Mavzu: O’quvshilarda jismoniy rivojlanishni gigienik baholash



Yüklə 38,03 Kb.
səhifə8/9
tarix20.04.2023
ölçüsü38,03 Kb.
#106490
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu O’quvshilarda jismoniy rivojlanishni gigienik baholash

Ishni rasmiylashtirish.O‘rtacha ma’lumot chiqarish uchun 4 ta jadvaldan olingan vaqtlar qo‘shilib 4 ga taqsimlanadi. Masalan 4ta jadval uchun 120 sekund vaqt sarf bo‘ldi,120 : 4 teng 30. So‘ng gurux uchun o‘rtachani chiqaring,buning uchun barcha o‘rtacha natijalarni qo‘shib,xosil bo‘lgan natijani guruxdagilar soniga bo‘ling.

Oliy nerv faoliyati tipini aniqlash.
Bolalarda oliy nerv foaliyatining tipini aniqlash.
Maqsad: o‘quvchilar tempramentini G.Y.Ayzenk testi orqali aniqlash va ularga individual yondashishi ko‘nikmalarini hosil qilish.
O‘quv jihozlari: G.Y.Ayzenk testi, oliy nerv faoliyati – temperamentlar haqidagi ma’lumotlar.
Amaliy mashg‘ulotning nazariy qismi:
Sangvinik: Bo‘lar-bo‘lmas narsalarga qattiq xoxolab kulaveradi. Muhim bo‘lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi. Tetik va zo‘r qo‘zg‘alish bilan javob beradi. Diqqatini tez bir joyga to‘playdi. Aktivligi yuksak, juda g‘ayratli va ishchan, toliqmasdan uzoq vaqt ishlashi mumkin, yangi is
hlarga g‘ayrat bilan kirishadi. Uni intizomga chaqirish oson. U o‘z hissiyotlarini ixtiyorsiz harakatlarini tez ushlab qola oladi. Nutqi tez, yangi ishga tezlik bilan kirishadi. Aqli tez ishlaydi, topqir. Hissiyotlari, kayfiyatlari, qiziqishlari va intilishlari juda o‘zgaruvchan. Yangi sharoitga osonlik bilan o‘rganadi. Bir ishdan ikkinchi ishga tez ko‘cha oladi. Ekstrovertlik xususiyatiga ega.
Xolerik: O‘zini ushlay olmaydigan, betoqat, bexalovat, serzarda, jizzaki. Insonlar bilan munosabatda keskin va shartaki. Muammoni yechimini topa oladigan, bir maromda ishlamaydigan, tavakkalchi. Zo‘r qatiylikka ega, diqqatini ko‘chirishda qiyinchilikka uchraydi. Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga yetkazadi, ammo unga qiziqsa.
Flegmatik: Hissiy qo‘zgaluvchanligi oz, kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Katta ko‘ngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini
buzmaydi. Imo-ishoralari oz, g‘ayrati, ishchanligi, chidamliligi, matonati, o‘zini tuta bilishi bilan ajralib turadi. Faolligi, harakatlarining tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan to‘playdi. Diqqatini qiyinchilik bilan ko‘chiradi. Yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi. Introvert.
Melanxolik: Arzimagan sababga ko‘ra, ko‘zlaridan yosh oqib ketaveradi. Nihoyatda arazchan, sekin yig‘laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. O‘ziga ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tug‘iladigan bo‘lsa, qo‘lini yuvib qo‘ltig‘iga urib qo‘ya qoladi. G‘ayratsiz qatiy emas. Diqqati tez chalg‘iydi, barqaror emas. Psixik tempi sust. Introvertlik xususiyatiga ega.

Yüklə 38,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə