayotgan a’zoga, ya’ni effektorga o‘tkazuvchi efferent, ya’ni harakatlantirish neyronlari;

  1. Qo‘zg‘alishni, bir nerv hujayrasidan ikkinchi nerv hujayrasiga o‘tkazuvchi oraliq neyronlardan tuzilgan.

Ichki va tashqi ta’sirga organizmning markaziy nerv sistemasi orqali beradigan javobi refleks deb ataladi. Refleks organizmning tevarak-atrof muxit bilan aniq, nozik bog‘lanishi va organizm ichidagi protsesslarni boshqarish xamda nazorat qilish reaksiyasi bo‘lib , uning biologik axamiyati ana shunda.
Markaziy nerv sistemasining barcha bo‘limlari, xatto bosh miya yarim sharlari xam refleks prinsipi asosida ishlaydi. Refleks xosil bo‘lishida qo‘zg‘alish o‘tadigan yo‘l refleks yoyi deb ataladi. Ta’sirga javob berish refleks yoyidagi turli qismlarning ketma-ket qo‘zg‘alishidan iborat.
Refleks yoyi sxemasi 5 ta turli zvenolardan tuzilgan.

  1. retseptorlar;

  1. afferent zveno (afferent neyron);

  1. markaziy zveno (oraliq nerv hujayralari);

  1. efferent zveno (efferent neyron);

  1. effektor organ (efferent neyron);

Yuqoridagi zvenolardan birortasi anatomik yoki fiziologik jihatdan buzilsa, refleks hosil bo‘lmaydi..
Ish uchun zarur asbob va reaktivlar:
Ilmoqli shtativ, preparat tayyorlash uchun asboblar, paxta , ilmoq, NS1 kislotaning 0,5 va 1% li eritmasi, 1% li novokain, suv, baqa.
Ishni bajarish tartibi. Buning uchun:
1. Baqaning faqat bosh miyasini kesib, pastki jag‘idan shtativ ilmog‘iga osib qo‘yiladi. Kichik stakanga 0,5% li xlorid kislota quyib, baqaning orqa oyog‘i shu eritmaga tushiriladi. Bu vaqtda u oyog‘ini tortib oladi. Demak, u ta’sirga javob berdi. So‘ngra boldir terisini xalqa shaklida kesib shilib olinadi. Oradan 1-2 minut o‘tgach, baqaning o‘sha oyog‘iga 0,5% li NS1 kislota bilan yana ta’sir etiladi. Lekin bu safar u oyog‘ini tortib olmaydi, chunki endi retseptor, ya’ni refleks yoyining bir elementi olib tashlandi. Terisi kesilmagan oyog‘iga kislotaning kuchliroq eritmasi bilan ta’sir etilsa, baqaning faqat shu oyog‘igina emas, balki ikkinchi oyog‘i va butun tanasi harakatga keladi.
2. Baqaning orqa miya organlarida refleks borligini ko‘rgandan keyin, uning bir oyog‘i sonining orqa tomonidagi terisini kesib, muskullar orasidan quymich nervi topiladi. Uning tagidan ip o‘tkazib olinadi. So‘ngra shu oyog‘i kislotaning kuchli eritmasiga botirilsa xam u qisqarmaydi, ya’ni efferent nerv tolasi buzilganligi sababli refleks hosil bo‘lmaydi. Buni shu nervga novokain ta’sir ettirib ham kuzatish mumkin, bunda o‘tirg‘ich nervi novokain ta’sirida 1—2 minutda sezuvchanligini yo‘qotadi.
3. Orqa miya kanaliga maxsus sim-finder kiritib asab tizimi buziladi. Shundan keyin baqaning oyog‘i kislotaga tegizilsa ham refleks xosil bo‘lmaydi.

Yüklə 38,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə