Mavzu: O’quvshilarda jismoniy rivojlanishni gigienik baholash



Yüklə 38,03 Kb.
səhifə3/9
tarix20.04.2023
ölçüsü38,03 Kb.
#106490
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu O’quvshilarda jismoniy rivojlanishni gigienik baholash

Ishni bajarish tartibi. O‘pkaning tiriklik sig‘imini o‘lchash uchun spirometr strelkasini nolga to‘g‘rilab, uning rezina naychasining uchi spirt bilan artiladi va odatdagicha nafas olib, rezina naycha orqali spirometr ichiga nafas chiqariladi. Spirometr ichiga nafas chiqarishni bir necha marta takrorlab, o‘pkadan chiqarilgan havoning o‘rtacha miqdori topiladi. Masalan, spirometrga 6 marta nafas chiqarish natijasida strelka 3000 ml. ni ko‘rsatsa, u vaqtda o‘rtacha nafas chiqarish havosining miqdori 3000:6=500 ml ga teng bo‘ladi.
Qo‘shimcha havo miqdorini aniqlash uchun kichik silindrni yuqoriga ko‘tarib, uning strelkasi ma’lum raqamga to‘g‘rilanadi. Keyin normal nafas olib (nafas chiqarmasdan) tezda spirometr naychasini og‘izga tutib, spirometrdan chuqur nafas olinadi. Bu vaqtda spirometr strelkasi pastga tushib, ma’lum bir raqam ro‘parasida to‘xtaydi. Shu yo‘l bilan o‘pkaga qancha qo‘shimcha havo kirganligi aniqlanadi. Masalan, chuqur nafas olguncha strelka 3000 ml ni, nafas olingandan keyin 1500 ml ni ko‘rsatsa, bu vaqtda o‘pkaga kirgan havo miqdori 3000—1500=1500 ml ga teng bo‘ladi.
Rezerv havo miqdorini aniqlash uchun spirometr strelkasini nolga qo‘yib, oddiy nafas havosi tashqariga chiqariladi va nafas olmasdan turib,rezina naycha orqali spirometr ichiga kuchli nafas chiqariladi. Bu vaqtda strelka ko‘rsatgan raqam rezerv havo miqdorini bildiradi.
Nafas olish, qo‘shimcha va rezerv havo miqdorini 4-jadvalga yozib, o‘pkaning tiriklik sig‘imi topiladi.
O‘pkaning tiriklik sig‘imini o‘lchash uchun chuqur nafas olib, spirometrga kuch bilan nafas chiqariladi. Bunda spirometr strelkasi to‘xtagan joydagi raqam o‘pkaning tiriklik sig‘imini ifodalaydi.
O‘pkadagi qoldiq havo miqdorini aniqlash uchun mumkin qadar chuqur nafas chiqariladi, so‘ngra ma’lum miqdorda vodorod solingan xaltadan bir necha marta nafas olinadi va oxirida shu xalta ichiga chuqur nafas chiqariladi. Bunda xaltadagi vodorodning bir qismi o‘pkaga o‘tadi, shu vodorod miqdori o‘pkadagi qoldiq havo miqdorini ko‘rsatadi. Masalan, xaltada 4000 ml vodorod bo‘lsin. Bu xaltadan bir necha marta nafas olinsa ham, uning hajmi o‘zgarmaydi, chunki qancha vodorod olinsa, shuncha havo o‘pkadan xaltaga chiqariladi. Bunda faqat xaltadagi havoning tarkibi o‘zgaradi. Agar xaltada 3000 ml vodorod va o‘pkadan kirgan 1000 ml havo bo‘lsa, u vaqtda 1000 ml vodorodga 330 ml o‘pka havosi to‘g‘ri keladi. Bunday vaqtda o‘pkaga o‘tgan 1000 ml vodorodga 330 ml havo to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, o‘pkadagi qoldiq havo miqdori: 1000+330=1330 ml bo‘ladi.


Yüklə 38,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə