Mavzu: O’quvshilarda jismoniy rivojlanishni gigienik baholash


Talabalarda faol diqqat barqarorligi, ko‘chuvchanligi va tezligini aniqlash



Yüklə 38,03 Kb.
səhifə6/9
tarix20.04.2023
ölçüsü38,03 Kb.
#106490
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu O’quvshilarda jismoniy rivojlanishni gigienik baholash

Talabalarda faol diqqat barqarorligi, ko‘chuvchanligi va tezligini aniqlash.
Faol diqqat mexnat faoliyati davomida rivojlanadi. Mexnatning turlari faol diqqatning xar xil xususiyatlarini rivojlantirib boradi. Masalan, ekranda aniq bir informatsiyaning paydo bo‘lishini kuzatib turgan operatorning diqqat-e’tibori juda yuqori turg‘unlikda bo‘ladi: axborotni eshitib qabul qilish, uni yodda saqlashga ixtisoslashgan telegrafda diqqatning xajmi rivojlanib boradi; avtobus xaydovchisi o‘z diqqat-e’tiborini bir joydan ikkinchi joyga (yo‘l, avtobus saloni, richagi, boshqaruv qurilmalari va shu kabilarga) tez o‘zgartirish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
Ish anjomlari: adashtirilib, egri-bugri chizilgan chiziqlarni tasvirlovchi maxsus jadval, ikki xil tasvirli rasm, sekundomerlar.
Tajriba o‘tkazish tartibi: Studentlar ikkitadan bo‘lib ishlaydi, ya’ni ularningbiri-tekshiruvchi,ikkinchisi–tekshiriluvchi. Tekshiruvchilar tezlik bilan 1—2 minut davomida xar biri o‘zining tekshiriluvchisi uchun bittadan 1-rasmda ko‘rsatilganidek jadval chizadilar va ularga tarqatadilar.
Tekshiriluvchilar buyrug‘ga binoan 3 min. davomida ko‘rsatkich yoki qalam ishlatmasdan, faqat ko‘z yordamida xar bir chiziqning oxirini topadi va birinchi ustunda ko‘rsatilgan o‘zining tegishli nomeriga muvofiq xar bir chiziqning oxirini o‘sha nomer bilan belgilaydi, bu xol 1-rasmda 1- va 2- chiziqlar uchun ko‘rsatilgan. 3 minutdan keyin ishi to‘xtatildi va uni tekshirib, 3 minut oralig‘ida to‘g‘ri topilgan chiziqlar miqdoriga qarab faol diqqat darajasi baxolanadi. So‘ngra, tekshiriluvchilarga ikkilanuvchi tasvir beradigan rasm ko‘rsatiladi, masalan yosh va qari ayolning surati (2-rasm). Bu ikki obrazni qabul qilishlari va anglab yetishlari uchun ketgan vaqtni sekundomerlar yordamida aniqlaydilar. Diqqatni boshqa tomonga yo‘naltirish tezligining darajasi xaqida ikki obrazni ajrata olish uchun sarf bo‘lgan vaqtga qarab xulosa chiqariladi. Odam ikki suratni qancha tez vaqt ichida ko‘rsa, uning diqqat-e’tiborini boshqa tomonga yo‘naltirish qobiliyati shuncha yuqori ifodalangan bo‘ladi.

Yüklə 38,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə