Mavzu: O’quvshilarda jismoniy rivojlanishni gigienik baholash



Yüklə 38,03 Kb.
səhifə2/9
tarix20.04.2023
ölçüsü38,03 Kb.
#106490
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu O’quvshilarda jismoniy rivojlanishni gigienik baholash

Tashqi qoplam.. Terining elastikligini bilish uchun bosh va ko‘rsatkich barmoqlar bilan teri yuqoriga tortib qo‘yib yuboriladi.

  • Muskullar. Muskullarni ushlab ko‘rib uni yaxshi rivojlangan yoki yaxshi rivojlanmaganini bilish mumkin.

  • Suyak skeleti. Suyaklarni ushlab ko‘rib yirik yoki nozik ekaligini bilish kerak.

  • Oyoqlar shakli. Oyoqlar shakli N, O va X shaklida bo‘ladi. Normal oyoqlarda son, boldirlar, tizzalar bir-biriga tegib turadi. O- shaklida tizza bilan oyoq panja bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. X- shaklida tizza ichkariga bukilgan bo‘ladi.

  • Ko‘krak qafasi shakli. Uch xil ko‘krak qafasi shakli farq qilinadi. 1-konik, 2-silindrik, 3-yassi.

    Konussimon ko‘krak qafasi muskullari rivojlangan odamda bo‘ladi. Yassi ko‘krak qafasi muskullari yaxshi rivojlanmagan odamlarda kuzatiladi.Silindrik ko‘krak qafasi normal xisoblanadi.
    6.Qaddi-qomat. Qaddi-qomat bosh, yelka kamari, ko‘krak qafasining shakli, umurtqa pog‘onasi, qorin, tos kamari, muskul va nerv sistemasiga bog‘liq bo‘ladi.
    Normal qaddi-qomatda bosh to‘g‘ri joylashadi, yelka biroz orqada, umurtqa pog‘onasi normal egriliklarga ega, ko‘krak qafasi silindr yoki konus shaklida bo‘ladi.
    FIZIOMETRIYA

    1. Yelka oldi muskullari kuchini o‘lchash uchun dinamometr asbobidan foydalaniladi.Dinamometr oldin o‘ng qo‘lga olinib bir urinishda bor kuch bilan siqiladi,so‘ng chap qo‘l bilan xam bor kuch bilan siqiladi. Natija daftarga yozilib, 2-jadval bilan solishtiriladi.

    2.O‘pkaning tiriklik sig‘imini o‘lchash.
    Ishdan maqsad: o‘pkaning tiriklik sig‘imi aniqlanadigan spirometr bilan tanishish va o‘pkaning tiriklik sig‘imini o‘lchash usulini o‘rganishdan iborat.
    Odam normal nafas olganda, o‘pkaga 500-600 ml. havo kiradi va shuncha havo yana tashqariga chiqadi. Bu havo nafas olish havosi deyiladi. Normal nafas olingandan keyin, yana 1500 ml. havo olish mumkin. Bu qo‘shimcha havo deyiladi. Shuningdek, normal nafas chiqarilgandan keyin yana 1500 ml. havo chiqarish mumkin. Bu havo zapas yoki rezerv havo deyiladi. Chuqur nafas chiqarilgandan keyin chuqar nafas olinganda o‘pkaga kirgan havo miqdori o‘pkaning tiriklik sig‘imi deyiladi.
    O‘pkaning tiriklik sig‘imi- nafas olish havosi, qo‘shimcha va rezerv havo yig‘indisi (500+1500+1500)dan iborat bo‘lib, u o‘rtacha 3500 ml. ga teng. O‘pkaning tiriklik sig‘imi kishining jinsiga, yoshiga, kasbiga va sog‘lig‘iga qarab o‘zgarib turadi. Qanchalik chuqur nafas chiqarilmasin, o‘pkadagi havoning hammasi batamom chiqib ketmaydi; uning bir qismi o‘pkada qoladi. Bu havo qoldiq havo deyiladi; uning miqdori taxminan 1000 ml. ga teng bo‘ladi. O‘pkaning tiriklik sig‘imini o‘lchash uchun spirometrdan foydalaniladi. Spirometr ikkita silindrdan tuzilgan bo‘lib, uning kattasiga suv to‘ldirilgan, kichigi esa katta silindr ichiga kiritilgan. Kichik silindr katta silindr ichida oson harakatlanishi uchun uning yuqorigi berk tomoni tosh osilgan ip orqali haltakka birlashtirilgan. Katta silindr tubining o‘rtasiga temir naycha o‘rnatilgan bo‘lib, uning yuqorigi uchi silindrdagi suvdan bir oz ko‘tarilib turadi, ikkinchi uchi esa silindr tagidan tashqariga chiqarilib, rezina naycha bilan birlashtirilgan. Agar rezina naycha orqali havo puflansa, kichik silindr yuqoriga ko‘tariladi, kirgan havo miqdorini shkalaga yozilgan raqamlardan bilish mumkin.

    Yüklə 38,03 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə