Mavzu: O’quvshilarda jismoniy rivojlanishni gigienik baholash


Odamdagi proprioretseptiv reflekslar



Yüklə 38,03 Kb.
səhifə5/9
tarix20.04.2023
ölçüsü38,03 Kb.
#106490
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu O’quvshilarda jismoniy rivojlanishni gigienik baholash

Odamdagi proprioretseptiv reflekslar.
Ishdan maqcad odamdagi ba’zi proprioretseptiv reflekslarni kuzatishdan iborat.
Odamda muskul, pay va bo‘g‘imlarda joylashgan retseptorlarning ta’sirlanishi natijasida xosil bo‘ladigan reflekslar proprioretseptiv reflekslar deb ataladi. Bu reflekslardan tizza refleksini, Axillov payining refleksini kuzatish mumkin. Bu reflekslar buzilsa asab tizimida o‘zgarishlar paydo bo‘ladi.
1.Tizza refleksi. Buni ko‘rish uchun tekshirilayotgan odam oyog‘ini chalishtirib o‘tiradi. Agar uning to‘rt boshli muskuli payiga maxsus bolg‘acha bilan sekin urilsa, boldir muskullari (oyog‘i) yoziladi. Bunda reflektor yoyi 111-1V bel segmentlari atrofida tutashadi.
2. Axillov refleksini ko‘rish uchun tekshirilayotgan odam stulga tizzasi bilan cho‘kkalab o‘tiradi. Agar Axillov payiga bolg‘acha bilan sekin urilsa, oyoq panjalari yoziladi,bunda reflektor yoyi 1-11 dumg‘aza segmentlari atrofida tutashadi.


Faol diqqat, ixtiyoriy harakat tezligini, aqliy ishchanlik qobiliyatini aniqlash.
Anfimov jadvali yordamida nerv tizimining aqliy ishchanlik qobiliyatini aniqlash.

Ishdan maqsad: Maktab o‘quvchilarida ixtiyoriy harakat tezligi turli yoshda turlicha bo‘lishiga ishonch xosil qilish.Xar xil yoshdagi o‘quvchilarida faol diqqatning barqarorligi,ko‘chuvchanligi va tezligini aniqlash.Talabalarda aqliy ishchanlik qobiliyatini aniqlash.
Ixtiyoriy harakat tezligini aniqlash.
Ixtiyoriy harakat tezligi va aniqligi bolaning nerv va muskullar tizimining rivojlanganligiga,koordinatsiya mexanizmining taraqqiy etganligiga bog‘liq.Kichik maktab yoshidagi bolalarda muskul tolasining diametri kattalarnikiga nisbatan kichik,muskullarning chidamliligi esa 70%, charchash darajasi kattalarga nisbatan 2,5 marta katta.Kichik yoshda harakatlar koordinatsiyasi xali yetarli bo‘lmaydi,chunki o‘tkazuvchi nerv tolalarining miyelinlashuvi tugamagan bo‘ladi.
Sport bilan shug‘ullanish harakatlar koordinatsiyasini muvofiqlashtiradi. Harakatlarda aniqlik, tezlik, uyg‘unlik ortadi. 12 -13 yoshlarda jinslar orasida kuch, chidamlilik jixatidan farqlar paydo bo‘la boshlaydi. 14 -15 yoshda jinsiy yetilish tufayli garmonal tenglik o‘zgaradi. Buning natijasida markaziy asab tizimining ta’sirchanligi ortadi, harakatlar koordinatsiyasi buziladi. YA’ni harakatlar qo‘pol, noaniqroq bo‘lib qoladi. 16 yoshdan so‘ng organizmda garmonal tenglik tiklanadi.
Asab tizimining ta’sirchanligi kamayadi,harakatlar koordinatsiyasi yaxshilanadi, kuch va chidamlilik ortadi.18 – 19 yoshda bu ko‘rsatkichlar kattalarniki bilan tenglashadi.
Bolaning asab va muskullar tizimining rivojlanganligi darajasi, qo‘l panjasining ixtiyoriy harakatlari tezligi bilan aniqlanadi. Buning uchun xar bir o‘quvchi oq varaqqa uchta 10x10 o‘lchamdagi to‘rt burchak chizadi.
“Boshladik” buyrug‘i berilganda xar bir o‘quvchi iloji boricha birinchi to‘rt burchak ichiga ko‘proq va tezroq nuqtalar qo‘yishi kerak.10 soniyadan so‘ng “to‘xta” buyrug‘i beriladi va o‘quvchilar nuqta qo‘yishni to‘xtatishadi.
Bu tajriba uch marotaba takrorlanadi. So‘ng xar bir to‘rtburchak ichidagi nuqtalarni sanab, yoniga yozib qo‘yadi va o‘rtacha natijani hisoblaydi. Buning uchun natijalar qo‘shilib tajribalar soniga bo‘linadi. O‘rtacha natija 1-jadval bilan solishtiriladi.
Bajarilgan ishni foizlarda hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi.

Bu yerda:
A – o‘quvchining o‘rtacha natijasi
S – yoshga nisbatan umumiy o‘rtacha ko‘rsatkich (1-jadval).

O‘quvchining o‘rtacha natijasi umumiy natijadan ±15% ga farq qilishi ixtiyoriy harakat tezligi meyorda ekanligidan darak beradi.


1-jadval

Yoshi

Nuqtalar soni

O‘g‘il

Qiz

7

40

35

8

45

38

9

52

41

10

56

44

11

58

47

12

60

51

13

63

53

14

65

55

15

67

58

16

70

62

17

75

66

18

80

72













Yüklə 38,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə