Mavzu: Sog’lom ovqatlanishga bo’lgan gigienik talablar. Axoli turli qatlamlari ovqatlanishiga gigienik baho berish. Ta'lim berish texnologiyasi


Haqiqiy ovqatlanishni o‘rganishning ijtimoiy-gigienik usullari



Yüklə 43,37 Kb.
səhifə5/7
tarix12.04.2023
ölçüsü43,37 Kb.
#105151
1   2   3   4   5   6   7
2 мавзу рационал овқат

Haqiqiy ovqatlanishni o‘rganishning ijtimoiy-gigienik usullari

Ovqatlanishni
tashkil qilish turi

O‘rganishning asosiy
usullari

O‘rganishning
yordamchi usullari

Tashkillashtirilgan

Tashkillashtirilmagan



Yoyma-taomnomalarni tahlil
qilish (statistik)
Anketali
Yozib olish usuli (ovqatlanish kundaligi)
Tasvirlash usuli:
● 24 soatli tasvirlash;
●oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish chastotasi

Anketali
Laboratoriyaviy
Laboratoriyaviy



Ijtimoiy-iqtisodiy usullarga byujetli va balansli usullar mansub bo‘lib, ular oziq-ovqat bilan ta'minlash va iste'mol qilish davlat, viloyat, shaharlar miqyosida tahlil qilinganda va rejalashtirilganda qo‘llaniladi. Byujetli usul oziq-ovqat sotib olish uchun sarflanadigan pul mablag‘larining aholi jon boshiga hisoblanishidan iboratdir. Balansli usul asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini ularning o‘lchov birliklarida (kilogramm, litr) aholi jon boshiga hisoblanishiga imkon beradi.
Tekshirishning ijtimoiy-gigienik usullari individual va guruhli darajadagi muayyan tahliliy ishlarda qo‘llaniladi. Barcha qo‘llaniladigan usullar o‘z afzalliklari va kamchiliklariga ega va cheklangan yoki aralash holda qo‘llaniladi.
Tashkillashtirilgan ovqatlanishni baholashning asosiy usuli statistik usul, ya'ni oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va quvvatiy qiymati jadvallari asosida ishlab chiqilgan kompyuter dasturlaridan foydalangan holda ovqatlanishni yoyma-taomnomalar asosida o‘rganishdan iboratdir. Ovqatlanish tashkillashtirilgan jamoalar (bolalar maktabgacha muassasalari, internatlari, sanatoriylar)dagi haqiqiy ovqatlanishni o‘rganishda natijalarni individuallashtirish uchun yoyma-taomnomalar (oylik, mavsumiy, yillik), shuningdek, so‘rovnoma (anketa)larni tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.
Rejalashtiriluvchi tadqiqotlarning maqsadi va spetsifikasidan kelib chiqqan holda haqiqiy ovqatlanishni o‘rganish uchun so‘rovnomalar tuzish (anketalashtirish usuli) bilan shifokor shug‘ullanadi. So‘rovnoma (anketa), odatda, pasport ma'lumotlaridan tashqari, yana ovqatlanish tartibi va sharoitlari, kasb-kor, faoliyatning asosiy turlari, antropometrik ma'lumotlarni ham qamrab oladi.
Ovqatlanish ratsionlari, alohida ovqat tanavvul qilish va taomlarning haqiqiy ozuqaviy qiymati haqida nisbatan aniqroq ma'lumotlar olish uchun yoyma-taomnomalarga statistik ishlov berish bilan bir qatorda taomlarning laboratoriyaviy tekshiruvi o‘tkaziladi.
Laboratoriyaviy uslub haqiqiy ovqatlanish chuqur o‘rganilganda qo‘llaniladi. Bunda har bir mavsumning 7 ... 10 kuni davomida har kungi sutkalik ratsionning laboratoriya tekshiruvlari o‘tkaziladi. Bu uslub tayyor ovqatning kimyoviy tarkibi va quvvatiy qiymatining bevosita tahliliy aniqlanishidan iboratdir.
Ko‘pincha laboratoriyaviy usul tashkillashtirilgan ovqatlanish statistik usul bilan tekshirilganda nazorat qiluvchi sifatida qo‘llaniladi. Laboratoriyaviy kimyoviy tahlil oziq-ovqat mahsulotlari kimyoviy tarkibining tabiiy tebranishlari, ularni saqlaganda, sovuq va issiq ishlov berilganda, shuningdek, taom tayyorlash texnologiyalari buzilganda ularning ozuqaviy va biologik qiymati pasayishiga olib keladigan o‘zgarishlar, taomlarning retsepturasi (solinish me'yori) buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar kabi ma'lumotlarni aniqlashga imkon beradi. Bu esa yoyma-taomnomalar bo‘yicha haqiqiy ovqatlanish hisob-kitoblarining noaniqliklarini korreksiyalashga imkon beradi.
Tashkillashtirilmagan tanlanmalar (masalan, talabalar guruhi)ning haqiqiy ovqatlanishi ko‘pincha yozib olish yoki tasvirlash usullariga anketalashtirishning bir qator usullari kiritilgan holda o‘rganiladi, zarur hollarda esa laboratoriya tekshiruvlaridan foydalaniladi.
Yozib olish usulidan foydalanilganda, har bir tekshiriluvchi ovqatlanish kundaligini tutadi, unga barcha iste'mol qilingan mahsulotlar va taomlar haqidagi ma'lumotlarni bevosita har bir taom tanavvulidan so‘ng yozib boradi. Materiallarni yig‘ish muddati tugaganidan so‘ng kundalikka shifokor tomonidan kompyuter dasturlaridan foydalanilgan holda malakali ishlov beriladi.
Tasvirlash usullari tekshiriluvchilarni faol so‘roqqa tutuvchi mutaxassislarning ishtirokini talab etadi. Shu bilan birga, o‘tgan sutka (24 soat) ichida iste'mol qilingan mahsulotlar to‘plami yoki hafta davomida foydalaniluvchi turli oziq-ovqat mahsulotlari turlari yoddan qayta tiklab, tasvirlanadi. Olingan ma'lumotlarga ishlov beriladi va tahlil qilinadi. Tasvirlash usullari TTA ning haqiqiy ovqatlanish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlarining dasturlarida nisbatan ko‘proq qo‘llaniladi.
24 soatli tasvirlash usuli aholining tashkillashtirilmagan haqiqiy ovqatlanishini individual, shuningdek, guruhli darajada o‘rganishda foydalaniladi. Ushbu usulning afzalligi shundaki, u nisbatan oson va narxi baland bo‘lmagani holda, olinadigan natijalarning aniqligi va ishonchliligi bilan ajralib turadi. Usulning mohiyati shundan iboratki, shifokorlar tekshiriluvchilardan ularning so‘nggi 24 soat ichidagi ovqatlanishi haqida so‘rovga tutishadi va olingan ma'lumotlarni mos ravishdagi xujjatlashtiradilar. Tasodifiy tanlash usuli bilan olingan so‘rov kuni bayram yoki favqulodda ajralib turuvchi kunlarga to‘g‘ri kelmasligi lozim. Bir martalik so‘rovga tutish yetarli hisoblanadi, agar nisbatan o‘rtachalashtirilgan ma'lumotlarni olish kerak bo‘lsa, bir necha kunlik oraliqni (aytaylik, seshanba va jumani) qamrab oluvchi qayta so‘rov o‘tkazilishi va tahlil qilinuvchi xarakteristikalar bo‘yicha o‘rtacha matematik ko‘rsatkichlar hisoblanishi mumkin.
Sutkalik ovqatlanish bo‘yicha yakuniy ma'lumotlar yig‘ib bo‘linganidan so‘ng, har bir taomning nutrientli tarkibining kompyuterdagi hisob-kitobi amalga oshiriladi yoki sutka davomida yeyilgan mahsulotlarning yagona ro‘yxati tuzilib, uning hisob-kitobi amalga oshiriladi. So‘nggi holatda barcha qaytariluvchi mahsulotlar jamlanadi. Olingan hisob-kitob natijalarini pazandalik ishlovi berilgan parchalanadigan bir qator nutrientlar (S, V1, V2, V6, RR, A vitaminlari va v–karotin, shuningdek, PTYoK)lar kattaliklari bo‘yicha qo‘shimcha ravishda korreksiyalash (agar bu kompyuter dasturi yordamida avtomat ravishda amalga oshirilmasa) lozim bo‘ladi.
Haqiqiy ovqatlanishni tanlash usuli rejalashtiriluvchi tadqiqotning maqsadi va vazifalari hamda tashkiliy-moliyaviy imkoniyatlariga tayangan bo‘lishi kerak. Bunda quyidagi ko‘rsatkichlar tahlil qilinishi kerak:
1) ovqatlanishni taqdim etish turi:
● tashkillashtirilgan (statistik, anketali usullar);
● tashkillashtirilmagan (laboratoriyaviy, yozib olish va tasvirlash usullari);
2) tekshiriluvchilar soni:
● kichik tanlov (laboratoriyaviy, yozib olish va tasvirlash usullari);
● katta tanlov (anketali usul, tasvirlash usullari);
3) olingan natijalarning aniqligi (kamayib borish bo‘yicha usullar – laboratoriyaviy, yozib olish, tasvirlash, anketali usullar);
4) ishni olib borish vaqti (ko‘payib borish bo‘yicha usullar – anketali, tasvirlash, laboratoriyaviy, yozib olish usullari);
5) kuch miqdori (ishga jalb etilgan xodimlar) va mablag‘ (narx) miqdori:
● kichik zaxiralar (anketali, yozib olish, tasvirlash usullari – ishlatiluvchi oziq-ovqat mahsulotlari chastotasi);
● katta zaxiralar (24 soatli tasvirlash usuli, laboratoriya usuli).

Yüklə 43,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə